Happy birthday MyGirl
Seul mashhur Mehmonxonalaridan biri
Dam olish uchun doimiy keladigan mehmonxonasiga tashrif buyurgan yigit , bu safar mehmonxonani mashxur qilgan oʻsha lux basseyn maydoniga yoʻl oldi . İchkarilab borar ekan , hechkim yoʻq edi . Ammo yigit bunga etibor bermadi ham , shunchaki egnidagi halatni yechib uch boʻlakli basseynning qaysisiga tushishni oʻylardi . Koʻzlarini yumib sanarkan , oxiri tushgan uchinchi boʻlak tomon odimladi . Yurib borar ekan suv ichidagi tana sabab qoʻrqib ketdi . Kichik tana . Uning uzun sochlari suvda suzib yurar , oʻzi esa chuqurligi 3metrlik basseynning tubida edi . Yigit kelganiga 4-5 daqiqa boʻldi , u esa yigit kelganidan hozirgacha un yerdan chiqmadi
Yigit shu ondayoq oʻzini suvga otdi. Suzib qizning kichik tanasini yengil koʻtarib , suv yuziga olib chiqdi . Ammo birdan unga qarshi harakatlar qilayotgan qiz, yigitni gangitib qoʻydi . Asli uning harakatlari emas , uning goʻzalligi .
Suv ... Aytishlaricha Yer yuzi eng avvalo suvdan iborat boʻlgan . Alloh uni avval suv bilan keyin jon bilan siylagan . İnson tanasining 70% ham suvdan iboratligi rost . Xatto tugʻilishimizdan oldin , 9 onamiz qornida suvda bolamiz . 9 oy ...
Men 3 yoshimdayoq suzishni oʻrgangan ekanman . Balki bunga shular sababchidir . Yurishdan koʻra suzishni afzal koʻraman . Suvga tushgan onim har narsani unutaman va his qilaman .
Hozir ham suv tubida edim . Suv tagida uzoq qolish boʻyicha mashqlarimni davom ettirmoqdaman. Ammo qayerdandir kelib qolgan shaxs , meni koʻtarib suv yuziga olib chiqdi . Jin ursin 10 daqiqalik mashq bir tiyin boʻldi . Ahmoqmi bu ?
— siz ... Nimalar qilayapsiz ? Qoch !
U menga baqrayib turardi , belimdan ushlagan qoʻllarini siltab tashladim . U esa hali ham jim va qaragancha turardi . Asabiylasha boshladim , shart yuziga suv sepdim , battar boʻlsin
— men .. men sizga yordam kerak deb oʻylabman ?
— yordam ? Xudoyim ... Yordam kerak boʻlgan odam shunaqa oʻtiradimi ? Shuni anglay olmaydigan darajada ahmoqmisiz ?
— xonim ! Men senga yordam kerak deb oʻylabman dedim ! Muomalangni toʻgʻrla ! Va uzr soʻra !
—haah .. siz ... Sen ! Mening 10 daqiqalik mashqimni buzding, tinchimni buzding , nega uzr soʻray ?
— chunki toʻgʻri boʻlmagan muomala qilyapsan
— hech qachon! Hech qachon uzr soʻramayman ! Orzu ham qilma
Ikkisining oʻtkir nigohlari bir biriga bogʻliq turardi . Ammo yigit yuzida kichik jilmayish , asabiylikdan qizarib borayotgan qizdan farqi edi .
— uzr soʻraysan ... Bir kun albatta uzr soʻraysan , azizam . Ishonaver
— tushingni oqib turgan suvga ayt . Va ... men seni azizang emasman ! Ahmoq ...
Qiz suvdan chiqib kiyimini olgancha chiqa ketdi , albatta jim emas :
—ahmoq itbaliq ... Uzr soʻraysan deydiya ... aslida sen uzr soʻrashini kerak , aqldan ozgan telba .
—SAN .. ISMIM SAN - baqirdi yigit .
— eeee voʻl.. baribir itbaliqsan ... Ahmoq ... Sudga berish kerak sendeklarni
Qizning oʻziga oʻziz gapirib ketishini izidan kulgancha kuzatib qoldi , Yigit .
San , yana kular, uning harakatlari va soʻzlaridan kulgusi kelardi . Qizni oʻrnida boshqasi boʻlganda ikkisining suzish kiyimida ekanini oʻylab uyalgancha , qizarib ketardi . Ammo bu qiz ... U hatto buni oʻylmadi , shunchaki yigit bilan janjallashib , oxirida haqoratladi ham ...
— bari uchun javob berasan hali , qoʻgʻirchoq ...
Eshikni qattiq yopib kirgan qiz , kelganini bildirayotgandi . Asabiyligi tarqalmay divanga oʻtirarkan , opasi oshxonadan qoʻlini aytgancha chiqib keldi
— seni dilfinlar bilan birgalashib oʻqib ketding deb oʻylabman
— nima boʻlyapti ? - ichkaridan uyqusirab chiqib kelgan yana bir qiz , Ahyee - Karaylning dugonasi
— nega baqiryapsiz ? - yana biri , Riya-Amayaning dogonasi
Barcha yigʻilganini koʻrib hamma gapni aytdi qiz . Yana oxirida yigitni haqoratlab qoʻyarkan , opasi qoʻlidagi sochiq bilan bir urdi
— u senga yordam bermoqchi boʻlgan . Sen nega u bilan janjallashasan ?
— kimdir undan yordam soʻradimi ?
— qoʻshilaman - Ayhee , qoʻllarini koʻksiga bogʻlab, kuzatib oʻtirar ekan
— sen nimalar deyapsan ? - Karayl endi dugonasiga qarab
— nega darrov unga yopishadi . Tavbaaa , singlingni fikriga qoʻshilaman - Amayaga qarab kulib havodan oʻpich yoʻllarkan , shu top unga ham yetib kelgan zarba sabab choʻchib ketdi
— sen ... Sen kimni dugonasisan oʻzi Ahyee ? Unga aql oʻrgatib, oʻrnak bosh oʻrniga unga qoʻshilyapsan
— ertaga shu gap soʻzlar tarqalsa , OPAA deb emas OTAAA deb yigʻlaysan...
— Riya aytsangchi ? Sen ham bizga qoʻshilasanmi - Amaya qiz tomon qararkan , kulishib telefonda yozishayotgan qizni koʻrdi . Karayl endi rostakamiga portladi
— Xudo xaqqi unga gapirma ! U bu yerda yashamaydi.. sevgilisi bilan Marsga koʻchib ketgan U
Asabiy gapirayotgan Karayl soʻzlaridan oʻzini zoʻrgʻa tutib oʻtirishar , lablarini qattiq tishlasalarda boʻlmasdi . Riya nima boʻlgani tushunmay ularga qaradi
— hech , azizam ... Erga tegyapman shuni maslahatlashayapmiz ... Xudo haqqi ... Birorta ham sogʻ yoʻqa ? Biror ta ham sogʻ yoʻq ... Bittasi Marsdan, bittasi itbaliq deydi , bittasi oʻsha itbaliqni qoʻshilib qargʻaydi... Soʻgʻ odam yoʻq oʻzi bu yerda ... Xudo haqqi yoʻq sogʻ odam ... Aqldan ozaman .
Karayl asabiy oʻziga gapirib xonasiga kirib ketdi . U ketishi bilan kulib yubordi qizlar , Riyadan tashqari . U hali ham nima boʻlayotganini tushunmasdi ... Shu gap soʻzlar bilan tugagan kun ertasida nimalar boʻlishi noʼmalum edi ...
Ertangi kun.
Packlar qoʻrgʻoni. Bazm
Bugun Janob Pack Chongu uchun muhim boʻlgan kunlardan biri edi . Kompaniyasining 100 yillik marosimi . Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan bu kompaniya , yildan yilga yaxshilanar , rivojlanardi . Endilikda qoʻlidagi bu kompaniyani katta qiziga topshirishni ham reja qilayotganini aytganidan beri ichidagi hayajonini bosilmay ichimlik uchardi , Karayl . Yoniga kelib turgan singlisiga bir nazar tashlab oʻzini tinchlantirishga harakat qilardi .
— hayajonlanmang ... Ahir shusiz ham kompaniyani uch oydan beri oʻzingiz yurgʻizyapsiz
— ammo dadam yordamida ... Seningcha uddalay olamanmi ?
— albatta onaginam ... Siz albatta uddalaysiz - opasini quchib , yoqib tabassum bilan . Ammo bu tabassum qoʻrgʻon darvozasidan kirib kelayotgan kimsani koʻrishi bilan yoʻqoldi .
— nima ? - Endi Karayl ham oʻsha tomon qaradi
— ana qora kostyum shim kiygan ahmoq
Karayl yaxshilab nazar tashladi . U yerda singlisi tasvirlagan kabi kiyingan bir yigit , otasi va onasi ila kirib kelayotgan yigit... Uni koʻrib kulib yubordi
—sen ,Taemin amakini oʻgʻli Sanni aytyapsanmi ?
— men... bilmayman... U .. Taemin amakimni oʻgʻlimi?
— haa aynan oʻsha . Dadamning 40 yillik hamkorining oʻgʻli San Kim . Sen hatto u bilan bolalikdan birga oʻsgandan ...
— mayli ... Bazm davomida kim kimligini oʻzibg yaxshilab bilib olasan .. dadam chaqiryapti ketdim ...
Deyarli yarim soat qiz uchun asrlarga teng boʻldi . Burchak burchaklarda yashirinib yurar , oʻsha "itbaliq" oldidan chiqib qolmasligi uchun Xudoga duo qilardi ... Oxiri bularga chidolmay , ichkariga kirishni afzal koʻrib sekin zinalar tomon qadam bosdi . Qadam bosdi hamki , uzun etaklarini poshnasiz bilan bosib olganini bilmadi ... Ortiga qarab qularkan , koʻzlarini yumib, sharmandalik va ogʻriqlarga tayyorlanardi . Ammo .... boʻlmadi. Bellaridan yana bir bor ushlagan yirik qoʻllar sabab yiqilmadi.
Sekin koʻzlarini ocharkan, qahramonini koʻrmoqchi edi ... Lek ne koʻzlar bilan koʻrsinki , bu yana oʻsha "qahramon".
Qiz yigit qoʻllaridan yulqinib chiqarkan, uning bu harakatlari ham yigitni jilmayishga boshlardi . Yigitdan uch toʻrt qadam uzoqlashib , unga olaqarash qildi , Maya
— seni mendan qochayotganingni maroq bilan kuzatayotgandim , ammo yana doimgidek senga yordam kerak deb oʻylabman ... - yigit chiroyli jilmayib
— mayli - San kulib , qiz tomon yaqnlashdida, oyogʻidan chaldi , qiz yana yiqililar ekan , yigit qayta uning bellaridan ushlab qoldi , qiz esa uning qoʻllariga yopishdi
— oʻzing yordaming kerak emas dedingqu ... Qayta yiqitmoqchiman ...
Amayaning koʻzlarida oʻynayotgan gʻazab yaqqol koʻrinib turardi . San esa bundan shunchaki zav olardi
— kechagi harakatlaring uchun uzr soʻra - shivirladi
— hech qachon , hech qachon . Hayolingga ham keltirma !
— unda ogʻriqlarga tayyorlab - qoʻlini sekin qoʻyib yuboraman deganda
— bir biringizni tanidingizmi ? Uzoq yillardan soʻng koʻrishdingiz ahir ...
— ha ... Ha albatta amaki ... - yigit unga asabiy qarab turgan qizga qarab .. yuzida tabassum ila . Bu safar tabassumda ixtexzo , kesatiq hech biri yoʻq edi .. samimiylik bor edi xolos ...
Bir haftadan soʻng .
Tungi club .
Bir hafta oldingi voqealarni tamoman unutgan qiz , dugonasining qistovi bilan birinchi bor bu yerga keldi . Unga hush kelmagan bu yoqimsiz atmasfera joniga tegib ketishga chogʻlandi . Ammo uni olib kelgan Riya yigiti bilan oʻzi ketib uni yolgʻiz qoldirdi . Qayta qayta uni soʻkib tashqariga chiqqan qiz , toʻyib nafas oldi .
— seni bu qiligʻingni aslo kechirmayman Riyaginam !
Kelishda Riyaning mashinasida kelgandi , shu sabab xoriz mashinasiz yurib borarkan , bu uchun Riyani yana bir bor soʻkdi. Atrof qorongʻu . Club shaharning biroz chekkasida joylashgani sabab mashinalar qatnovi kam , biri xam piyonista axmoqlar . Boshida asabiylik va Riyani soʻkishlar bilan bilinmagan qoʻrquv endi sezila boshladi . Telefoni ham oʻchiib qolgan . Taksi chaqirolmaydi . Shaxar qatnovigacha yurib borishga majbur .
Qizning yolgʻiz ketayotganini koʻrganlar signal chalar , bazıları sekin yurib unga gap otardi . Amaya uchun begona boʻlgan bunday holatlar , uni qoʻrquvini yanada oshirardi . Va yana oʻshandaylarning biri keldi
— azizam , nega yolgʻiz yuribsan ? Yur seni oʻzimiz bilan olib ketamiz
— qanchalar yaxshi - kuldilar .
Bittasi mashinadan tushib qiz ortidan yurdi ..
Amaya rosmana qaltiray boshladi . Qoʻrqqanidan yugurar , ortidagilar hali ham izidan qolmagandi . Qiz oxiri jonjaxti bilan yugura boshladi , ammo unga yetib olgan yigit qiz sochlaridan tortib toʻgʻri mashina ustiga itardi
—oxx qushchamiz sayrashni bilarkan
— qoʻyib yubor - bu safar harakatlanib , oyoqlari bilan oʻsha yigitning nozik joyiga tepib qochdi .
Yugurar , bukchayib qolgan yigitning doʻstlari esa unibg ortidan kelardi . Qiz shu top oldidan kelayotgan mashina qarshisiga oʻzini otdi . Yillar , koʻzyoshlari yuzini yuvardi .
Ne koʻz bilan koʻrsinki , yana oʻsha "qahramon". U tezlikda mashinadan tushib , qiz tomon otildi . Bu safar Amaya asabiylashmadi , u tomon oʻzini otdi
— ey manjalaqi .. bu yerga kell
— meni qutqar ... Yolvoraman - San unga tikilib qoldi . Sochlari toʻzgʻigan , koʻzlari yosh . Bu qizning bu ahvoli uning ichidagi mahluqni uygʻotdi . Haaa ... Uygʻotdi
— ey yigit uni bizga ber - baqirdi biri .
San Amayaning yuziga tushgan sochlarini olib , yuzini siladi . Sekin uni mashinasiga suyab , qimirlamasligini aytdi va oʻahalar tomon qadam bosdi
— qiz bolaga qoʻl koʻtaradigan darajada hezalak ekansan , menga bunday hayqirma !
—sen ...it... Oʻldiraman ... OʻLDIRAMANNN , QANDAY HADDIBG SIGʻDI ... QANDAY HADDING SIGʻDI ... KOMSAN SEN AA KIMSANN ... OʻLDIRAM SENI OʻLDIRAMANNN
Gʻazab bilan baqirar , allaqachon oʻlaksa qilib kaltaklangan bu yigitlar , zira nafas olishardi . Ammo San toʻxtamas . Mushtlari kuchlilashar , sekinlashmasdi . Hali ham tilab turgan qiz uni qoʻli oʻnga botishini oʻtlab Sanni toʻxtatishga otlandi
— San .. yetarli .. oʻlib qoladi
— oʻlsin ... oʻlsin ... Oʻlib ketsin ...
Qizning yigʻi ovozi sabab urishdan toʻxtadi . Chuqur chuqur nafas olar , peshonasidagi sochlarini qoʻli bilan toʻgʻraladi . Boshqasi esa uravergandan qonab ketgandi . Bunga etibor bermay Amaya yoniga bordi ..
— ahvoling yaxshimi ? - San , qiz bosh irgʻidi
Mashina ichida sukut . Ikkisi ham bir soʻz demasdi . Ammo bu tinchlikni qiz buzdi
— bu yerda ekanligimni qayerdan bilding ?
— nega ? - Amaya . Bu savolga yigit kuldi .
— shu desangiz , sizga yana yordam kerak debmanda . Balki bu safar xam adashibmanmi ?
— Maya qara .. senga bu yerda ,clubda nima bor ? AAA ? NIMA BOR ? men daqiqalarga kech qolsam nima boʻlardi oʻylayapsan mi ? AA ? Oʻylayapsanmi ? ... Men oʻylay olmayapman . Miyam bu narsalarni oʻylaguncha qonim qaynab ketyapti , aqldan ozayapman ... Hatto oʻylashga ham qurbim yetmayapti ... .
Mashinani chetga olib ichidagi barini sochdi yigit . Qoʻllari butun tanasi qaltirardi . Gʻazablanayotgandi . Ich ichidan oʻsha ifloslarga boʻlgan gʻazab , yana ortiga qaytib ularni oʻldir derdi . Qiz esa jim , koʻzyoshlarini koʻrsatmasdi . Shu top yigit qolidagi yaralarga koʻzi tushib qoʻrqib ketdi . Qoʻlidagi terilari deyarli yoʻq ... Musht tushirgan joylaridan qon oqib turardi .
— qonayapti ahir , shifokorga borish kerak
— unda mashina dori qutisini ber , hech boʻlmasa oʻzim boʻgʻlay.
Qiz sekin va ehtiyotkor harakat qilar , iloji boricha yigit jonini ogʻritmaslikni oʻylardi . Ammo yaraga bilmasdan tekkazilgan spirt sabab ogʻriq juda qattiq edi
— uzr soʻrayman , kechir... Pufff pufff
Amaya shu soʻzlarni aytib yaraga puflay ketdi . Yigit esa qotib turardi ..
— nima ? - San xato eshitdimmi deya
— ming bor uzr soʻrayman , qattiq ogʻridimi ? - Amaya , kuyunchaklik ila
Yigitning bu soʻzlaridan keyingina Maya ham jimib qoldi . Sekin nigohlarini yigitniko bilan birlashtirdi
— demak yo biz oʻldik , yoki uxlayapman — Sanning gapi ikkisini ham kulishga majbur qildi . Amaya ham kularkan , yigit uning lablaridagi oʻsha kulguga , balki lablariga tikilgancha qoldi . Ammo ...Hozir bu lablar uniki emasligini oʻyladi , endilikda maqsad ularni egallash