September 15, 2023

Qashqadaryo kadastrida siyosiy-ma'rifat soati!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" xodimlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ'ib etishga xizmat qiladi.