“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi o'tkazildi
Xabaringiz bor 2022-yil 19-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalardagi yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari” to’g’risidagi PQ 92 –sonli qarori qabul qilingan. Qarorga asosan Qashqadaryo viloyatining 828 ta mahallalarida mahalla yoshlar yetakchisi lavozimi tashkil etildi. Yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligi ta’minlash, ularning bilim va salohiyatini shakllantirishga ko’maklashish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish ijtimoiy himoyaga muhtoj va muammoli yoshlarni aniqlash hamda ularga ko’mak berish ishlarini jadallik bilan amlga oshirib kelinmoqda. O’z shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan yoshlar yetakchilarni rag‘batlantirish, yuksak bilimli va professional kasbiy mahoratga ega bo‘lgan iste’dodli yosh kadrlarni aniqlash, rahbarlik lavozimlariga tayinlash hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 608-sonli qaroriga asosan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi an’anaviy o’tkazib kelinmoqda. Bugungi kunda Qashqadaryoda 828 ta mahallalarda o’z faoliyatini olib borayotgan yoshlar yetakchilari o’rtasida tanlovning tuman shahar bosqichlari o’tkazilib, eng iqtidorlilar viloyat bosqichi yo'llanmasini qo’lga kiritgan mahala yoshlar yetakchilari o’rtasida tanlovning Qashqadaryo viloyati bosqichi o’tkazildi.
Tanlov natijalariga ko'ra: “Yoshlar balansi” tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin Boymurodova Shalola Ibodillaeva Mirishkor tumani ‘‘Ayzabod”MFY yetakchisi;
2-o‘rin Tuxtayev O’rin Iskandar o‘g‘li Qarshi shahar "Beglar" MFY yetakchisi;
3-o‘rin Jo`rayev Obidjon Rasulovich Qarshi tumani "Batosh" MFY yetakchisi.
“Yoshlar daftari” tizimi asosida samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin Jalolov Shahzod Erkin o’g’li Qarshi shahar "Oydin" MFY yetakchisi;
2-o‘rin Axmedov Muhammadali Sayfiddin o’g’li Shahrisabz shahar "Choshtepa" MFY yetakchisi;
3-o‘rin Jalilova Adiba Hasanovna Qamashi tumani "Do‘stlik" MFY yetakchisi.
"Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etgan" eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin Xoliyorov Saloxiddin Rauf o‘g‘li Koson tumani ‘‘Ushoqtepa” MFY yetakchisi;
2-o‘rin Abdyev Ulug’bek Jaxongir o’g’li Qarshi shahar "Oqtepa" MFY yetakchisi;
3-o‘rin Toshpo`latov Mirjalol Husniddin o`g`li G’uzor tumani “Yonqishloq” MFY yetakchisi.
"Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan" eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin Xamroqulova Gulxayo Ziyodullo qizi G’uzor tumani ‘‘Tinchlik” MFY yetakchisi;
2-o‘rin Xoliqova Tursunoy Ibrogim qizi Kasbi tumani “Jizza” MFY yetakchisi;
3-o‘rin To’rayev Jasur Ilhom o’g’li Shahrisabz shahar "Qorasuv" MFY yetakchisi.
"Yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda va bandligini ta’minlashda samarali ko‘maklashgan" eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin Suyunova Durdona Alisher qizi G’uzor tumani “Buyuk karvon” MFY yetakchisi;
2-o‘rin Choriev Odil Shuxrat o‘g‘li Koson tumani ‘‘Yangiobod” MFY yetakchisi;
3-o‘rin Raxmatov Botir Mingto'rayevich Dehqobobod tumani ‘‘Xo‘jamahmud” MFY yetakchisi.
"Yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan va sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etgan" eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin To‘raqulov Abbos Nodir o‘g‘li Koson tumani ‘‘Jizzalik” MFY yetakchisi;
2-o‘rin Djurayeva Nazipa Koldibayevna Muborak tumani "O’zbekiston" MFY yetakchisi;
3-o‘rin Oʻrolov Odil Orom oʻgʻli Ko’kdala tumani "Chiyal" MFY yetakchisi.
"Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan" eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin G‘aniyev Doston Farxod o‘g‘li Qamashi tumani "Ulug‘bek" MFY yetakchisi;
2-o‘rin Arabova O’g’iloy Sherqul qizi Qarshi shahar "Xudoyzod" MFY yetakchisi;
3-o‘rin Qodirov Odiljon Zohirovich Kitob tumani “Tevaboshi” MFY yetakchisi.
"Kasb-hunarlar tanlovini yuqori saviyada takil etgan" eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin G’oziyev Dilshod Nu’mon o’g’li Kitob tumani “Hamid Olimjon” MFY yetakchisi;
2-o‘rin Omonov Usmon Boborajab o‘g‘li Koson tumani ‘‘O‘rta Obron” MFY yetakchisi;
3-o‘rin Qahramonov Shahboz Shokir o`g`li G’uzor tumani “Mustaqillik” MFY yetakchisi.
"Iqtidorli va intellektual faol yoshlar bilan samarali ishlagan" eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin Toshmurodov Javohir To‘lqin o‘g‘li Koson tumani ‘‘Paxtazor” MFY yetakchisi;
2-o‘rin Rasulov Bekmurod Jamshid o‘g‘li Qarshi shahar "Bog’ishamol" MFY yetakchisi;
3-o‘rin Niyozberdiev Asilbek Alisherovich Ko’kdala tumani "Xarduri" MFY yetakchisi.
"Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bilan samarali" ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi
1-o‘rin Vahobov Javohir Sobir o‘g‘li Qarshi shahar "Otchopar" MFY yetakchisi;
2-o‘rin Qo`ziyev Arslonbek Rashid o`g`li Qarshi tumani "Shoyxo`ja" MFY yetakchisi;
3-o‘rin O`ralov Adham Shokir o`g`li G’uzor tumani ‘‘Navro`z” MFY yetakchisi.
Tanlov yakunida Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi ma’sullaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori baholangan 10 nafar yoshlar yetakchilariga respublika bosqichi yo’llanmasi topshirildi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan mahalla yoshlar yetakchilariga diplom va esdalik sovg’alari tantanali topshirildi. Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube