December 15, 2025

2-sonli MMTda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 26-noyabrdagi “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi 443-um-son buyrug‘i hamda chora tadbirlar rejasining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Qorovulbozor tumani adliya bo’limi tomonidan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida huquqiy targ’ibot tadbirlari o’tkazildi.

7-8-bandlari ijrosi yuzasidan: Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilib, Bolalar zo‘ravonligini oldini olish, bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy bilimlarni oshirildi.

4-5-banlari ijrosi yuzasidan: Suhbat davomida Aksiya doirasida foydalanish uchun bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlari, kafolatlari va imtiyozlari, shuningdek, bolalar zo‘ravonligi, bolalar bullingi, uyushmagan yoshlar bilan ishlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlariga oid ma’lumotlar, Shuningdek, Bolalar va yoshlarning buzilgan huquqlarini tiklashga ko’maklash bo’yicha tushuntirishlar berildi.

Qorovulbozor tumani adliya bo’limi