June 30

QORA SOYABON AKADEMIYASI

Yomg'ir tinmadi.

Nora qo'lidagi qora soyabonni mahkam ushlagancha uzun yo'lak bo'ylab yurardi.

Yomg'ir tinmadi.
Nora qo'lidagi qora soyabonni mahkam ushlagancha uzun yo'lak bo'ylab yurardi.
Akademiya ichida g'alati qoida bor edi.
Hech kim ortingdan kelayotgan qadam tovushlariga o'girilmasdi.
Ammo Nora o'girildi.
Hech kim yo'q edi.
...
Kutubxona.
Eski kitoblarning hidi butun xonani egallagan.
Bir burchakda SUGA yolg'iz o'tirardi.
Oldida ochiq kitob.
Qo'lida qora ruchka.
Nora asta yaqinlashdi.
— Salom...
SUGA kitobdan boshini ham ko'tarmadi.
— Bu yerda odamlar salomlashmaydi.
— Nega?
— Chunki ertaga kim tirik qolishini hech kim bilmaydi.
Nora bir lahza jim qoldi.
— Hazillashyapsizmi?
SUGA sekin kuldi.
— Men deyarli hech qachon hazillashmayman.
Xonada yana sukunat cho'kdi.
Faqat yomg'ir ovozi...
...
Koridorda esa Jin va J-Hope bahslashardi.
— Men aytyapman, u qiz oddiy emas.
— Sen hammani shubha qilaverasan.
RM ularning gapini bo'ldi.
— Yetar.
Direktor buyurgan.
Hech kim Noraga o'tmishi haqida savol bermaydi.
V derazaga qarab sekin dedi:
— Demak... uning siri biznikidan ham og'ir.
Hamma jim bo'ldi.
Faqat SUGA kitobining sahifasini sekin yopdi.
— Yo'q...
— Undan ham og'irroq.
Nora buni eshitib qoldi.
Yuragi tez ura boshladi.
"Ular men haqimda nimani bilishadi?"
Shu payt akademiyaning eski qo'ng'irog'i yangradi.
Dong...
Dong...
SUGA o'rnidan turdi.
Nigohi ilk bor Noraga qadaldi.
Sovuqqon.
Xotirjam.
Ammo uning ko'zlarida bitta ogohlantirish bor edi.
— Agar bugun yarim tunda uchinchi qavatdan ovoz eshitsang...
...eshikni ochma.
Shu gapni aytib, u indamay chiqib ketdi.
Nora esa joyida qotib qoldi.
Chunki uchinchi qavatda...
Hech qanday xona yo'q edi.
Faqat g'isht bilan berkitilgan eski eshik bor edi.
Va o'sha eshik ortidan...
Kimdir sekin kulayotgandek tuyulardi.

3-BOB: "Tungi soat 03:13"
Soat...
03:13
Akademiyaning eski soati uch marta jarangladi.
Dong...
Dong...
Dong...
Nora uyg'onib ketdi.
Xona muzdek edi.
Deraza yopiq bo'lsa ham, shamol pardalarni qimirlatardi.
Birdan...
Taq...
Taq...
Koridordan oyoq tovushlari eshitildi.
U SUGAning gapini esladi.
"Agar uchinchi qavatdan ovoz eshitsang... eshikni ochma."
Lekin qadam tovushlari tobora yaqinlashardi.
Yuragi tez ura boshladi.
Taq...
Taq...
Birdan eshik taqilladi.
Faqat bir marta.
Nora nafasi ichiga tushib ketdi.
— Kim...?
Hech kim javob bermadi.
Yana sukut.
U eshik tutqichiga qo'l uzatdi.
Shu payt orqasidan sovuq ovoz eshitildi.
— Ochma.
Nora cho'chib ortiga o'girildi.
Deraza oldida SUGA turardi.
U qachon kirganini Nora sezmagan ham edi.
— Siz... qanday qilib...
SUGA javob bermadi.
Faqat eshik tomon qaradi.
— U hali ketmadi.
Eshikning narigi tomonidan tirnoq bilan yog'och tirnalayotgan ovoz eshitildi.
Shrrr...
Shrrr...
Noraning qo'llari titray boshladi.
— Bu... kim?
SUGA sekin pichirladi.
— Bu yerda ayrim savollarga javob izlash hayotdan qimmatga tushadi.
Birdan...
Ovoz to'xtadi.
Koridor yana jim bo'ldi.
SUGA eshikni sekin ochdi.
Tashqarida...
Hech kim yo'q edi.
Faqat pol ustida qora konvert yotardi.
U konvertni olib Noraga uzatdi.
— Och.
Nora konvertni ochdi.
Ichida bitta surat bor edi.
Eski, sarg'aygan surat.
Unda sakkiz nafar talaba turardi.
Lekin...
Akademiyada hozir faqat yetti yigit bor edi.
Nora hayrat bilan suratga tikildi.
— Sakkizinchi bola qayerda?
SUGAning yuzi ilk bor o'zgardi.
Uning odatda sovuqqon ko'zlarida bir lahzalik xavotir chaqnadi.
— Uning ismini bu yerda hech kim aytmaydi.
— Nega?
— Chunki...
U yo'qolmagan.
Nora nafasi ichiga tushdi.
— Unda qayerda?
SUGA javob bermadi.
Shu payt yo'lak oxiridagi chiroq o'z-o'zidan o'chdi.
Chiq...
So'ng ikkinchisi.
Chiq...
Keyin uchinchisi.
Qorong'ulik ularga yaqinlashardi.
SUGA bir qadam oldinga chiqdi.
— Orqamdan yur.
Hech qachon ortga qaramagin.
Nora indamay bosh irg'adi.
Ikkalasi qorong'i yo'lak bo'ylab yurishni boshladi.
Ammo...
Nora orqasidan kimdir juda past ovozda uning ismini aytdi.
— Nora...
U to'xtab qoldi.
SUGA keskin burildi.
— Yugur!
Yo'lakning oxirida oppoq niqob taqqan uzun bo'yli bir soya paydo bo'ldi.
U qimirlamasdi.
Faqat tikilib turardi.
Va uning qo'lida...
Qora soyabon bor edi.

4-BOB: "Sakkizinchi soya"
Qorong'i yo'lak...
Faqat shamolning uvillashi eshitilardi.
Nora nafasi qisilib, SUGA ortidan yugurardi.
Orqada esa qora soyabon ushlagan noma'lum soya bir qadam ham shoshmasdan ularni kuzatardi.
— U... nega yugurmayapti? — dedi Nora pichirlab.
SUGA ortiga qaramadi.
— Chunki unga shoshilishning keragi yo'q.
— Nima deganingiz?
— Bu akademiyada kim qochishini u oldindan biladi.
Bu gap Noraning yuragini yanada siqib yubordi.
Ular eski kutubxonaga kirishdi.
SUGA eshikni ichkaridan qulfladi.
Qars!
Nihoyat u chuqur nafas oldi.
Nora hayrat bilan unga qaradi.
— Siz... qo'rqdingizmi?
SUGA sovuq nigoh tashladi.
— Yo'q.
— Unda nega qochdik?
SUGA javob bermadi.
U faqat javondan chang bosgan kitobni oldi.
Kitobning muqovasida kumush harflar bilan yozilgandi:
"8-LOYIHA"
Nora kitobni ochdi.
Ichida yettita surat bor edi.
RM.
Jin.
SUGA.
J-Hope.
Jimin.
V.
Jung Kook.
Ammo oxirgi sahifa...
Yulib tashlangan edi.

surat

5-BOB: "Qon bilan yozilgan qoida"
Soat 03:47.
Kutubxona hali ham qorong'i edi.
Derazadan kirayotgan sovuq shamol eski kitoblarning varaqlarini o'zi aylantirardi.
SUGA qo'lidagi qora kartani musht qilib ushladi.
Kartadagi yozuv xuddi yangi yozilgandek qizil rangda yaltirardi.
"O'yin boshlandi, Yoongi."
Nora sekin so'radi:
— Bu kartani kim yubordi?
SUGA javob bermadi.
U kutubxona eshigiga qarab qotib turardi.
Go'yo kimningdir kirishini kutayotgandek.
Birdan...
Qars!
Koridordan og'ir eshik yopilgan ovozi keldi.
Oradan bir necha soniya o'tib, kutubxona eshigi sekin ochildi.
Ichkariga RM kirdi.
Uning kostyumi yomg'irdan ho'l bo'lib ketgan edi.
Nigohi avvalgidan ham sovuq.
— Yoongi...
— Bilaman.
— U qaytibdi.
SUGA bosh irg'adi.
Nora ularning suhbatiga tushunmay qarab turardi.
— Kim qaytibdi?
RM unga tikildi.
— Bu savolni boshqa bermagin.
Akademiyada ayrim ismlar tilga olinmaydi.
Ertalab...
Yomg'ir nihoyat to'xtagan edi.
Ammo akademiyada hech kim quvonmadi.
Oshxonada hamma yig'ilgan.
Jin odatdagidek nonushta tayyorlayotgan bo'lsa-da, bu safar hazillashmadi.
J-Hope ham jim edi.
Jimin stulga suyangancha derazadan tashqariga qarardi.
V esa qora choy ichayotgan edi.
Jung Kookning nigohi esa Noradan bir soniya ham uzilmasdi.
Nora ichkariga kirishi bilan xonadagi suhbat to'xtadi.
Go'yo hamma uni kutayotgandek.
Jin sekin dedi:
— O'tir.
Nora indamay stulga o'tirdi.
SUGA esa hali ham kelmagan edi.
Birdan...
Elektr o'chdi.
Butun akademiya qorong'uga cho'mdi.
Shu zahoti eski karnaydan xirillagan ovoz eshitildi.
— Barcha talabalar diqqatiga...
— Bugundan boshlab akademiyaning birinchi qoidasi bekor qilindi.
Hamma bir-biriga qaradi.
RM asta o'rnidan turdi.
— Yo'q...
Ovoz davom etdi.
— Yangi qoida.
— Bugundan boshlab hech kim yolg'iz yurmaydi.
— Kim yolg'iz qolsa... u ertalabgacha yashamaydi.
Karnay jim bo'ldi.
Xonani og'ir sukunat bosdi.
J-Hope birinchi bo'lib kulishga urindi.
— Bu... direktorning hazili bo'lsa kerak?
Hech kim kulmadi.
SUGA ayni paytda oshxonaga kirib keldi.
Uning qo'lida eski daftar bor edi.
— Hazil emas.
— Kecha...
Yana bitta talaba yo'qoldi.
Nora hayrat bilan so'radi:
— Bu yerda bizdan boshqa ham talabalar bormi?
SUGA javob berdi:
— Bor edi.
Podval
Kechqurun RM, SUGA va Nora akademiyaning eng eski qismiga tushishdi.
Bu yerning devorlari nam, havosi esa juda sovuq edi.
Yo'lak oxirida ulkan temir eshik turardi.
Eshik ustiga qon rangida bitta sana yozilgan edi:
"1997."
Nora eshikni ushlamoqchi bo'lganida, SUGA uning qo'lini to'xtatdi.
— Tegma.
— Nega?
— Chunki bu eshik oxirgi marta ochilganda...
Akademiyada o'n ikki kishi bedarak yo'qolgan.
Nora yutindi.
Shu payt eshikning narigi tomonidan...
Kimdir uch marta taqillatdi.
Tok...
Tok...
Tok...
Uchovlon qotib qoldi.
Ichkaridan past ovoz eshitildi.
— Yoongi...
— Sen va'dangni buzding...
Nora SUGA tomonga qaradi.
Uning yuzi oqarib ketgan edi.
RM esa bir qadam oldinga chiqdi.
— Orqaga.
Hozir.
Lekin...
Kech edi.
Temir eshik o'z-o'zidan sekin ochila boshladi.
G'iiiiirrr...
Ichkaridan muzdek shamol urildi.
Va qorong'ulik orasida...
Qora soyabon ushlagan noma'lum odamning silueti ko'rindi.
Uning yuzi ko'rinmasdi.
Faqat bitta narsa aniq edi.
U...
Ularning ismlarini bilar edi.
— Xush kelibsiz...
— O'yinning ikkinchi bosqichi boshlandi