October 15, 2025

“Huquqshunoslik” fan olimpiadasi o'tkazildi

Qorovulbozor tuman adliya bo'limi tomonidan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasini o'tkazish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 5-avgustdagi 20-1459xdfu/4-son hamda 2025-yil 27-yanvardagi 03-PA 1-1285/5son topshiriqlariga muvofiq, adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan maktablar bilan ishlash, o‘quvchilarning huquqiy madaniyati va milliy vatanparvarligi darajasini oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

2025-yil 11-iyulda Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Adliya vazirligi tomonidan otaliqqa olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, “Huquqshunoslik” fan olimpiadasi Qorovulbozor tuman bosqichi joriy yilning 4-oktabr kuni o‘tkazildi.

8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqshunoslik” fan olimpiadasini tuman bosqichini yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlagan holda tanlov yakuni bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etilishi davom etadi.

Qorovulbozor tuman adliya bo'limi