Adliya vazirining 2026-yil FEVRAL oyidagi NAZORAT–REJAsi ijrosi yuzasidan.
Qorovulbozor adliya bo'limi xodimlari tomonidan NAZORAT-REJAsining 5.1-bandi ijrosi yuzasidan, "Adliya kuni” va "Huquqiy targ‘ibot kuni” loyihalari doirasida olis hududlardagi mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashish, targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.
Qorovulbozor tuman "Imom Buxoriy" MFYda ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlikga ruju qo'yganlar va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmogʻi borasida, ularning soni yoki moyilligi mavjud bo'lganlarga ma'ul xodim briktirilishi to'g'risida MFY raisi bilan fikr almashildi.
Xotin-qizlarning huquqiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish va qonunchilikka rioya etilishi holatini o‘rganish maqsadida hududiy tegishli tashkilotlar hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari hamkorligida tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqarish yuzasidan tavsiya-ko'rsatmalar berildi.