Qorovulbozor tuman harbiy qism xizmatchilarining huquqiy bilimlari va jangovor ruhiy tayyorgarligi yuksaltirildi.
Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi boshlig'i ishtirokida Milliy gvardiya harbiy qismlarida xizmatni o‘tayotgan xodimlar uchun mazmunli o‘quv seminar-treningi tashkil etildi.
Bosh qomusimiz — huquq va burchlarimiz kafolati: Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda belgilangan fuqarolarning huquq va majburiyatlari, xususan, Vatanni himoya qilish borasidagi konstitutsiyaviy burchlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Yuksak milliy va jangovar ruh: Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan har bir askar uchun milliy g‘urur va jasoratning ahamiyati haqida so‘z bordi. Zero, ruhiyati baland askar — yengilmas kuchdir.
Tadbirda harbiy xizmatchilarning siyosiy-huquqiy ongini oshirish bilan birga, ularda o‘z xizmat vazifalariga mas'uliyat bilan yondashish hissini yanada kuchaytiradi.