CASTIGO
5 yil deganda magistraturani bitirib ona yurtiga qaytayotgan qiz, negadir xursand emasdi. Bunga sabab otasi ozlariga oxshagan zodagon oiladan bolgan yigitga turmushga bermoqchi. U esa ozini tayyor emas va hayotning yangi qirralari korib ulgurmagan deb hisoblardi...
Koreya aeraportiga kelib qongan samalyot eshiklari lang ochilishi bilan Sarang tashqariga chiqdi. Yurtining salqin havosi uzun sochlarini yelpib, biroz bolsa ham muammolarini yengillashtiradigandek tuyuldi.
Aeroport tashqarisiga chiqib ,taksida ketamanmi deb xursand bolgan on doimgidek tashqarida uni kutib turgan qoʻriqchisini koʻrdi , yuzidagi mamnunlik norozilikka aylanarkan , u tomon yurib bordi .
-Ozim ham ketardimku nega keldingiz. Darrov xabar berishdimi deyman??
-Bu mening vazifam Sarang xonim. Amerikadan endigina kelgan boʻlsangiz , darrov bezib qoldingizmi mendan??
-Uff amaki , xonim deyishni bas qiling! Necha bora aytganmana. Oʼzimni qafasdagi qushdek his qilaman bubday muomalalarda. Bekor keldim ozi!
Otasidan yoshroq bolsada, Sarangdan katta bolgan sodiq qoriqchi , qizning gaplaridan boshini chayqab kuldida mashina eshigini ochib berdi. Sarang xorsingancha mashinaga oʻtirarkan , yuzidagi sovuqqonlik bilan ichidagi gʻashlikni yashirishga urinardi , hayollarida ""uyda uni nimalar kutayotganini" oʻylardi .
Qasrdek korinadigan hashamatli uy yonida toʼxtagan mashina eshiklari ochildi. Sarang mashinadan tushib ichkariga kirara ekan , uni quchoq ochib kutib olgan otasini koʻrdi. Baxtdan quvongan qiz otasi tomon yugurar , nihoyat 5 yil deganda korishishgandi. Ammo shu dam orqadan eshitilgan qarsak va kulgu ovozlaridan sergak tortgan Sarang burildi.
Bolaligidan shu bolaga turmushga chiqasan deb uqtirishgan turqi sovuq qarindoshi va uning oilasi soxta jilmayish bilan Sarangni kutib olishdi.
— Qizim , qara hammamiz seni kutgandik. Uyingga xush kelibsan. Endi bolajak ering bilan bemalol suxbatlashishing mumkin.
— Nima ? Bu turqi sovuq arzanda bilan gaplashadigan gapim yoq! Kechki ovqatga taklif qilganingiz nimasi!
Bunday hurmatsizlikni kutmagan yigitning ota-onasi hayratdan muzlab qolishdi. Lekin yigit tishini-tishiga bosib Yeonjiga tahdidli nigoh bilan qarab turardi...
— Qizim! — dedi otasi , sovuq ohang ila.
— Dada! — Sarang ham qattiq gapirarkan, lekin yuragi allaqachon gupillab ura boshlagan edi.
Otasi unga yaqinlashib, past ovozda, ammo tahdid aralash dedi:
— Bu qanday hurmatsizlik? Mehmonlar bor, o‘zingni tut!
Sarangning lablari titradi, ammo u jilmayishga majbur bo‘ldi:
— Hurmatmi? Siz bu so‘zni shunchalik ko‘p ishlatasizki, ma’nosi allaqachon yo‘qolgan, dada.
— Yetar! — dedi otasi, tovushini balandlatib. — Ular bizning do‘stlarimiz, hamkorlarimiz!
— Shunaqami? Demak, men hamkorlik shartnomasining bir bandiman-da?
Bu safar gʻazabi eng choʻqqisiga chiqdi. Otasi bir qadam oldinga yurishi bilan qiz tanasi beixtiyor orqaga tortildi — xuddi bolaligida otasining qahrli qadam tovushlarini eshitgandek.
Yuragi qisildi, qo‘llari muzlab ketdi, eski xotiralar... ularni bir zumda yod oldi. Lekin endi u kaltak yeydigan yosh qizcha emasdi. Ozini eplay oladigan ayolga aylangandi. Otasiga qiyo ham boqmay uydan bosh olib chiqib ketdi.
-Hoseok ortidan bor. Sarangning hurmatsizligiga etibor berma oglim. Ozi qaysar qiz, lekin qolingga orgatib olsang yuvosh mushukchadan farqi qolmaydi. Yaxshisi ortidan bor.
Hoseok hisob-kitobli nigohda Sarang chiqib ketgan eshikga qaradida bosh irgagancha ornidan turdi.
Bu orada qiz qoʻrgʻon tashqarisida turgan mashinalardan biriga otirib, qoriqchisining ogohlantirishlariga qaramay bor tezlikda haydab , uyining keng darvozasidan chiqib ketdi.
Alamidan nima qilishini bilmayotgan qiz mashinani tezlikda haydab shahar kochalarida izgib yurardi . Bolalikdagi xotiralar , otasininh hozirgi soʻzlari va harakatlari qiz miyasida aylanardi . Ammo shu payt , orqasidan ergashib kelayotgan qora mashinani payqagach ichida sokindi.
-Lanati* . Shoshmay tur taziringni beraman hali seni.
Sarang pichirlagancha mashinasini istagan koziga koringan tungi bar oldida toʻxtatib , ichiga kirib ketdi. Orqasidan kelayotgan Hoseok ham gʻazab bilan mashinadan tushib , uning ortidan kirdi .
Ichkariga kirgan qiz yuragi gursillab urar , otasi qarorini oʻzgartirish , ortidagi "yoqimszlik " dan qutulish uchun har ishga tayyor edi . Qayerdan bolsa ham kelishkanroq, didiga mos yigit topa olmay xafsalasi pir bolayotgan on, bar stolini tozalayotgan yigitni korib ayyorona jilmaydi. Oldinga qatiy yurib borar ekan , ortiga bir nazar tashlab , yigitning boynidan tortib oʻziga yaqinlashtirdi Sarang, quloqlariga iltijoli soʻzlarkan, aktrisalardek rolga kirdi.
-Men bilan ikki daqiqa sevishganlar rolini oʼyna . Ogzingga siqqunicha pulingni beraman...!