Yesterday

"QIZIL SAHNA"

Janr 🖤
Dark Romance
Psychological
OBSESSED
Possessive
Kuchli kinoya
Rashk
Slow Burn
Mystery
Mafia AU
Action
Komediya
Fanfic nomi:
"QIZIL SAHNA" 🎭🖤
Muallif: CORALINE

1-bob — "Hamma kulganda, u menga qarardi"

Musiqa baland yangrardi.
Sahnadagi chiroqlar navbatma-navbat yonib, butun zalni yoritar edi.
Coraline qo'llarini yuqoriga ko'tarib, kuy ritmiga mos harakat qilardi.
Tomoshabinlar qarsak chalishardi.
Kimdir uning ismini baqirdi.
Kimdir gul uloqtirdi.
U esa odatdagidek tabassum qildi.
Ammo...
Uning ko'zlari faqat bitta odamni qidirardi.
Eng oxirgi qatorda...
Barcha qora kiyimdagi odamlar orasida...
Faqat bitta yigit qimirlamasdi.
Qora kostyum.
Qora qo'lqop.
Va yuzining yarmini berkitib turgan niqob.
U qarsak ham chalmasdi.
Kulmasdi.
Faqat Coralinega tikilib o'tirardi.
Bir soniya ham ko'zini uzmasdan.
Konsert tugadi.
Muxlislar tarqala boshladi.
Coraline kiyinish xonasiga kirib, chuqur nafas oldi.
— Nihoyat tugadi...
Shu payt stol ustida oq atirgulni ko'rdi.
Yonida kichkina qora qog'oz.
U ochdi.
Unda faqat bitta jumla yozilgandi:
"Bugun ham juda chiroyli eding. Lekin tabassuming menga emasdi."
Coralinening yuragi tez urib ketdi.
— Yana u...
Menejeri yugurib kirib keldi.
— Coraline!
— Yana xatmi?
— Ha...
Menejer xo'rsindi.
— Oxirgi uch oyda bu yigirma yettinchi xat.
— Politsiyaga aytamizmi?
Coraline indamadi.
Chunki uni qo'rqitgan narsa xatlar emas edi.
Uni qo'rqitgan narsa...
Xatlarning hammasi rost bo'lishi edi.
Unda u qilgan har bir harakat yozilgan edi.
Qaysi qo'shiqni mashq qilgani.
Kim bilan gaplashgani.
Qachon kulgani.
Go'yo...
Kimdir uni har lahza kuzatardi.
O'sha kecha...
Coraline mashinasiga o'tirayotganida, yo'lning narigi tomonida yana o'sha yigitni ko'rdi.
U yana jim turardi.
Qo'lida qora soyabon.
Yuzida niqob.
U faqat bitta ish qildi.
Qo'lini ko'ksiga qo'yib, sekin bosh egdi.
Go'yo:
"Yaxshi dam ol. Ertaga yana ko'rishamiz."
degandek.
Coraline ko'zini bir lahzaga yumdi.
Qayta ochganida...
Yigit yo'q edi.
Faqat yomg'ir tomchilari ostida qolgan bitta qora atirgul yerda yotardi...

2-bob — "U meni kuzatyapti" 🌧️🖤

Yomg'ir tun bo'yi yog'di.
Coraline esa uxlay olmadi.
Karavot yonidagi stol ustida yana o'sha qora atirgul turardi.
U uni axlatga tashlamoqchi bo'ldi...
Ammo negadir qo'li bormadi.
— Kim o'zi sen?..
Ertasi kuni...
Mashg'ulot zali.
Raqqosalar navbatdagi konsert uchun repetitsiya qilishardi.
Menejer qarsak chaldi.
— Hamma tayyormi?
Musiqa yangradi.
Coraline raqsni boshladi.
Ammo oradan bir necha soniya o'tib...
Bo'ynidan nimadir o'tayotgandek bo'ldi.
Kimdir...
Uni kuzatayotgandek.
U sekin boshini burdi.
Ikkinchi qavatdagi qorong'i balkon.
Bitta odam.
Qora kiyim.
Qora niqob.
Yana...
O'sha yigit.
Coraline bir lahza qotib qoldi.
Menejer baqirdi.
— Coraline!
— Diqqating qayerda?
— Kechirasiz...
U yana tepaga qaradi.
Ammo balkon...
Bo'sh edi.
Go'yo u hech qachon u yerda bo'lmagandek.
Tanaffus payti.
Coraline yolg'iz kiyinish xonasiga kirdi.
Eshikni yopdi.
Stol ustida esa...
Yana xat.
Bu safar faqat bitta satr yozilgandi.
"Bugun uch marta menga qarading."
Coralinening nafasi ichiga tushdi.
— Mumkin emas...
— Men bu xonani qulflagandim.
Shu payt eshik taqilladi.
— Coraline!
Menejerning ovozi.
— Ichkaridamisiz?
Coraline tezda xatni yashirdi.
— Ha...
Menejer ichkariga kirib kuldi.
— Tayyorlan.
— Bugungi VIP mehmon juda muhim odam ekan.
Coraline bosh irg'adi.
Lekin xayoli boshqa joyda edi.
Kechqurun...
Konsert boshlandi.
Minglab muxlislar baqirishardi.
Telefon chiroqlari yulduzlarga o'xshab miltillardi.
Coraline qo'shiq kuylayotganida...
Nigohi yana oxirgi qatorga tushdi.
Bu safar...
U yolg'iz emas edi.
Qora niqobli yigitning yonida yana ikki kishi turardi.
Ular Coralinega emas...
Faqat o'sha yigitga qarashardi.
Go'yo uni qo'riqlashayotgandek.
Coraline ichida pichirladi.
— Sen oddiy odam emassan...
Konsert tugashi bilan u sahna ortiga yugurdi.
— Uni toping!
Xavfsizlik xodimlari yugurishdi.
Besh daqiqadan keyin qaytishdi.
— Hech kim yo'q.
— Kamera yozuvlari-chi?
— G'alati...
Aynan u o'tirgan joydagi kameralar ishlamay qolgan.
Coraline mashinasiga o'tirdi.
Telefoni titradi.
Noma'lum raqam.
U ikkilanib javob berdi.
— Alo?
Bir necha soniya sukut.
So'ng erkakning past, xotirjam ovozi eshitildi.
"Bugun oq rang senga juda yarashdi."
Coralinening qo'llari muzlab ketdi.
— Siz... kimsiz?
Narigi tomondan yengil kulgi eshitildi.
"Hali emas..."
"Lekin yaqin orada sen mening ismimni hammadan ko'proq aytadigan bo'lasan."
"Klik..."
Qo'ng'iroq uzildi.
Coraline oynadan tashqariga qaradi.
Yo'lning narigi tomonida...
Qora soyabon ostida yana o'sha yigit turardi.
Bu safar u yashirinmadi.
U faqat Coralinega qarab kulimsiradi...
Va sekin lablari bilan bitta so'zni aytdi.
"Tez orada..."

Coraline mashina oynasidan tashqariga tikilib qoldi.
Qora soyabon.
Qora niqob.
Va o'sha sokin tabassum...
Bir lahzaga ularning nigohlari to'qnashdi.
Keyin svetofor yashil yondi.
Mashina harakatlandi.
Coraline shoshilib ortiga qaradi.
Ammo...
U yana g'oyib bo'lgandi.
— Jin ursin...
Ertasi kuni ertalab.
Menejer telefonni Coralinega uzatdi.
— Bugun seni bitta xususiy tadbirga taklif qilishgan.
— Juda katta pul to'lashyapti.
Coraline qoshini chimirdi.
— Kim chaqiryapti?
— Bilmaymiz.
— Shartnomada faqat bitta ism yozilgan.
"Mr. Black."
Kai qahvasini ichib o'tirardi.
— Ismiga qara.
— Juda original ekan.
— Keyingisi "Mr. Dark" bo'lmasa bo'ldi.
Coraline kulib yubordi.
— Sen ham...
Kai jiddiylashdi.
— Hazilni chetga sursak...
— Men bu odamga ishonmayapman.
Kechqurun.
Hashamatli mehmonxonaning eng yuqori qavati.
Lift eshigi ochildi.
Butun qavat bo'sh edi.
Faqat oxiridagi katta eshik.
Unda oltin harflar bilan yozuv bor edi.
PRIVATE
Coraline chuqur nafas olib eshikni ochdi.
Xona jimjit edi.
Qimmatbaho rasmlar.
Sham yorug'lari.
Va deraza oldida orqasi bilan turgan bir kishi.
Qora kostyum.
Qo'lida vino qadahi.
U derazadan shahar chiroqlarini kuzatardi.
Coraline ehtiyotkorlik bilan gapirdi.
— Janob...
— Meni chaqirtirgandingizmi?
U sekin burildi.
Yuzida...
Yana o'sha qora niqob.
Coraline darhol tanidi.
— Sen...
Yigit sekin bosh irg'adi.
— Nihoyat...
— Yuzma-yuz uchrashdik.
Coraline g'azab bilan yaqinlashdi.
— Sen meni kuzatyapsan!
— Xatlar yuboryapsan!
— Kimsan o'zi?!
Yigit xotirjam javob berdi.
— Savollaring juda ko'p.
— Javoblarim esa juda kam.
Coraline uning yoqasidan ushlamoqchi bo'ldi.
Ammo yigit chaqqonlik bilan chetga chiqdi.
U hatto kulib ham qo'ydi.
— Jahling chiqqanda yanayam chiroyli bo'lar ekansan.
Coraline ko'zlarini qisdi.
— Hazillashma.
— Niqobingni yech.
Yigit boshini chayqadi.
— Hali emas.
Shu payt ofitsiant ichkariga kirdi.
— Janob, buyurtmangiz...
U Coralinega qarab jilmaydi.
— Demak, siz mashhur qo'shiqchi ekansiz.
Ofitsiantning oddiy tabassumini ko'rgan zahoti...
Xonadagi havo o'zgardi.
Qora niqobli yigitning nigohi sovuqlashdi.
U bir qadam oldinga chiqdi.
Past ovozda dedi:
— Unga uzoq qaramang.
Ofitsiant hayron bo'ldi.
— Kechirasiz?..
— Men faqat—
— Aytdim.
— Unga uzoq qaramang.
Xonada sukunat cho'kdi.
Ofitsiant noqulay jilmayib, tezda chiqib ketdi.
Coraline yigitga g'azab bilan qaradi.
— Senga nima bo'ldi?!
— U shunchaki o'z ishini qilyapti!
Yigit xotirjam javob berdi.
— Bilaman.
— Shuning uchun ketishiga ruxsat berdim.
Coraline bir lahza indamay qoldi.
— Sen...
— G'alatisan.
Yigit yengil kuldi.
— Men haqimda aytiladigan eng muloyim ta'rif shu bo'lsa kerak.
U stol ustidagi kichkina qora qutini Coraline tomonga surdi.
— Buni ol.
— Ichida nima bor?
— Uyga borgach och.
Coraline qutini olmadi.
— Agar olmasam-chi?
Yigit deraza tomon yurdi.
— Unda baribir ertaga uni uying eshigi oldida topasan.
Coraline beixtiyor kulib yubordi.
— Sen juda qaysarsan.
Yigit ilk bor samimiyroq kulimsiradi.
— Nihoyat...
— Birinchi marta meni kuldiradigan gap aytding.
Shu payt xonadagi chiroqlar bir lahzaga o'chib-yondi.
Coraline beixtiyor ko'zini yumdi.
Qayta ochganida...
Xona bo'sh edi.
Qora niqobli yigit yana izsiz g'oyib bo'lgandi.
Ammo stol ustidagi qora quti...
Hali ham o'sha yerda turardi.
Davomi bor... 🖤🎭📦