Milliy sertifikat savollari | Biologiya (25.01.2025)
Pektinga ega organizmlar sonini toping.
Qushlar o‘txo‘r hayvonlarning go‘ngidan urug‘ topib yeydi, tirik mavjudotlarning qaysi o‘zaro ta’sirini qaysi biri bilan bog‘lash mumkin?
A) Amensalizm
B) Kommensalizm
C) Mutualizm
D) Neytralizm
Quyon maydalanish bosqichida Zigotasi bo‘linishdi boshladi va beshinchi meridianal bo‘linishga blastamerlarning 3/4 qismi qatnashdi va qatnashmagan qismi bo‘linishdi davom etdi va beshinchi ekvatorga 1/2 qismi qatnashdi va blastatamer yana bo‘linib sakkizinchi meridianal bo‘linishdagi hosil bo‘lgan blastamerdagi jinsiy xramasomalar toping?
Qolgan blastamerlar ham narmal bo‘lingan!!
Hujayrasidagi autasoma xromasomalari soni va boshqa bir noma'lum hayvonning tuxum hujayrasidagi xromasomalari soni farqi 27 ga teng bo'lib, somatik hujayrasidagi autasoma xromasomalari yig'indisi 82 tani tashkil etsa, noma'lum hayvonlarning tuxum hujayrasidagi autasoma xromasomalari ayirmasini toping.
A) 3 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 7 ta
Glyukoza parchalanganda 5600 kj issiqlik energiyasi ajraldi, shu glukozani hosil qilish uchun oʼsimlik 144mol ATF sarfladi.Glyukozaning necha % toʼliq parchalangan?
A) 40%
B) 50% ✅
C) 60%
D) 70%
Oq planariya exinakokdan farq qilib ....
A) bir uchi berk naychalari gʻovak toʻqimada joylashgan
B) nerv tolalari nerv tugunini hosil qiladi
C) paypaslagichi va koʻzi sezgi organi hisoblanadi
O‘simlik 3 ta hujayrada jami 768 ta ATF hosil bo‘ldi ulardan 3/8 birinchi hujayrada 1/8 ikkinchi hujayrada 4/8, uchinchi hujayrada hosil bo‘ldi.Birinchi hujayrada parchalanmay qolgan Sut kislotasi ikkinchi hujayrada parchalanmay qolgan sut kislotadan 3 marta ko‘p uchinchi hujayrada parchalanmay qolgan sut kislata birinchi hujayrada to‘liq parchalangan sut kislatadan 3,5 marta ko‘p Ikkinchi hujayrada to‘liq parchalangan sut kislata soni birinchi hujayrada chala parchalangan sut kislatadan 15 marta kam, To‘liq va chala parchalangan glyukoza miqdorini aniqlang .
Agar sunʼiy ravishda yorugʻlik uzluksizligi taʼminlansa 15 kunda qancha organik modda hosil boʻladi.
Sekratsiya bezi gormonlari tushdi. Melatonin bilan timozin ikkisiga jadval berilgan Alohida alohida xususiyati keyin umumiy ikkalasi uchun toping.
Quydagi berilgan 3 ta DNK malekulasida jami nukleotidlar soni 9600 ta. Birinchi DNKda 720 ta Adenin nukleotidi va 6480ta H bog‘ bor. 2-DNKda umumiy nukleotidning 30% G nukleotidi tashkil qiladi 3-DNKda umumiy nukleotidlarning 20% C nukleotidi tashlik qiladi. Uchala DNK da jami G nukleotidlari 2960 tani tashkil Ikkinchi va uchinchi DNKdagi H bog'lar sonini toping?
Odam bir kunda tinch turganda 1680kj energiya sarflaydi. Agar aqliy mehnat qisa 30%ga ortadi. Jismoniy mehnat qisa 3 barobar ortadi. Ikki soat aqliy mehnat va bir soat jismoniy mehnat qilgan odam qancha energiya sarflaydi.
Quyida o‘simliklar (I, II, III), o‘simliklarning kelib chiqish markazlari (a, b, c, d, e) va o‘simlik oilalarining gul formulasi (1, 2, 3, 4, 5, 6) keltirilgan.
I. yovvoyi no‘xat; II. tamaki; III. qalampir.
a) Janubiy Amerika markazi; b) O‘rtayer dengizi markazi; c) Efiopiya markazi; d) Markaziy Amerika markazi; e) Sharqiy Osiyo markazi.
1) Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞);
2) Gk4Gt4Ch4+2U(2); 3) Gk4−5Gt5,(5)Ch5U(2);
4) Gk(5)Gt1+2+(2)Ch(9)+1U1;
5) Og(2)+2Ch3,6U1; 6) Gk(5)Gt(5)Ch5U1.
Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, berilgan o‘simliklarning kelib chiqish markazi va ular mansub bo‘lgan oilalarning gul formulasi to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang.
A)I − c, 4; II − a, 6; III − d, 6
B)I − c, 2; II − d, 6; III − b, 5
C)I − b, 4; II − e, 1; III − d, 6
D)I − d, 3; II − a, 6; III − d, 1
Limnea mollyuskalarida chig'anog'ining uzunligi 4 juft polimer genlar ta'srida rivojlanadi. Barcha genlar dominant holda bo'lsa, chig'anoq uzunligi 8 sm, barcha genlar retsessiv holda bo'lsa, chig'anoq uzunligi 4 sm bo'ladi. Ushbu molluskalarda chig'anoqning o'ng tomonga yo'nalganligi chap tomonga yo'nalganligi ustidan dominantlik qilib boshqa xromasomada joylashgan.
Barcha belgilariga ko'ra geterozigotali limnea mollyuskalari taxliliy chatishtrilgani ma'lum bo'lsa, quydagilarni aniqlang:
Q1. Olingan 4800 ta avloddan nechtasida chig'anog'ining uzunligi 4,5 smli, chig'anoqning o'ng tomonga yo'nalgan bo'ladi?
Q2. Olingan 4800 ta avloddan chig'anog'ining uzunligi 5 smli molluskalar soni chig'anog'ining uzunligi 5,5 smli mollyusklar sonidan nechtaga farq qilishini aniqlang.
1) Belgilar va ularni boshqaruvchi genlarni va chatishtirishda qatnashgan organizmlar genotipi va fenotipini yozing:
2 Pennet kataklarida chatishtirishda qatnashgan moluskalar hosil qilgan gametalar va quyida topshiriqlarda (Q1-Q2) so'ralgan savollarga javob yozing.
Proterozoy → paleozoy → mezozoy eralarida sodir bo‘lgan aromorfozlar mos ravishda ketma-ket berilgan javobni aniqlang.
A)yo‘ldoshli sutemizuvchilar kenja sinf vakillarining paydo bo‘lishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → tuproqdagi dastlabki quruqlik o‘simliklarining tarqalishi
B)halqali chuvalchanglar tip vakillarining paydo bo‘lishi, dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → tuproqdagi dastlabki quruqlik o‘simliklarining paydo bo‘lishi → dastlabki sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi
C) ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi, suyakli baliqlar sinfining kelib chiqishi → dastlabki bosh skeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi → jag‘siz qalqondor baliqlarning paydo bo‘lishi
D)suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dastlabki turlarini vujudga kelishi → tuproqdagi dastlabki quruqlik
o‘simliklarining paydo bo‘lishi
2m^2 barg satxli Kuniga 10 soat fotosintez qiladi Chiroq yoqib fotosintez qilish imkoniyati oshirildi 15 kunda qancha organik modda hosil bo'ladi.
Probanding otasi 170 sm(A1A1a2a2A3A) onasi 160 sm(a1a1A2A2a3a3) genlar B normal ko'z kosasini ta'minlovchi gen retsessiv geni b antomalfiya edimi Bb ham bitta kasallik edi Polidaktiiliya va katarakta Dominant gen va bitta autosoma orqali irsiylanadi keyin tish emalining qo'ng'ir bo'lishi jinsga birikkan holda irsiylanadi. ota ona haqida ma'lumot berilgan edi proband va ota-ona va uning turmush o'rtog'ini genotipini topish berilgan.
Butli o'rgimchak vyurok sayg'oq yerqazar karakatitsa vixuxol nandu belyanka chumolixor eslaganim shular yana bitta hasharor bor edi.
Shundan boʻgʻimoyoqlilar soni, Hasharotxoʻrlar turkum vakili, Issiqqonlilar sonini toping.
1 ta zigota 5 -chi meridianalgacha bo'lindi va 5 chiga kelganda uning 3/4 qismi bo'linishda davom etdi. Qolgani 4 chi ekvatorialdan bo'linishni boshladi. Bu jarayon 6 chi meridianalgacha bordi. 6 chi meridianalda 1/2 qismi bo'linmadi. Bo'linmagani 5 chi ekvatorialdan bo'linishda davom etdi. 8 meridianaldagi jinsiy xromosomalar qancha?
Quyidagilardan nechtasi chumchuqsimonlar turkumiga tegishli
1) dodo 2) hakka 3) chittak. 4) olaqargʻa 5) qorayaloq 6) chugʻurchuq 7) musicha. 8) bulbul 9) kaptar
Sichqonlar junining rangi ikki juft noallel genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant alleli junning kulrang bo‘lishini, retsessiv qora bo‘lishini ta’minlaydi, ikkinchi juft dominant gen rang hosil bo‘lishiga yordam beradi, retsessiv esa to‘sqinlik qiladi va jun oq rangda bo‘ladi. Sichqonlar dumining kalta bo‘lishini ta’minlovchi gen dominant gomozigota holda letal hisoblanib embrion davrdayoq halok bo‘ladi.
Geterozigotalilar yashovchan bo‘ladi, retsessiv holatda dumi normal bo‘ladi.
Agar trigeterozigota kulrang junli, kalta dumli sichqon digeterozigota qora junli, kalta dumli sichqon bilan
chatishtirilsa, tug‘ilgan sichqonlar haqidagi to‘g‘ri fikrlar qaysi raqamlar orqali ifodalangan?
1) juni kulrang kalta dumli sichqonlarning oq junli normal dumli sichqonlarga bo‘lgan nisbati 2:1;
2) tug‘ilgan sichqonlarning 25%ini oq junli sichqonlar tashkil etadi;
3) kalta dumli sichqonlarning normal dumli sichqonlarga nisbati 2:1;
4) kulrang, oq va qora junli sichqonlarning fenotipik nisbati 3:2:3;
5) tug‘ilgan sichqonlarning 37,5%ini qora junli sichqonlar tashkil etadi;
6) oq junli dumi kalta sichqonlarning qora junli normal dumli sichqonlarga bo‘lgan nisbati 2:1