Dunyoning eng baxtli 10 ta mamlakati...
10 – o‘rin: Avstraliya
Avstraliyaning eng go‘zal joylarini tomosha qilish uchun insonning butun umri kamlik qiladi. Albatta, suvli katta Barer qoyalari va undagi ajoyib hayvonot olami dunyoning hech bir qit'asida uchramaydi.
9 – o‘rin: Yangi Zelandiya
"Uzuklar hukmdori" deya tariflangan Yangi Zelandiya – sayyoramizning eng go‘zal joylaridan. Bu yerda yashovchilarni doimiy yer qimirlashi bezovta qiladi. Shunga qaramay, sayyohlar bu maskanni juda yaxshi ko‘radilar.
8 – o‘rin: Shvetsiya
Bu mamlakat qor qoplagan o‘rmoni, shimol yog‘dusi, hashamatli qasr, saroylari bilan ma'lum va mashhur.
7 – o‘rin: Niderlandiya
Niderlandiya – tegirmonlar, suvli o‘tloqlar, lolazor va velosipedlar mamlakati.
6 – o‘rin: Finlyandiya:
Finlyandiya trollar va Santa Klaus yurti hisoblanadi. Keskin ammo go‘zal ob-havosi bilan ushbu mamlakat juda ko‘p fotosuratlar manzilgohiga mezbonlik qilgan.
5 – o‘rin: Kanada
Kanadaning notekis daryo va qo‘ltiqlari ajoyib fotosuratlar uchun yaralgandek. Milliy bog‘lar, osma ko‘priklar, Niagara sharsharasi – barchasi juda ajoyib ko‘rinish kasb etgan.
4 – o‘rin: Norvegiya
Shimolning ajoyib ko‘rinishi, chuqur dengiz ko‘rfazi, muzliklar va qutb yog‘dusi barchasi ajoyib. Bu yurt sayyoramizning eng go‘zal maskanlaridan. Bu yer o‘sha xavfli ammo qiziqarli sarguzashtlarni boshdan kechirgan viking (Qadimgi Skandinaviyaning harbiy dengiz askari) va valkirlar yurti hisoblanadi.
3 – o‘rin: Daniya
Daniya – qumli plyajlarga to‘la ko‘llari va qandolat fermalari, qadimgi sarguzashtlarga boy qal'alari bilan mashhur. Hozirda ushbu joylarning ko‘pi turistlar uchun mehmonxonalarga aylantirilgan.
2 – o‘rin: Islandiya
Bu mamlakatning mahalliy ko‘rinishi odatiy joylardan keskin farq qiladi, shu sababli bu yerda suratga olingan filmlar uchun qo‘shimcha dekoratsiyalar qurishga hojat yo‘q.
1 – o‘rin: Shveytsariya
Bu yerda hayot xudi Alp tog‘laridagidek maftunkor. Bu yurt Yevropaning eng faxrli mamlakatidir. Shveytsariyada dunyoga mashhur shirinliklar ham tayyorlanadi.
Inson uchun baxtli bo‘lish ba'zan juda oson tuyuladi, ba'zida esa juda mushkul… Ammo insonning o‘z yurtida tinch, farovon umr kechirishi katta baxt. Menga qolsa, Buxoronning "Minorai kaloni", Samarqandning "Registoni" yoxud Boysun tog‘larining tong sahargi ko‘rkam manzarasi, Toshkent obi-nonini ushbu ro‘yxatga bemalol qo‘shsa bo‘ladi. Shunday jannatmakon rizqi butun yurtda yashayotgan biz ham eng baxtli insonlarmiz.