June 14

𝐐𝐎'𝐑𝐆'𝐎𝐍 |


6-qism

Tong hali to‘liq yorishmagan edi. Ufqning chekkasida asta-sekin qizg‘ish nur paydo bo‘lib, tun zulmatini siqib chiqarayotgan edi. Daraxtlar orasidan esayotgan sovuq shamol Haeunning yuzlariga urilar, sochlarini ortga savurar edi. Lexor esa to‘xtamasdi. Go‘yo egasining habarini tezroq yetkazmoqchi boʻlgandek, qora tulpor shiddat bilan oldinga intilar edi. Uning tuyoqlari yerga urilgan sayin atrofdagi sokinlik buzilib, yana ortda qolardi. Haeun jilovga mahkam yopishib olgan. U umrida ot minmagan emas, ammo bunchlik shiddat...

Ko‘zlaridan yosh chiqayotgandi. Shamoldanmi yoki qo‘rquvdanmi — o‘zi ham bilmasdi. Miyasida esa faqat bir manzara aylanardi. Jungkook. Uning soqchilar tomon yurib borayotgani.
— Faqat Qo‘rg‘ongacha yetib ol...
Yigitning oxirgi so‘zlari yana quloqlarida jarangladi.
— Nega?.. — pichirladi Haeun.
Nega u bunday qildi? Nega o‘zini xavfga tashladi? Nega meni qutqardi?Ko‘zlaridan bir tomchi yosh sirg‘alib tushdi. U Jungkookni deyarli tanimasdi. Bir kun... Yo‘q, hatto bir kun ham emas. Ammo shu qisqa vaqt ichida u qizning butun hayotini ostin-ustun qilib yuborgandi.

Lexor birdan toʻxtab kishnadi va yoʻlida yana davom etdi. Haeun sekin boshini ko‘tarib qaradi. Uzoqda... Ufq ortida ulkan devorlar ko‘rina boshlagandi. Tong nurlari ostida qad rostlagan bahaybat devorlar. Qo‘rg‘on. Haeun beixtiyor nafasini ichiga yutdi. Bu yerni bolaligidan eshitib ulg‘aygan.
"Yovvoyilar yurti."
"Shafqatsiz jangchilar makoni."
"Dushmanlar maskani."
Ammo hozir... OʻUni aynan o‘sha yovvoyi deb atalgan inson qutqargan edi. Lexor yanada tezlashdi. Qo‘rg‘on darvozalari tobora yaqinlashib borar ekan, Haeunning yuragi ham tez urishni boshladi. U qayerga ketayotganini bilardi. Ammo uni u yerda nima kutayotganini mutlaqo bilmasdi...

Tong nurlari devorlar ustiga tushib ulgurgan edi. Qo‘rg‘on darvozasi tepasida navbatchilik qilayotgan soqchilardan biri uzoq ufqqa tikilib turar ekan, birdan ko‘zlarini qisdi.
— Hoy... - Yonidagi soqchi unga qaradi.
— Nima bo‘ldi?
— U yerga qara.
Uzoqdan bir ot shiddat bilan yaqinlashib kelardi. Soqchi devor chetiga yaqinroq bordi.
— Chavandozmi?
— Yo‘q... - U yana tikildi.
— Bu... - Bir necha soniyadan keyin uning ko‘zlari kattalashib ketdi.
— Lexor!
Yonidagi soqchi ham darhol hushyor tortdi.
— Nima deding?
— Lexor!
Bu safar ikkalasi ham devor ustidan oldinga egilib qarashardi. Qora tulporni tanimaslikning iloji yo‘q edi. Butun Qo‘rg‘onda bunday asl qora bayr ot bitta edi. Jungkookning oti.


— Darvozani oching!
— Tez!

Pastdagi soqchilar ham shovqindan uyg‘onib ketishdi. Ammo ot yaqinlashgani sari ularning yuzidagi hayrat kuchayib borardi. Chunki Lexorning ustidagi odam... Jungkook emas edi.
— Bu nima degani?
— Otni bir ayol minib kelyapti!
— Jungkook qani?
Darvoza ochilishi bilan Lexor ichkariga otilib kirdi. Bir necha soqchi darhol jilovidan ushladi. Ot esa g‘azab bilan kishnab, boshini siltalardi. Go‘yo egasi haqida soʻzlayotgandek. Haeun zo‘rg‘a egardan tushdi. Tun bo‘yi yo‘l bosgani sabab oyoqlari qaltirardi. Atrof esa allaqachon odamlar bilan to‘la boshlagandi.
— Kim bu?
— Qirollik kiyimlari...
— Saroy xizmatkoriga o‘xshaydi.
— Jungkook qani?

Savollar ketma-ket yog‘ila boshladi.Haeun esa nima deyishini bilmay atrofga qaradi. Shu payt olomon orasidan tanish ovoz eshitildi.
— Lexor?! - Suno yugurib kelib, otning yoniga cho‘kdi.
— Og‘ayni... - U otning bo‘ynini siladi. Keyin birdan Haeunga qaradi - Jungkook qani?
Qiz jim qoldi. Ichida nimadir siqildi. Atrofdagi soqchilar ham birdan sukutga cho‘mishdi. Suno esa javobni allaqachon sezgandek oqarib ketgan edi.
— Yo‘q... Yo‘q... - U boshini chayqadi -  U qo‘lga tushdimi?

Haeunning sekin bosh irg‘ashi bilan atrofdagi sukunat yanada og‘irlashdi. Suno bir qadam ortga chekindi.

— Jin ursin...
Suno nafasi ichida tushin ketdi. Soqchilar esa bir-birlariga qarashdi. Chunki ular juda yaxshi bilishardi... Bu juda jiddiy masala. Gap katta bir davlatning shaxzodasi boʻlmish Jungkook qo‘lga tushgani va bu davlat egalarining g‘azabi butun Qo‘rg‘onni balki tashqi 4 qirollikni ham larzaga solishi mumkinligi belgisi edi.

Shu payt darvoza ustidagi soqchilardan biri shoshilib ichkariga yugurdi.
— Raisga xabar bering!
— Janob Jiminni ham chaqiring!

---

Qo‘rg‘on markazidagi hovlida Namjoon hali ham qo‘lidagi xatni ushlab turardi. Undagi satrlar boyadan beri uning asablarini kemirayotgan edi. Birdan tashqaridan yugurib kelgan soqchi tizzaladi.
— Rais!
— Nima bo‘ldi?
— Lexor qaytdi!
— Jungkook qaytdimi? - Namjoonning qoshlari chimirildi.
— Yo‘q, Rais.
— Ot ustida... ot ustida bir qiz bor.
— Nima?-Jiminning yuzi o‘zgarib ketdi.
— Qiz Jungkook qo‘lga tushganini aytyapti.

Bir soniya... Faqat bir soniya davom etgan sukut. Keyingi lahzada Namjoon o‘rnidan turib bo‘lgandi. Qo‘lidagi xat g‘ijimlanib ketdi.
— Darvozaga.
Jimin ham ortidan yurdi. Ularning ortidan bir necha soqchi yugurdi.

---

Darvoza oldida yig‘ilgan odamlar Rais kelayotganini ko‘rib ikki tomonga ochilishdi. Haeun hali ham Lexor yonida turardi. Yuzlari oqarib ketgan. Qo‘llari titrardi. Shu payt odamlar orasidan chiqib kelayotgan ikki erkakni ko‘rdi. Ulardan biri baland bo‘yli, salobatli. Nigohi sovuq.

Ikkinchisi esa g‘azabini yashirishga ham urinmayotgandi.
Namjoon.
Jimin.
Ularni birini u oʻrmonda koʻrgandi xotirladi qiz. Jimin... U  Haeun yoniga kelishi bilan savol berdi.
— Qani u?
Haeun bir lahza javob topolmadi.
— Men...
— Jungkook qani? - Bu safar uning ovozi balandroq chiqdi. Namjoon esa jim turardi. Ammo aynan uning sukunati qo‘rqinchliroqdir balki. Haeun chuqur nafas oldi.
— U meni qochirib yubordi va... vs oʻzi qoldi.
— Nega? - Jimin jag‘ini qattiq qisdi.

— Soqchilar... Ular kelayotgan edi... Men ... Meni xalq dushmani .. ha shundya deyishdi .. men hechnarsa qilmadim... U ... u meni Lexorga mindirdi.. Keyin... -qizning ko‘zlariga yosh keldi- Keyin u ortga qaytdi.

Atrof yana jimib qoldi. Namjoon birinchi marta gapirdi.
— Qaysi qirollik?
— Sharqiy... sharqiy saroy...

Namjoonning nigohi bir lahza qorayib ketdi. Jimin esa mushtini qattiq tugdi.

— Men o‘sha tentakka aytgandim... Bir kun boshimizga balo boʻladi deb.. - chegaradan oʻtib otda sayr qilishni nazarda tutib. Ammo ovozidagi g‘azab ortida xavotir ham bor edi. Namjoon esa Haeunga yaqinlashdi.
— Isming?
— Ha..Haeun, Janob
— Jungkook seni aynan o‘sha saroydan olib chiqib yubordimi?
— Ha.
— O‘zi qolishni tanladimi?

Qiz yana bosh irg‘adi. Namjoon ko‘zlarini yumdi. Bir necha soniya sukut saqladi. U ukasini juda yaxshi bilardi. Jungkook hech qachon taslim bo‘lmaydi. Demak... U qizni qutqarishni o‘zidan ustun qo‘ygan. Bu esa vaziyat o‘ylagandan ham jiddiyroq ekanini anglatardi. Shu payt Lexor bezovta kishnadi. Namjoon otga qaradi. Keyin qo‘lidagi g‘ijimlangan xatga. So‘ng sekin, ammo hammani muzlatib yuboradigan ohangda gapirdi:
— Jimin.
— Ha, Rais?
— Qo‘mondonlarni yig‘.
— Rais?.. yurish qilamizmi?- Jimin bir lahza qotib qoldi.
— Yoʻq, men avvalo tinchlik bilan saroyga kirib boraman. Qanday chiqishimni ular hal qilsin, mayli...

Hovlida turganlarning hammasi jimib qoldi. Chunki ular Namjoonning bu ohangini yaxshi bilishardi. Jimin va Namjoon nigohlari... Ular bir birini soʻzsiz tushunayotgandek. Va ular ichida faqat bitta fikr bor edi. Jungkookni qaytarib olib kelish.