PQ-1-sonli qaror,PF-80-sonli farmon, VMQ-204-sonli qarori ijrosi yuzasidan
PQ-1-qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan chora tadbirlar rejasiga asosan
Adliya vazirining 2025-yil 28-aprel 1/2-5246/8-son ko’rsatma xati.
1-ilova 17-bandi. Yoshlarning huquqiy bilimini oshirishga, ayniqsa mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan: “Huquqiy axborot kuni” tadbirlari; “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinlari; huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan turli mavzulardagi tanlovlar o‘tkazish yuzasida chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Ichki ishlar va mudofaa organlari bilan hamkorlikda har oyda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, jumladan “Vatanparvarlik va milliy qadriyat” hamda “Huquqiy bilimlar” mavzularida suhbatlar va o‘quv seminarlari o‘tkazish belgilab berildi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etish va yoshlarni sport to‘garaklariga jalb qilish (“Besh tashabbus”, va boshqa shu kabi sport tadbirlari) orqali ularni Vatan himoyasiga tayyorlash bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.