June 29, 2025

🥀Betrayal 🥀

Jk eshikdan kirishi bilan koʻrgan manzaradan hayratga tushdi. Qirol rostdan ham akasini uylantirishni reja qilganmi yoki shunchaki taxtni berishni hohlamayabdimi deb oʻyladi.

Jk: hech qanaqasiga bunday boʻlishi mumkin emas?..Axir bunday ananalar yoʻq... nega doim bizni qiynayverasiz ota??

Jimin ham bir chetda hayronu lol turardi. Kimgadir hasad qilaman deb boshiga nimalarni olib kelganini tushundi. Uni uzoqdan kuzatib turgan Ynga qaradi.. U allaqachon ketish arafasida edi. Yn Jiminni buni qiladi deb oʻylamagandi. Jimin Qirolning javobini kutardi

Qirol saroy darvozasi tomon bosh irgʻab

Q: olib kiring!!...( Deb aytdi)

Eshik ochilib bir necha soqchilar va turli xil qizlar kirib keldi.. ular hammasi Malika edi

Q: hohlaganingni tanla...( Jiminga ishora qildi)

Jimin qotib qoldi... nega bunday qilayotganini tushunmadi

U endi bittasini tanlamoqchi edi

Ammo ...

Saroyga oq ot bostirib kirib keldi, chavandozi malla sochli, kiymi shohona, oppoq yuzli, chiroyli qiz edi.

Oq ot deb tasavvur qililar

Hamma hayrat bilan unga qaradi

Qiz otdan tushdi va darhol Jiminni qarshisiga keldi

X: u hech kimga uylanolmaydi...

Jimin hayron qoldi, chunki bu qizni umuman tanimas edi. Qiz esa hoynahoy Jihunni tanishi boʻlsa kerak.

Jk oʻrnidan turib

Jk: bunisi kim boʻldi??

Qiz unga qaradi va

X: ismim Eluanora...Akangni boʻlajak rafiqasi...

Jimin hayron qoldi..unashtiruv yetmaganday yana bittasi kelib xotingman deydi... hamma shokda

Eluanora: hullas.. men Vizantiyalikman. Va shahzoda menga uylanishni vada qilib bu yerga olib qochib kelgan. Mening otam Vizantiya imperiyasi qiroli. Va men toʻlaqonli Malikaman...hamda Uning rafiqasi... shundaymi shahzoda?

U Jiminga yuzlandi...Jimin lom lum deyolmasdi... chunki vaziyat u oʻylagandek emas edi

Jimin*** bunday boʻlishi kerak emas edi.. endi nima hayotimni shu sariq mushuk bilan oʻtkazamanmi?..Yn bundan ming marta yaxshi edi... hammasi reja boʻyicha ketishi kerak edi...uff negayam Jihunni oʻgʻirlab oʻrniga oʻzimni qoʻydim.. endi boshim bu balodan chiqmaydi...uff**

E: gapirsangizchi shahzodam...yoki hammasini oʻzim aytaymi?

JM: umm..H. haligi... men...keling hammasini oʻzingiz ayting...

E: yaxshi fikr... shunday ekan... Men yaqinda ona boʻlaman...( Atrofga qarab aytdi... hamma hayron edi... ayniqsa Jimin)

JM: q..qa.. qanaqasiga?

Q: modomiki shunday ekan...unda senga bir hafta muxlat...biz test oʻtkazamiz... agar rostdan ham bola Shahzodaniki boʻlsa...unda seni unga unashtiramiz..

Agarda bunday boʻlmasa...unda qatl etilasan..

Jimin hayron boʻlib qirolga qaradi

2 soatdan keyin

Hamma charchagan va oʻz xonasiga yoʻl oldi

Jimin boʻlib oʻtgan voqealarni tahlil qilish bilan band edi

Eshikni ochib ichkariga kirdi

Lekin koʻrgan manzaradan hayratga tushdi

Bir qiz shahzodani xonasida, oʻta ochiq tungi kiyimda turardi

Jimin: sen yana kimsan?... nega bu ahvoldasan?.. chiqib ket xonadan

Q: lekin shahzodam... axir kecha tunda bugun kekishimni aytdingiz... nima boʻldi yetarlicha qondirolmadimmi?

Qiz Jiminga yuzlandi va uning yumshoq yuzlaridan ushlamoqchi boʻldi

JM: yoʻq... bunday qilolmayman... tezroq chiqib ket...bu buyruq...

Ammo qiz etibor bermadi..

Q; sizni qondirmasi hech qayerga ketmayman...

JM: kim senga bunday vakolat berdi

Qiz unga yoqishga urinib sekin jilmayib qoʻydi

Q: xafa boʻldizmi?

Jimin Negadir unga baqirgisi keldi. U hamma yigitlar qatori qizlarga suyagi yoʻq emas...u ilk boʻsasini Ynga bergan..va birinchisini ham unga berishni hohlaydi( bu tuygʻu u uchun oʻrganib qolish deb nomlangan ammo bu sevgi ekanligini hali tushunmaydi)

Tezda qizning ustiga xalatini otdi va chiqarib yubordi..

Bugun ertalabki soqchilarni chaqirdi va Jihunni olib kelishini aytdi. U olib kelingach Jimin bu muammoga ortiq chidolmasligini tushundi,va xotirani oʻchiradigan giyohdan Jihunga ichirib, yotogʻiga yotqizib, kiyimlarni almashtirib xonadan chiqib ketdi

Darhol bogʻ tomon yurdi, bilmadi, sezmadi nega bunday qilayotganini

Bogʻda esa Yn yigʻlab oʻtirgan edi

Jimin uni koʻrdi va sekin kelib yoniga oʻtirdi

JM: Yn... meni kechir... kecha seni xafa qilishni xohlamagan edim...

Yn: nimani hohlagan eding...u ham kamdek, yana bugun taxt oldida turibsan...buni qanday tushunish kerak edi?... Sen nima hohlaysan oʻzi?.. inson bolasi ham bunchalik razil boʻlmaydi

Jimin jim qoldi...sekin mayus tabbasum qildi va Ynni yelkasiga boshini qoʻyib chuqur nafas oldi

JM: kechir... bilaman.. mendek odam yashashga noloyiq... lekin nima qilay...har safar uni koʻrsam tortib olingan narsalar esimga tushadi...u onamni oʻldirdi...buni qanday unutay...

Yn Jiminni yelkasidan quchoqlab...qoʻllari bilan sochlarini silab qoʻydi...

Yn: hammasi yaxshi boʻladi... bundan keyin bunday ish qilma..

JM: Yn?

Yn: hmm?

JM: Rostan ham meni sevasanmi?

Yn: Juda koʻp .. hatto tasavvur qilolmaysan...

JM: senga uylanishimni hohlamaysanmi?

Yn hayron boʻlib qaraydi...u buni orzu qilgan edi.. ammo Jimin buni shunchaki uni oʻz rejasiga solish uchun aytayotgan edi

Yn: Jimin...

JM: vada beraman... senga uylanaman.. faqat bitta shartim bor... Menga qasos olishimga yordam ber...Jkni bunga aralashtir...


Keyingi qismlarida..

JM: u buni qilolmaydi..yoʻq... men buni hohlamayman...

Jk: aka nahotki hech narsa esingizda emas?

Yn: qoch Yn qoch...agar buni Jimin bilsa meni oʻldiradi...

Qirol: qatl eting uni!!

2- qism tugadi