Hafta davomida bir ming to'rt yuzdan ortiq ko'chmas mulkga bo'lgan huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 11-15 sentabr kunlari 1455 ta ko'chmas mulkga bo'lgan huquqlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Shundan, 1204 ta turar-joylar, 251 ta noturar-joy ko’chmas mulk obyektlari hamda 326 ta ko’p qavatli turar-joylar (xonadon) ga bo’lgan huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Ushbu ko'rsatgichlar tuman (shahar) lar kesimida quyidagicha:
G'uzor tumanidan 66 ta;
Dehqonobod tumanidan 42 ta;
Qamashi tumanidan 51 ta;
Qarshi tumanidan 174 ta;
Koson tumandan 63 ta;
Kitob tumanidan 139 ta;
Mirishkor tumanidan 31 ta;
Muborak tumanidan 75 ta;
Nishon tumanidan 40 ta;
Kasbi tumanidan 49 ta;
Chiroqchi tumanidan 39 ta;
Shahrisabz tumanidan 69 ta;
Yakkabog’ tumanidan 127 ta;
Shahrisabz shahridan 141 ta;
Qarshi shahridan 327 ta.