“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligini o‘tkazish borasida
Qorovulbozor tuman adliya bo'limi tomonidan "Bo'zachi", "Jarqoq" va "Bo'ston" MFYlarida Fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni qo‘llanishini ta’minlash orqali ularning mulk huquqlarini to‘liq ta’minlash, ushbu sohada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida tadbirlar, sayyor qabullar tashkil qilindi.
Fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsada, unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan qolgan holatlarni aniqlab, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mulk huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan soliq imtiyozlarini qo‘llash hamda asossiz chiqarilgan soliqlarni bekor qilish choralarini ko‘rish borasida,
Auksion orqali realizatsiya qilingan, sotib olingan yer uchastkasidan vakolatli organlar aybi bilan foydalanish imkoniyati cheklangan taqdirda nizolarni sudga qadar hal etish hamda auksion g‘olibiga pul mablag‘larini qaytarish choralarini ko‘rish, fuqarolarga kadastr organlari tomonidan O‘RQ-937-son qonunga zid ravishda qo‘llanilgan ma’muriy jazo choralarini bekor qilishga ko‘maklashish borasida,
Fuqarolar tomonidan auksion savdolari orqali sotib olingan, biroq hokimliklarning qarzdorliklari bo‘yicha taqiqlar qo‘yilgan holatlarni aniqlab, taqiqlarni yechish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash borasida,
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan, biroq tegishli kompensatsiya mablag‘lari to‘lanmagan fuqarolarga ushbu to‘lovlarni amalga oshirilishida ko‘maklashish borasida,
Mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha chiqarilgan qarorlarda texnik xatolik natijasida mulkini davlat ro‘yxatidan o‘tkaza olmayotgan fuqarolarni huquqlarini tiklash maqsadida sudlarga yuridik faktlarni belgilash masalasida arizalar kiritish borasida,
Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan huquqiy targ‘ibot materiallari (buklet, flayer va boshqa) tayyorlanib, tarqatish, mahallalarda, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etish orqali fuqarolarning mavjud muammolari aniqlash borasida,
Mulk huquqlari buzilishi bilan bog‘liq tizimli muammolarini o‘rganish va tahlil qilish bilan bog'liq mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilib, aniqlangan muammolarni hamkor tashkilotlar bilan bartaraf etish choralari ko'rildi.