“Innovatsion g‘oyalar” nomli ijodkor yoshlar ko‘rik-tanlovi
Ko‘rik-tanlov yo‘nalishlari quyidagicha:
1.Arxitektura va dizayn yo‘nalishi: Mazkur yo‘nalishda shaharsozlik va qurilish me’yor qoidalariga rioya qilgan holda, zamonaviylik va milliylikni o‘zida mujassam etgan loyihalarni yarata oladigan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchi yoshlar ichida arxitektura sohasida faoliyat yuritib kelayotgan soha mutaxasislari ishtirok etishlari ta’qiqlanadi.
2.Dasturiy ta’minot va texnik ishlanmalar yo‘nalishi Mazkur yo‘nalishda yangi dasturiy mahsulotlar, texnik ishlanmalar yaratish va yangi innovatsion loyihalar ishlab chiqa oladigan yoshlar qatnashishlari mumkin
3.Ekologik va biotexnalogik loyihalar yo‘nalishi: Ekologik muammolarni oldini olishga qaratilgan loyihalar, quyosh energiyasi va chiqindilardan samarali foydalanish texnalogiyalari. Shuningdek vohamiz iqlimiga moslashtirilgan yangi o‘simlik navlarini, tuproq unumdorligini oshirish va yangi o’g’it turlarini yarata oladigan hamda organik mahsulotlar ishlab chiqishi lozim.
4.Professional Mobilografiya ya’ni video montaj ustasi yo‘nalishi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etish uchun mobilografiya sohasiga qiziqqan, mobil telefon va videokamera orqali turli mavzularda video kontent tayyorlay oladigan professional va havaskor yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bog'lanish raqamlari: +998 90 672 99 66; +998 90 428 22 90;
Telegram: https://t.me/Alixanova_Malika; https://t.me/hamroyev90;