July 30, 2021

To‘rtku‘l tumanida yashovchi fuqaro - yosh tadbirkorning “Xalq qabulxonasi”ga qilgan murojaati ijobiy hal qilindi

Ya’ni murojaatchi tumanda tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun o'zi ko'rsatgan yer maydonini “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga auksionga qo'yib berishni so'ragan edi.

Davlat kadastrlari palatasi To‘rtko‘l tumani filiali xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan yosh tadbirkor Razzakov Muzaffar tomonidan To‘rtko‘l tumani Guliston MFY hududidan ko'rsatgan yer maydoni “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotlarga yuborildi, hozirgi kunda ijobiy xulosalar olingan va yer maydoni “E-IJRO AUKSION” elektron savdosiga chiqish jarayonida.

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bohsqarmasi boshlig’i Uzaqbay Jalelov To‘rtko‘l tumaniga borib, kadastr sohasi bo’yicha aholining murojaatlari va ularning ijrosi bo’yicha o’rganish ishlarini olib bordi va tuman filiali xodimlariga aholi murojaatlari bilan ishlashda Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 23 iyul kuni "Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo'yicha" o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlarga muvofiq joylarda aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimi asosida ishni tashkil qilish bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berdi.