October 2, 2021
"Saylov - mening nigohimda" ko'rik tanlovi
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari oʼrtasida
“Saylov-mening nigohimda” koʼrik-tanlovini oʼtkazish toʼgʼrisida
1. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universitetida taxsil olayotgan (keyingi oʼrinlarda – Universitet) talabalar oʼrtasida “Saylov-mening nigohimda” tanlovini (keyingi oʼrinlarda – Tanlov) oʼtkazish tartibini belgilaydi.
2. Tanlovning maqsadi yetuk malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini va bilim darajasini yuksaltirish, tanlagan kasblariga boʼlgan muhabbatni yanada oshirishdan iborat.
3. Tanlovda har bir fakultetdan 1 tadan jamoa ishtirok etadi. Jamoa aʼzolari 6 nafar ishtirokchidan oshib ketishi mumkin emas (asosiy sahnadan tashqari yordamchi sahnalarda qoʼshimcha ishtirokchi jalb qilish mumkin).
4. Tanlov quyidagi belgilangan 3 ta shart boʼyicha oʼtkaziladi:
a) 1-shart – Tanishtiruv sharti. Bunda ishtirokchilar saylov uning o'tkazilish tartiblari, shuningdek yuksak maʼnaviyatli barkamol avlodni tarbiyalash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan takliflarini koʼrgazmali tarzda namoyish etishlari kerak.
Mazkur shartga 8 daqiqa vaqt beriladi va 5 ballik tizimda baholanadi.
Belgilangan vaqtdan oshib ketgan chiqishlarning har 30 soniyasi uchun
1 ball jarima qoʼllaniladi.
b) 2-shart – “Blits” (tezkor savol-javob) sharti. Bunda jamoalarga Oʼzbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligi hamda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy islohotlar, sud-huquq sohasidagi oʼzgarishlar yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollar majmuasi konvertga solib muhrlanadi va tanlov jarayonida jamoa sardori tomonidan konvertlardan biri tanlanadi va hakamlar hayʼati aʼzolari oldida ochiladi.
Jamoalarga javob berishi uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi. Mazkur shartda jamoa aʼzolaring barchasi ishtirok etadi. Berilgan savollarga jamoa aʼzolari ketma-ketlik bilan javob beradilar. Jamoa aʼzolarining oraliq masofasi 1 metrdan kam boʼlmasligi kerak.
Har bir berilgan toʼgʼri javob uchun 0,5 ball beriladi. Ballar toʼgʼri javoblar soniga qarab umumiy taqdim etiladi.
v) 3-shart – Ijodiy chiqish sharti. Ushbu shartda ishtirokchilar Saylovga oid boʼlgan muammoli vaziyatlar va ularni bartaraf etish yoʼllariga qaratilgan takliflarini sahna koʼrinishi orqali namoyish etadi.
Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi va 5 ballik tizimda baholanadi.
Belgilangan vaqtdan oshib ketgan chiqishlarning har 30 soniyasi uchun
III.Tanlov hakamlar hayʼati aʼzolari
5. Tanlovda hakamlar hayʼati tarkibi Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa tashkilotlardan huquq sohasida yuqori natijalarga erishgan va tajribaga ega boʼlgan mutaxassislar orasidan tanlab olinadi.
6. Hakamlar hayʼatigi eʼtirozlar bildirilishi mumkin emas.
IV. Tanlov gʼoliblarini taqdirlash
7. Tanlovda 1, 2 va 3-oʼrinni qoʼlga kiritgan jamoalar Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining tegishli diplomlari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-oʼrin uch million soʼm miqdorida;
2-oʼrin ikki million soʼm miqdorida;
3-oʼrin bir million soʼm miqdorida.
8. Tanlov gʼoliblari homiy tashkilotlar tomonidan qoʼshimcha ravishda ragʼbatlantirilishi mumkin.
9. Gʼoliblarni mukofotlash tadbir soʼngida tantanali tarzda oʼtkaziladi.