June 3, 2025

Post 06/03/2025

Don't cry my love

Yangi kelgan mijoz uchun xizmat koʻrsatish Lilyni vazifasi edi..u sekin Jimin oʻtirgan stul tomon yaqinlashdi

Lily uning yuzini koʻrmay turib unga gapirdi

— "Biror nima buyurasizmi, janob?" — dedi muloyimlik bilan.

Va unga qaradi.. nigohlar toʻqnash keldi

Jimin sekin tabassum qildi, lekin yuragidagi notinchlikni yashirishga harakat qildi. Qizning ko‘zlariga qaradi, lekin biror so‘z demadi. Faqatgina qahva buyurdi va jim bo‘lib o‘ziga joy tanladi. O‘shandan beri u har kuni shu yerga keladigan bo‘ldi. Har kuni — xuddi bu joyda ichidagi qorong‘ulikni yengillatuvchi narsa bor kabi.

Uning har bir tashrifi Lily uchun odatga aylana boshladi. Ular hanuz ismlarini aytishmagan bo‘lsa-da, ko‘zlar allaqachon til topishgandi. Ammo har safar Lilyning koʻzlariga qaraganda Jiminni yuragi ogʻrir edi . Chunki u bu qiz Jiminni orqasidan kelayotgan qorong‘u sirlardan hali bexabar edi.

Bir kuni Jimin bog‘da yolg‘iz o‘tirgan Lilyni uzoqdan ko‘rib qoldi. Qiz yig‘lab o‘tirardi. U yaqin borishga qo‘rqdi, yuragi toraydi. Ammo to‘satdan boshqa bir yigit, Lilyning yangi tanishi — Jungkook uning yoniga keldi. Dastro‘mol uzatdi, samimiy so‘zlar aytdi.

Jimin buni ko‘rib yuragi cho‘kdi. Orqasiga burilib, asta uzoqlashdi. Bilmadi, bu raqobatmi, yo‘qmi — ammo bir narsa aniq edi: yuragi har gal Lilyga yaqinlashganida o‘zini yo‘qotardi.

Tungi ko‘chalar, yolg‘izlik. Jimin shunchaki yurardi. Shu payt ortidan mashina tovushi, qadamlar. U ortiga qarab yugura boshladi. Yura Honimning odamlari uni quvib kelardi. Qochayotgan chog‘ida burilishda to‘satdan bir tanish tanaga borib urildi — bu Lily edi

— "Ehtiyot bo‘ling!" — dedi Lily hayrat bilan. — "Bu siz ekansiz!"

—"Iltimos… meni bu yerda ko‘rmagan deyin... kimga aytmang..." — dedi Jimin nafasini rostlab.

Lily hech narsa demadi. Uni o‘z uyiga olib bordi. Kampir eshikni ochdi, hech narsa so‘ramasdan ularni ichkariga kiritdi. Lily Jiminga o‘z xonasini berdi. Bir necha daqiqadan keyin eshik taqilladi.

— "Bir yigit bu yerga kirgan bo‘lishi mumkin. Biz uni qidiryapmiz," — deyishdi qora kiyimdagi odamlar

Kampir eshikni ochdi, sovuqqina ohangda dedi:

— "Bu yerda faqat men va nabiram bor."

Ular ko‘z yugurtirib chiqib ketishdi.

Lily asta xonasiga qaytdi. Jimin jim o‘tirardi. Nigohlari hali ham xavotirda edi. Tizzalarini mahkam quchoqlab olgan..koʻzlari yigʻlagani uchun qizil hoshiyali edi

Lily uning yoniga borib oʻtirdi

— "Siz kimsiz? Nega bu odamlar sizni qidiryapti?"

Jiminning yuziga sekin qoʻlini uzatdi

Koʻz yoshlarini artib qoʻydi, Jimin bu muloyim teginishga erib ketdi lekin yuragida hali ham qoʻrquv bor edi

Jimindagi sukut buzildi: — "Men....Jiminman... men shunchaki orzularim uchun qochyabman....bu juda uzun hikoya

Lily jim bo‘lib tingladi. So‘ng dedi:

— "Men ham bu yerga qochib kelganman. Meni tanqid qilishardi. Men ham orzularimni izlab kelganman. Siz bu yerda xavfsizsiz, Jimin. Bu odamlar ketguncha bu yerda qolishingiz mumkin... havotir olmang hammasi yaxshi boʻladi Jimin

Jimin Negadir quchoqlashish istar edi, shuncha ishdan keyin, yuragi ancha choʻkdi.. koʻzlari oʻzi hohlamagan holda yoshlanar edi

Lily sekin uni quchoqlab oldi..Jimin boshini Lilyni yelkasiga koʻmib yigʻlab yubordi 

Jimin unga qaradi. Yuragidagi qorong‘ulik ichida birinchi marta yorug‘lik ko‘rindi. Bu yorug‘lik Lily edi

Ular hali sevgini tan olmagan edi. Ammo yuraklarda allaqachon yashirin sado jarang sochayotgandi...*