Uyma-uy yurish orqali uchrashuv jarayoni
Qorovulbozor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Imom Buxoriy” MFYda xususan, aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida uzoq hududdagi qishlog aholisi bilan uyma-uy uchrashildi.
Uyma-uy yurish orqali uchrashuv jarayonida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, aniqlangan huquqiy muammolar bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.
Bundan tashqari, mahallaning “Mahalla yettiligi” hamkorligida huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini mohiyati va ahamiyati borasida fuqarolar o‘rtasida tushuntirishlar berilib vizitkalar tarqatildi.
Shuningdek, aholiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprel kunidagi 204-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi PF-80-son Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berilib flayerlar tarqatildi.