July 30, 2021

Ellikqal’a tumani aholisi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i Uzaqbay Jalelov Ellikqal’a va Turtkul tumanlariga borib, aholining kadastr sohasi bo’yicha O'zbekiston Respublikasi Prezident qabulxonasiga qilgan murojaatlari va ularning ijrosi bo’yicha o’rganish ishlarini olib bordi.

O’rganish davomida Ellikqal’a tumani tadbirkorlik bilan shug’illanish uchun Adilbek Sapaevning ko’rsatkan er maydoni er elektron vakolatli tashkilotlarga yuborilib, hozirgi kunda ijobiy xulosalar olingan va er maydoni elektron savdoga chiqish jarayonida ekanligi ma’lum bo’ldi.

Shuningdek tuman fuqarosi Bobojonov Atavullaning murojati bo'yicha filial xodimlari tomonidan qo'shimcha yordamchi xonalar qurilishini amalga oshirishi uchun er uchastkasining qonuniy chegaralari belgilab berildi.

O'z navbatida boshqarma boshlig'i va Davlat kadastrlari palatasi Elliqal'a tumani filali boshlig'i Ayitbay Atadjanovlar fuqarolar bilan uchirashib murojaatning hal etilishi bo'yicha fikrlarini tingladi.