His babygirl
Zo‘ravonlikdan so'ng 2 kun keyin TUN
Bugun kun bo‘yi yomg‘ir yog‘di... Xuddi ko‘z yoshlarim osmonga aylanib to‘kilib turgandek. Ichimdagi alam, afsus va so‘zsiz dard bir-biriga qorishib ketgan. Taqdirimdan xafaman.
Chaqmoq chaqdi... Men bu tovushdan doim qo‘rqaman. U meni bolaligimdan titratgan. Lekin bugun bu qorquv boshqacha — u ichimdagi yolg‘izlikni titratyapti.
Yolg‘iz qorong‘ilikda yotibman... hech kim yo‘q. Hech kim meni bag‘riga bosmayapti. Hech kim “Hammasi o‘tib ketadi” demayapti. Na bir so‘z, na bir qo‘l...
Yana chaqmoq chaqdi... Choyshabni qattiq siqib ustimga tortdim. Go‘yo u meni himoya qilar degandek, bolaligimdagi o‘sha beg‘ubor umid bilan.
Eshik ochildi... Yuragim to‘xtab qolgandek bo‘ldi. U kirdi... Yoongi. Mening sukunatdagi holoskorim.
– Qattiq qo‘rqdingmi...? | Ovozi mayin, yuragimga tushdi. Yonimga yugurib kelib meni quchdi. Qattiq, issiq va qutqaruvchi. Aynan menga shu kerak edi. Aynan shu.
– Yoongi... iltimos, ketmang. | So‘zlar xira, ovozim titroq. Boshqa hech narsa deyolmadim. O‘zimni xavfsiz his qiladigan bag‘rida nechun jim yotganimni bilmayman. Ammo u yerda yuragim urib turardi.
Sukunat uzoq cho‘zildi… yuragimda ming savol, tilimda faqat biri chiqdi.
– Mendan izoh talab qilmayapsizmi?! Yoki siz uchun muhim emasmanmi?! | So‘zlarimda tanbeh emas, iltijo bor edi. “Meni eshiting, meni seving” degan yurakni ko‘zlarim orqali unga tutdim.
– Bularni eslash seni xafa qiladi deb o‘yladim. Qachon tayyor bo‘lsang, o‘zing boshlashingni kutdim... | Gaplari sokin, ammo og‘riqli. Men uchun qayg‘urganini aytmoqda, lekin oramizdagi masofa tobora kattalashayotganini his qilyapman.
– Men... ajrashmoqchiman. | Bu so‘z og‘zimdan chiqdi. Yuragim esa shu zahotiyoq qonab ketdi. U bu gapni eshitgach nima qiladi, degan qo‘rquv tomog‘imni bo‘g‘di.
– Kasalxonadan chiqqaningdan so‘ng, ariza topshirib kelamiz. | O‘sha e’tiborsiz, muzdek javob. Hissiz. G‘amxo‘rliksiz. Na savol, na “nega”... Bu javonlar mening hislarimni o‘ldiryapti.
Nahotki... u endi meni sevmaydi? | Javob bermadi. Hatto ko‘zlarimga ham qaramadi. U Jiminning so‘zlariga ishongandek...
– Jimin... uning men haqimdagi so‘zlari – bu yolg‘on! | Ovozim qaltiradi. Yuragimdan emas, umrimdan uzib aytayotgandek. “Ishon, faqat ishon” deyapman.
– Jkning oldiga tunda nima uchun borgan eding? | Shu savol... ko‘zlarimni nam qildi. Nahotki, u mening niyatimga shubha qildi?
– Men... tug‘ilgan kunimga sovg‘a berishini aytib chaqirdi. | Gapim oddiy. Ammo unga ishonish — unga meni sevish kabi og‘ir ko‘rinmoqda. Meni yo‘qotishga ruxsat berayotgan ko‘zlar bilan qarab turibdi.
– Ari, sizlar sobiq sevishgan edingizlar... | Ovozimni qattiq chiqarmadim. Ammo yuragimda chaqmoq chaqayotgandi.
– Va sen buni bila turib — uni chaqiruvini qabul qilding. | Ko‘zlarimga qarama. Iltimos, qarama. Ko‘zimda seni yo‘qotishdan o‘lgudek qo‘rqayotganim bor.
– Aytchi... o‘rtangizdagi bu ish chindan ham seni qarshiliging bilan bo‘lganiga — ishonishim mumkinmi?! | So‘zlarimni asta yakunladim. Ammo yuragim g‘azabda emas — titroqda. Uni bagrimdan asta itardim. Sovuq emas, ehtiyotlik bilan. Chunki biroz ortiqcha bosim – bizni butunlay sindirib yuborishi mumkin edi.
Derazaga qaradim. Tashqarida yomg‘ir. Ichimda esa hozir javob kutayotgan, sindirilgan bir sevgi. Agar bir og‘iz noto‘g‘ri so‘z aytsam — uni ranjitib qo‘yaman. Ammo o‘zimni ham qiynamoqchi emasman. Bu savol javobsiz qolmasligi kerak.
U jim. Nafas oldi. So‘ng nihoyat gapirdi.
– Men o‘zimni oqlamayman. | So‘zlarim titrab chiqdi. Lekin qo‘rquvdan emas — charchoqdan.
– Agar men aloqa istagan bo‘lsam menda... Jimin bor edi. | Bu haqiqat edi. Achchiq, ammo rost. Men qanchalik aybdor ko‘rinsam-da — vijdonim toza edi.
– Nega men Jungkookga o‘zimni topshirishim kerak, Yoongi? Nega?! | Men uning ortiga o‘tdim. Quchdim. Yuragim bilan. So‘zsiz. Titroq bilan. O‘zimni ham aybdor his qilmay, uni ham yo‘qotmaslikka urinib.
Gapirib bo‘lishi bilan belimga qo‘lini qo‘ydi, yuragimga suyanib turdi. Nafasining issig‘i yelkama-yelka tegmoqda. Lekin men jim edim. Ichimda qaynayotgan narsa bor edi — ishonchga ochlik va xiyonatdan qorquv.
“Men seni ishonchsizlik bilan ezishni istamayman, Ari…" Deb baqirishni istadim. Ammo tilim qotgan. Ko‘zim pastga, yuragim esa ikki tomon o‘rtasida yirtilgan. Jimin meni bolaligimdan biladi. Uning gaplariga doim ishonardim. U do‘stim, uka kabi bo‘lgan.
- Yoongi... | u ismimni sevgiga toʻla ovozi bilan chaqirdi
.- Men seni quchib turganimda... ichimda bir ovoz ‘unga ishon’ deydi. Boshqasi esa ‘do‘sting yolg‘on gapirmaydi’ deydi. | Men undan ajraldim. Bir necha qadam orqaga chekindim. Chuqur nafas oldim. Derazadagi yomg‘irga qaradim.
- Lekin agar sen yolg‘on gapirmayotgan bo‘lsang... agar bu rostdan zo‘ravonlik bo‘lsa... unda seni yolg‘iz tashlab ketganim — eng katta gunohim bo‘ladi... | Men asta unga qaradim. Ko‘zlarimda na tanbeh, na g‘azab. Faqat shubha, xavotir, halokat.
- Menga haqiqat kerak Ari. Yig‘lama iltimos. Lekin meni aldama ham. Chunki men bu orada ham sizni ham Jiminni yo‘qotaman...| Yomg‘ir devorlarga urilib, go‘yo bu xona ichidagi og‘riqni ko‘chaga aytayotgandek edi. Men unga qarab turgan edim. U esa hali ham yerga tikilgan.
- Men sendan na oqlov, na vijdon himoyasi kutyapman. Men faqat bir haqiqatni eshitishni istayapman. Chunki men seni yo‘qotgim kelmaydi Ari...| O‘rtamizdagi sukut og‘ir, og‘irroq edi. Uning yelkasi qimirlaganida yuragim orqaga tortildi.
Ko‘zlari mening ko‘zlarimda. Hatto hozir ham yuragim muzdek. Ammo bu safar boshqa sabab bilan.
— O‘sha kuni... tug‘ilgan kunim edi. Bazm tugadi Jimin meni uyga olib borib keyin “Muhim ishim bor, ketishim kerak” deb ketdi. Men charchagandim ammo... haligacha g‘amxo‘rlik qilayotganini ko‘rib yuragim iliqlashgandi. | So‘zlarimda sovuq bor. Men eslayapman, lekin har eslashda ichimda nimadir uzilayotgandek.
— Tunda Jungkook telefon qildi. “Alohida sovg‘a beraman”, dedi. Men... ishonib bordim Yoongi. Chunki men uni hali ham do‘stim deb o‘ylardim. Sobiq sevgilim ha... lekin men uchun u faqat o‘tmish edi. Hech qanday niyat yo‘q edi. | Men qo‘llarimni siqib oldim. Ular qaltirayapti. Nafas olishim og‘irlashdi.
— U meni o‘sha joyga olib chiqdi. Bezatolgan, jimjit biroq qorong‘i edi. Men kulardim, savollar berardim. Ammo u... boshqa edi. Ko‘zlarida o‘sha tanish mehr emas edi. Qorong‘ilik ichida... u meni yerga bosdi. Qo‘llarimni... bosib oldi. Dod deyolmadim...| Yig‘lamayapman. Ko‘zlarimdagi yoshlar chiqqani yo‘q. Chunki yuragim yig‘lashdan charchagan.
— Men unga “yo‘q” dedim. Tanam to‘liq qarshilik qildi. Ammo... meni kuchim yetmadi...| Yoongi ko‘zlarini yumdi. Qattiq og‘ir nafas oldi. Ichki titroq yuzida aks etdi. Ammo jim.
— Jimin aytgan: “Ari buni xohlagan. Uning tanasi qarshi emas edi”, deb. Men esa... mening tanam vahimada edi Yoongi. Mening ruhim qichqirayotgan edi. Men to‘xtatolmadim. Faqat yuragimni himoya qilishga urindim. | Bir muddat sukut. Ari qaraydi. Yoongi hamon jim. Ari so‘zida davom etadi.
— Men senga buni aytishim kerak edi. Chunki seni sevaman. Chunki endi yashirinadigan joyim yo‘q. Chunki men o‘zimni aybdor his qilmayman — va bu birinchi marta. Va men istayman... kimdir hech bo‘lmasa sen meni tushun... | Ari ko‘z yoshlarini ushlamaydi. Endi u to‘xtamaydi. Yuragi nihoyat ochilgan...
— Men hozir bu yotoqda emasman Yoongi. Men hali ham o‘sha qorong‘ilikda, o‘sha muzdek yerda, o‘sha bosim ostidaman. Har kecha ko‘zlarimni yumsam... tanam yodlaydi. Ruhim hamon chinqiradi. Faqat sen buni eshitishingni istadim...| Ari yuzlarini kaftlari bn yopib yig'lab yubordi.
Unga yaqinlashdim. Na tanam, na aqlim, na yuragim... hech biri normal holatda emas. Men... men hayotimda birinchi marta nimadir qilishni bilmayapman.
— Men seni himoya qila olmadim Ari. Bu yurak... doim seni sevdi. Har bir kulgingni, har bir jimjitligingni... hatto Jimin bilan bo‘lganingda ham yuragim senga sodiq edi...| Men so‘zlarimni siqib chiqaraman. Ammo ular og‘riq bilan to‘la.
— U seni tanangda bo‘lishga majburlagani uchun emas seni ichingdan yo‘q qilgani uchun yomon. Sen kuchingni yo‘qotibsan. Men seni avvalgidek ko‘rmayapman. Men seni yana quvnoq, yaltiragan ko‘zli holingda ko‘rmoqchiman... | Men asta uning qo‘lini ushladim. Barmoqlari sovuq.
— Senga ishonmadim deb o‘ylama. Men sening xafa bo‘lishingni ko‘rishga tayyor emasdim. Shuning uchun... ko‘z yumdim. Lekin endi ochdim. Sen yolg‘iz emassan Ari. Endi emas...| Ari men tomonga boshini burdi. Uning ko‘zlarida alam emas tinchlik istagi bor edi.
— Meni tark etma Yoongi... | deb pichirladi. Men boshimni qimirlatdim.
— Men bu safar sening yoningdan ketmayman...| lablarimz birlashdi
Men uni o‘zimga tortdim. Lablarimiz birlashdi. Dastlab bu o‘pish sokin edi, ammo ichimizdagi yig‘lamoqchi bo‘lgan ehtiros asta yuzaga chiqa boshladi. U meni ko‘tardi, orqaga — divanga yotqizdi. Ustimga engashib, bo‘yinlarimni, so‘ngra yelkalarimni o‘pdi. Og‘ir nafasimiz xonani to‘ldirardi.
– Meni xohlaysizmi...? | U ko‘zlarimga qattiq tikildi. Qo‘llari sonimni silab, yuqoriga siljiy boshladi.
– Sen hali ham meni to‘xtatishing mumkin… | dedi ammo tovushida aniq titroq bor edi. Bu na ehtiyot, na qo‘rquv – bu halollik edi.
– To‘xtama...| Men lablarimni uning lablariga bosdim.
U mening belimdan quchoqlab, lablarimga asta engashdi. Bu o‘pish ehtirosli emas — u tinchlik, kechirim, bag‘rikenglik edi.
U meni ko‘tardi va karovatga olib bordi. Menga so‘zsiz "xo‘pmi?" degan nigoh bilan qaradi. Men esa boshimni tasdiq ishorasi bilan qimirlatdim. Ko‘zlarimiz bir-biriga ko‘milgan. Bu yaqinlik — avvalgi og‘riqlarga davo bo‘lishi kerak edi.
Kiyimlarimiz asta yerga tushdi. Har bir harakati ehtiyotkor, ammo aniq edi. U mening badanimni emas, ruhimni avaylab silardi. Men o‘zimni ilk bor qadrli, muqaddas his qilardim.
Uning har bir nafasida: “Sen yolg‘iz emassan”, “Men seni qabul qilaman”, “Men sendaman” – degan so‘zsiz qasam bor edi.
Har bir ochilgan joyimni kafti bilan avaylab siladi. U mening badanimni istamadi – u meni to‘liq, butunicha xohladi. Badani mening ustimga engashganida, issiqlik ichimda portladi. Men tizzalarimni ko‘tarib, uni o‘zimga yaqinlashtirdim. Harakatlarida shoshilinchlik yo‘q, lekin to‘xtash niyati ham yo‘q edi.
U o‘zini ehtiyotkorlik bilan ichimga joylashtirdi. Men titradim.
U harakat qila boshlaganda tanamda titroq to‘lqin bo‘lib harakatlandi. U meni asta, chuqur va ishonchli usulda sevardi. Har bir harakati bilan “sen qadrli, sen keraklisan” degandek edi.
U belimdan ushlab, menga yopishdi. Sochlarimni siladi, koksimga lablarini qo‘ydi. Men esa ko‘zlarimni yumib, bu lahzaning ichida yo‘qolib borardim. Og‘riq yo‘q edi. Faqat mehr bor edi. Faqat ehtiros, himoya, quchoq, to‘kislik...
U harakatni sekinlashtirdi, peshonamga lablarini bosdi.
– Men seni har doim sevganman...
...Uning harakatlari tobora aniqroq va istak bilan to‘yingan bo‘la boshladi. U har zarbada meni o‘ziga yanada yaqinlashtirar, lablarimni izlab, bo‘yinimga nafasini urar, har nafasida meni o‘z dunyosiga tortardi. Nafaslarimiz tutashgan, yuraklarimiz ohang topgan, badanlarimiz birlashgan edi.
Uning qo‘llari belimdan pastga sirg‘alarkan, har bir teginishi ichimdagi ehtirosni yondirar, meni o‘zidan ketkazar edi. Men esa har harakatida uni yanada chuqurroq his qilardim. Bu nafaqat ehtiros edi – bu ishonch, bu qabul qilish, bu kechirish edi.
U lablarini tanamning eng nozik nuqtalariga qo‘ndirar, har bir o‘pishda meni sindirish emas, qayta yig‘ish niyatini aytar edi. U meni istardi — faqat jismim emas, butun borlig‘im bilan.
Uning har bir harakati balandlikka ko‘tarilar, so‘ng chuqur daqiqalarga sho‘ng‘irdi. Men esa uning quchog‘ida asta-asta o‘zligimni qayta topar, so‘zsiz baqirar, o‘zimni tamoman ochib berardim. Biz bu tunda bir-birimizning jasoratimiz, yong‘inimiz va panohimizga aylangandik.
U ko‘zlarimga qarab, har bir harakatida:
– Sen xavfsizsan...
– Men senikiman...
– Men seni buzmoqchi emasman...
– Men seni davolamoqchiman...
...deb pichirlardi va so‘nggi harakatlarda biz ikkalamiz bir vaqtda nafasni to‘xtatdik, bir vaqtda bo‘shab, bir-birimiz ustida, ichida, yonida — butunlay yo‘qoldik.
Tun davom etdi. Yomg‘ir to‘xtamadi.
Ammo men endi qorqmay qo‘ydim. Chunki yuragim yonida urayotganini eshitib yotardim.
"U — mening eng og‘riqli kechamda kelgan najotim edi.
Men — uning eng og‘riqli tanlovida qolgan sevgisi edim."
Yon devor soatining sekin, muttasil "tik-tak" ovozi tizzalarning ichida aks sado bergandek. Yengil, toza havoda nafas olish oson... lekin yurakdagi og‘irlik hali o‘zgarmagan.
Ari chuqur nafas bilan uxlab yotardi. Yostiqqa yuzining faqat yarmi bosilgan. Sochlari yelkalariga to‘kilib tushgan. Qoshlari sal tirishgan — go‘yoki tushida ham ichki kurashdan voz kechmagandek.
Suga yonida sokin o‘tirardi. Uning nigohi... to‘liq. Ayb, achinish, muhabbat, himoya va qaror bilan to‘liq. U ohista turdi. Ari yoniga engashib, lablarini uning peshonasiga tekkizdi.
— Dam ol, Ari... men borligimni unutma... deb pichirladi.
Palata eshigini ochdi va u yerda — Jimin turardi.
Qorong‘i ko‘zlari bilan, yuzida g‘am, charchoq, va tushunarsiz shubha. Uning nigohi Suga bilan to‘qnashdi.
Bir zum sukut. Jimin bir qadam oldinga yurdi.
— Uni ko‘rishim kerak. Men uning eriman.
Suga yoʻlini tosdi. To‘g‘ri ko‘zlariga qaradi. Qattiq emas. Hamdard ham emas. Faqat... odamiy nigohda.
Jiminning qoshlari chimirildi.
Suga yuragini bosdi ohista gapirdi:
— Chunki u uxlayapti. Va seni hozir ko‘rishga hali tayyor emas. U hali titraydi, Jimin. Hali yuragidagi izlar ochiq. Sen uni xafa qilmoqchi emassan — bilaman. Lekin hozir... sening ko‘zingdagi nafrat ham uni battar sindiradi.
Jimin norozi qiyofada chuqur nafas oldi.
— Men faqat... gaplashmoqchiman. Uni ko‘rmay qanday tinchlanaman?
Suga bir qadam oldinga yurdi. Endi oralarida nafaqat masofa, balki faktlar, og‘riqlar, va tanlovlar turardi.
— U oʻzida emas. Hozir emas. Jimin... sen uni tinglamading. Sen unga ishonmading. Endi... kut. Uning yuragi seni chaqirmaguncha, sendan sira narsa chiqmaydi.
Jiminning lablari titradi. Nigohida g‘azab bilan o‘zini oqlamoqchi bo‘lgan iztirob aralashdi.
Suga boshini egdi. Og‘ir ammo murosali tarzda gapirdi:
— Aynan shu maqom uning hayotini buzyabdi...
Jimin ko‘zlarini chirt yumdi. Nafasi ko‘kragidan qattiq chiqdi. Bir zumda hammasi og‘irlik qilib yelkasiga tushdi. U yana palataga qaradi, yuragi beixtiyor o‘sha eshik ortidagi ayolni quchoqlamoqchi edi. Ammo... oraliqdagi masofa — faqat jismiy emasdi...
— Agar uyg‘onsa... ayt... kechirasan, degin.
Suga ohangsiz bosh irg‘adi. Jimin esa og‘ir qadamlar bilan shifoxonadan chiqib ketdi. Suga esa asta eshikni yopdi. Orqaga o‘girilgach uning yuragi Ari tomonga intildi. Bu endi shunchaki uchburchak emasdi. Bu haqiqat va yurakning urushi edi.
Jimin ko‘p keldi. Har safar shifoxona eshigini ohista ochdi, yuragi qo‘rquv va umidga qorishgan holda. Lekin har safar Yoongi unga to‘g‘ri qarab, bir xil ohangda, ammo turli so‘zlar bilan yo‘lini to‘sdi.
“U hali uxlayapti.”
“Bugun ruhiy holati yaxshi emas.”
“Shifokor yolg‘izlik tavsiya qilgan.”
“Men yonida bo‘lay... iltimos.”
"Hozir muolaja vaqti..".
Bahonalar o‘zgarar ammo ma'no o‘zgarmas edi — Ari uni hali ko‘rishga tayyor emas. Balki hech qachon ham bo‘lmas...
Jimin esa har safar kelib har safar bo‘sh qo‘l bilan ketdi. Ammo eng og‘iri — har gal ketayotib Yoongining ko‘zlarida ko‘rgan narsa : himoya. Ari endi begona emas edi. U himoyalanayotgan yurak bo‘lib qolgan edi.
Yoongi koridordan yurib chiqdi. Har qadamida og‘irlik, har nigohida hushyorlik bor edi. U eshik yonida "yana" kutib turgan Jiminni ko‘rdi. Jimin bu safar yuragida ming savol, yuzida pushaymon bilan kelgandi. Sochlari to‘zib ketgan, ko‘zlarida uyqusizlik, ichida esa haligacha ishonchni tiklash ilinjida bo‘lib turgan bir odam.
Yoongi bir muddat indamay turdi. So‘ng muloyim, lekin qat’iy tovushda gapirdi:
Jimlik bo‘lib qoldi. Jimin hech narsa demadi. Yuragini changallab turgandek bosh egdi. Yoongi davom etdi:
— U seni hali ko‘rishga tayyor emas... Bunday doim kelishni bas qil Jimin
So‘zlar muloyim, lekin ortida himoya bor edi. Ari uchun kurash Ari uchun to‘g‘ri qaror.
Jimin boshini ko‘tardi. Ko‘zlarida umid chaqnadi:
— Faqat bir daqiqa… Koramanu chiqaman, iltimos…
Yoongi bir qadam oldinga yurdi. Nigohi sovuq emas og‘riqli edi. Toki Jimin yuragini o‘qiy olsin:
— Sen ko‘rgan Ari o‘sha Ari emas... U hozir sindi. Yana bir marta sindirilishga toqat qilolmayman... Shuni istamaysan to‘g‘rimi?
Jimin ko‘zlarini yumdi. Ichidagi o‘zini kechira olmagan bir odam jim turdi. Nafas oldi so‘ng lablarini zo‘rg‘a qimirlatdi:
— Men uni yo‘qotdim shundaymi?
Yoongi unga javob bermadi. Javob – eshik ortida yotgan qiz edi. Eshik ortida kimga ishonishini endigina qaror qilayotgan hali tiklana olmagan bir qalb.
Jimin sekin bosh irg‘adi. Bu taslimlik emasdi. Bu kechikkan tushunish edi. Orqasini o‘girib ketayotganida Yoongi ohangsiz lekin og‘ir so‘zlar bilan gapirdi:
— U seni har kuni kutmaganini esla. Kelishga majbur emassan. Men esa har kuni uni himoya qilaman.
Jimin yurib ketdi. Yana kelaman degandek emas endi faqat ichida jim qolgan ohang bilan chunki bilar edi oʻz qoʻli bilan "baxt" ini barbod qilgan edi.
Aeroport – Tunggi soatlar. Insonlar shoshilishmoqda, e’lonlar yangramoqda. Jungkookning qattiq siqilgan jag‘lari, yonida bo‘sh o‘rindiq — Jia yo‘q.
Jungkook terminalni kezib chiqdi. Har bir odamni ko‘zdan kechirdi. Qorong‘i burchaklar, bekorchi yo‘lovchilar orasida uni izlab yurardi.
— Jia. Bu qizni o‘zim yetishtirdimmi?!
Uning nazoratdagi ohangida charchoq, g‘azab va bexos yuragiga o‘rnashib olgan xavotir bor edi. U oxir-oqibat singlisining yo‘qolganini anglab yetgach, qo‘riqchilarga murojaat qildi.
Shu payt aeroport bo‘ylab xodimlar ovoz chiqarishdi:
“Jeon Jia ismli yo‘lovchi boarding zonasiga yetib kelmadi. U bilan hamroh shaxs iltimos xodimlarga murojaat qiling...”
Jia esa aeroportning orqa tarafda notanish yo‘laklaridan birida chamadonlar oralig‘ida bukchayib o‘tirardi. Nafasini ushlab, yuragini tinchlantirishga harakat qilardi. Ko‘zlarida norozilik va yomon xotiralar yiltiraydi. U akasini qasos olish oʻrniga uni kuch bilan olib ketayotganini eslab yuragini bosib o‘tiradi...
Lekin uzoq yashirinish imkonsiz edi.
— Nega bu yerda qiz bola yolg‘iz o‘tiribdi? - degan erkak ovozi kutilmaganda yuragini zirillatdi.
Jia boshini ko‘tardi. Qarshisida beparvolik bilan jilmayib turgan yigit — Suho ( Taehyung singlisini oʻgʻli ). Egnida bejirim pidjak, chehrasida esa hukmronlikka o‘rganib qolgan kulgi bilan unga termuldi.
— Tssh... Sekin gapirsangchi ahmoq
Jia bosh barmogi bilan jim ishorasini koʻrsatdi.
— Sen... bu yerda yashirin o‘tiribsanmi? Ko‘rinishdan qochayotganing ayon.
Jia cho‘chib ketadi, lekin keskin gapirdi:
— Senga nima o‘zi?! Qarasang-chi ishingga!
Suho beparvolik bilan jingalak sochini qashib qo‘ydi.
— Hmm... asabiy ekansan. Qochayotganing aniq. Faqat... mendanmi yoki boshqa kimdandir? - dedi mazahlagan ohangda
— Bunday niyatim hozir paydo bo'ldi... Faqat hozir mavridi emas... u yoqda bir odam seni telbanikidek qidiryapti. Katta ehtimol bilan u akang. Juda g‘azablangan ko‘rinadi.
Jia qarshisidagi begona yigitga yalingandek tikildi:
— Iltimos... Ayting unga ko‘rmadingiz. Shunchaki ketavering.
Suho jim qoldi. Bir zum kuzatdi. So‘ng kuldi. Bu kulgi — mehribon emasdi balki sinovli mazax aralash.
— Bilasanmi... Menga sen yoqyapsan. Biroq aytganingni qilmayman.
— Senga nima kerak oʻzi ?! Bu yerda bo‘lganimni hech kimga aytma...— dedi Jia qattiq pichirlab.
— Hech nima... dedi Suho sokin — Faqat bir "amaki" seni izlab rosa yuguryapti. Men esa uni shu yoqqa boshlayman. Sen esa… yashiringancha qolaver. O‘yin qiziq bo‘lsin.
Suho yonidan o‘tayotgan aeroport xodimiga murojaat qildi:
— Kechirasiz... qizcha o‘sha yerdaligini ko‘rdim... - dedi Jia oʻtirgan joyni koʻrsatib .— Yashirinib o‘tirgan ekan..
Xodimlar zudlik bilan Jungkookga ma’lumot uzatishdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas u yugurib kelganida Jia o‘rnidan sakrab turdi.
— Qanday qilib...?! — dedi hayrat bilan.
Suho esa shunchaki yelka qisdi:
— Men sening do‘sting emasman. Qandaydir qochishlar senga to‘g‘ri kelmaydi go‘zalim...
Jungkook esa gap-so‘zsiz singlisining bilagidan ushladi.
— MEN BORMAYMAN! — deb baqirdi Jia ko‘z yoshlari bilan.
— Bu yerda qolmaysan tushundingmi?!
— Qiziq oilaviy dramatik filmga guvoh bo‘ldim bu uchun rahmat.
Jia unga tishlarini g‘ijirlatib qaradi:
— Ajoyib bu boshlanishi... — dedi Suho kulib
" Angliyaga uchadigan reysga qabul boshlandi. 10 daqiqadan soʻng samolyot uchib ketadi. Iltimos hujjatlaringizni topshiring. Hayrli kun..."
Shifoxonadan chiqqanimdan so‘ng Yoongining shahar chekkasidagi uyiga keldim. Dastlab bu joyga vaqtincha keldim deb o‘yladim, ammo kunlar o‘tgach tushundim bu oddiy boshpana emasdi. Bu Yoongining men uchun barpo etgan dunyosi edi.
Seo oyim, Taehyung dadam, va Luna menga tez-tez kelib turishdi. Ammo ularning nigohlarida haligacha ayanch bor edi. Ular menga mehr ko‘rsatishdi, ammo bir narsa o‘zgargan edi. Men esa bu o‘zgarishning markazida edim.
Yoongining mehri... bu yerda mening qolishim... bular ko‘nglimga iliqlik bersa-da, xotirjamlik bermasdi. Oxiri, ichimni kemirib yurgan haqiqatni aytishga majbur bo‘ldim.
— Bu to‘g‘ri emas... Siz doim men bilan qola olmaysiz. Bu holat Lunaga og‘ir botadi...
Bu gapni o‘zimdan siqib chiqardim. Yelkamga og‘ir yuk bosilib turgandek edi. Ko‘zimga qaray olmadi, yuragimni qiynab turgan haqiqat edi bu.
Yoongi bir soniya jim bo‘ldi, so‘ng sokin, ammo keskin tovushda javob berdi:
— Sen hozir kimnidir o‘ylaydigan holatda emassan. Kim bilan bo‘lishni men tanlayman. Sen menga bu borada saboq bera olmaysan.
Bu gapni u ohangini baland qilmay, lekin men bir qadam ortga tisarilishimga majbur bo‘lgan qat’iyat bilan aytdi. Shu daqiqada men titradim. U meni himoya qilayotgan odam emas o‘ziga qaratayotgan odam edi.
Men ichimdagi boshqa bir savolni chiqardim. Bu savol qalbimdagi eng katta chigallik edi.
— Unda... siz hozir mening qarshimda kim sifatida qolyapsiz?
Bu so‘zlar og‘zimdan chiqqach, yuragim beixtiyor tez urdi. Nigohimda javob istovchi, lekin javobdan qo‘rqayotgan qiz turardi.
Yoongi oldinga bir qadam tashladi. Ko‘zlari yaltiradi.
— Buni chindan bilmaysanmi? Sen bilan o‘sha tundagi yaqinligimizdan keyin hammi?
Gapini tugatgach, u og‘ir nafas oldi. Bu so‘zlarni u iztirob bilan aytdi. Nafrat yo‘q edi, lekin alam bor edi. Meni hali ham sevayotgan, ammo o‘sha tun uni butunlay o‘zgartirib yuborgan inson edi bu.
Men labimni tishladim. Bu mavzu ochilishi mumkin bo‘lmagan dafn etilgan o‘tmish edi. Ammo men uni ochdim.
— Men... o‘sha kun uchun afsusdaman. Hissiyotlarimga berildim... bu — noto‘g‘ri edi. Siz Luna bilan unashtirilgansiz. Men esa uning eng yaqin dugonasiman...
Bu gap og‘zimdan chiqqan payt ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Ovozim titradi. Nafaqat Luna balki o‘zimni ham xiyonatga uchratgandek his qilgandim. Bu haqiqat edi lekin bu haqiqat yuragimni tirnab yotar edi.
Yoongi chuqur nafas olib, bir necha qadam orqaga chekindi. Ammo javobi kuchliroq edi...
— Men Lunani hech qachon sevgan emasman. U mening do‘stim xolos. Unashtirish faqat uning xavfsizligi uchun qilingan edi. Bu xiyonat emas...
Bu so‘zlarni u ohangsiz ammo tan oluvchi halollik bilan aytdi. Bu gap men uchun og‘ir bo‘lsada bir tomoni bilan yengillik keltirdi. Endi men yolg‘iz xiyonatchi emasdim... Ammo gap tugamasdan eshik qo‘ng‘irog‘i yangradi.
— Men ochaman — dedi va ketdi.
Bu gapni oddiy aytdi, lekin yuragim allaqachon xavotir bilan siqilayotgan edi. Bu tashrifda nimadir g‘alati borligini his qildim. Olti daqiqa o‘tdi. So‘ng eshik ochildi — Kim Tan ya’ni Yoongining bobosi ichkariga kirib keldi.
Men tanamni tortdim. Kiyimim... haddan tashqari ochiq edi. Men uyda yolg‘iz edim shunchaki qulaylik uchun yengil kiyingandim. Ammo u kishi qarshisida o‘zimni yalang‘och his qilardim. U divanga o‘tirdi. Go‘yoki bu uy unga tegishli. Go‘yoki men... bu yerda ortiqcha edim.
— Ari... ishonamanki boshqa muammolarga duchor bo‘lmayapsan — dedi u shunchalik sokin ohangda, go‘yoki bu suhbat emas ogohlantirish edi.
Uning so‘zlari qadar nigohi ham sovuq edi. Ichimdan nimadir ezildi. Bu inson hech qachon holimdan xabar olmagan, meni biror marta inson sifatida ko‘rmagan edi. Endi esa… birdan menga mehr ko‘rsatishga urinmoqda?
Men boshimni ko‘tardim. Undan qo‘rqayotganimni ko‘rsatmasligim kerak edi. Tana tilimni tiklab nigohimni iloji boricha barqaror saqlab dedim:
— Agar duchor bolsam ham bu sizni bezovta qilmasin... janob Kim. Men sizdan hech narsa kutmayman...
Bu sozlarni men juda sokin aytdim ammo yuragim ichkaridan qichqirardi. Uning kozlariga qaradim. Qoraygan sovuq insoniyatdan begona koz. Ularda na mehr na dard faqat hukm bor edi
U jilmaygandek bo‘ldi lekin bu kulgi emasdi bu tahdid edi.
— Sen meni bezovta qila olmaysan. Ammo menga tegishli bo‘lgan insonlarni - ha. Seni davolayotgan Suga endi biznes olamidagi o‘rnini yo‘qotyapti. Karyerasi...
Bu gapni tugatishga ulgurmadi. Chunki u hali buni anglab ham ulgurmasidan Yoongi uning so‘zini kesdi. Yoongining yuzida hech qanday tabassum yo‘q edi. Nigohi qahrli, jag‘lari qattiq qisilgan. U oyoq uchida bir qadam oldinga yurdi va sovuq hatto qattiqroq ohangda dedi:
— O‘zingizni kim deb o‘ylaysiz?! Siz meni hech qachon tan olmadingiz, shunday qoling. Karyeram sizni tashvishga solmasin. Men o‘z ustunliklarimni yaxshi bilaman...
Bu gapni aytayotganida uning ovozida biror his yo‘q edi. Lekin aynan shu sovuqlik tanamdan muzdek titroq o‘tkazdi. Yoongining ko‘zlari zulmat kabi qorong‘i edi. U endi yurakdan emas nafratdan gapirardi.
Kim Tan beihtiyor boshini egdi lekin bu taslimlik emasdi. Bu — zaharli jimlik edi. So‘ng birdan portladi:
— Qandaydir foxishani deb menga qarshi chiqishga jur’at qilishing... bu seni mening g‘azabimga duchor qildi Suga..!!!
Uning lablaridan chiqayotgan bu so‘zlar... bu haqoratlar... ular yuragimni arraladi. "Foxisha…"
Bu so‘z ichimdagi eng quyi cho‘kmalarga tushib o‘z izini qoldirdi. Nafas olishim og‘irlashdi. U mening o‘tmishimni bilmasdan turib hukm chiqarmoqda edi. Meni kim bo‘lganim uchun emas boshdan kechirganlarim uchun yanchmoqda edi.
Men o‘rnimdan o‘qdek turdim gapirishga ulgurmadim. Yoongi chaqqondek harakat qildi. U birdan Kim Tanning yoqasidan oldi.
— Men seni bu uyga faqat Arini ko‘rish, holidan xabar olish uchun kiritdim. Lekin sen o‘z o‘rningni unutding. Bu qasr bekasini haqorat qilding. Endi… seni o‘ldirmasligim uchun sabab ko‘rmayapman...
Uning so‘zlari muzdek edi. Qo‘li sekin-sekin bobosining bo‘g‘zini siqa boshladi. Uning bo‘yinga bosim oshar barmoqlari qattiqlashar edi. Suga g‘azabining tubida dard bor edi. U meni himoya qilayotgandi lekin o‘z nazoratini yo‘qotyapti.
Men qotib qoldim. Hovurim bosilmayapti. Ichimdagi harorat ko‘tarilmoqda lekin tanam muzdek edi.
— Bas qiling! Hozir o‘ldirib qo‘yasiz... U bunga arzimaydi, iltimos, to‘xtang! — deb baqirdim.
Yoongining bo‘g‘ayotgan qo‘llariga mahkam yopishdim. Bilaman kuchim yetmaydi. Bilaman u meni eshitmayapti. Lekin to‘xtashni o‘ylamadim. Harakat qilishdan najot izlashdan to‘xtashni hatto xayolimga keltirmadim. Nihoyat u qo‘lini bo‘shatdi.
Kim Tan bo‘shashgan holda bo‘ynini ushlab chuqur nafas oldi. Biroq ketmadi. Yo‘q bu odam ketishni bilmaydi.
U labini yalab qo‘llarini tuzatdi. So‘ng nigohini menga qaratdi.
— Qanday ayyor tulkisan Ari... — deya kinoya bilan gap boshladi. — Avval Yoongining tagiga kirding, so‘ng o‘zingni oqlash uchun Jiminning ostidan chiqding. Ular yetmaganday, ochko‘z foxisha kabi Jungkookni tamidan ham tatib ko‘rding... Endi yana Yoongining yonidasan. Ular ichida seni faqat u yaxshi qoniqtira olsa kerak shuning uchun shu yerdasan...
Gaplari tugaganida yuragim hamon urayotgani menga g‘alati tuyuldi. Men bu gaplarni eshitib omon qolmasligim kerak edi. Bu so‘zlar yuragimni yirtib tashladi. Nafaqat jismim, balki vujudimda har bir xotiram, har bir tirik to‘qimam ham og‘ridi. Ko‘zlarim zirqirab tanam qaltiradi. Nafas olish azob bo‘lib qoldi.
Ichimda bir nido tinimsiz qichqirardi :
“Men buni xohlamagan edim... Hech qachon o‘zim xohlab biror kim bilandir bo‘lgan emasman. Ular meni majburlashdi. Zo‘rlashdi. Tananing quli bo‘lishdi...”
Lekin haqiqat bu:
"Men ularning ostidan chiqdim. Uch erkak. Uch zulm. Uch iztirob."
Yoongining ko‘zlari yana qoraydi. U labini tishladi, jag‘i qattiq tortildi. Og‘zidan chiqqan so‘zlar xuddi dafn marosimidagi ohangda edi:
— Sen iflos. Bu daqiqa seni oxirgi nafasin bo‘lishini kafolatlayman. O‘ldim deyaver...
U sekin qadam tashlab Kim Tanga yaqinlasha boshladi. Yana o‘sha nigoh. Yashovchanlikni emas qotillikni ko‘zlagan nigoh. Qo‘li silkinar, nafas qattiqlashgan. U o‘zini yo‘qotgan. Yo‘q, bu endi Yoongi emas bu qasos bilan yonayotgan ruh.
Shu payt u harakat qilmoqchi bo‘lganida, men birdan yo‘lini to‘sdim. Qo‘llarim bilan ko‘kragini bosdim. U menga urilib to‘xtadi. Ko‘zlari menga qaraganida men endi to‘xtay olmadim. Ko‘z yoshlarim daryo bo‘lib oqib tushdi.
— Meni deb qo‘lingiz qonga botishini ko‘tara olmayman...— dedim titrab-titrab.
So‘ng… unga qattiq quchog‘imni soldim. Boshqa ilojim yo‘q edi. Men hozir uni quchoqlamasam u meni emas o‘zini ham yo‘qotadi. Shu qotillikdan so‘ng u o‘zini hech qachon kechirmaydi. U o‘zini yo‘q qiladi.
Men esa… Men bu yurakni boshqa bir kun yashashini xohlayman…
— Haqiqat achchiq...
Kim Tan sekin o‘rnidan turdi, tanasini kerib, go‘yoki g‘alaba qilgan shayton kabi gapirdi.
— Klubdagi o‘sha tun... seni qutqarish uchun bokiraligidan kechgan Arini qadrlashing shart emas... Axir agar u iflos bo‘lmaganida otasiday hurmat qilgan odamning bag‘riga o‘zini otarmidi ?!
So‘zlar yashin bo‘lib tanamga urildi. Qonim qaynadi, ichimni qoralik bosdi. Bu qanday qilib mumkin?! Qanday qilib bunday tinch ohangda bu qadar iflos so‘zlarni ayta oladi? U odam emas. U — shayton.
Yoongi muzlab qolgandek edi. Boshini asta ko‘tardi. Nigohi zulmatdan ham qorong‘i, odamni ich-etidan yondiradigan, halokatga yetaklovchi o‘lim nigohi edi.
— Siz... buni... qayerdan bilasiz?! — deb g‘azab bilan so‘radi u.
— O‘sha tun haqida hatto oilamiz ham bilmaydi. Men u va... faqat ikki odam bilgan. Ular esa sadoqatli. Demak… siz?!
Havo nafas olish zich bo‘ldi. Uyning devorlari ham jimib qolgan, faqat yurak urishimning gupillashi eshitilardi. Yoongi bir qadam oldinga qadam tashladi.
— Sizmi?! Bizni o‘sha do‘zaxga tashlaganmisiz?! Siz uyushtirganmisiz bu hammasini?!
Kim Tan indamadi. Kulimsiradi. Va shu kulgi... xuddi "jin ursin" degandek edi.
— Ammo... — dedi u, yengil, loqayd ovozda.
— Ammo nima uchun?! — deb baqirdi Yoongi yuragi qaqshab. Ammo bu savol javobsiz qoldi.
O‘q ovozi... uyni larzaga soldi. Bir daqiqa oldin nochor, ammo g‘ururli so‘zlagan odam endi yerda edi. Yuzida ifoda yo‘q. Ko‘zlari ochiq... ammo hayotdan uzilgan.
Men qotib qoldim. Yoongi esa asta qurolni tushirdi. Nafasi og‘ir, ammo ko‘zlari tinch edi. Qon to‘kilgan edi. Ammo bu — adolat edi.