“Diqqat e’lon” O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi.
Batafsil: Nomzodlar uchun talablar
Boshlang`ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtish bo`limi boshlig'i:
🔹Oliy ma’lumotli (Soha bo`yicha 3 yildan ortiq ish tajribasi ega bo`lsa ustunlik beradi);
🔹Yosh chegarasi 35 yoshdan oshmagan;
🔹Chet tillarini bilishi (ustunlik beradi);
🔹O‘z sohasida tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi;
🔹Maʼlumotlarni tahlil qilish, axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlashda ishtirok etgan yoki tayyorlagan boʼlishi;
🔹O‘z fikr-mulohazalarini hamda soha rivoji uchun doimiy tarzda takliflarini taqdim qila olish;
🔹Ishga nisbatan masʼuliyatlilik, halollik, hushmuomalalik, kasbiy etiket qoidalariga toʼliq rioya qilish;
🔹Tegishli soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini bilishi.
Tashkiliy-kadrlar va yuridik xizmat bo‘limi boshlig'i lavozimi:
🔹Oliy ma’lumotli (Soha bo`yicha 3 yildan ortiq ish tajribasi ega huquqshunoslik mutaxassligi ustunlik beradi);
🔹Davlat tilini mukammal bilishi (hujjatlarda imloviy xatolarsiz ishlay olishi shart)
🔹Yosh chegarasi 35 yoshdan oshmagan;
🔹Chet tillarini bilishi (ustunlik beradi);
🔹Mehnat qonunchiligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, kadrlarni va inson resurslarni zamonaviy boshqarish usullaridan xabardor bo‘lishi kerak;
🔹Strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olishi;
🔹O‘z sohasida tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi.
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi;
🔹Maʼlumotlarni tahlil qilish, axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlashda ishtirok etgan yoki tayyorlagan boʼlishi;
🔹Oʼz fikr-mulohazalarini hamda soha rivoji uchun doimiy tarzda takliflarini taqdim qila olish;
🔹Ishga nisbatan masʼuliyatlilik, halollik, hushmuomalalik, kasbiy etiket qoidalariga toʼliq rioya qilish;
🔹Tegishli soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini bilishi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo‘limi, "Kamalak" bolalar tashkiloti viloyat koordinatori
🔹Oliy ma’lumotli (Soha bo`yicha 3 yildan ortiq ish tajribasi ega bo`lsa ustunlik beradi);
🔹Chet tillarini bilishi (ustunlik beradi);
🔹Yosh chegarasi 35 yoshdan oshmagan;
🔹O‘z sohasida tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi.
🔹Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan;
🔹Tashkilotning ommaviy tadbirlarini tashkil eta olishi hamda - bolalar uchun maxsus yo‘naltirilgan loyihalarni ishlab chiqish va tatbiq eta olish ko‘nikmasiga ega bo`lishi lozim;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi;
🔹Maʼlumotlarni tahlil qilish, axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlashda ishtirok etgan yoki tayyorlagan boʼlishi;
🔹Oʼz fikr-mulohazalarini hamda soha rivoji uchun doimiy tarzda takliflarini taqdim qila olishi;
🔹Ishga nisbatan masʼuliyatlilik, halollik, hushmuomalalik, kasbiy etiket qoidalariga toʼliq rioya qilish.
🔹Tegishli soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini bilishi;
Xo‘jalik ishlari mudiri:
🔹Oliy ma’lumotli (Soha bo`yicha 3 yildan ortiq ish tajribasi ega bo`lsa ustunlik beradi);
🔹Chet tillarini bilishi (tavsiya sifatida);
🔹Yosh chegarasi 35 yoshdan oshmagan;
🔹O‘z sohasida tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi.
- Tashkilotning bino va inshoot moddiy texnik bazasidan samarali foydalanilishini ta’minlay olishi;
- Tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish va bajarilgan ishlarni qabul qilish, topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirish ko'nikmasiga ega bo'lishi;
🔹Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi;
🔹Oʼz fikr-mulohazalarini hamda soha rivoji uchun doimiy tarzda takliflarini taqdim qila olish;
🔹Ishga nisbatan masʼuliyatlilik, halollik, hushmuomalalik, kasbiy etiket qoidalariga toʼliq rioya qilish.
🔹Tegishli soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini bilishi.
Nomzodlar hujjatlarini 27-sentabrdan 6-oktabrgacha (shu kuni ham) Qarshi shahridagi Yoshlar markazi binosidagi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashiga taqdim etilishi so'raladi. Oylik maosh shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi.
Bog'lanish uchun: https://t.me/qashittifoqkadr Tel:998 99 665 11 07 09:00dan 18:00gacha murojaatlar qabul qilinadi.