Qarshi davlat universiteti talabalari Qirg’iz-Turk Manas universitetida almashinuv dasturi asosida tajriba almashmoqda
2024-yil yurtimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e'lon qilinishi, ablatta bilimli, aql -zakovatda tengsiz va albatta yuragida o'ti bor, yurtimiz taqdiri, uni kelajagiga befarq bo'lmagan fidoiy va vatanparvar barcha yoshlarni qo'llab quvvatlash, ularning bilim olishi, kelajakda yetuk kadr bo'lishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Imkoniyatlardan unumli foydalangan yoshlar sifatida Qarshi davlat universiteti jamoasi yurtimizda ilk bor o'tkazilgan "Intellektual olimpiada" ning respublika bosqichida ishtirok etib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo’lga kiritib prezident bosh sovrinini qo'lga kiritdik.
Shuningdek, olimpiada g'oliblari sifatida xorijiy OTM larda tajriba almashish va bilim olish imkoniyatiga ham ega bo'ldik. Hozirda Qirg'iz-Turk Manas universitetida (QS reytingida 800-900 o'rinda) Qarshi davlat universiteti talabalari bilan birgalikda almashinuv dasturi asosida tajriba almashmoqdamiz. O'tgan davr mobaynida, yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari ham dunyoning TOP-1 000 talik universitetlaridan qolishmaydigan imkoniyatga ega ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Mamlakatimizda yoshlarning sifatli, jahon standartlari asosida ta'lim olishlari, o'z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda haqiqiy vatanparvar, yetuk kadr bo'lib uning ertasi bugundan ham yaxshiroq bo'lishi uchun o'z kuch-g'ayratimizni ayamasligimiz kerak. So'nggi so'z o'rnida: