January 12, 2022

Bozatov tumanida yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish masalalari o‘rganildi

Malumki, 2021-yil 15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi g‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan berilgan vazifalar va Prezidentimizning topshirig‘iga asosan Oliy sud rahbariyati tomonidan yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi joylardagi mavjud muammolarni aniqlash, holatlarni batafsil o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oliy sud raisining 2021-yil 27-dekabrdagi 40-sonli farmoyishi qabul qilinib, unga ko‘ra, davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Oliy sud sudyalari va sud apparati xodimlari hamda ma’sul vazirlik va idoralar tomonidan biriktirilgan xodimlardan iborat tarkibda ishchi guruhi tuzilgan.

Ishchi guruhi zimmasiga masul vazirlik va idoralar bilan birgalikda joylarda yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolarni aniqlash, batafsil o‘rganish, natijalarini umumlashtirish hamda ularning qonuniy yechimlarini topish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sudlariga ham hududiy ishchi guruhlarini tashkil etish va farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham sudyalar hamda masul vazirlik va idoralarning xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhi tashkil etilgan.
Ishchi guruh a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlar aro mamuriy sudining sudyasi A.Saliev va masul idora vakillari bilan birgalikda Bo‘zatov tumanida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar joylashgan yerlarga borilib, haqiqiy holat o‘rganilib, aholidan ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha takliflar olindi.

A.Saliev,
Nukus tumanlar aro ma’muriy
sudining sudyasi