May 14, 2025

Belgilangan reja topshiriqqa asosan “Bepul huquqiy maslaxat” aksiyasi doirasida uyma-uy yurish tadbiri o’tkazildi.

Qorovulbozor tuman “Bo’ston” MFYda xususan, aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish, huquqiy maslahat berish va muammolarni bartaraf etish maqsadida uzoq hududdagi qishlog aholisi bilan uyma-uy uchrashildi.

Uyma-uy yurish orqali uchrashuv jarayonida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, har bir ko’chada tungi yoritkichlarning etarli mavjud bo’lmaganligi, xonadonlaridagi ekin erlariga sug'orish uchun ariq suvining kamligi aniqlanib huquqiy muammolar bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Mahallada chiqindi tashish xizmati bilan bog'liq bo'lgan ko’plab fuqarolarning muammolarini echimini topish maqsadida, ma'sul xodimlarni jalb qilgan holda maishiy chiqindilarni tashlash uchun mo’ljallangan joyda boshqa turdagi chiqindilarni keltirib tashlab ketilishi bilan bog’liq muammolar ijobiy hal qilindi.

Bundan tashqari fuqarolar “uyma-uy bepul huquqiy yordam” aksiysida faol ishtirok etishlari, o‘z huquqiy bilimlarinii boyitib borishi va huquqiy savodxonligini oshirishi borasida tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishllariga chorlash maqsadida uslubiy qo’llanmalar tarqatildi.

Qorovulbozor tuman adliya bo'limi

Qorovulbozor tuman adliya bo'limi