December 23, 2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan “Yosh harbiylar” forumi tashkil etildi

Qarshi shahrida joylashgan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘uru va sadoqat timsoli” shiori  ostida o’tkazilgan forumda viloyatda joylashgan kuch tuzilmalaridagi yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilot yetakchilari, yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Forum doirasida yil yakuni bo‘yicha “Harbiy qism va muassasalardagi eng namunali boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” ko‘rik-tanlovi natijalariga ko’ra g‘oliblar hamda faol yosh harbiy xizmatchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida harbiy orkestr jamoasi va iste’dodli yosh ijodkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat  bag‘ishladi. Shuningdek forum doirasida ishtirokchilar okrugning shonli muzeyiga sayohat qilishdi.