His babygirl
"Sevgida hamma narsaga chidash kerak" deyilganda, bu - qashshoqlik, kasallik, har xil yomon kunlar va shu kabi musibatlarga chidashni anglatadi.Yolg'on, qattiq muomala, tajovuz yoki hurmatsizliklarga chidashni emas...
O‘q otildi hammasi tugadi.
Kim Tan yotardi. Yuzida ifoda yo‘q, ko‘zlari ochiq. Men esa shu manzaraga uzoq qarab turdim. Qon hidini ham, Ari ortimda titraganini ham his qilmadim. Faqat bir narsa bor edi — tinchlik.
Men bu odamni o‘ldirish haqida o‘ylab koʻrmadim. Men uni jazolash uchun qildim. O‘q shunchaki vosita edi. Uning hayoti tugashi kerak edi va men buni qildim. Oddiy...
Qurolni tushirdim. Nafasim sekinlashdi. Qon tomchilarining yerga urilishi meni xotirjam qilardi. Ari ko‘zlarimga qaradi unda qo‘rquv bormi, minnatdorchilikmi, bilmadim. Farqi yo‘q. Chunki men buni uning uchun ham o‘zim uchun ham qildim.
— Endi hech kim seni xafa qila olmaydi — dedim past ovozda uning qulog‘iga yetadigancha. Gaplarim buyruqdek eshitildi lekin ichida yolg‘on yo‘q edi.
Bu jinoyat emas. Bu adolat. Va men adolatdan hech qachon afsuslanmayman.
Uning jasadi hanuz yerda. Xona ichidagi qon hidi go‘yoki devorlarga singib, havo bilan birga nafasimga kirardi. Qurolni stol ustiga tashladim temirning qattiq taqillashi xonadagi o‘lim sukunatini yorib yubordi.
Qadamlarim og‘ir, ammo ishonchli edi. Ari ortimga bir qadam chekinganini sezdim, u buni yashirishga urinardi, lekin nafasidagi titroqni men aniq his qildim.
— Tamom — dedim xuddi oddiy ishni yakunlagandek befarq ohangda. — Endi u seni tilga olishga ham, sen haqingda o‘ylashga ham qodir emas.
Jasad yonidan o‘tdim. Bir qarashga ham arzimaydi. Menga uning yuzidagi so‘nggi ifoda emas, faqat Ari muhim edi.
— Menga shunday qarama, — dedim past ammo buyruq ohangida. — Sen qilgan ishimning mohiyatini tushunmading.
— Buni... o‘lim bilan hal qilishingiz shart edimi? Va yana... — dedi u nigohida menga bo‘lgan mehr aralash qo‘rquv bilan.
— Ha o‘ldirdim... — dedim uning savolini tugatishiga ruxsat bermay. — Chunki u seni azobladi. Seni haqoratladi. Men sening yoningda turib buni tomosha qilish uchun yaratilmaganman.
— Meni deb yana gunohga botdingiz... — dediyu boshini egib ko‘zlaridan yosh tomchilari sirg‘alib tusha boshladi
— Men uchun gunoh va najotning farqi yo‘q — dedim sekin lekin keskin ohangda. — Men faqat seni saqlab qolaman qon bilan boʻlsa ham. Agar bu seni qo‘rqitsa… unda bil men shundayman Ariyim...
Ichimda esa faqat bitta fikr charx urardi: "Unga yaqinlashadigan har qanday odam aynan shu taqdirni kutadi."
Ari ko‘zlarini jasaddan uzolmasdi. Uning yelkalari mayin titrardi, barmoqlari esa xuddi sovuq temirni ushlab turgandek muzdek edi. Men sekin yoniga bordim, kaftim bilan iyagini ohista ko‘tardim va nigohini o‘sha sovuq, qon hidi to‘yingan manzaradan majburan uzdim.
— Qara — dedim ovozim past, ammo buyruqdek qat’iy — bu manzara sening xotirangda qolmasin.
U qarshilik qilmoqchi bo‘ldi, lekin men bilagidan ushlab, o‘zimga yaqin tortdim. Ari xuddi kuchi so‘ngandek, bo‘shashgan holda ko‘ksimga yopishdi. Na qo‘llarini qayerga qo‘yishni, na ko‘zlarini qayerga tikishni bilardi.
— Seni bu joydan olib ketaman — dedim qarorimda bir zarracha ham ikkilanmay. — Va qotilligim sababini oyimga aytmaymiz. Senga teginganimni bilmasligi kerak… hozircha.
Uning ko‘zlari menga qadaldi. U yerda qo‘rquv ham, savol ham, ishonch ham qorishib yotardi. Ammo men tushuntirish bermadim. Hozir unga kerak bo‘lgan yagona narsa bilishi kerakki endi u mening qo‘limda va hech kim unga qayta zarar berolmaydi.
— Yaxshi… — dedi u nihoyat kaftimdan ushlab. Barmoqlari sovuqdan emas, ichki larzadan titrardi.
Men uni yetaklab eshik tomon boshladim. Qadamlarimiz pol ustida ovoz chiqarmasdi, faqat yuraklarimizning og‘ir, bo‘g‘iq urishi quloqlarimizda jaranglayotgandek edi.
Orqamga qayrilib qaramadim. Bobom deb atalmish pastkash endi nafas olmaydi. Tamom. Uni o‘lik tanasi bilan o‘tirib xotirjam nafas olish niyatim yo‘q. Xona esa go‘yo qonga singib, jinoyatni hid orqali saqlab qolishga urinayotgandek edi.
Eshikni yopganimda ichimda bir so‘zsiz, ammo qon bilan yozilgan va’da tug‘ildi:
Agar dunyo unga yana tegishga urinsa… men butun dunyoni kulga aylantiraman.
Ko‘chaga chiqqanimizda sovuq shamol yuzimizga qadaldi. Ari larzaga keldi. Men uni qattiqroq quchoqladim.
— Dunyoni bitta yovuzdan tozaladingiz. Siz jazolanmasligingiz kerak — dedi u sokin, ammo muzdek qat’iy ohangda. — Qanday bo‘lmasin qamalmang… Yo‘qsa... barcha aybni o‘zimga olaman.
Bu va’da emas edi. Bu hukm edi.
Men jilmaydim ammo jilmayishimda iliqlik yo‘q edi faqat ishonch va egallab olishning sovuq ishonchi:
— Sen bilan qilmoqchi bo‘lgan rejalari bor odamni hech kim ajratolmaydi.
Mashina eshigini ochdim. Ari bir lahza to‘xtab qoldi, lekin men ko‘ziga qaraganimda, qarshilikning barchasi so‘ndi. U boshini egdi va ichkariga o‘tirdi. Rulga o‘tirib, dvigatelni ishga tushirdim. Orqamda qolgan hamma narsa endi faqat o‘lik xotira edi.
Yo‘l bo‘ylab jim ketdik. Ichimda afsus yo‘q edi. Hatto yengillik ham emas. Faqat bitta his bor edi: Ari endi butunlay meniki.
Mashina sokin yo‘lda harakat qilardi, lekin Ari yonimda tinch emas edi. Nafasi notekis, ko‘zlari deraza ortidan qochib ketadigan yo‘l izlayotgandek. Qo‘llari esa tizzasida qattiq qisilgan go‘yo kimdir ichkaridagi qo‘rquvini ko‘rib qo‘yishidan saqlayotgandek.
— O‘ylayapsan — dedim past, hissiz ohangda.
— “Nega Jimin?” deb.
U bir zum jim qoldi, so‘ng menga qaradi.
— To‘g‘risini aytsam… ha.
Men boshimni ohista chaykadim.
— Chunki Luna yaxshi do‘st, lekin xavfli holatda seni himoya qiladigan joyda emas. U ota-onam bilan yashaydi. Demak seni u yerga olib borish ularni ham bu o‘yinga aralashtirish demak. Buni istamayman. Ular bizga javobini topa olmaydigan savollar beradi. Lunani alohida chaqirib olish esa shubha uyg‘otadi.
Ari nigohini pastga soldi. U jim edi, lekin men uning ichidagi chayqalishni sezardim.
— Jimin esa… u men ishonadigan eng yaqin insonim. Uning senga qanday qarashini bilaman. Jiminga nisbatan sening ham… — men to‘xtadim va yana davom etdim — Ammo bu vaziyatda ishona oladigan yagona odam u.
U labini tishladi. Quloqlarida jimlik hukm surar, lekin men ko‘nglida boshqa bir tovush borligini sezdim — u Jimin bilan bo‘lib o‘tganlarni eslayapti. Menga aytmaydi. Bilaman.
— Men bu ishni hal qilgunimga qadar sen uning uyida yashaysan. Tushundingmi? — dedim sekin, lekin qat’iy.
— Ha… — uning ovozi juda past chiqdi.
Mashina Jiminning uyiga yaqinlashar ekan, ichimdagi og‘irlik tobora ortdi. Ari bilmaydi… Jimin bizga nafaqat do‘stim sifatida yordam beradi balki yuragidagi senga yashirin hislari ham uni harakatga majbur qiladi. Men esa buni ko‘rmayotgandek yashayman.
Hovliga kirib to‘xtadim. Ari chuqur nafas oldi, lablariga sun’iy tabassum chiqardi. Eshik oldida uni bir lahza ushlab qoldim.
— Ichkarida o‘zingni tinch tut. Qolganini men hal qilaman.
Qong‘iroq bosildi. Eshik ochildi. Jiminning ko‘zlari darhol Ariga tushdi… va bir lahzada ichida o‘tgan yillar to‘planganini ko‘rdim. Bu qarashda hech qanday yovuzlik yo‘q edi, faqat sof, yashirin, o‘zidan ham yashirgan mehr.
U asta yonimizga qadam tashladi. Ari unga bir qarab, tezda nigohini olib qochdi. Men esa ularning orasidagi ko‘rinmas ipni his qildim. Ip tarang edi.
Ichkariga kirganda Jimin yana unga qaradi — bu safar qarashida nimadir yumshoq, ehtiyotkor, lekin juda chuqur edi. Men uning ichida “Bu safar seni qo‘ldan boy bermayman” degan ovozni sezdim. Ari esa jilmayishga urindi, lekin ko‘zlaridagi ehtiyotkorlikni yashira olmadi.
Xonaga o‘tdik. Men divanga cho‘kdim, Ari esa chekka stulga o‘tirib, qo‘llarini tizzasida musht qilib ushlab oldi. Jimin qarshi o‘tirganida, u unga qarashdan qochdi. Men esa so‘zsiz hammasini tushunardim bu uchovimiz uchun ham xavfli, ammo zarur o‘yin edi.
Jiminning uyida shunday og‘ir jimlik hukm surardiki, hatto soatning “tik-tak”i ham jaranglab eshitilardi. Ari divanning eng chetida, yelkalarini biroz bukib, qo‘llarini tizzasiga mahkam bosib o‘tirardi. Nigohi polga qadalgan, go‘yo bu yerda hech kim yo‘qdek, hech kimning ko‘ziga tushmaslik uchun o‘zini berkitayotgandek edi.
Men so‘z boshlashim bilan havodagi taranglik yanada qotib qoldi.
— Jimin… — dedim sekin, ammo ovozim muzday edi. — Dori ta’sirida Ariga tegingan kunim… o‘sha payt buni kim qilganini topa olmagan edik. Biroq bugun u odamning o‘zi bizni topdi. U… mening bobom.
Ari beixtiyor titradi. Yelkasi silkinib, barmoqlari tizzasini yanada qattiqroq quchdi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv bor edi — lekin bu qo‘rquv menga emas, Jiminning ichida o‘sha lahzada uyg‘ongan g‘azabga edi.
Men davom etdim, o‘zimning taxminlarimni ham yashirmay:
— O‘sha payt u mening nabirasi ekanimni bilmas edi. Mendan Arini Suhoga berishimni so‘ragan. Men rad etdim. Ilk bor o‘zi istagan narsasiga erisha olmagani uchun… qasddan qilgan. U aytmadi, lekin men buni shunday his qildim.
Jimin bir lahza qotib qoldi. Yuzidan qon qochib, ko‘zlari tig‘dek o‘tkirlashdi. Keyin birdan o‘rnidan turib, stulni surib tashladi-da, kafti bilan stolga shunday urdiki, ustidagi shisha tarang ovoz bilan chilparchin bo‘ldi.
— Demak bu hammasi… lanati iflos Kim Tan! — Jiminning ovozi bo‘g‘ilib, tomirlari qinidan chiqqandek bo‘rtib ketdi. — Men o‘sha pastkashni o‘ldiraman! — U stolning siniq qirrasini shu qadar qattiq siqdiki, barmoqlarining bo‘g‘imlari oqarib, kaftidan qon sizib chiqdi.
Men jim kuzatdim. Jiminning nafas olishi og‘irlashgan, har bir so‘zi g‘azabdan titrardi. Ari esa… asta boshini ko‘tardi. Hayrat aralash iliqlik bilan unga qaradi. Ko‘zida g‘urur va yengillik chaqnardi — go‘yo “u mening uchun g‘azablanmoqda” degan o‘y unga biroz issiqlik bergandek. Ammo yuragidagi qo‘rquv hanuz ketmagan edi.
Jiminning qo‘lidan sizib tushayotgan qonni ko‘rib, Ari beixtiyor o‘rnidan turdi. Bir so‘z demasdan chetroqda turgan dori qutisini olib keldi, sekin uning yoniga kelib:
— O‘tirishingiz kerak… qo‘lingizni bog‘lash lozim, — dedi sokin, ammo qat’iy ohangda.
U Jiminga yaqinlashdi, kaftidan ushlab, divanga qayta o‘tqazdi. O‘zi bog‘laganida barmoqlari Jiminning bilagini yengilgina qamrab o‘tdi. Bog‘lab bo‘lgach, turib ketmoqchi bo‘ldi, ammo Jimin birdan uning bilagidan ushladi.
Ularning nigohlari bir-biriga mixlandi. So‘zsiz, ammo hamma narsani aytib qo‘ya oladigan nigohlar edi bu. Bir necha soniya o‘tib, Jimin qo‘yib yubordi. Ari joyiga qaytib o‘tirdi.
Jimin esa bog‘langan qo‘liga qisqa, ammo ma’noli tabassum bilan qaradi. So‘ng ko‘zlari yana o‘sha muzdek, qahrli qat’iy ko‘rinishga qaytdi go‘yo shu lahzada hech narsa bo‘lmagandek.
— Demak... davom etamiz uni oʻldirmoqchiman... — dedi sokin lekin ichida hali ham g‘azab alangalanib turardi.
— Kech qolding, Jimin. Men uni allaqachon do‘zaxga jo‘natdim. Otib tashladim...— ohangimda faxrlanish bilan muzdek edi men jilmaymadim. Hech qanday afsus his qilmadim.
Jimin mushtini shunday qattiq qisib oldiki, bo‘g‘imlari oqardi.
— U… — ovozi past, ammo titroq edi. — U bunchalik oson o‘limga loyiq emas. Ammo seni qo‘lingdan o‘lgani… yaxshi.
So‘zlari yarim yo‘lda kesildi. Yuzidagi ifoda birdan o‘zgardi g‘azab o‘rnini qo‘rquv va xavotir egalladi.
— Ammo sen tentaksan, Suga! Bu odam shunchaki boy yoki kuchli emas edi. Bu odam butun mamlakat bo‘ylab odamlar, politsiya, siyosatchilarni cho‘ntagida saqlardi! Uning yordamchilari seni tirik qoldirmaydi.
Men uning nigohiga tik qaradim.
— Shuning uchun ham bu ishni oxiriga yetkazishim kerak. Men ularning hammasini yo‘q qilmayman, Jimin. Men faqat ularga yo‘nalishni ko‘rsataman. Kim Tanning o‘limida boshqa odamni ayblashadi. Shunda men… toza qolaman.
Jimin qo‘llarini beliga qo‘ydi. Uning nigohida nafrat va hayrat aralash edi.
— Qanaqa reja?
Men jilmaydim. Bu kulgu yovuzlikdan emas, balki rejaning mukammalligidan kelgan yengil, sovuq tabassum edi.
— Bobomning eng katta dushmanini topaman. Kim Tan unga qancha yomonlik qilganini eslataman. Keyin bu ishning barcha aybini o‘sha odamga yuklayman. Uning yordamchilari unga sodiq ular meni qidiradi.
— Men qat’iy ohangda davom etdim. — Lekin ulardan oldin o‘sha odamni topaman. Politsiya, matbuot… hamma uni aybdor deb biladi. Kim Tanning o‘limi uning ustiga tushsa, meni izlashmaydi. Men esa… hech narsa bo‘lmaganday yashayman.
Jimin jim bo‘ldi. Ko‘zlarida do‘stlik, ishonch… lekin chuqurida bir soya bor edi xavotir soyasi.
— Suga… sen o‘zingni xavfga qo‘yyapsan.
— Bilaman, — dedim men qat’iylik bilan. — Ammo o‘zimni himoya qilishga majburman. Chunki bitta insonga so‘z berganman. Sen faqat Arini asra. Qolganini menga qo‘y…
Shu payt Ari menga qaradi. Uning nigohida aytilmagan minnatdorlik, qo‘rquv va chalkash tuyg‘ular birlashgandi. Ammo bir narsani aniq his qildim u hech qachon bu o‘yin qanchalik xavfli ekanini to‘liq tushunmaydi.
— Men nafaqat Arini asrayman, — dedi Jimin ohangida xavfli, ammo ichida mehr yashiringan ohang bilan. — Sening yoningda turib seni ham himoya qilaman, do‘stim.
Biz reja haqida yana batafsil gaplashdik. Nega Lunani bu ishga jalb qilolmasligimni tushuntirdim. Kimlarga ishonmaslik kerakligini aytdim. Ari nima uchun u bilan qolishi kerakligini ham… Jimin buni tushuntirishga ehtiyoj sezmadi, ammo bosh irg‘ab qabul qildi.
Ari esa hamon jim edi. Ammo uning nigohi — bizning har bir so‘zimizni yutib olayotgandek, ichida bir zumda portlashga tayyor qo‘rquv va og‘irlik bilan to‘la edi. U nafaqat aytilayotgan gaplardan, balki ularning orqasidagi xavfning sovuq, bosuvchi havosidan ham qo‘rqardi.
Uy g‘oyat jim… shunchalik jimki, har bir taq-tuq, shamol shitirlashi Ari uchun minglab so‘zlardan balandroq eshitilardi. Havo ham g‘alati og‘ir, go‘yo uying ichida hamon biror sir yashirinayotgandek.
Yolg‘iz qolganidan beri u har kecha yostiq ustida shiftga tikilib chiqardi — bu tun ham boshqacha emas edi. Faqat bu safar yuragi odatdagidan ham tez ura boshladi… ichida esa g‘alati, tushunarsiz istak uyg‘ondi. Shirinlik.
O‘ziga o‘zi kinoya bilan kulimsiradi:
— Tushunmayman, nega aynan hozir shirinlik yemoqchiman?..
Qadamlarini sekin bosib, zinapoyadan pastga tushdi. Har bir qadam ostida taxtalar xirillab, uy ichidagi sukunatni yorib o‘tdi.
Oshxonaga kirganda qorong‘ulik hali ham hamma burchakni egallab turardi. Faqat derazadan tushayotgan oy nuri kafel yuzasida sovuq yaltirab yotardi.
Muzlatkich eshigini ochganida oq yorug‘lik birdan butun oshxonani yoritdi. Ari pirog bo‘lagini olib, orqasiga sekin o‘girildi… ammo yelkasidan sovuq titroq yugurdi.
Oshxona eshigi oldida — baland bo‘y, keng yelkalar… yarim qorong‘ida faqat oy nuri uning yonoqlarini chizib o‘tayotgandek. Ari ko‘zlari kattalashib ketdi.
— Ahh… Jimin! — deya qo‘lidagi pirog bo‘lagini zo‘rg‘a tushirmadi.
U lab burchagida yengil kulimsirab, sokin ovozda dedi:
— Nega buncha qo‘rqoqsan, Ari?
Ari hansirab, peshonasidagi soch tolalarini titrab orqaga surdi.
— Sen… sen bu yerda nima qilyapsan?! Yo‘q… Suga ham keldimi? Rejangiz… ishladimi?!
Jimin bir qadam tashladi. Ari ham instinktiv ravishda bir qadam orqaga siljidi. Keyin yana… yana… toki orqasi oshxona stoliga kelib taqalguncha.
Jimin unga yaqinlashgan sari havoda nozik, ammo keskin kuch sezilardi. Ovozida ham issiqlik, ham xavf aralashib ketgandi:
— Yana bir necha kundan so‘ng… hammasi biz o‘ylagandek yakun topadi. Yoongi hozir otasining oldida. Uni ham ishontirishi kerak. Yaxshimi, yomonmi… Kim Tan uning otasi.
Ari ko‘zlari bir lahza yumilib ochildi — nafas olishiga sal yengillik aralashdi, ammo yurak urishi hamon qattiq edi.
— Taehyung amakim… buni ko‘tarishi oson bo‘lmaydi, — deya davom etdi Jimin. — Yonida hozir Yoongi bor.
Ari lablari biroz egildi ammo charchoq aralash samimiy bir tabassum paydo bo‘ldi.
— Amakim uchun men ham afsusdaman. Ammo hammasi yaxshi ekanini eshitib… ancha yengil bo‘ldim.
U shunday deganda ham Jimin unga bir qadam yaqinroq kelib, ko‘zlarini chuqur tikdi. Oy nuri uning nigohini yanada keskinroq qilgan, yuragini esa butunlay qamrab olgandi…
— Biroq hali ham kuzatuv ostidamiz... Shu sabab sening yoningda bolishim kerak... — dedi Jimin, ovozi sokin, ammo nigohi juda yaqin, hatto Ari nafasini ham his qilardi. — Yarim tunda yolg‘iz oshxonaga tushishga? Qorqmadingmi?
Ari yengil kulimsiradi, ammo yurak urishi biroz tezlashgan edi:
— Shirinlik yeyishdan hech kimni hech narsa to‘xtata olmaydi…
Jimin sekin qadam tashlab, uning qo‘lidagi pirog bo‘lagini ohista oldi.
— Demak, tatib ko‘rish men uchun ham bo‘ldimi? — dedi u, vilkani stolga qo‘yarkan.
Ari biror narsa demoqchi bo‘ldi, ammo Jimin bo‘lakni bevosita qo‘li bilan ushlab, asta uning lablariga olib bordi.
— Og‘zingni och, — dedi u buyruq ohangida, qarashlari esa qochib bo‘lmasdek kuchli edi.
Ari beixtiyor itoat qildi, pirogning shirin ta’mi tilida tarqaldi… lekin hali chaynashga ham ulgurmasdan, Jimin kafti bilan uning iyagini engil ko‘tarib, yuzini o‘ziga qaratdi.
— Hali yutma, — dedi u pichirlab, lablari Ari lablaridan bir necha millimetr uzoqda. Keyin esa to‘satdan… uning lablariga bosildi.
Ari bir lahza muzlab qoldi. Pirogning shirinligi va Jiminning issiq nafasi bir-biriga qorishib, butun tanasini qamrab oldi. Qo‘lidagi tarelka qayerda ekanini ham sezmay qoldi. Uning o‘pishi yirtqich va talabchan edi, Ari beixtiyor bir qo‘li bilan Jiminning ko‘kragiga tiraldi, ammo bu itarish emas, balki o‘zini ushlab qolishga urinishi edi. Jimin lablarini biroz chuqurroq bosib, pirogni chaynashini va asta yutishini kutdi.
— Yut, Ari… Men seni shirinlikdan ham mast qilaman, — Jimin lablarini bo‘shatmasdan pichirladi.
— Mm… — Ari nihoyat yutganda, Jimin sekin orqaga tortildi, ammo iyagidan ushlab turgan qo‘lini qo‘ymadi.
— Shirin ekan, — dedi u lablaridagi mayin namlikni til uchida sekin artib. — Sen kabi.
Ari yuzida issiqlik yugurdi, ammo jilmaymaslikka harakat qildi:
— Sen juda… bezorisan, Jimin.
— Bezorimi? — Jimin uning belini ohista quchib, yuzini yanada yaqinlashtirdi. Nigohi chuqur va egallovchi edi. — Men shunchaki o‘zimga tegishli narsani tatib ko‘rdim.
— Men faqat o‘zimga tegishliman, — dedi Ari, ko‘zlarini chetga olib. Ammo yuragi qanchalik qattiq urayotganini yashira olmadi.
Jimin lab burchagida yengil, ammo g‘olibona jilmaydi:
— Ko‘ramiz…
Ari yuragi qattiq urayotganini his qildi, ammo qarshilik qilish o‘rniga jim turdi. Chunki Jiminning ko‘zidagi istak unga qo‘rquvdan ham kuchliroq ta’sir qilayotgandi.
Jiminning qo‘li sekin pastga tushib, belidan yon tomonga, so‘ng kiyimining ichiga kirib bordi. Iliq kafti uning terisiga tegdi. Ari beixtiyor nafasini ichiga oldi.
— Qo‘rqyapsanmi, yoki… bu boshqa narsa? — Jimin labining burchagida kulimsirab so‘radi.
Ari uning ko‘ksidan itarmoqchi bo‘ldi, ammo Jimin qo‘llarini uning orqasiga mahkam qo‘yib, qizning gavdasini o‘ziga tortdi. Qo‘li esa kiyim ostida yuqoriga ko‘tarilib, ko‘ksiga tegdi. Ari beixtiyor “Jimin!” deb keskin nafas oldi, ammo u orqaga qaytmadi.
— Sening yuraging… tez uryapti, — dedi Jimin, kafti ostidagi yurak urishini his qilib. — Men seni hayajonlantiryapman, to‘g‘rimi?
Jimin qizning koʻksini uchlarida aylana chizib bosh va nomsiz barmogʻi orasida ularni ehtirosli ogʻriq beradigan darajada chimchiladi. Ari oʻzi istamagan ohangda "Ahh" deya nola qildi.
Ari beixtiyor ko‘zlarini yumdi, lekin darhol hushyor tortib, uni itardi.
— Men seni yomon ko‘raman, Jimin.
— Yomon ko‘rish bu ham kuchli hissiyot, Ari. Va bilasanmi… men seni istashdan voz kecha olmayman. — Jimin jilmaydi va tungi ko'ylak ustidan ko'rinib turgan k*k uchlariga tikilib labini yaladi.
Ari Jiminning kiymi ichidagi qo‘lini kuch bilan ushlab, keskin tortib olishga harakat qildi. Tirnoqlari uning bilagiga botdi, butun gavdasi bilan orqaga chekinishga urinardi. Ammo Jimin buni faqat o‘lja qarshilik qilganda yirtqich yanada qiziqib qoladigandek qarshi oldi.
— Qo‘lingni tort... Jimin, — dedi Ari past ovozda, hijolat bo‘lib ko‘ylak ko‘tarilgani bois pastki ichki kiymi ham ko‘rinayotgan edi. Qo‘li bilan uning bilagini siqib, tirsagini bukishga majbur qildi, lekin kuchi yetmasdi.
— Tortaman… lekin faqat sen meni qarshimda ustingdagi ehtirosimni jilovlayotgan parchadan holos boʻlsang, — dedi u sekinroq, nigohini oq, silliq soniga song uning lablarida to‘xtatib.
Ari birdan yelkasini silkitib, kaftini itarishga urindi, ammo Jimin belidan mahkam ushlab qo‘ygan edi. Qadam tashlab ortga chekindiyu belini oshxona stolining chetiga urdi. Jimin esa bundan foydalanib uning oldiga suqildi.
— Chekinish magʻlubning ishi, — dedi Jimin past, ammo buyruq ohangida.
— Ba’zan chekinish eng katta g‘alaba bo‘ladi, — javob qaytardi Ari, nigohini uzmay, qo‘llarini uning ko‘ksiga tirab itarishda davom etib.
Jimin kaftini uning yon tomoniga qo‘ydi, shundayki, Ari endi o‘ngga ham, chapga ham chekina olmasdi.
— Demak, sen menga qarshi jang qilmoqchisan?
— Agar sen bunga majbur qilsang, — dedi Ari, lablari qaltirab. Bir qo‘li bilan uning bilagini surib, bo‘yniga yaqinlashayotganini to‘xtatishga urinardi.
Jimin bir qo‘li bilan uning sonini koʻtarib, nigohini qulfladi.
— Men seni majburlashim shart emas. Sen allaqachon ichingda bu jangni xohlayapsan.
Ari uning qo‘lini yana tortib, bir oyogʻini pastga tushirdi, hatto tizzasi bilan uning soniga bosishga harakat qildi, ammo Jimin yelkasidan bosib uni joyida ushlab turdi.
— Sen o‘zingni meni juda yaxshi bilaman deb o‘ylaysan.
— Men seni kechasi uyg‘onib, mening ismimni yod oladigan darajada bilaman, — dedi Jimin, lablari uning bo‘yniga yaqinlashib.
— Meni endi ostingda koʻrishni oson deb o‘ylama... — Ari qattiq nafas oldi, ammo ko‘ksiga qo‘ygan qo‘lini olib tashlamadi.
— Men seni tagimda emas, ustimda harakatdan tolib ko‘ksimga yiqilishingni xohlayman, — Jimin bo‘yniga o‘pich qo‘ydi. Oʻz izini qoldirishni oʻylagan on qizning oq terisiga qizil dogʻ qoʻydi, Ari esa bo‘ynini burib qochishga urindi.
— Bu xavfli o‘yin, Jimin… — Ari qarshilik koʻrsatdi, qo‘llarini uning yelkasiga tirab itarishda davom etdi ammo kuchi yetmasdi. Shu sabab buni koʻrmaslik uchun ko‘zini yumib, boshini orqaga tortdi.
— Xavfsiz o‘yin men uchun qiziq emas, — dedi u, qo‘llarini uning beliga qo‘yib, uni stol chetiga yanada bosdi.
— Men seni to‘xtata olaman... — Ari birdan qo‘lini uning ko‘ksiga qo‘yib, orqaga surdi, tirnoqlarini bosib og‘riq qoldirishga ham urindi.
— Sen meni to‘xtatishingning o‘zi meni qayta boshlashim uchun sabab bo‘ladi... — Jimin jilmayib, itarish uchun qoʻyilgan kaftni tutib tishlari orasiga oldi, tishlash ortidan muloyimlik bilan qizargan barmoqda oʻpich qoldirdi.
Ari stakanni qo‘liga olgancha gapirayotgan edi, ammo Jimin birdan uning bilagidan ushlab, qizni o‘ziga tortdi.
— Nima qilayapsan?! — Ari keskin qarshilik ko‘rsatdi, lekin Jimin uni belidan mahkam quchoqlab, hech ikkilanmay ko‘tarib stolning chetiga o‘tqazdi.
— Men shunchaki suhbatlashyapman, — dedi u past ovozda, kafti Ari sonidan sirg‘alib tizzasiga tegdi, barmoqlari esa sekin yuqoriga ko‘tarila boshladi.
Ari tanasini orqaga tortmoqchi bo‘ldi, ammo Jimin bir qo‘li bilan belidan mahkam bosib, ikkinchi qo‘li bilan yelkalaridan stol ustiga yotqizdi. Stolning sovuq yuzasi uning orqasiga tegdi.
— Jimin! — Ari ko‘ksiga kaftini bosib itararkan, lekin yigit og‘ir gavdasi bilan ustidan bosib, qo‘lini uning yonboshidan pastga siljitdi.
— Senga qarab turganimda, vaqtni yo‘qotgim kelmaydi, — dedi u, yuzini pastga egib, lablarini Ari iyagiga juda yaqin keltirib. Ari boshini burdi, ammo Jimin barmoqlari bilan iyagini ushlab, yuzini o‘ziga qaytardi.
— Qo‘yib yubor, — dedi Ari qattiq nafas olib.
— Qachon sen “iltimos” desanggina, — dedi Jimin, qo‘li qizning belidan sirg‘alib, qorinining tekis yuzasiga tegdi. Ari jon holatda uning bilagini ushlab, chetga tortmoqchi bo‘ldi, lekin Jimin qo‘lini yanada bosib, barmoqlarini pastdan yuqoriga olib bordi.
— Sen telbamisan... — Ari ovozida vahima aralash nafrat bor edi.
— Telba bo‘lsam, bu faqat sen uchun, — dedi Jimin, bo‘yniga lablarini bosib, sekin pastga, yelkasiga tusharkan, ikkinchi qo‘li bilan Ari sonining ichki tomoniga tegdi.
Ari oyoqlarini stol chetidan tushirmoqchi bo‘ldi, ammo Jimin tizzasi bilan uning tizzasini siqib, qamab qo‘ydi.
— Meni qo‘yib yubor, dedim! — Ari ingrab qo‘ydi, bo‘sh qo‘li bilan uning bo‘ynini itardi.
— Menga qarab shunday deyishing o‘zi eng katta yolg‘on, — dedi Jimin, bir qo‘li bilan Ari bilagini stol ustida mahkam ushlab, ikkinchi qo‘li bilan ko‘ksining yon tomonidan ushlab, barmoqlarini sekin yuqoriga siljitdi.
— Yomon ko‘ryapsanmi? — dedi Jimin, ko‘zlarini uning yuzidan uzmay.
— Shubhang ham boʻlmasin..! — dedi Ari, ovozida titroq bo'lsada javob qildi.
Jimin kulib, boshini egib, lablarini uning bo‘ynidan pastga, yoqasidan ichkariga surdi. Ari uning yelkasini mushtladi, ammo Jimin kaftini belidan pastga tushirib, qizning orqasidan ushladi.
— Sening qarshiliging meni faqat ko‘proq xohlatadi, — dedi u, kafti Ari sonining yuqorisiga chiqarkan, tizzasini uning oyoqlari orasida yanada siqdi.
— To‘xtat! — Ari keskin ovoz chiqardi, ammo Jimin yuzidagi ifoda o‘zini g‘olib his qilayotganini aytib turardi.
— To‘xtash? — dedi u, yuzini uning yuziga juda yaqin keltirib. — Yo‘q, Ari. Men hali boshlamadim ham.
— Iltimos... — Ari nihoyat ko‘zidagi yoshlarni to‘xtata olmadi. — Iltimos, tegma...
— Shundaymi?! Meni sog‘inmadingmi?! — Jimin mazax ohangida so‘radi, qo‘li bilan uning sonidan yuqoriroq joyini silab. — Axir oxirgi marta 1 oy oldin jinsiy aloqa qilgan edik...
— Nima uchun seni sog‘inaman?! Sevgan yigitim edingmi seni istasam?! — Ari jahl bilan uning qo‘lidan qutilishga urindi.
— Aksincha, undan-da yaqinman. Eringman... xotinjon, — dedi Jimin, barmog‘ini pastga tushirib, uning nozik joyida asta harakatlantirdi. — Agar unitgan bo‘lsang, eslatib qo‘ya olaman.
Jimin jilmaydi, lablarini uning bo‘ynidan pastga siljitib, kiyim matosini nozik ohangda ko‘tardi. Ari butun vujudi bilan itarishga urindi, lekin yigit uni stol ustida mahkam tutib turar, qo‘li esa yengil, lekin egallovchi harakatlar bilan uning oyoqlari orasida harakat qilardi.
Ari stol ustida bo‘shashgancha nafasini tekislashga ham ulgurmay, yon tomondan Jiminning issiq nafasini his qildi. Qizning qo‘llari hali ham uni itarishga urinar, ammo yigit bilaklarini mahkam bosib, tanasini stolning sovuq yuzasiga ezdi.
— Qiziq… sening bu yerda yolg‘iz bo‘lishing menga yoqdi, — dedi u past ovozda, lablari qizning qulog‘iga deyarli tegib.
— Men esa sening bu yaqinlashishingdan jirkanaman, — Ari qat’iyatli gapirdi, ammo ovozidagi titroq unga xiyonat qildi.
Jimin bir qo‘li bilan belidan ushlab, tanasini yaqinroq bosdi, ikkinchi qo‘li esa sonining ichki tomoniga sekin kirib bordi. Ari o‘zini qattiq burishga urindi, lekin u bilan olishish befoyda edi.
— Jirkanish? Men seni ko‘rib turganimda, yuraging urishidan jilmayishni bas qilolmayapman, — dedi Jimin, kaftini yuqoriga siljitarkan.
— Sen o‘zingni juda kuchli ko‘rasan, Jimin, — dedi Ari, nafasini ushlab, sonlarini yopishga urinib. — Lekin men sendan kuchsiz emasman.
— Kuchli bo‘lish bu qo‘rqmaslik degani, — Jimin uning tizzalarini sonlari bilan yanada qattiq qamab qo‘ydi. — Sen esa hozir ham qo‘rqyapsan.
Qizning tanasi titradi, ammo u qarshilikdan to‘xtamadi. Jimin esa bir lahza ham orqaga chekinmadi barmoqlari asta, ammo qat’iyat bilan tor joyiga kirib bordi. Ari keskin nafas oldi, lablarini mahkam qisitdi. Nomsiz barmoqni qizning ichida harakatga keltirar ekan Ari ovoz chiqarib yubormaslik uchun pastki labini tishladi.
— Balki men aqlli bo‘lishni tanlagandirman, — dedi Ari ichidagi ehtirosni bosib labida yengil kinoya bilan. — Aqlli odam yirtqichdan uzoqda turadi.
— Balki men seni o‘lja deb bilmayotgandirman, — dedi Jimin, qizning yuzidagi qarshilikni kuzatar ekan. Ikkinchi barmoqni ham qoʻshdi. — Balki seni yirtqichga aylantirmoqchiman.
— Men seni hech qachon istamayman! — Ari boshini orqaga tashlab, uni itarishga harakat qildi.
— Hech qachon? — Jimin jilmaydi va barmoqlarini yanada chuqurroq kiritdi, ritmni sekin oshirdi. Ari qo‘llarini stol qirrasiga tirab, og‘zidan chiqib ketayotgan ovozini yutmoqchi bo‘ldi.— Sen “hech qachon” deganlar ichida eng yolg‘on gapiruvchisan.
— Meni sinama, Jimin. Men ham o‘ynay olaman, lekin menga sen bilan o‘ynash yoqmaydi, — dedi Ari, nigohini qattiq tutib.
— Ahh, Ari… sen mening o‘yinimdan chiqib keta olmaysan. Chunki men qoida yozadigan odamman, — dedi kinoyali, bosh qo‘lini stol ustida uning qo‘li bilan jipslashtirib.
— Men seni yengaman. — Ari uni itardi, ammo Jimin chekinmadi.
— Aysh... — Jimin asta jilmaydi lablarini uning qulog‘iga yaqinlashtirdi. — Sen meni yengishga urinishingning o‘zi mening g‘alabam.
— Sen o‘zingga juda ishonchli odamsan, shundaymi? — Ari qattiqroq qarshilik qilishga urindi.
— Ha, chunki sening ko‘zingda hammasini ko‘ryapman, — dedi u, nihoyat Ari bilan yuzma-yuz bo‘lib. — Va bu ko‘zlar menga “yo‘q” deyolmaydi.
— Sen o‘zingni juda ham bilag‘on hisoblaysan, — dedi Ari keskin. — Balki men seni umuman xohlamayotgandirman?
— Agar shunday bo‘lsa, yuraging nega meni ko‘rganda shunday uradi? — Jimin ko‘zlarini qisdi va sekin kuldi. Arini ostidagi barmoqlar tezligini oshirdi.
Tungi ko'ylakni tepa qismini yelkasigacha tushirib oʻng koʻksida opich qoldirdi.
— Bu… bu qo‘rquvdan… Ahh... — dedi Ari, ammo tovushidagi mayin ingranish uni sotdi.
— Yolg‘on, — Jimin quloq oldidan soch tolalarini tortib, bo‘ynini yengil o‘pdi va tishlashni ham unitmadi. — Agar qo‘rqayotgan bo‘lsang, bunday titramassan.
— Menga qilgan yovuzliklaringdan keyin hammi? — Ari ko‘zlarini unga qayta qadadi, g‘azab aralash o‘sha ichki titroq sezilib turardi.
Jimin biroz oʻyga chomdi. Biroq hozirgi zavqni ustun sanab ishida davom etdi. Ari barmoqlari stol ustida kuchsiz siljidi. Nafasi qisqarib, qarshilik tobora so‘ndi. Jimin esa har safar uning ichki devorlari qisilganda yanada qattiqroq barmoqlari bosimini bossa, qizning ingranishlari oshar edi.
— Meni… qo‘yib yubor… Jin ursin... Immm.... — Ari so‘nggi kuchini yig‘ib gapirdi.
— Seni qo‘yib yuborsam, bu zavqdan mahrum bo‘laman, — dedi Jimin, barmoqlarini tezlashtirish barobarida qizni koʻksida binafsha dogʻlarni ham qoldirdi. Ari ko‘zlarini yumdi, lablaridan o‘z-o‘zidan past, bo‘g‘iq ovoz chiqdi.
Tana butunlay taranglashdi… so‘ng kuchsiz bir titroq bilan bo‘shashdi. Ari nafasini rostlay olmay, stol ustida yonboshlab yotib qoldi. Jimin esa kulimsirab, barmoqlarini sekin orqaga tortdi va qizning bo‘shashgan yuziga qaradi.
— Ko‘rdingmi, — dedi u past ovozda qoʻlidagi suyuqlikni tungi koʻylak etagiga tozalab. — Sening “hech qachon”ing qanchalik yolg‘on ekanini.
Jimin qizning ko‘ylagini pastga tushirib, stolning ustidan ham, qizning ustidan ham asta sekin tushdi. Nafasi og‘ir, ammo yuzida bir tomchi ham pushaymon yo‘q edi. Qizning belidan bir qo‘li bilan mahkam ushlab, ikkinchi qo‘li bilan tizzasidan o‘tkazib ko‘tarib oldi. Ari uning yelkasiga qarashga ham toqat qilmay, yuzini boshqa tomonga burdi.
Qizning ko‘zidagi nafrat shu qadar qattiq ediki, ortiq gapirishga ham xohish yo‘q edi. Zinapoyalardan yuqoriga ko‘tarilgan Jimin, Ariyning yotoqxonasiga kirib, uni ehtiyot bilan yotoqqa yotqizdi. Ustiga choyshabni yopib, bir zum qiyofasida qandaydir yumshoqlik chaqnadi.
— Bugungi zavq uchun rahmat, — peshonasiga issiq, ammo sovuq ma’noli o‘pich qoldirdi Jimin. — Yaxshi dam ol…
Ari bo‘g‘ilib chiqayotgan ovoz bilan, yig‘i va g‘azab aralash ila ovoz chiqardi bu Jiminni toʻxtashga majbur qildi.
— Yoongi yordam berganing uchun senga yaxshi munosabatda bo‘lgan edim… ammo sen… — tizzalarini qorniga tortib, choyshabni yelkalariga qadar ko‘tarib oldi. — Sendan nafratlanaman, Jimin!
Jimin eshik tutqichini ushlagancha, yelkasidan ortga qarab, ovozini muloyim, ammo kibrli ohangda chiqardi.
— Nafrat sevgidan ham kuchli hissiyot. Meni doim, g‘azab bilan bo‘lsa ham, eslab yurishingni bilaman. — dedi Jimin, bir lahza jim qoldi va so‘ng samimiy ohangda qo‘shdi — Menga buni ravo ko‘rganing uchun minnatdorman, Ari.
Eshik ohista yopildi. Ari esa yostiqqa yuzini yashirib, ichida qaynagan alam va nafratini yutib yotardi.
Eshik yopilishi bilan xona ichida chuqur sukunat cho‘kdi. Faqat soatning bir maromdagi “tik-tik” ovozi eshitilardi. Ari choyshab ostida qaltirardi — sovuqdan emas, tanasidagi izlar va ichidagi yongan alamdan.
Ko‘zlari yonib turgancha shiftga qaradi. Boshida Jiminning peshonasiga qo‘ygan o‘pichining izi hanuz issiqdek tuyulardi, ammo bu issiqlik zavq emas — jirkanish edi.
Tanasidagi har bir nuqta unga Jiminning qo‘llarini, ovozini, nafasini eslatardi. Har eslaganida yuragi siqilib, ko‘ksiga tosh bosilgandek bo‘lardi.
— Nega? — pichirladi u bo‘g‘ilib. — Men senga ishonmaganimda ham, hech bo‘lmasa insondek munosabat kutgandim…
Yig‘i bo‘g‘zidan chiqmay, ko‘z yoshlariga aylana boshladi. O‘zini siqib yotdi — xuddi shunday qilib, og‘riq ichidan chiqib ketadigandek.
Bir payt, xayoliga Yoongi keldi. Unga qilgan yaxshiliklari… va endi bu kechadan keyin unga ham qarashga yuz yo‘qligi.
Ari shuni tushundi — Jimin unga nafaqat tanasida, balki qalbida ham iz qoldirdi. Bu iz vaqt o‘tib yo‘q bo‘lishi mumkin… ammo shu kecha, shu soatlar umr bo‘yi uning xotirasida qoladi.
U yostiqni yuziga bosib, ichida qichqirdi. Chiqmagan qichqiriq tomog‘ida o‘tkir tig‘dek qadalib qoldi.
— Men sendan nafratlanaman va kechirmayman, Jimin… — dedi u yana, ammo bu safar ovozi o‘ziga ham qo‘rqinchli tuyuldi. Bu nafrat unga kuch ham, jarohat ham berardi.
Jimin xonasiga kirgach, eshikni orqasidan ohista yopdi. Xona jim-jit. Faqat yuragining sekin, ammo og‘ir urishi eshitilayotgandek. Bir necha soniya u o‘sha holatda qoldi yelkasini eshikka suyab, ko‘zlarini yumgancha, Ariyning ovozini eshitardi.
"Sendan nafratlanaman, Jimin."
Bu so‘z… bir tomondan yoqdi ham, boshqa tomondan ichini nimadandir bo‘shatib yuborgandek bo‘ldi. Nafrat — kuchli hissiyot, u odamni unutishga qo‘ymaydi. Ammo bu nafrat aynan undan kelayotgani… g‘alati achishish qoldirdi.
U sekin lab burchagini ko‘tardi, go‘yo bu so‘z unga zarba emas, o‘yinning qoidasi kabi tuyuldi. Lekin ichida yengil qisilish bor edi. O‘sha qisilishdan u o‘zini yomon ko‘rar, shu sabab uni ichimlik bilan yuvib tashlamoqchi bo‘ldi.
Stolga borib, aroq shishasini ochdi. Stakanga quyilgan tiniq suyuqlikka tikilib qoldi. “U menga ishonib qaragan paytida ham shunday ko‘zlari yonardimi?” degan xayol bir lahzaga ongiga kirib keldi.
— Kerak emas, — dedi u pichirlab, xuddi o‘zidan qochayotgandek.
Ichimlikni birdan yutdi. Tomog‘idan o‘tgan achchiq suyuqlik hissiyotlarini bir lahzaga bo‘g‘ib qo‘ydi, ammo ular yana qaytdi. Jimin ichida ikki tomon kurashayotgandek edi: biri — beparvo, sovuq, hech qachon afsuslanmaydigan Jimin; ikkinchisi esa… nimadir yo‘qotganini his qilayotgan, lekin buni tan olishdan qo‘rqayotgan Jimin.
U oynaga qaradi. Muzdek ko‘zlar ortida nimadir chayqalardi.
— Nafrat… — asta-sekin so‘zlarni cho‘zib aytdi. — Agar sen meni shunday eslaysan, bu menga yetadi.
Lekin ichida, eng chuqur joyida, bu gap yolg‘on ekanini bilardi. Chunki Ari uni yomonlashini istamaganini o‘zi ham tushunardi. U istagan narsa qizning unga sevgi toʻla nigohlar bilan qarashi, unga nisbatan qandaydir yaxshi tuygʻusi bo‘lishi edi.
Jimin yana ichimlik quydi, lekin bu safar ichmadi. Stakanni stol ustida qoldirib, divanga cho‘zildi. Shiftdan ko‘zini uzmay, o‘ziga yolg‘iz pichirlay boshladi.
— Agar sen meni sevganga o‘xshaganingda, Ari… bularning hech biri bo‘lmasdi.
Ko‘zlarini yumdi. Uyqu kelmasdi, lekin charchoq tanasini bosib ketdi. Ariyning yuzidagi nafrat ham, o‘sha eski ishonch ham birga aralashib, uni ich-ichidan yeb borardi.
Ertalab derazadan tushayotgan quyosh nurlari xonani yoritib turgan bo‘lsa ham, Jimin o‘zini sovuq, xira bir muhitda his qilardi. Ko‘zlari shishgan, ammo bu ichkilikdan emas kecha uxlamaganidan edi.
U yuzini muzdek suv bilan yuvdi, ko‘zlari oynadagi aksida yana o‘sha “odatdagi” beparvo jilvani ko‘rdi. Bu jilva hamma ko‘radigan Jimin. Ichkaridagi chalkashlikni hech kim bilmasligi kerak.
U yotoqxonadan chiqib, zinapoyadan pastga tushayotganda, Ari yo‘lakda paydo bo‘ldi. U choyshabni ustiga o‘rab olgan, yuzida yot bir sovuqlik bor edi. Kechagi ko‘z yoshlari yo‘q, faqat qattiqlashgan nigoh qolgandi.
Jimin sekin, xuddi hech nima bo‘lmagandek, uning yonidan o‘tdi. Ari esa unga bir og‘iz ham gapirmadi.
Ammo Jimin yurib ketarkan, ichida bir issiq to‘lqin yuragidan o‘tdi. Bu nafrat unga yoqayotgandek edi. Qizning ko‘zidagi sovuqlik uni unutmaganining belgisi.
— Yodingda qolish uchun hamma yo‘l menda bor, Ari. — deb o‘ziga ichidan pichirladi u, lab burchagini yengil ko‘targancha.
U oshxonaga kirib, xotirjam nonushta tayyorlashga tushdi. Ari esa yuqoridan unga qarab turardi. Qizning ichida nafrat va jirkanish to‘lqini bo‘lsa, Jimin uchun bu unga yanada chuqurroq kirish uchun imkoniyat edi.
Tashqaridan u xuddi hech qachon kecha kabi narsa bo‘lmagandek, tinch, beparvo, hatto kulimsirab yurardi. Ammo ichida u Arini butunlay o‘ziga bog‘lash uchun yangi o‘y rejasini tuzayotgan edi.
— Men senga 18 yoshli qizcha emasman. Xafa boʻlib olib xonamga qamalib kunlab ovqat yemaslik bilan oʻzimni jazolaydigan...— dedi befarq ammo kinoyali qarash bilan. — Shunday ekan menga tikilishni bas qilib nonushta tayyorlashni tugat...
"Kim Tan" rejasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Aslida shubha ham yoʻq edi. Barcha uning "haqiqatga aylangan yolgʻoniga" ishondi. Yoongidek aqlli erkak hech qachon xato qilmaydi.
Kim oilasi bu dahshatli voqealardan keyin o‘zlarini xotirjam qila olishmadi. Har bir kun, har bir daqiqa ularning miyasida bitta savol aylanardi: “Agar dushman hali ham o‘ch olishga urinayotgan bo‘lsa-chi? Yana kimni nishonga olishadi?”
— Ari endi yolg‘iz yashamaydi. U biz bilan bo‘ladi, — dedi Seo qat’iyat bilan, so‘zlarida hech qanday muhokama imkonini qoldirmay. — Ari mening yagona qizim uni hayoti men uchun ahamiyatli
Ari esa ichida bu qarorni yengillik bilan qabul qildi. Ha, u ham aslida yolg‘iz qolishni istamasdi. Bu uyda o‘zini xavfsizroq his qilardi axir bu uyda uning bolaligi o'tgan, devorlar ham, odamlar ham unga himoya bo‘lib turardi.
Faqat Jimin bunga qarshi chiqdi. Uning yuzida g‘azab va norozilik aralash ifoda bor edi.
— Bu kerak emas, — dedi Jimin sovuq ohangda. — Ari o‘z uyida qoladi. Oʻzim ham xotinimni himoya qila olaman
— Koʻrdim qanday himoya qilganingni, Jimin — dedi qahr ila Seo oldingi azoblarini eslatgan ohangda — Meni ortiq gapirtirma boʻlmasa opamning oʻgʻli ekaningga qaramay seni ranjitaman.
— Oyi... — Arini ovozi 5 yoshli bolacha onasini yo'qotib qoʻyib topgandagi yigʻi va mehr bilan eshitildi — Rahmat
Jimin yana e'tiroz bildirdi. Lekin Seo ham, qolganlar ham uning gaplarini quloqqa ilishmadi. Har safar Jimin gap boshlasa, biror kishi darhol javob qaytarib, Ari bu yerda bo‘lishi kerakligini isbotlashga urinar edi. Ularning gaplari oxir-oqibat Jiminni sukutga majbur qildi.
— Iltimos... ketishimga qarshilik qilma, — dedi Ari yoqimli titroq ovozda — Hozir oilam bilan bo'lmoqchiman
Jimin lablarini qattiq qisib, nigohini chetga oldi. Ammo ko‘zlaridagi chaqnash bu masala u uchun tugamaganidan darak berardi.
"Bu juda yaxshi bo‘ldi. Nihoyat, Ari ko‘zim oldida bo‘ladi. Endi har kuni uni ko‘raman… u kulganida, jimgina o‘tirganida… Hatto charchaganida ham. Hamma narsa o‘z qo‘limda bo‘ladi. U boshqalarning ko‘zidan yiroqda, bu uyda men uchun bor bo‘ladi.
Jimin qanchalik qarshilik qilmasin, baribir foydasi yo‘q. Bu safar qaror men xohlagandek bo‘ldi. Ba’zan hayot kutilmaganda eng kerakli narsani o‘zi olib keladi… Ari endi shu tomlarda, shu havoda nafas oladi. Va men… men bunga juda xursandman."
Yoongi stol ortida hech qanday hissiyot bildirmagan ko‘rinishda o‘tirardi, ammo ko‘zlaridagi mayin jilva uning ichki mamnunligini yashira olmay turardi.
Kechqurun, yog‘ingarchilikdan keyingi havoda nam tuproq hidi anqib turardi. Ari va Luna oshxonaning burchagida, chiroq nuri ostida choy ichib o‘tirishardi. Ikkalasi ham jim edi, faqat piyoladan chiqayotgan issiq bug‘ havoda asta ko‘tarilardi.
— Luna… men qaror qildim. — Ari nihoyat chuqur nafas olib
— Qanaqa qaror ? — Luna ko‘zlarini unga qadadi.
— Men Jimin bilan ajrashmoqchiman. Menga qilganlaridan keyin ortiq u bilan davom eta olmayman. — Ari piyoladagi choyga tikildi, go‘yo javobni o‘sha issiq suyuqlik ichidan izlayotgandek.
— Ari… sening qaroring seniki. Men seni qo‘llayman. Agar bu nikoh seni baxtsiz qilayotgan bo‘lsa, ushlab turishga arzimaydi. — Luna bir lahzaga sukut saqladi. So‘ng stakanini sekin stolga qo‘yib, yengil bosh irg‘adi.
— Jimin bunga albatta qarshilik qiladi. Lekin men bir ilojini topaman. — dedi Ari ko‘zlarini qisib, ovozida yengil titroq bilan, — U bilan boʻlish meni nafasimni boʻgʻzimdan siqib oʻldirib bormoqda.
— Sen o‘zingga to‘g‘ri keladigan yo‘lni tanlashing kerak. Hayot bir marta beriladi goʻzalim. — Luna uning qo‘lini ushlab, jiddiy qaradi va quchoqlab oldi. — Baxtli yashashga haqlisan endi oʻzingni ham oʻyla
Kuchukchaning uzoqdan chiqayotgan vovullashi va yomg‘irdan qolgan tomchilarning deraza oynasiga sekin urilishi xonadagi sukunatga qo‘shilib turardi. Ari quchoqlashdan so‘ng, qo‘lini stol ustiga qo‘ydi, lekin yuzidagi charchoqni yashirishga urindi. Luna qo‘lidagi stakanni aylantirib, qayerdandir ichidagi gaplarni chiqarishga hozirlanayotgandek edi.
— Ari… men senga bir gap aytmoqchiman, — dedi u birdan va hayojon aralash — Bilaman buning vaqti emas ammo sen bilan dardlashmasam boʻlmaydi
— Hammasi joyida, — dedi Ari, jilmayishga uringancha. — Quloq solyabman.
— Men Yoongiga telbadek oshiqman — Luna chuqur nafas oldi, ko‘zlari esa go‘yo ichidagi barcha hislarni yashira olmay porlardi.
Ari ichida yuragi qattiq siqildi, ammo tashqaridan sokin ko‘rinishga harakat qildi.
— Bilaman, — dedi u mayin ovozda.
— Yo‘q, sen tushunmaysan, — dedi Luna birdan jonlanib. — Men uni ko‘rsam, hamma narsa yo‘qoladi. Atrofda odam bormi, yo‘qmi bilmay qolaman. Faqat u qoladi. Uning ovozi… hatto jimligi ham menga tinchlik beradi.
Ari stakanni labiga yaqinlashtirdi, yuzidagi mayin jilvani saqladi, ammo ichida “Men ham…” degan so‘zlar qattiq urilib chiqolmay qoldi.
— U menga qaraganda, yuragim shunchalik tez uradiki, ba’zan o‘zimni boshqara olmay qolaman, — deya davom etdi Luna. — Men ba’zan qo‘rqaman ham… agar uni yo‘qotsam, nafas olishim ham to‘xtab qoladigandek tuyuladi.
— Sen uni juda yaxshi ko‘ryapsan… — deb yutindi Ari
— Ha men Yoongini sevaman, — dedi Luna bevosita, ovozida hech qanday ikkilanmasdan tan oldi. — Unashtirilganimizdan beri men u bilan kelajakni tasavvur qilaman. Ba’zan hayron qolaman, qanday qilib men kabi odam unga mos tushdi, deb. Lekin bilaman u men uchun yagona.
— "Sevgidan koʻzlari koʻr " deb shuni aytishsa kerak jinnivoy, — Ari xoxlamasada sokin hazil bilan
— Bu sevgidan ham kuchliroq Ari, — dedi Luna, ko‘zlari chaqnab. — Go‘yo men butun hayotimni unga berishga tayyorman. U menga bir qarash bilan hammasini anglatadi.
— Sening hislaring juda… samimiy. — Ari ichida qanchalik og‘riq bo‘lmasin, do‘stiga qarab jilmaydi.
— Ari, agar men hayotim davomida bitta odam bilan qolishim kerak bo‘lsa, bu faqat Yoongi bo‘ladi. Uning yonida men o‘zimni to‘liq his qilaman. — Luna qo‘lini Ari qo‘liga qo‘ydi.
— Men sening baxting uchun hammasini tilayman, Luna. — Ari esa Luna qo‘lini siqib, ovozida hech narsa sezdirmaslikka urinib dedi.
Ichida esa “Men ham u bilan oʻzimni shunday his qilaman…” degan gap, bo‘g‘izida tiqilib qoldi.
— Men faqat shuni xohlayman, sen ham shunday his qiladigan odam bilan bo‘lishingni. Kim bo‘lishidan qat’i nazar. — Luna uning qo‘lini yana siqib, tabassum qildi.
Ari esa ichida bir og‘ir to‘lqinni yutdi. Chunki u uchun o‘sha inson Luna unashtirilgan yigit edi.
— Balkim... men... aniq nimadir deya olmayman. — gaplarini tugata olmay duduqlanib qoldi Ari
— Shuning uchun, agar sen ham o‘z yo‘lingni tanlayotgan bo‘lsang, hech ikkilanma. Men Yoongi bilan bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligim kerak bo‘lgani kabi, sen ham o‘zingga kerakli hayotni tanlashing kerak va biz doim yoningda bo'lamiz.
Arini qayta bagʻriga bosib peshonasidan mehr bilan oʻpib sochlaridan siladi. Xuddi ona bolasini ovutganday.
— Yoongi ?! Bu yerda nima qilyapsiz ?! Luna koʻrsa noto‘g‘ri tushinishi mumkin...
Xonasining burchagida yengil kulimsirab oʻtirgan yigitga hayrat aralash iliqlik bilan termuldi.