April 30, 2025
PQ-1-sonli qaror ijrosi yuzasidan. 5-bandi. Maktablarda dars mashg‘ulotlarini qoldirmaslik bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borildi.
Qorovulbozor tuman 4-sonli DUMda dars sifati samaradorligini oshirish va darslarni qoldirmaslik borasida huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam koʻrsatilishi borasida maktabning ma'sul xodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etilishi va “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilanganligi to’g’risida tushuntirishlar berildi
Maktabda kissavurlik, firibgarlik va boshqa jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik targ'ibot tadbirlarini muntazam ravishda o'tkazib borilishi belgilab berildi.