O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan Tilloeva Raxima Umarovnaning shukuronaligini targ'ib qilish borasida
Qorovulbozor tuman Tinchlik MFY Bekzod ko’chasida 17-xonadonda yashovchi , 1991-yilda Tojikiston Respublikasida tug’ilgan Tilloeva Raxima Umarovna 2020-yilda O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olgan. Fuqarolik pasportiga ega bo’lganidan so’ng oila qurib hozirda 2 nafar farzandning onasi, turmush o'rtog'i Qurilish firmasida usta duradgor lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Fuqaro Tilloeva Raxima Umarovna 2022-yilda Qorovulbozor tuman Madaniyat markazida musiqachi lavozimida ishlab faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U Chanqovus milliy cholg’u asbobida chalish usullarini juda yaxshi o’zlashtirgan bo’lib, ushbu cholg’u asbobini yoshlarimizga o’rgatish maqsadida to’garak ochib ta’lim berib kelmoqda.
Fuqaro Tilloeva Raxima Umarovnaning hayot yo’lidagi qiyinchilik va og’ir damlari, u O’zbekiston Respublikasi fuqariligiga erishganidan so’ng hayotidagi tub o’zgarishlar, ko’plab yutuqlarga erishib kelayotganligi, shukuronalik lahzalaridan, quvonch va shodliklari, ushbu baxtga erishgungacha boshidan kechirgan hayotiy sinovlaridan badiiy ifodalanishi sahna ko’rinishlarini tayyorlash maqsadida
Qorovulbozor tuman Neftni qayta ishlash zavodiga qarashli Teatr tomoshabinlar zalida hamda tuman markazida joylashgan Madaniyat markazining tomoshabinlar zalida ushbu “Vatanga yo‘l” badiiy sahna ko’rinishlarini chiqarilishi yuzasidan taklif va ko’rsatmalar berildi. Yaqin kunda “Vatanga yo‘l” badiiy sahna ko’rinishlari namoyish etiladi va qo’shimcha ma’lumot taqdim qilinadi.