MY KILLER HUSBAND
Xonani og‘ir sukunat bosdi.
John qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, Jessikaga sovuq tikildi.
— Senda ikki daqiqa bor. Nima demoqchi bo‘lsang, ayt-da, ket.
Jessika kulib yubordi.
— Avvallari menga bunday ohangda gapirishga jur'at qilolmasding.
— Avvallari sen ham bugungidek bo‘lmagansan.
Bu gap Jessikaga qattiq tegdi.
— Demak, endi hamma ayb menda?
Johnning javobi qisqa bo‘ldi.
— Ha.
Jessikaning ko‘zlari g‘azabdan chaqnadi.
— Men sen uchun nimalar qilganimni unutdingmi?
— Yo‘q. Hammasini eslayman. Ayniqsa yolg‘onlaringni.
— Yolg‘on?
— O‘zingni begunoh qilib ko‘rsatma.
Yuri ikkalasini kuzatib turardi. U Jessikaning fe'lini yaxshi bilardi. Bu ayol hech qachon bekorga kelmasdi.
Jessika Yuriga qarab kinoyali jilmaydi.
— Nega jim turibsan? Meni ko‘rganingdan xursand emasmisan?
Yuri sovuqqon ohangda javob berdi.
— Yo‘q.
— Juda qo‘pol bo‘libsan.
— Buni sendan o‘rganmaganman.
Jessikaning tabassumi bir zumda yo‘qoldi.
— Demak, hali ham menga qarshi gapirishga jur'at topibsan.
Yuri bir qadam oldinga chiqdi.
— Men sendan qo‘rqmayman.
— Qo‘rqishing kerak.
John darhol ularning orasiga kirdi.
— Jessika.
Uning ovozi past edi, ammo undagi ogohlantirishni sezmaslikning iloji yo‘q edi.
— Yuriga yana bitta tahdid qilsang, oqibati senga yoqmaydi.
Jessika kulib yubordi.
— Uni himoya qilyapsanmi?
— Ha.
— Meni esa hech qachon bunday himoya qilmagansan.
Johnning yuzida zarracha afsus yo‘q edi.
— Chunki bunga arzimagansan.
Bu so‘z xuddi shapaloqdek ta'sir qildi.
Jessika mushtlarini mahkam tugdi.
— Men sening xotiningman!
— Bu gapni takrorlama.
— Nega?
— Chunki sen faqat familiyamni olib yurgansan. Xotin degan nomni esa allaqachon yo‘qotgansan.
Xonadagi havo tobora taranglashib borardi.
Jessika stol ustidagi ramkani qo‘liga oldi. Unda John va Yurining birga tushgan surati bor edi.
U suratga bir necha soniya tikilib turdi.
— Demak, baxtlimisizlar?
John javob bermadi.
Jessika birdan ramkani polga uloqtirdi.
Sharaq!
Shisha bo‘laklari xona bo‘ylab sochildi.
Yuri seskanib ketdi.
Johnning sabri tugadi.
U bir necha qadamda Jessikaning yoniga yetib borib, uning bilagidan mahkam ushladi.
— Yetar dedim.
Jessika uning ko‘zlariga tikildi.
— Qo‘yib yubor.
— Sen bu uyni hurmat qilolmading. Endi chiqib ket.
— Qo‘yib yubormasang-chi?
John eshikni ochib yubordi.
— O‘zim chiqaraman.
Jessika uning qo‘lidan siltanib chiqdi.
— Sen o‘zgargansan, John.
— Yo‘q. Nihoyat seni qanday inson ekaningni tushundim.
Jessikaning yuzida g‘azab va nafrat qorishib ketdi.
U Yuri tomon burildi.
— Sen hali g‘alaba qozondim deb o‘ylama.
Yuri xotirjam javob berdi.
— Men hech kim bilan bellashmayapman.
— Ammo men bellashyapman.
Jessika sumkasini yelkasiga ilib, eshik tomon yurdi.
Chiqish oldidan yana bir bor orqasiga qaradi.
— Bugungi gap shu bilan tugamaydi. Men ikkalangizning ham hayotingizni ostin-ustun qilaman. John, sen meni rad etganing uchun pushaymon bo‘lasan.
Eshik qattiq yopildi.
Bir necha soniya davomida uy mutlaqo jim qoldi.
John chuqur nafas olib, singan shishalarga qaradi.
Yuri uning yoniga kelib sekin so‘radi:
— U yana qaytadimi?
John boshini qimirlatdi.
— Ha. Men Jessikani yaxshi bilaman. U mag‘lubiyatni qabul qiladigan ayol emas.
Yuri deraza tomon qaradi.
Ko‘chada qora mashina hali ham to‘xtab turardi.
Mashina ichida esa Jessika ularga tikilgancha, labining chetida sovuq tabassum bilan nimadir rejalashtirayotgandi.
John deraza yonida qimirlamay turardi.
Ko'chaning narigi tomonida turgan qora avtomobilning oynalari qoraytirilgan edi.
Ichkarida kim o'tirganini ko'rishning iloji yo'q.
Yuri ham uning yoniga kelib, pastga qaradi.
— Hali ham ketmabdi...
John indamay bosh irg'adi.
— Bu Jessikaning odati.
— Nima uchun shunchaki ketmaydi?
— Chunki u odamni bezovta qilishni yaxshi ko'radi. U seni asabiylashtira olsa, o'zini g'olib deb hisoblaydi.
Xuddi shu payt Johnning telefoni titradi.
Ekranda yana o'sha ism paydo bo'ldi.
Jessika.
John bir necha soniya ekranga tikilib turdi-da, qo'ng'iroqni qabul qildi.
— Gapir.
Mashina ichidan kelayotgan sokin ovoz eshitildi.
— Deraza oldida turishing senga yarasharkan.
John javob bermadi.
Jessika kulimsiradi.
— Demak, meni kuzatyapsan.
— Yo'q. Faqat qachon ketishingni kutyapman.
— Afsus... Men hali ketmoqchi emasman.
Johnning ovozi yanada sovuqlashdi.
— Meni qiziqtirmaydi.
— Lekin meni qiziqtiradi.
Mashina ichida o'tirgan Jessika old oynadan uyga tikilib turardi.
— Yuri yoningdami?
Johnning javobi qisqa bo'ldi.
— Bu seni ishing emas.
— Uni mendan yashirishga urinma.
— Men seni undan uzoq tutyapman.
Jessika sekin kuldi.
— Farqi yo'q. Baribir bir kun kelib u bilan yolg'iz gaplashaman.
Shu gapdan keyin Johnning yuzi keskin o'zgardi.
— Agar unga yaqinlashishga harakat qilsang...
U gapini tugatmadi.
Jessika uning jimligidan ham ma'noni angladi.
— Unda nima bo'ladi, John?
Johnning ovozi muzdek yangradi.
— O'sha kuni sen uchun hamma narsa tugaydi.
Telefonning narigi tomonida bir necha soniya sukunat cho'kdi.
So'ng Jessika past ovozda kuldi.
— Men seni aynan shundayliging uchun sevganman.
Johnning javobi esa birgina jumla bo'ldi.
— Men esa seni aynan shundayliging uchun yomon ko'raman.
U qo'ng'iroqni uzdi.
Deraza ortida qora mashina hali ham joyidan qimirlamas, uning ichida o'tirgan Jessika esa labidagi sovuq tabassum bilan uyga tikilishda davom etardi.
Tun oxir-oqibat o'z hukmini o'tkazdi.
John deraza pardalarini yopdi.
— Endi uxla, Yuri.
Yuri hali ham xavotir bilan tashqariga qaradi.
— U qaytib kelmaydimi?
John yelkasiga qo'lini qo'ydi.
— Bugun yo'q.
Yuri indamay bosh irg'adi.
Charchoq ikkalasini ham yengdi.
Uy yana sukunatga cho'mdi.
Ertasi kuni.
Tong endigina yorishayotgan edi.
Oshxonadan qahva hidi kelardi.
John stol ustida yotgan gazetalarni varaqlayotgan, Yuri esa nonushta tayyorlayotgan edi.
Shu payt televizordagi ertalabki yangiliklar boshlanib qoldi.
— "...Kecha yarim tundan keyin shahar tashqarisidagi magistral yo'lda og'ir yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi..."
John beixtiyor televizorga qaradi.
Ekranda tun qorong'usida ezilib ketgan qora avtomobil ko'rinardi.
Boshlovchi davom etdi:
— "...Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, avtomobil nam yo'lda boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetidagi beton to'siqqa urilgan. Haydovchi voqea joyida halok bo'lgan..."
Kamera avtomobilning davlat raqamiga yaqinlashdi.
Johnning qo'lidagi piyola stolga sekin qo'yildi.
Yuri ham televizorga tikilib qoldi.
Bir necha soniyadan so'ng boshlovchi ismni aytdi.
— "...Haydovchi shaxsi aniqlangan. U 34 yoshli Jessika edi."
Xonada og'ir sukunat hukm surdi.
Yuri asta pichirladi:
— Jessika...
John hech narsa demadi.
Uning yuzida na quvonch, na qayg'u bor edi.
Faqat chuqur o'yga cho'mgan odamning sokin nigohi.
— Bu tasodifmikan? — dedi Yuri sekin.
John televizordan ko'z uzmadi.
— Bilmayman.
Yangiliklarda hodisa yuzasidan tergov davom etayotgani, avariya sabablariga aniqlik kiritilayotgani aytildi.
John televizorni o'chirdi.
— Nima bo'lgan bo'lsa ham... endi ortga qaytmaydi.
Yuri boshini egdi.
Kechagi tahdidlar, qora avtomobil va sovuq nigohlar endi o'tmishda qolgan edi.
Ammo ikkalasi ham bitta narsani his qilardi:
Ba'zan bir hikoya tugagandek tuyulsa ham, uning ortidan yangi sirlar boshlanadi.
Oradan ikki kun o'tdi.
Uy asta-sekin yana avvalgi sokin holatiga qaytayotgandek edi.
John ish xonasida hujjatlarni ko'rib chiqayotgan, Yuri esa oshxonada tushlik tayyorlayotgan edi.
Shu payt uy telefoni jiringladi.
Yuri go'shtni olovdan olib, telefonni ko'tardi.
— Alo?
Narigi tomondan shirin qizaloq ovozi eshitildi.
— Dada uylaridami?
Yurining yuzida beixtiyor tabassum paydo bo'ldi.
— Yelena?
— Ha! Menman.
— Bir daqiqa kut, dadangni chaqiraman.
John telefonni qo'liga oldi.
— Salom, malikam.
— Salom, dada!
Qizaloqning quvnoq ovozi uydagi og'ir kayfiyatni bir zumda o'zgartirib yubordi.
— Maktabing qanday o'tdi?
— Juda yaxshi! Bugun matematika fanidan besh oldim. O'qituvchim meni maqtadi.
Johnning sovuq chehrasida kamdan-kam ko'rinadigan tabassum paydo bo'ldi.
— Barakalla.
— Yana rasm chizish tanlovida ham qatnashaman.
— Ishonaman, qo'lingdan keladi.
Yelena biroz jim qoldi.
— Dada...
— Eshitaman.
— Bugun meni o'zingiz olib ketasizmi?
John soatiga qaradi.
— Albatta.
— Rostdanmi?
— Men senga va'da berganman.
— Unda kutaman!
Qo'ng'iroq tugadi.
Yuri kulimsirab so'radi:
— Yana seni sog'inibdi-a?
John telefonni stolga qo'ydi.
— Har doimgidek.
Kunning ikkinchi yarmida.
John qora avtomobilini maktab darvozasi yonida to'xtatdi.
Bir necha daqiqadan so'ng o'quvchilar birin-ketin chiqishni boshlashdi.
Oralaridan kulib yugurib kelayotgan Yelena ham ko'rindi.
— Dada!
U yugurib kelib Johnni mahkam quchoqladi.
John ham qizining boshini siladi.
— Bugun juda xursand ko'rinyapsan.
— Chunki siz keldingiz.
Yelena mashinaga o'tirib, sumkasini yoniga qo'ydi.
— Yuri amaki ham uydalarmi?
John bosh irg'adi.
— Ha. U sening eng yaxshi ko'rgan shirinligingni tayyorlayapti.
Yelenaning ko'zlari chaqnab ketdi.
— Rostdanmi?
— Ha.
Qizaloq xursand bo'lib qo'llarini chapak chaldi.
Mashina asta maktabdan uzoqlasha boshladi.
John orqa ko'zgu orqali qiziga bir qarab qo'ydi.
Uning ko'nglidan faqat bitta fikr o'tardi:
"Nima bo'lmasin, bu oilani endi hech kimga buzdirib qo'ymayman."
Ertasi kuni.
Tong odatdagidan sokin boshlandi.
Yelena endi maktabning 11-sinf o'quvchisi edi. Bo'yi cho'zilgan, fe'l-atvori ham ancha jiddiylashgan. Maktab formasi ustidan qora pidjak kiyib, yelkasiga sumkasini osdi.
Yuri oshxonadan chiqib, unga bir piyola choy uzatdi.
— Hech bo'lmasa nonushta qilib ket.
Yelena jilmaydi.
— Kech qolaman. Maktabdan keyin yeyman.
John kalitlarini olib, eshik yoniga keldi.
— Seni o'zim olib boraman.
— Kerak emas, dada. O'zim bora qo ooolaman.
Johnning javobi odatdagidek qisqa edi.
— Men aytdim.
Yelena kulib, ortiq bahslashmadi.
Bir necha daqiqadan so'ng qora avtomobil maktab darvozasi oldida to'xtadi.
— Darsing tugagach, menga qo'ng'iroq qil.
— Xo'p.
— Muammo bo'lsa ham.
— Tushundim.
Yelena mashinadan tushib, maktab hovlisi tomon yurdi.
Koridor odatdagidek shovqin-suron edi.
U sinf eshigiga yaqinlashganda, uch nafar qiz uning yo'lini to'sdi.
Oldinda turgan qiz qo'llarini ko'ksiga chalishtirdi.
— Nihoyat keldingmi.
Yelena sovuqqina qaradi.
— Yo'limni och.
— Buyruq beradigan holatda emassan.
Ikkinchi qiz kinoya bilan kuldi.
— O'zingni juda boshqacha tutyapsan.
Yelena xotirjam javob berdi.
— Sizlar bilan tortishishga vaqtim yo'q.
U yonidan o'tmoqchi bo'ldi.
Ammo qizlardan biri uning yelkasiga ataylab urildi.
Sumkasi yerga tushib, ichidagi daftarlar sochilib ketdi.
Atrofdagi o'quvchilar birin-ketin to'xtab, nima bo'layotganini kuzata boshlashdi.
— Tasodifan bo'ldi, — dedi qiz istehzo bilan.
Yelena sekin egilib, daftarlarini yig'a boshladi.
Shu payt ulardan biri daftarni oyog'i bilan chetga tepdi.
— Olib ko'r-chi.
Yelena asta o'rnidan turdi.
Uning chehrasi mutlaqo xotirjam edi.
— Oxirgi marta aytyapman.
— Nima?
— Yo'limdan cheking.
Qizlar kulib yuborishdi.
— Bo'lmasa nima qilasan?
Koridorda sukunat cho'kdi.
Yelena hech qanday shoshilmadi.
U sumkasini yelkasiga ilib, ularga tikildi.
— Men janjalni yoqtirmayman.
— Demak, qo'rqarkan-san.
Bu safar Yelena bir qadam oldinga yurdi.
— Qo'rquv bilan sabrni adashtirmang.
Oldinda turgan qiz uning yoqasidan ushlamoqchi bo'ldi.
Yelena uning qo'lini siltab tashladi.
— Menga tegma.
— Tegsam-chi?
Koridorda turgan o'quvchilar orasidan "Bas qilinglar!" degan ovozlar eshitila boshladi.
Ammo hech kim yaqinlashishga jur'at etmadi.
Qiz yana Yelenani itardi.
Yelena bu safar muvozanatini yo'qotmadi.
U qizning bilagini chetga surib, qat'iy ovozda dedi:
— Men urush boshlash uchun kelmaganman.
— Lekin biz boshladik.
Shu payt koridorning narigi tomonidan o'qituvchining baland ovozi yangradi:
— Bu yerda nima bo'lyapti?
Hamma bir zumda jimib qoldi.
Ammo qizlarning nigohidan ayon edi...
Bu mojaro hali tugamagan edi.
O'qituvchi koridor bo'ylab yaqinlashayotganini ko'rgan qizlar bir-biriga qarab oldi.
— Tez, ketamiz.
Ular hech narsa bo'lmagandek sinfga kirib ketishdi.
Yelena esa yerga sochilgan oxirgi daftarini olib, indamay ortidan kirdi.
Tanaffus.
Sinf deyarli bo'shab qolgandi.
Yelena deraza yonida turib, daftariga nimadir yozayotgan edi.
Shu payt orqasidan stulning qattiq surilgan ovozi eshitildi.
— Seni ogohlantirgandik.
Yelena ortiga o'girilmasdan javob berdi.
— Men eshitdim.
— Lekin tushunmabsan.
Yelena sekin ortiga burildi.
Haligi uch qiz yana uning qarshisida turardi.
Oldinda turgani istehzo bilan jilmaydi.
— O'zingni hammadan ustun deb o'ylaysanmi?
— Yo'q.
— Unda nega bizga qarshi gapiryapsan?
— Chunki sizlar noto'g'ri ish qilyapsiz.
Qizlardan biri stol ustidagi Yelenaning telefonini olib qo'liga aylantirdi.
— Qimmat telefon ekan.
— Joyiga qo'y.
— Qo'ymasam-chi?
Yelena bir qadam yaqinlashdi.
— Oxirgi marta aytyapman.
Qiz telefonni havoda aylantirib kuldi.
— Bo'lmasa nima qilasan?
Yelena uning bilagidan ushlab, telefonni tortib oldi.
Qizning jahli chiqdi.
— Menga qo'l tekkizdingmi?!
U Yelenani ikki qo'li bilan itardi.
Yelena orqaga bir qadam chekindi, ammo yiqilmadi.
Sinfdagi o'quvchilar o'rinlaridan turib ketishdi.
— Endi bo'ldi!
Qiz yana Yelenaga tashlandi.
Bu safar Yelena ham chekinmadi.
U qizning qo'lini chetga surib yubordi.
Qiz muvozanatini yo'qotib partaga urildi.
— Telba!
U jahli bilan Yelenaning sochidan tortdi.
Yelena uning qo'lidan mahkam ushlab, sochini bo'shatib oldi.
Ikkalasi bir-birini itarib yubordi.
Partalar qarsillab surildi.
Daftarlar polga sochilib ketdi.
Atrofdagi o'quvchilar baqira boshlashdi.
— Ajratinglar!
Ammo hech kim yaqinlashmadi.
Uchinchi qiz ham Yelenani ushlashga urindi.
Yelena keskin burilib, uning qo'lini siltab yubordi.
Qiz muvozanatini yo'qotib stulga o'tirib qoldi.
Shu payt sinf eshigi qattiq ochildi.
— Yetar!
Sinf rahbari baland ovozda baqirdi.
Hamma birdan qotib qoldi.
Partalar ag'darilgan, daftarlar sochilgan, sinf ichida og'ir sukunat hukm surardi.
O'qituvchi navbat bilan hammaning yuziga qaradi.
— Kim boshladi?
Hech kim javob bermadi.
Oldinda turgan qiz labini tishlab, Yelenaga nafrat bilan tikildi.
Yelena esa xotirjam turardi.
Uning yengidagi tugma uzilib tushgan, sochlari biroz tarqalgan edi.
O'qituvchi qat'iy ohangda dedi:
— Hamma joyiga o'tirsin. Siz to'rttalangiz esa darsdan keyin direktor xonasiga kirasiz.
Qizlar indamay o'rinlariga o'tirishdi.
Ammo ular Yelenaga qarab o'tkir nigoh tashlashda davom etishardi.
Yelena esa ichida bitta narsani his qildi:
Bu janjal direktor xonasida tugamaydi. Bu endi shunchaki maktabdagi kelishmovchilik emas edi.