Post 06/12/2025
Oʻzga sayyoralik mahbubim
Seul — tungi osmon ostida yaltirayotgan shahar. Baland osmono‘par binolar, havoda suzib yurgan reklamali dronlar, neon chiroqlar... bu joy yer yuzidagi kelajakday edi.
Ammo u – Jimin – bu kelajakdan ham oldin kelgan edi.
U soatlab baland bino tomida turardi. Nigohlari osmonga qadalgandi. Ko‘zlari orasida bir yulduz yongan edi – faqat u ko‘ra oladigan yulduz. O‘sha yulduz, uni Yerga tortgan edi.
Oradan 400 yil o‘tgan. Uning yuzi yosh, yuragi... esa o‘zgargan. Chunki vaqt uning uchun to‘xtamagan, lekin tanasi hech qachon qarimagan.
Jimin jim turardi. Lekin yuragi… urmoqda edi. Sekin, og‘riq bilan.
"Jina..." — uning lablaridan chiqib ketdi o‘sha ism. 200 yil avval u sevgani, uni yo‘qotgani, uni hanuz yuragida saqlayotgani…
Shu payt… ekranlar o‘zgarib ketdi. Reklama chiqdi.
Moda ko‘rgazmasi. Sahna. Yorqin chiroqlar orasida yurayotgan qiz.
Jiminning yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Ekrandagi qiz — aynan u edi. Yo‘q… bu Jina emasdi. Ammo… ko‘zlari, yurishi, hatto yelkasini qimirlatishi ham xuddi o‘sha edi.
" Yoʻq...bu tasodif emas...bu aniq..u"
U ekranga yaqinlashdi. Qiz kuldi. O‘sha kulgi –
Qiz nomi: Y/N. Mashhur model, kelajak uslubining yuzi.
Ammo Jimin uchun u — o‘tmishdagi yuragining aks-sadosi edi.
Y/N ekrandan jilmaydi. Faqat bir soniya. Ammo o‘sha bir lahza... Jiminga 200 yilni eslatdi.
O‘sha payt… ko‘z oldidan xotiralar o‘tdi.
200 yil avval...
Bog‘lar jimjit. Jina yurmoqda. Ipak libos, sochlarida tillalardan yasalgan tilla toj. Lekin yuragi erkinlikni sog‘inmoqda.
O‘sha kechada u bir yigitni ko‘radi. Nigohi boshqa, yuragi... tanish.
Sen kimsan?" – deb so‘raydi Jina.
Yuraging nima desa, men o‘shaman," – deydi u.
Shundan so‘ng kechalar sevgi bilan to‘ldi. Ammo taqdir… yurak bilan oʻynadi.
Hozirgi vaqt...
Ertasi kuni, u ko‘rgazmaga bordi. Ko‘zlari faqat bitta yuzni izlayotgan edi.
Y/N sahnada chiqdi. Yorug‘likda go‘yoki qirolicha edi. U yurdi. Mag‘rur, sokin... lekin yuragida g‘alati bir narsa bor edi
Tomoshabinlar orasida esa, yagona bir nigoh bor edi. Unga butun yuragi bilan tikilgan.
Men seni unutmadim… Va bu safar, seni yo‘qotmayman.”
Bir necha haftadan soʻng..
Yomg‘irli kecha. Y/N mashinasi bilan modalar shousidan qaytayotgandi. Aqli band, yuragi siqilgan edi. Nimanidir... eslayolmayotgandi. Yuragida g‘alati bo‘shliq bor edi.
Birdan oldidan yuk mashinasi chiqib qoldi. Y/N qichqirdi. Mashina to‘xtamayotgandi.
Ammo o‘sha lahzada... vaqt to‘xtagandek bo‘ldi.
Ko‘z ilg‘amas tezlikda bir figura paydo bo‘ldi. Jimin edi.
U mashinaning oldiga chiqdi, bir harakat bilan to‘xtatdi. Metall chiyilladi, g‘ildiraklar aylanmay qoldi. Odamlar atrofga to‘plandi, lekin Jimin... allaqachon yo‘q bo‘lgan edi.Y/N esa... faqat yuragining notinchligini esladi.
Keingi haftada ham shunday holat yuz berdi
Modalar ko‘rgazmasi. Chiroqlar porlayapti. Musiqa kuchaymoqda. Y/N sahnada yurgandi... to birdan chiroqlardan biri portlab ketdi. Elektr zanjiri uzildi. Uchqunlar qiz tomon uchdi.Ammo... hech narsa unga tegmadi. Atrofida shaffof, nurli bir qobiq hosil bo‘ldi. Uni hech kim ko‘rmasdi — faqatgina Jiminning yuragi.U sahna orqasida edi, qo‘llari bilan osmonga ishora qilgancha. Yuragida bitta nido: “Bu safar seni yo‘qotmayman.”
Bu safar bu holat uning uyida sodir boʻldi..
Y/N kechasi uydan g‘alati shovqin eshitdi. Yuragi gupillab urdi. Dastlab e’tibor bermadi. Ammo u bilmasdi – o‘sha kecha ikki niqobli o‘g‘ri derazani ochib tushgandi.Lekin... ular zinadan chiqmoqchi bo‘lgan zahoti, uy ichi muzlab qoldi. Qora soyadek kimdir paydo bo‘ldi.
Ularning biriga qarab qo‘lini ko‘tardi. O‘g‘ri hushidan ketdi. Ikkinchisi qochdi. Jimin esa bir zum qizga qaradi... u uxlayotgan edi. Osuda. Tinç.
Endi senga hech kim ziyon yetkaza olmaydi,” — dedi u past ovozda va qorong‘ulikda yo‘qoldi.
🥀 Ammo endi... keling Monarxiya davriga qaytamiz. Bu joy qalbimizni ezadigan o‘tmish, ularning birinchi muhabbati, va fojiaga olib kelgan halokatli kechadir...
Malikaning yuragi...
Qirollik yerlarida bahor edi. Gullar ochilayotgan, ammo yuraklar band edi. Urush havosi bor edi.
Jina — Qirolning yagona qizi, nihoyatda dono va jasur edi. Ammo u ham inson edi. Sevgiga chanqoq, erkinlikka zor.
U qasr bog‘ida tanimagan bir yigitni uchratdi. Ko‘ylagi oddiy, nigohi sokin. U Jimin edi.
Shu kechadan keyin ular har kecha bog‘da uchrashdilar. Jimin unga yulduzlar haqida so‘zlab berdi. U qachonlardir boshqa dunyodan kelganini aytmadi... lekin Jina yuragi bilan his qildi: bu yigit – oddiy emas.
Sen kimliging muhim emas. Menga sening yuraging kerak,” – degandi Jina bir kecha.
Ammo...
Qirolicha ularni ko‘rib qoladi. Qirollik g‘azablandi. Ular sevgidan voz kechishni buyurdi. Ammo Jina qaror qildi: "Men sevganim bilan qochaman."
Ular rejalashtirdilar. Ammo... kecha yetmasdan bosqinchilar qasrni bosdi. Xiyonat bo‘lgan edi.
Jimin kurashdi. U yurakdan dod solib, o‘nlab askarlarni yerga urdi. Ammo ular Jinani tutib olishgandi. U ko‘z oldida o‘ldirildi.
JIMIN!” – bu so‘nggi so‘zi edi Jinaning.
U o‘sha kecha osmonga qichqirdi. Yuragi o‘ldi, ammo u o‘zi – o‘lolmadi.
Y/N hozirgi zamonda , balki u Jinaga oʻxshaydi lekin u u emas..balki u .. lekin Y/N uchun karyera muhim edi, u hech qachon sevgini tan olmagan..har safar muhojirlarga : sevgi insonni zaif qilib koʻrsatadi. Men sevgi uchun hech qanday narsamdan voz kechmayman " deb aytardi . U Jinaning ko‘zlari bilan sevgini koʻrolmaydi, balki bir kun kelib u albatta sevib qolar ... lekin qanday??Jimin unga uzoqdan termulib, sevib yurishda davom etadi. Qalb ichida esa, nimadir uyg‘onmoqda...