February 17

Xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal etishga

Qorovulbozor adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashish, targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.

Qorovulbozor tuman MMTB ma'sul xodimlari o'rtasida ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlikga ruju qo'yganlar va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmogʻi borasida, ularning soni yoki moyilligi mavjud bo'lganlarga ma'sul xodim briktirilishi to'g'risida fikr almashildi.

Xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish va qonunchilikka rioya etilishi holatini o‘rganish maqsadida hududiy tegishli tashkilotlar hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari hamkorligida tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqarish yuzasidan tavsiya-ko'rsatmalar berildi.

Qorovulbozor tumani adliya bo'limi.