Qashqadaryoda joriy yilning 8 oyida yer va kadastr sohasiga oid huquqbuzarliklar uchun mingdan ortiq ma'muriy jarimalar qo'llanilgan!
Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan joriy yilning o'tgan 8 oyi davomida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 1 417 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Maʼmuriy bayonnomalar MjTKning quyidagi moddalari bilan rasmiylashtirilgan:
245 ta 60-modda 2-qismi bilan (Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);
472 ta 60-modda 3-qismi bilan (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish);
1 ta 60 (prim) 1-moddasi bilan (So'g'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish);
31 ta 68-modda 1-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish);
1 ta 68-modda 2-qismi bilan (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish takror sodir etganlik);
667 ta holatda 68 (prim) 1-moddasi bilan (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) holatlari bo'yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rildi.