Tasodif quchogʻida
✨ Tasodif — hayotimizda eng katta burilishlarni olib keladigan yashirin mo‘jiza. Biz uni oddiy uchrashuv, tasodifiy qarash yoki birgina daqiqa deb o‘ylaymiz. Lekin aslida u butun taqdirni o‘zgartirib yuboradigan jarayonning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Ularning yo‘llari kesishishi kerak emasdi. Uchrashmasligi kerak bo‘lgan ikki inson – bir-birining sinoviga aylandi. Lekin bitta tasodif, bitta qaror va bitta qadam va bitta e'tiborsz qoʻyilgan imzo hammasini o‘zgartirdi. Endi ular uchun qaytish yo‘q edi: qalblarini ham, hayotlarini ham bir-biriga bog‘lab qo‘ygan narsa — tasodif edi. Balki bu sevgi emasdir, balki shunchaki tasodifdir… ammo nega yurak bunday tasodifga ishonishni xohlaydi?
Bu shahardagi eng oddiy va arzon taomli restoranlar qatoridagi "Gukbap" nomli oshxonada Koreyaning mashhur idoli Min Yoongi singlisi bilan tanavvul qilmoqda edi.
— Balkim rasmlar yetarli boʻlgandir, — Yoongi singlisini qoʻlidan telefonini olib qoʻyib — Baribir postimga bitta rasm qoʻyaman.
— Oppa, kelishgan edikku 9ta qoʻyasiz deb. — norozi ohangda telefonini qaytarib berishi uchun qoʻlini cho'zib — Shunday ekan oʻyin buzuqulik qilmang.
— Sunani ham olib kelishimzga qarshi boʻlganingga hali ham tushunmayabman — oldidagi ovqatdan singlisiga uzatib izoh talab qildi — Qani ogʻzingni och
— Nega bu yerni tanladim bilasizmi ?! Bu yer oddiy va arzon. Biroq ortiqcha hashamat yoʻq. — akasi bergan ovqatni yeb gapni aylantirdi — Va yana...
— Eng muhimi dwaeji (chochqa goʻshtli shoʻrva) aynan sen yoqtirgan tamlisi faqat shu yerda. — gapini boʻlib mazax ohangda javob talab qildi — Sunadan meni rashk qilyabsanmi kichkintoy ?
— Taklif qilganimiz bilan kelmas edi. " Ohh Yukisan "GAON" ga boraylik bu yerlar akangiz va bizning mavqeyimzga to'g'ri kelmaydi " deya meni asab tolalarimni bittalab sanardi. — ensa qotirib koʻz qorachiqlarini aylantirib roʻlga kirishgandek soʻzladi — Oppa u sizning sevgan qizingiz. Ammo u haqida doim singlingizni oldida esga olishingiz meni gʻazablantiradi
— Shunchaki sen uni yomon ko‘rasan. — chiroyli jilmayish bilan singlisini boshiga tayoqchalar bilan ohista urdi — Aslida u sen oylagandek tannoz xonim emas. Biroz hashamatni yoqtiradi xolos
Xodimlar xonasidan kiyinib chiqqan qiz buyurtma qilingan taomni mijozga olib borish uchun oshxonada navbatini kutayotgan paytda uning hayollari oʻz olamining shahzodasida edi.
* Men doim moʻjizalarga ishonardim. Bugungi kundan soʻng yanada ishonchim ortdi. U shu yerda. Hayotimning mazmuni, tushlarim oʻgʻrisi, hayollarim egasi, maqsadlarim kattasi, qalbim hukmdori — Min Yoongi. Men ishlaydigan kafeda. Bu sodir boʻlishi imkonszdek edi toki unga oʻz qoʻllarim bilan taom eltib bermasimdan oldin. Uning sovuq ammo muloyim " Rahmat " deyishi quloqlarimda mayin pichirlashdek tuyildi. Yaratgan taqdirimda bugungi kunni "omadli kun" deb hisoblashni topgan nazarimda Mening sevgilim yonidagi chamasi 9 oylik homilali singlisiga mehr koʻrsatardi. Ularni televidiniyada ko'rgan edim mana jonli ham koʻrib turibman. Omm Yoongida barcha ezgu fazilatlar jamlangan.
Goʻyoki mukammallik inson qiyofasida...
— Yana shunday qilyabsiz. Meni asabiylashtirishni bas qiling, Oppa — qiz erkanlib tarvuzdek katta ammo oziga yarashgan qornini silash mobaynida lab qimtidi — Bu "Taemin"imga mumkin emas yaxshi togʻa bo'lingchi
Yoongi mehr koʻzlari ila termulib ohista bosh qimirlatdi. Shu payt ularning suhbati 3chi shaxs tufayli boʻlindi.
— Kechirasizlar, men sizning muhlisangiz edim dasxat bera olasizmi ?! — oʻzida jasorat topib soʻzlarida duduqlanmay hayojon aralash iltimos qildi.
Boshini tizzasigacha egib qoʻllarida qogʻoz parchasi ushlab uzun choʻzdi. Qizargan yonoqlarini koʻrsatmaslik uchun bu unga yarashib tursa ham.
Uning hozirgi holati biroz kulgili edi. Xuddiki sevgan yigitiga uyalchang qiz tomonidan berilgan sevgi xatiga oʻxshardi bu.
— Mayli bera qoling, odatda army rasm berishardi siz esa qogʻoz — Yoongi uning qoʻlidan uni olib biroz shubhalanib so'radi — Yangilik va qandaydir o'zgacha
— Oppa unga bunday qorqinchli nigoh bilan boqmang, — Yuki qizning titrayotganini sezib uni tinchlanishi uchun bayon qildi — Tinchlaning chiroyligim, Yoongi xushyorlikni yoqtiradi.
*Endi yanada qoʻrquvim ortdi. U sezib qolsachi men egosit emasman ammo baxtim uchun kurashyabman. Buning oqibati qanday boʻlsa ham keyin afsuslanmaslik uchun. Bu tasodif yana boladimi yoqmi menga ayon emas. Nimadir deb diqqat bilan oqishiga halaqit berishim kerak. Ha topdim. Balli oʻzimga
— Men ishga kelayotganimda oldimdan qora mushuk bolasi oʻtdi. — qizning toʻsatdan biroz baland ovozda aytgan gapidan aka-singil unga hayron qarashdi. — Agar 7 qadam orqaga yurmasang bugun omadsizlikka uchraysan deyishdi.
— Xoʻsh siz ortga yurib ishga kechikdingizmi ?! — Yoongi birinchi varaq qogʻozni o'qib ikkinchisiga oʻtish barobarida kinoya qildi va qizga jilmaydi
* U menga savol berdimi ? Yo Xudoyim hatto tabbassum ham qildimi ? Bu tush emasa agar shunday boʻlsa meni tezroq uygʻotinglar yoʻqsa uyqu dori istemol qilib faqat shu tushda yashashni xoxlab qolaman
— Aksincha qora boʻlsada bu mushuk bolachasiku omadsizligi kichik boʻlsa kerak va agar hozir qaytsam aniq ishdan haydalib omadsizlikni kattasini olaman dedim — qiz gʻalati tabbassum qildi agar buni jilmayish desa, buni hozir oʻylab topgani ayonligi bolmasligi uchun ham qattiq qah-qaha otdi
— Unda biron omadsizlik uchramabsizda — Yuki shirin ohangda ammo oʻzida qandaydir oʻzgarishlarni sezib biroz bezovtalandi — Oppa sizdan dasxat soʻradi, she'r yozib bering demadi...
— Bu qogʻozlarda soʻzlar uzunligi huddi tugamaydigandek — singlisiga tushuntirish berdi jiddiy ovozda
— Shunday desa ham boʻladi, hamda omadli kunim boʻldi sevimli idolimni uchratdim va uning hayotimni baxt sari yetaklovchi imzosini ham olyabman — oʻzida yoʻq quvonch bilan koʻzlaridagi sevgini payqamaslik uchun koʻr bolish darkor
* Xursand boʻlishga hali erta. 5chi varaq hal qiluvchisi nimadir oʻylab topishim zarur. Yoʻqsa barcha urinishlarim besamar ketadi. Biroq doim bidirlaydigan tilim bugun soqov. Qaynar humchaga kabi fikrlar ummoni boʻlgan miyyamni kondetsinerda muzlatib qoyishgandek. Tangrim oʻzing yordam ber.
— AAAAA BOSHLANDI... — Yuki qattiq ogriqdan dodlab yubordi oyogi tagidagi suvni koʻrib yanada baqirdi — Oppa, Jiminga qongiroq qiling, AAA BO'LING
Yoongi hujjatni oqimasdan imzo qoʻydi va tezda singlisini oldiga kelib uni qoʻltiqladi. Kerakli odamga qongiroq qildi ham.
— Jimin agar Yuki tezroq tugʻishini istasang hoziroq Busanga yetib kel ishonaver u sen kelmaguncha oʻgʻlingni tugʻmaydi — telfon orqasidan kerakli javobni olgan yigit goʻshakni qoʻydi.
— AAAA, OPPA — ogʻriqdan yura olmay yurayotgan singlisi hayoli umuman boshqa yerda edi — HISOBNI TOʻLAMADINGIZ, BU JIYANINGIZGA... AAA... TA'SIR QILISHI MUMKIN
— Mana hozir — yigit hamyonini chiqarib pulni toʻlab restarondan singlisini olib chiqib ketar ekan hamyoni tushib qolganini ham sezmadi.
* Bu meni imkoniyatim hamyonini olib qarasam menga kerakli hujjatni topdim. Passport ID kartasi uni rasmga olib, qaytarib berdim. Songra yuqori tezlikda shifoxonaga ketishdi. Singlisini dardi juda ham vaqtida tutdida.
Eshitgandim tugʻilmasimizdan oldin hayotimizni bizga koʻrsatishadi biz xoxlaganimiz uchun kelamiz. Menimcha men aynan shu kun uchun ham hayotimda tugʻilishni tanlaganman. Min Yoongi tayyorlaning bu tasodif sizning hayotingizda katta buzilishga olib keladi. Va men oʻzim bu vayronagarchilikni siz bilan tuzataman. Sevgilim...
*GUCHEONG binosi ichkarisiga qadam qo‘yganimda, birdan yuragim tezroq ura boshladi. Qandaydir sovuq rasmiy muhit, oppoq devorlar, tartibli navbatlar… lekin men uchun barchasi bugun mutlaqo boshqacha edi. Bolalikdan doʻstim boʻlgan qizni "sevgilim"ga aylantirdim, nihoyat uzoq kutilgan kun keldi u bugun "rafiqam" mavqeyini oladi.
Sunaga qarashim bilan lablarimda beixtiyor tabassum paydo bo‘ldi. Uning hayajondan qizarib ketgan yuzlari, titrab turgan qo‘llari hammasi juda chiroyli edi. Men odatda hissiyotlarimni ko‘rsatmayman, lekin o‘sha damda ichimda faqat bitta fikr aylanardi: "Mana, endi u rasman meniki bo‘ladi."
Atrofimizdagi boshqa juftliklar ham kulib, nikoh shartnomasini imzolashardi. Hamma narsa juda oddiydek ko‘rinsada men uchun bu eng katta qadam edi. Suna yonimda bo‘lgani uchun hatto sovuq GUCHEONG ham men uchun eng yorqin joyga aylangandek edi...*
Navbat hali ularga yetmagan edi. Suna qog‘ozni qo‘lida qayta-qayta ko‘zdan kechirardi. Uning qoshlari chimirilgan, lablari esa mayda titrayotgandek ko‘rindi. Yoongi esa yonida o‘tirib, jilmayib kuzatardi.
— Agar biron joyini xato qilib yozib qo‘ygan bo‘lsamchi? — dedi Suna qo‘lidagi ruchkani yana ko‘tarib.
— Unda seni boshqa odamga berib yuborishadi, shunaqa qilib men yolg‘iz qolaman. — dedi Yoongi beparvo kulib
— Yoongi! Oʻlging keldimi — dediyu Suna uning gapidan cho‘chib ketdi, ko‘zlari kattalashdi.
— Men hazillashdim, chagiya. Sen mening ismimni yozganingdan keyin bu qog‘ozda xato bo‘lishi mumkin emas. — Suna qizarib ketganida Yoongi tabassum bilan uning qo‘lidan ruchkani olib qo‘yish barobarida takidladi. — Sen birozdan keyin rasman meniki boʻlasan va men seni hayotim davomida qadrlayman
— Sen doim shunaqa gapirasan, meni hayajonga solib qoʻyasan — Suna yuzini yashirishga harakat qildi, ammo qizarib ketgan yonoqlari baribir hammasini oshkor qilardi.
Suna va Yoongi navbatini kutib, nihoyat stol oldiga o‘tirdi. Hujjatlar xodim qo‘liga topshirildi. U qog‘ozlarni ko‘zdan kechirish o‘rniga kompyuter klaviaturasida tez-tez yozishni boshladi. Oddiy rasmiy jarayon, hech qanday shubha uyg‘otmasdi.
Xona ichida printerning shivir-shiviri, klaviatura bosilishining tovushi eshitilib turardi. Suna hayajondan labini tishlab, Yoongi tomonga qaradi. Yoongi esa unga yengil tabassum qilib, qo‘lini qisdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng xodimning yuz ifodasi o‘zgara boshladi. Dastlab diqqat bilan monitorga tikildi, so‘ngra qoshlarini chimirdi. Klaviaturaga yana bir necha marta bosib ko‘rdi. Nihoyat, boshini ko‘tarib Yoongiga qaradi.
— Kechirasiz… lekin tizim bo‘yicha siz allaqachon nikohdan o‘tgansiz.
— Bugun birinchi aprel emas, bunday qaltis hazil qilmang. — dedi Suna ishonchsiz va yengil tabassum qildi.
— Xonim menga sizga hazil qilganim uchun maosh toʻlashmaydi va bundan menga qanday foyda bor.
Xona birdan muzlab qolgandek bo‘ldi. Suna nigohini Yoongidan uzolmadi, yuragi bo‘g‘ziga tiqilib ketdi.
— N-nima? Bu mumkin emas… — dedi Suna ovozi titrab.
Yoongi esa bir zum jim qoldi. Nigohida hayrat va tushunmovchilik mujassam edi. Biroq soʻng yana jiddiy qiyofasida xodimga murojaat qildi.
— Men hech qachon bunaqa qog‘ozga imzo qo‘ymaganman. — dedi Yoongi oʻziga ishonch bilan.
Xodim kompyuterni yana bir marta tekshirdi, monitorga ishora qildi.
— Nikoh arizasi ikki oy avval onlayn tarzda rasmiylashtirilgan. Siz qonun bo‘yicha turmush qurgansiz. Balki xotirangizdan chiqqandir, lekin tizimda bu hujjat rasmiy qayd etilgan. — Xodim yana tizimga qaradi, ovozi qat’iy edi.
— Aqldan ozdingizmi men buni unutmagan bo‘lardim. Men hech kim bilan nikoh qog‘oziga imzo qo‘ymadim ham, Onlayn oila qurish nimasi ?! — Yoongi stuldan biroz oldinga egildi, yuzidagi rang oqarib ketgan edi.
— Sizning ma’lumotlaringiz tizimda aniq kiritilgan. Ism, tug‘ilgan sana, hammasi sizga to‘g‘ri keladi. Janob Min hozirda sizga oʻxshagan mashhurlar shu usulni qoʻllashmoqda. — xodim aniqlik kiritishdan charchaganligi ovozidan ma'lum, ammo jilmayishidan nimanidir reja qilganligi sezildi. — Jurnalistlar har nafasda, ularga yangilik heterlarga "sabab" kerak, Onlayn usul esa xavfsiz.
Bir zumga hamma narsa jimib ketdi. Suna Yoongiga qaradi, uning ko‘zlari esa hayrat va tushunmovchilikka to‘la edi. Yuragi qattiq urayotganiga qaramay, Yoongi hech qachon bunchalik ojiz va hayron qolmagan edi.
* 30 daqiqadan so'ng hashamat toʻla uyning eng qimmatli jihozlar bilan bezatilgan yotoqxonasida sevgilimning quchogʻida boʻlishim kerak edi. Biroq...
Yoongi ham mendan kam darajada hayron va gʻazabda emas. Doim jahli chiqsa kaftini musht holatiga keltiradi. Hozir ham shunday qildi. Xodimning so'nggi jumlasidan angladim agar hozir bu ishni chuqurlashtirishda davom etsak "tasodifiy nikoh" mavzusi zerikkan insonlarni qiziqishini, raqibchilarini qornini toʻydiradi. Uning mavqei keskin tushib ketadi. Osha qiz kim bo'lishidan qat'iy nazar uni topishim u uchun yoqimli bolmasligini kafolatlayman. Hozir esa buni tarqalmasdan yopishimiz kerak.
— Huh... bizni kechirasiz, anglashmovchilik bo'ldi. — keskin oʻzgargan yuz ifoda va ohangdagi Suna xodimni hayratda qoldirdi.
— Ishonchingiz komilmi ?! Balki politsiyaga murojaat qilarmiz firibgarlik... — xodim kinoya bilan kulimsiradi
Xodimning kesatiqli jumlasi tugashiga ulgurmasdan Yoongi keskin qo‘lini stol ustiga urdi. O‘tirgan joyidan oldinga egilib, xodimning yoqasidan tutdi. Uning qahrli va hissiz ko‘zlari xodimning ko‘zlariga qadaldi, muzdek nigoh tanani qotirib qo‘ygandek edi.
— Men seni eshitayotganimga qarab, ko‘zlaringda fikringni inobatga oladigan ahmoq ko‘rindimmi?! — Yoongi past, ammo titroq soluvchi tovushda g‘o‘ldiradi.
Uning barmoqlari xodimning yoqasini qattiq siqib turardi, go‘yoki istasa shu ondayoq uni bo‘g‘ib tashlay olardi. Keyin keskin siltab, barmoqlarini qo‘yib yubordi.
— Va yana bir narsani bilib qo‘y. Menga nima qilishni o‘rgatadigan darajada aqlli ekanligingga ham shubham katta. — Yoongi kibrli nigohi bilan yakun yasadi.
Xodim qotib qoldi, ko‘zlarida qo‘rquv va hayrat aralashdi. Suna esa yonida turgan Yoongi’ning sovuq kayfiyatidan o‘zi ham seskanib ketdi, ammo u sevgilisining obro‘sini himoya qilayotganini chuqur tushunardi.
— Endi esa... rafiqam bilan tanishtir. — Uning ohangida ham buyrug‘u, ham qahrli masxara bor edi.
Qadamlarini sekin tashladida, birdan nimanidir eslab qolgandek, to‘xtab, biroz jim qoldi. So‘ng...
— Ha, aytgancha... uning ismi nima ekan? — Yoongi keskin, ammo qiziqishni yashira olmagan ohangda qo‘shib qo‘ydi.
— HARI... SHin Hari... — stolda uxlab yotgan qizni hamkasbi uygotgancha — Tur qolgan uyquyingni uyingda davom ettirasan
— Ish vaqti tugadimi — gʻinshib boshini zorga ko'tarib ko'zlarini ishqaladi — Juda charchadim. Ertalab o'qishga kechqurun esa ishga oʻzim uchun vaqt ajrata olmayman
— Nolishni bas qil Hari. — qizni boshiga ohista urgancha — Oʻqishga kirish men uchun armon boʻlgan.
— Mayli... mayli hozir yana qolsam nasihat darslarini boshlaysiz — Hari qizni yuzidan opgancha chiqish eshigi yonida — Koʻrishguncha onnei
Hari ish kunidan holdan toyib uyiga qaytdi. Ko‘cha qorong‘ulashgan, shamol sekin esib, charchoqni yanada og‘irlashtirardi. U qiyinchilik bilan kalitni eshikka solib, ichkariga kirdi.
Shu payt ortidan eshik qo‘ng‘irog‘i jarangladi. U beixtiyor seskanib ketdi. “Bu paytda kim bo‘lishi mumkin?” degan o‘y miyasi bo‘ylab chaqmoqdek o‘tdi.
Eshikni ochishi bilan yuragi bir lahza to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Qarshisida — Yoongi.
Unga qarshi turibdi, odatdagidek sovuq va jiddiy, ammo nigohida qandaydir yashirin ishonchsizlik va qiziqish ham bor edi.
— Uyga kirsam bo‘ladimi ? — dedi Yoongi, ohangida na iltijo, na buyruq faqat sovuq qat’iyat.
— Ha... albatta. — dedi u beixtiyor.
Yoongi og‘ir qadamlar bilan ichkariga kirdi. Xonaga uning sovuq aurasiday havoning ham o‘zgargani sezildi. Hari esa orqasidan eshikni yoparkan, yuragi bezovta urib, qo‘llari biroz titrardi.
Ular qarama-qarshi o‘tirdilar. Bir muddat sukunat cho‘kdi. So‘ng Yoongi nigohini Hari ko‘zlariga qadab, so‘zni boshladi.
— Sen butun hayotimni chalg‘itib qo‘yding. Buni qanday izohlaysan? — Yoongi mavzuni cho'zib oʻtirishni xoxlamay
— Bilaman... sendan kechirim so‘ray olmayman. Chunki men buni atay qildim. — Hari nigohini olib qochdi. Bir zum sukutdan keyin asta dedi.
— Haqiqatdan ham, sen menga qandaydir “tasodifiy xotin” bo‘lib qolganingga ishonishim kerakmi ? — Yoongi labining bir chetini qimirlatdi, kulimsirashga o‘xshash, ammo istehzoli.
— Ha, ishonishing kerak. Axir bu meni xursand qilgan yagona tasodif edi. — Hari jiddiy soʻzladi.
Yoongi asabiylashib sochini barmoqlari orasiga olib ortga tortar ekan. Koʻzi xonada aylandi. Bir muddat chizilgan suratlarni ko‘zdan kechirdi, ammo yuzidagi ifoda o‘zgarmadi. Go‘yo hech qanday hayrat yo‘qdek, oddiy qog‘ozni ko‘rib turgandek edi.
Keyin varaqlarni joyiga qo‘yib, ovozini past, odatdagidek sovuq ohangda so‘radi.
— Bularning hammasini sen chizdingmi?
Hari unga qaradi. Nigohida biroz hayajon aralash ishonch bor edi.
— Ha... men. — dedi u asta. — Chizmasam bo‘lmasdi.
Yoongi labining bir cheti sekin qimirladi, ammo tabassum emas, balki nimadir yashirishga o‘xshash sovuq ohangda.
— Hmm... demak, men sening eng katta ilhomingman.
Hari qo‘lini yuziga qo‘yib, biroz uyalgan, biroz o‘zini tutolmagan holatda kulimsiradi.
— Ha... ilhomim sensan. Faqat men uchun sen hech qachon charchamaydigan, pozada turadigan modelsan. — dedi yarim hazil bilan.
Yoongi ko‘zlarini qisib, uni sinchkov nigoh bilan kuzatdi. Uning ovozidagi samimiylik Yoongining sovuq kayfiyatini biroz yumshatgandek bo‘ldi, lekin u buni sezdirmaslikka tirishdi.
— Aytishadiku, odam sevgan narsasini ko‘p chizadi. Men rassom bo‘lsam, seni qanday chizmayman?— Hari esa qo‘shimcha qildi, jilmayib.
Yoongi jim qoldi. Bir zum lablari qimirlagandek bo‘ldi, ammo u o‘zini tiyib, nigohini qog‘ozlarga qaytardi.
“Men oddiygina tasodifiy nikoh qurboni deb o‘ylagandim uni. Lekin bu qiz... meni shunchaki tasodif uchun tanlamagan. Har bir qalam izi, har bir soyada u menga qaragan. Yo‘q, bu oddiy hayrat emas. Bu... xavf. Chunki u meni mendan ham yaxshiroq bilayotgandek.
Bu qiz... meni qanchalik uzoqdan kuzatgan? Necha kechalari hushini yo‘qotib chizgan? Men o‘zimni ham bunchalik diqqat bilan hech qachon ko‘rmaganman. Ammo u ko‘rgan. Ko‘rgan va qog‘ozga o‘yib tashlagan.
Men esa o‘zimni sovuq tutyapman. Go‘yo bu rasmlar hech narsani anglatmaydigandek. Lekin aslida... bu meni larzaga keltiryapti.
U buni sevgi deydi... uning ko‘zlari yolg‘on gapirmayapti. Bu chiziqlarda, bu qog‘ozlarda, hatto shu mayda hazilida ham u meni yashirgan.
Hazil aralash so‘z bilan men ustimdan o‘ynayotganini his qilyapman. Lekin... negadir yoqayapti. Odatda kimdir bunday qilsa, darrov yoqasidan olib musht tushirib yuborardim. Ammo Hari... men unga buni qilishni xohlamayapman.
Xavfli qiz. Juda xavfli. Chunki u mening sovuq devorimni asta-sekin yulib tashlayapti. Va men qarshilik ko‘rsatishga ulgura olmayapman.”
— Shuncha rasmingni ko‘rib hayron bo‘lgandirsan... Nega deb o‘ylayapsanmi Yoongi? — dedi ovozida uyalish aralash jasorat bilan.
Yoongi devordagi suratlarga bir qarab qo‘ydi, keyin nigohini darhol Hari tomon qaratdi.
— Nega debmi?.. Ehtimol, o‘zingni oqlash uchun. Yoki men seni unutmasligim uchun. Balki shunchaki... sening hayotingda men ortiqcha bo‘lmagan yagona joy qog‘oz bo‘lgani uchundir. — Ko‘zlari sovuq, ohangi esa istehzoli edi.
* Mister Kibr... gaplarim hafa qiladi deb ham oʻylamaydi. Ahh sendan konglim qolishi uchun sovuq va hissiz munosabatda bolayatgan bolsang adashasan erjonim bu faqat tushingda bo'ladi.
— Istaganingcha rad et ammo men sen bilan ajrashmayman erginam
— Demak shunday hmm... — Yoongi sekin qadam tashlab, Hari tomon yaqinlashdi. Ikki qo‘lini divan suyanchig‘iga tiragancha qizning yuziga shu qadar yaqin egildiki, ovozi shivirlagandek, ammo keskin eshitildi. — Rafiqam bo‘lish sen o‘ylagandek oson emas...
— Men hammasini uddalayman... qiyinchilikka ham tayyorman, — dedi Hari titroq, ammo qat’iyatli ohangda. Yoongining nafasini his qilgan sayin yuragi qinidan chiqib ketayotgandek edi. Qo‘llarini uning ko‘ksiga qo‘yib, o‘zidan itarishga urindi. — Kar emasman, uzoqdan aytsangiz ham eshitaman...
Shu on Yoongi uning qo‘llarini o‘z kafti orasiga qamab, qizni keskin silkib divanga yotqizdi. O‘zi esa tizzalab, ustidan hukmrondek turib oldi.
* Men buni qilmasligim kerak... bilaman. Lekin aqlli qizlar “shilqim” yigitlarni yoqtirmaydi. Agar ozgina roʻl ko‘rsatsam, balki tezda ajrashishga rozi bo‘lardi. Ammo jin ursin... U menga shu qadar yaqin, yuzlari olma kabi qip-qizil, ko‘kragi tez nafasdan ko‘tarilib-tushib koʻksimga urilishi meni o‘zim istamagan hislarni tuyishimga majbur qilyapti. Bu qiz juda ham ehtirosli... juda ham go‘zal... *
— Qarshilik qilmayotganinga qaraganda, bu senga yoqmoqda, — dedi Yoongi istehzoli ohangda. — Demak, men senga bundan-da “yaxshiroq” narsa ko‘rsataman xotinjon...
U asta Hari libosining tugmalarini yechib, ko‘ksini ko‘rinadigan darajaga yetkazdi. So‘ng quyuq lablarini uning lablariga bosmoqchi bo‘ldi. Atigi bir necha santimetr qolganda, Hari titroq, ammo mantiqiy gaplari uni to‘xtatdi.
— Meni o‘pmoqchimisiz? — dedi Hari ko‘zlarini qattiq tikib. — Sevishganlar o‘z sevgisini o‘pish orqali izhor qiladi. Do‘stlar quchoq orqali qo‘llab-quvvatlaydi. Dushmanlar esa ozor berish uchun zo‘rlaydi. Lekin biz... biz na sevishganmiz, na do‘stmiz, hatto dushman ham emasmiz. Unda, nega meni o‘pmoqchisiz?
* Uning qo‘li bilagimni qattiq siqqanda, butun tanam muzlab ketdi. Yo‘q... muz emas, olov! O‘zimni issiq suvga tashlab yuborgandek bo‘ldim. Qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin? U meni silkitdi, divanga yotqizdi... odamning jahlini chiqaradigan, hatto qo‘rqitadigan holat bu. Lekin men nega yig‘lamayapman? Nega qichqirmayapman? Nega ko‘zlarimni yumib, tanamni unga topshirib qo‘yganman?
U ustimda turibdi... og‘ir nafaslari yuzimni kuydirayapti. Yuragim esa ichimdan “tup-tup-tup” deb qattiq uryapti. Xuddi meni fosh qilgandek, u ham yuragimning ovozini eshityapti, shunday tuyuladi. Agar shu lahzada lablarimiz tegsa... men yo‘qolib ketardim. Men o‘zimni ushlab qola olmasdim.
Voy, uning ko‘zlari! Qanchalik sovuq qarasa ham, men ulardan o‘zimni izlayapman. Bu ko‘zlar menga tahdid solyapti, lekin men ularga qarab shirin tush ko‘rayapman. Axir qanday qilib bir odamning sovuq nigohi mening ichimni gulzor qila oladi? Men aqldan ozayapman, rost...
Qo‘llarimni qattiq ushlaganida og‘riq his qildim, ammo bu ham yoqdi. Qanaqa telbalik bu?! Og‘riqni ham yoqtiryapman! Balki sevgi shunday bo‘ladi? Balki sevgi shirin og‘riqdir?
U menga yaqinlashganda, nafaslari labimni silay boshlaganda, men qo‘rqmadim. Men kutdim. Ichimda “iltimos, hozir o‘p!” deb qichqirdim. Agar u hozir meni o‘psa, men butunlay yo‘qolaman, yo‘q... yo‘qolmayman, men to‘liq tug‘ilaman. Chunki men uni telbalarcha sevayapman. *
Hari gaplarini tugatishi bilan Yoongi yuzida istehzoli tabassum bilan egilib, qizning qulog‘i yonida shivirlagandek gapirdi.
— Demak, seningcha men seni o‘pishga sabab topolmayapmanmi? —
U kulib qo‘ydi, kulgusi sovuq edi.
— Xotinjon, men sabab qidiradigan odam emasman. Men xohlasam, seni o‘paman.
U qo‘llarini qizning bilagidan bo‘shatmasdan, yanada qattiqroq siqdi.
— Sen hozir mening oldimda yotibsan, men esa ustingdaman. Shu holning o‘zi yetarli sabab emasmi? — dedi u kibr bilan, qizni qo‘rqitishdan zavq olayotgandek.
— Yoongi... — Hari uning ismini kichik hayajon bilan atadi
* Voy, yuragim urayotgani qanaqa tez! Go‘yo ichimda kichkina baraban chalayapti. U qo‘llarimni ushlaganida qo‘rqishim kerak edi, to‘g‘rimi? Lekin yo‘q... men qo‘rqmadim. Aksincha, ichimdan “yana ushla” deb qichqiryapman. Telbamisan, Hari? Ha, telbaman! Yoongi uchun telbaman!
U menga tikildi... ko‘zlari muzdek. Lekin men ularda issiqlik ko‘ryapman. Balki men aqldan ozgandirman? Balki men xayol ko‘ryapman? Lekin nima bo‘lsa ham menga yoqadi. Uning sovuq nigohi ham menga issiq ko‘rinadi. Shunaqa bo‘ladimi o‘zi?
U kuldi... qanaqa qahrli, qanaqa kibrli kulgi! Odamlar undan qo‘rqadi, lekin men... men esa ichimda gulchambar otayapman. “Yashasin Yoongi kuldi!” deb qichqirmoqchiman. Ha, men butunlay tentakman! *
— Xotinim bo‘lish sen o‘ylaganidek shirin emas, Hari. Men senga buni tez orada isbotlayman. — Hari ko‘zlarini pirpiratib, qarshilikka urindi, ammo Yoongi yuzini yanada yaqin olib kelib, lablari atigi bir necha millimetr qolganda sekin to‘xtadi.
— Uch oy, — dedi u qat’iyat bilan. — To‘qson uch kun men bilan er-xotindek yashang iltimos... Agar shu vaqt ichida... — u qisqa nafas oldi, lablari titradi, — bizda sevgi signali chalinmasa mayli men o‘zim ajrim qog‘ozini so‘rayman.
Yoongi bir lahzaga qotib qoldi. Qizning jur’atidan ko‘zlari torayib, yuzida sekin-asta kibrli kulgi yoyildi.
— Demak, shart qo‘yayapsan-a? — dedi u istehzoli ohangda. — Uch oy... To‘qson uch kun.
U qizning iyagidan ushlab, yuzini o‘ziga qaratdi.
— Men seni uch kunda ham bezdirib qo‘yishim mumkin, Hari. Uch oy menga ortiqchalik qiladi, — dedi kibr bilan. So‘ng lablarini yaqin olib kelib, shivirladi — Ammo... taklifingni qabul qilaman.
— Rahmat... — Hari buni juda istayotgani koʻzlaridagi baxtdan ham anglash mumkin.
* Va nihoyat... u mening shartimga rozi bo‘ldi. Uch oy... to‘qson uch kun. Ichimni qandaydir telba quvonch to‘ldirdi. Lablarimdan chiqmagan baqiriq yuragimni yorib yuboray dedi. “Ha! U rozi bo‘ldi! U men bilan qoladi!” — ichimda shunday qichqiryapman. Balki u meni o‘ylaganiday tez bezor qilolmas... Balki uch oy ichida u ham meni his qila boshlaydi... Balki sevgim unga yetib boradi...
Uch oy... to‘qson uch kun... men sanayman! Har kuni sanayman. Hamma qizlar kunlarni tug‘ilgan kuniga yoki sevgan odamini ko‘rishiga qarab sanaydi. Men-chi? Men Yoongi bilan qancha vaqtim qolganini sanayman. Qarang, qanday g‘alati qizman! Lekin menga baribir yoqadi.
Men hozir uchib ketgim kelyapti. Balki derazani ochib, ko‘chaga qarab baqirishim kerakdir: “Hey, dunyo! Yoongi mening yonimda qoladi!” Qanday telbalik! Lekin ichimdan qichqiryapman. Ehtimol, u eshitib qolmasin deb qattiqroq nafas olishim kerak. Yo‘q, menimcha u allaqachon yuragimning urishini eshityapti... baraban kabi uryapti-ku!
Men uni sevib qolganimni tan olishim kerakmi? Yo‘q, hozir emas... u kuladi, meni masxara qiladi. Yoongi menga qarab “ahmoq qiz” deydi. Balki haqdir. Ha, men ahmoqman. Chunki odamlar sovuq, qo‘pol, kibrli yigitlardan qochadi. Men-chi? Men esa yugurib kelib, uning qo‘polligiga quchoq ochayapman. Balki bu ahmoqlikdir... balki bu haqiqiy sevgi. Farqi yo‘q. Men uni sevayapman!
Uch oy ichida nima bo‘ladi? U meni bezor qiladimi? U meni tashlab ketadimi? Balki meni sindirishga ham urinib ko‘rar... Lekin menga baribir! Chunki men taslim bo‘lmayman. Men uni yutaman, men uni o‘zimga oshiq qilaman. Uch oy ichida u mening ismimni yuragida qayta-qayta pichirlab yuradi. Uch oyda Yoongi “Hari” deb yonadi. Ha, men bunga ishonaman. Chunki men uni telbalarcha sevayapman. *
Yoongi eshikni ochib, ichkariga kirdi. Hari unga ergashib uy ichiga qaradi — hamma narsa tartibli, jimjit, lekin sovuqdek tuyulardi.
Yoongi kalitni stol ustiga qo‘ydi va qisqa ohangda gapirdi.
— Xonamiz alohida. Sen chapdagisan, men o‘ngda.
Hari bir zum jim qoldi, keyin ajablanib qaradi.
— Nega?.. Axir biz er-xotin emasmizmi?
Yoongi asta jilmaydi, qadam tashlab unga yaqinlashdi.
— Ha, er-xotinmiz... — u ovozini pasaytirib, yuziga yaqin egildi. — Lekin sen men bilan bitta xonada uxlashga tayyormisan? Men juda “beandisha”man, xotinjon. Birinchi kechadayoq seni tinch qo‘yishimga ishonasanmi?
Hari beixtiyor qizarib ketdi, ko‘zlarini olib qochdi. So‘zini topolmay, g‘alati ovoz chiqardi.
— M-men... men shunchaki... so‘radim, boshqa ma’noda emas...
Yoongi uning holatini kuzatib turdi-da, yuzidagi jilmayishni asta yo‘qotdi. Nigohi sovuqlashdi, ohangi kibrli chiqdi.
— Demak, darding bo‘lmasa ortiqcha savol berma.
Yoongi sovuq gapini aytgach, yana bir zum Hariga tikildi. Uning ko‘zlarida hech qanday iliqlik yo‘q edi, faqat hukmronlik va bepisandlik. So‘ng beparvo qadamlar bilan o‘z xonasiga yo‘naldi.
Eshikni ochib ichkariga kirayotib, yarim burildi:
— Yotib ol. Bu uyda men qoidalarni qo‘yaman.
Eshikning qattiq yopilishi butun uyda jaranglab ketdi.
Hari esa divan yonida turgancha jim qoldi. Nafasi tezlashgan, kaftlari esa titrardi. Yuragi qattiq urardi. Qattiq gapirdi, sovuq qaradi... ammo nega men undan yana ham ko‘proq so‘z eshitgim keladi? Nega men u kirib ketgan eshikka qarab turibman?..
Hari o‘z xonasiga sekin yurib kirdi, ammo ko‘nglida g‘alati hayajon va bo‘shliq qoldi. Shu odam meni butunlay sindiradimi yoki... butunlay o‘ziga bog‘lab oladimi?
Yoongi o‘z xonasiga kirib, eshikni qattiq yopib qo‘ydi. Bir zum jim qotdi. Ko‘zlari shiftga qadalgandek, ammo ichida g‘alati o‘ylar aylanardi.
U palto tugmachasini yechib, stulga tashladi. So‘ng asta o‘zini divanga cho‘zib, qo‘llarini ensasiga qo‘ydi.
* Bu qiz... haddidan ortiq sodda. Menga qarshi turishga urinadi, lekin nigohida qo‘rquvdan ko‘ra ko‘proq hayajon bor. Hali o‘zi bilmaydi, ammo meni qancha itarsa, shuncha menga yopishib qoladi. *
U lab burchagini biroz ko‘tardi, ammo bu kulgi emas, kibrli tabassum edi.
* Shilqim bo‘lib ko‘rinishim kerak, shunda tezda charchaydi, tezda ajrashishga rozi bo‘ladi, deb o‘ylagan edim... Lekin jin ursin, hozir uning qizarib ketgan yuzi, titroq qo‘llari ko‘z oldimdan ketmayapti. Hamma gap shunda. Men unga qanchalik sovuq bo‘lsam, u shunchalik menga qiziqib qolyapti. Bu o‘yin uzoq davom etmaydi. Men qoidalarni o‘zim yozaman. Men hech qachon uni sevib qolmayman *
Yoongi ko‘zlarini yumdi, ammo uyqu kelmadi. Ichida bir og‘ir tuyg‘u bor edi — o‘zi ham izohlashni istamagan, yoqtirmagan hissiyot.
Tonggi quyosh qalin pardalardan o‘tib, xonaga oqarib kirayotganida Hari allaqachon uyg‘onib bo‘lgandi. U tun bo‘yi ko‘p uxlolmadi — Yoongining sovuq so‘zlari quloqlaridan ketmadi.
Hari asta o‘rnidan turib, oynaga yaqinlashdi. Sochini tartibga keltira turib, o‘ziga pichirladi.
— Xuddi tushimdagi kabi... birinchi tongim erimning uyida. Faqat... u bilan emas, yonma-yon emas.
Tashqaridan Yoongining xonasidan chiqqan ovozi kelganidan Hari tashqariga otildi.
Yoongi oshxonaga kirib, sovutkichdan suv olib ichdi. Hari esa ehtiyotkorlik bilan ortidan ergashdi. Hamma joy oppoq va tartibli, stol ustida hatto chang ham yo‘q.
— Men bugun nonushta tayyorlab qo‘ysam bo‘ladimi? — Hari jilmayib dedi.
— Bilganingni qil. Faqat oshxonani buzib tashlama.— Yoongi unga beparvo qaradi.
Hari o‘ziga ishonch hosil qilgandek bosh irg‘adi. Bir nechta tuxum oldi, yog‘ni qizdira boshladi. Ammo hayajondan shoshilib, tuxumni qattiq urib yubordi, oqi panjaraga sachrab ketdi.
— Ayy! — deb yubordi Hari va hovliqib artishga tushdi.
Yoongi esa eshikka suyanib, qo‘llarini chalishtirib turardi. Nigohi sovuq, lekin ko‘zlarida kulgi soyalari paydo bo‘ldi.
— Qizig‘i shundaki, sen bitta tuxumni ham sindirolmayapsan, lekin meni sindirishga jur’at qilding.
— Men... men shunchaki bexosdan qildim! — Hari battar qizarib ketdi.
Shu payt yog‘ qizib ketib, chayqaldi va Hari issiqdan cho‘chib, qovog‘ini qisib, orqaga bir qadam tashladi. Lekin orqasida turgan Yoongiga urilib ketdi.
— Agar sening “qovunlaring” shu tempda davom etsa, xotinjon... men seni oshxonaga umuman yaqinlashtirmayman. — Yoongi uni yelkasidan ushlab qoldi. Sovuq ovozda shivirladi.
— Aytdimku atay qilmadim deb — Hari esa uyalganidan qayerga qarashni bilmay qoldi.