May 15, 2025

“Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuni yuzasidan Qorovulbozor tuman «Bo‘ston» MFY raisi saylovi o‘tkazildi.

Saylov komissiyasi a'zolari tomonidan qonunchilikka binoan saylovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi hamda hududga oid dolzarb masalalar haqida soʻz olib borildi.

Mahallada 3 nafar nomzod oʻzlarining saylovoldi dasturlari va kelajakdagi rejalarini taqdim etdilar va saylov oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi tamoyillari asosida tashkil etildi.

Fuqarolar raislikka nomzodlarning ma’ruzasi va kelgusi faoliyat dasturi bilan tanishib, yashirin ovoz berish orqali oʻz saylov huquqlarini amalga oshirdilar, saylov natijalariga koʻra, Safarov Ilhom Xudoyberdi o‘g‘li “Navbahor” mahallasi raisi lavozimiga saylandi.

Qorovulbozor tuman adliya bo'limi