Qorovulbozor tumani adliya bo'limi tomonidan PQ – 1-son qarori ijrosi yuzasidan
Qorovulbozor tumani adliya bo'limi tomonidan PQ – 1-son qarori ijrosi yuzasidan aholi o‘rtasida huquqiy ongni va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga va huquqbuzarliklarga murosasizlik muhitini yaratish qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
Ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirishni ustuvor vazifa etib belgilagan holda mahallalarda xavfsiz muhitni ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini samarali joriy etish orqali jinoyatchilikni keskin kamaytirish borasida,
Oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish orqali ularning barvaqt oldini olish boʻyicha yangi ishlash mexanizmlarini belgilash borasida,
Har qanday noqonuniy holatlar yuzasidan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish tizimini yaratish, bu boradagi faoliyatni bevosita joylarda samarali yoʻlga qoʻyish orqali aholi roziligiga erishish borasida,
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha tashkiliy-profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalariga etib belilishi borasida,
Har bir mahallada kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillar bilan ishlashning mahallalar kesimida har choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilash hamda ularning mahalla — tuman — viloyat darajasida ijrosi uchun bevosita masʼul rahbarlarni biriktirish va zimmalariga aniq javobgarlikni yuklash borasida
Mahalla hududida aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish orqali oldini olish mumkin boʻlgan har bir jinoyat boʻyicha mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish, ijtimoiy profilaktika subyektlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar samaradorligi yuzasidan qatʼiy soʻrov tizimini yoʻlga qoʻyish borasida,
Oila-turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni “ilmiy xulosa — tavsiya — natija” tamoyili asosida joylarga chiqqan holda maqsadli ilmiy-amaliy oʻrganish orqali samarali tashkiliy-huquqiy choralarni belgilash borasida,
Mahallalardagi jamoat joylarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yoʻnalishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalarini, ijtimoiy profilaktikaga masʼul idoralar va muassasalar tomonidan koʻrilayotgan choralarning samaradorligi ustidan elektron nazorat tizimini keng joriy etish borasida aholi bilan uyma uy uchrashilib muammolar o'rganildi.