DESPITE OBSTACLES
Bazida inson nima toʻgʻri va nima notoʻgʻri ekanligini tushunmay qoladi
Shunchaki yuragiga quloq soladi....
1-qism
— shohning ahvoli nima boʻldi?
—menimcha biz buni qilolmaymiz!
—Darhol saroy afsungarini chaqing..
— bu ilojsiz u baribir oʻlishi mumkin
— umid uzolmaymiz bu bizga kerak..
Ular darhol barcha eng yaxshi afsungarlarni yigʻishdi. Ular oʻz tajribasidan foydalanib shohning kasalligini davolashga kirishishdi
Qoʻshni xonada bekinib oʻtirgan 14 yoshli Jimin, kelayotgan tovushlardan toshday qotib qolgan edi Ongi Nima boʻlyotganini qabul qilolmaydi
Shak shubhasiz agar shoh vafot etsa, bu qirollikning yahona valiahdi Jimin edi. Toju taxt uning nomiga oʻtar edi
Koʻzlari yoshga toʻlgan, oyoqlari boʼshashib yiqilgudek boʻlib qolgan Jimin, Otasining ayriligʻiga zinhor chidolmas edi
*
*
*
Va nihoyat oʻsha vaqt keldi, Qirol olamdan oʻtdi, Afsungarlik ham foyda beradi, Hastalik kuchli keldi.
4 years ago
— Jimin sen menga varrak uchirish haqida aytib bergan eding esingdami?
— sen faqat varrak uchirishni bilaman degan eding, ammo kecha men seni qilich bilan jang qilayotganingni koʻrdim. Sen juda ajoyib jangchi ekansan. Nega buni oʻrganyabsan?
— Shoh aytilar... men kelajakda albatta shoh boʻlar ekanman...shu sababli jang qilishni bilishim kerak ekan, oʻzimni himoya qilishim unchun...
— Yoʻq, Liya...seni ham!... Seni ham himoya qilaman...
— albatta, kel senga bu jang sanʼati haqida oʻrgataman, garchi men yoʻq boʻlganimda ham sen oʻzingni himoya qilishing uchun..
— yaxshi.. lekin men oʻrganolmasam kerak, chunki hali endi 5 yoshdaman...
— nima boʻlibdi...Men 10 yoshdaman... Senga ajoyib ustoz boʻlaman...
- Ular jang qilishni boshlashdi, Liya adashib ketgan paytda Jimin unga yordam berardi, qilich oʻrniga daraxt shoxi bilan kulishib jang qilishar edi,..Oxirida Liya yiqilib qoldi, Jimin uning bogʻzigacha shoxni olib keldi, ammo uni darrov orqaga tortib oldi, va uni qoʻlidan tortib turishiga yordam berdi
Current time
Shoh vafot etdi
— Otamni sizlar oʻldirdingiz!!
Odamlar gapirishidan avval u bor ovozi bilan baqirdi
— SOQCHILAR!!...QATL ETING ULARNI!!
soqchilar kelib ularni olib chiqib ketdi, Jimin esa Tizzasini quchoqlab yigʻlab yubordi
— nega?... nega meni tashlab ketdingiz?
— men ularni yoʻq qilaman...ular sizni oʻldirdi... NAFRATLANAMAN ULARDAN
Bu orada barcha afsungarlikga qarshi eʼlonlar yopishtirildi, Afsungarlar oʻrmonga quvgʻin qilindi, Lekin shunda ham afsungarlik taqiqlandi
Lekin oʻrmonning qarida ular hamon bor edi
Oradan 10 yil oʻtdi
Jimin allaqachon Hamma gapiradigan oqil va chiroyli yuzli koʻrkam qirol boʻldi
Hozir u har doimgidek ov qilish uchun oʻrmon tomon yoʻl oldi
U odatda qushlarni ovlash bilan shugʻullanar edi lekin negadir doim jonzotlarni tirik qoʻlga olishni va uni oʻzi bilan birga olib ketishni sevar edi
Bu paytda Liya va Yuki allaqachon oʻrmon boʻylab sayr qilar edi
Gohi kiyikka aylanib sakrar gohi esa odam qiyofasida quvlashib yugurar edi
Ammo Toʻsatdan Liyani oyogʻi daraxt kovagiga kirib qoldi, U har Chan urinmasin bu befoyda edi
— aqldan ozganmisan?... koʻrmayabsanmi? Oyogʻim!
— Ahh Liya bu nimasi, Darhol odamga aylanib ol
— Yuki..bu juda ogʻrityabdi aysh....uff Jin ursin...
— qara qon oqyabdi... nima qilamiz, toʻxta men hozir qishloqqa qaytib, bu haqida habar beraman..
— Ahh, Liya... kechirasan men aynan manashu darsda uxlab qolgan edim, kichkina narsani katta katta narsani kichkina qilish haqida unchalik yaxshi emasman, seni shikastlab qoʻyishim mumkin....meni kut, men tez orada qaytaman..
U buni aytdiyu qushga aylanib uchib ketdi...
Lekin Toʻsatdan oyoq tovushlari uni choʻchitib yubordi va darhol yana kiyikka aylanib oldi
Ammo koʻzlari yordamga muhtoj kichkina kiyik bolasiga tushdi, nihoyatda chiroyli va yoqimtoy kiyikcha edi..
Jimin Negadir unga yordam bermoqchi boʻldi
— Heyy, kichkintoy... senga yordam kerakmi?
U asta borib unga yordam bera boshladi
kiyikcha oʻzi bilmagan holda boshini uning yelkasiga egdiyu hushidan ketdi