“Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish borasida
Qorovulbozor tuman adliya bo'limi xodimlari tmonidan adliya tizimiga biriktirilgan muammoli, uyushmagan va ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlarni tashkil qilinganligi, amalga oshirilgan ish natijasida yoshlarning aniqlangan muammolarini nechog'lik hal qilinganligi to'g'risida tuman yoshlar ishlari bo'yicha ma'ul xodimlari bilan suhbat o'tkazilib amalga oshiriladigan tadbirlar belgilandi.
Aniqlangan muammolarini hal qilish bo‘yicha manzilli ishlashga qaratilgan har bir mas’ul rahbar va xodimning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, tuman adliya bo‘limining yoshlar masalalari bo‘yicha shtabi a,zosi tomonidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” ijrosini amalga oshirish, yoshlarning aniqlangan muammolarini hal qilish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” yangilab borish masalalari ko'rib chiqildi.
Yoshlar muammolarini tizimli hal qilishda to‘sqinlik qiluvchi omillar va sabablarini tahlil qilish, amalga oshirilgan ishlar natijasi tizimli muammolarning yechimi bo‘yicha ma'ul xodimlarning takliflari tinglandi.