June 25

Castigo-


7-qism

Ishini* tugatib yotoqdan turgan yigit, unga hali ham och nigohlar bilan qarab turgan qizni yolgʻiz qoldirib toʻgʻri yuvinish xonasiga kirib ketdi. Tahminan 10 daqiqadna soʻng chiqarkan, hali ham u qanday qoldirgan bplsa shu ahvolida oʻtrgan qizg abir nigoh tashlab kiyina boshladi. Qiz choyshabni ustiga bogʻlab sekinlik bilan yotoqdan turdi. Shahvoniy qadamlar bilan yigit ortiga borib uni quchdi. Va shu onning oʻzida yigit qoʻllarini siltab tashladi va kutilmagan bu harakatlar sabab qiz polga oʻtirib qoldi. Seunghun qizga jirkanib qaradi

— m..mmen shunchaki.. yana qachon koʻrishamiz demoqchi edim.. - qiz,  qoʻrqibgina Seunghunga qarar ekan,  yigit nigohlaridan choyshabni qayta ustiga ildi.

— nima? - Seunghunning masxarali kulishi, qizda hijolat uygʻotdi.

— ahir men sizniki boʻldim. Sizga oʻzimni topshirdim! - qiz, taʼna ila.

Shu top Seunghun oʻsha jirkangan nigoh va masxarali jilmayish ila qiz yoniga choʻkkaladi.

— aytganingdek! Sen oʻzing ixtiyoringni topshirding! Bu qiziqarli boʻlmagan boʻlsada, yoqimli edi. - Seunghun, sekin qiz yuziga tushgan sochlarga teginib.

— yaʼni? - qiz allaqachon yuragi sezgandek , koʻzlari yoshlana boshlagandi

— yaʼni, men quruq boʻlsin yoki nam, salfetkani bir marta ishlataman. Burnimni artaman-u uloqtiraman. Va sen oʻshalardan birisan. Nafsi  har koʻyga soladiganlardan.

— bunday qilolmaysiz - qiz gʻazab ila

— ha qilolmasdim. Buni sen, oʻzing qilding.

Seunghun oʻrnidan turdida, shkaf yonidagi tortma ustiga choʻntagidan pul chiqraib qoʻydi va ketdi. Uning ortidan baqirib, yigʻlab qolgan qizga nisbatan hechnima his qilmagan holda. Na afsus, na achinish.

Mehmonxona binosidan chiqqan yigit, allaqachon darvoza oldida keltirilgan mashinasi tomon yoʻnaldi. Mashinaga minish barobaridan , unga eshik ochib turgan ishchi oldida toʻxtadi. Unga sinchiklab qaradi va choʻntagida qancha pul boʻlsa, qoʻliga tutqazdi.

— qizingga bugun sovgʻa olib bor.

Seunghun ishchi qoʻliga taqqan qoʻlqobi ichidan koʻrinib qolgan kichkina qizchalar taqadigan mumchoqga ishora qilib. Va mashinaga mindiyu ketdi. Ishchi buni  ertalab  qizi majburan taqtirib yuborganini esladi. Ketayotgan mashinadagi insonga minnatdorchilik sifatida ikki buklanib turarkan koʻzlariga yosh kelgandi.

Bugun qizi bu munchoqni taqishini soʻrab harhasha qilgan, ammo, ota ishiga kech qolayotgani uchni asabiy qiziga qattiqroq gapirib xafa qilib qoʻygandi. Ammo munchoqni choʻntagiga solib oladi va  ishga kelib biroz asabiylashgach, afsus ila uni taqib olgandi.

Pov* muallif

Hechqachon qilgan ishingizdan yoki boʻlgan voqealardan afusulanmang! Chunki, avvalo foydasiz! Siz afsuslanasiz, ha , ammo bu afsus hechqachon hechnimani oʻzgartirmaydi. Shunchaki , har biri yaxshilikka. Va Xudo sizga bu noxushlikdan soʻng, albatta, ikki karra yaxshilik va baxt tayyorlab qoʻygan boʻladi. Bunga ishonish kerak holos.

_

Packlar qoʻrgʻoni doimgi hashamti ila qad roslab turarkan, darvozalar kelayotgan mashinaga ochilayapti. Seunghun mashinani sokinlik ila boshqarib kelarkan, u uchun ochilayotgan eshiklardan qoʻrgʻonga kirayotgandi. Va shu tob boshqa bir mashinani koʻrib birdan tormizni bosdi, har ikkisi.

Butun koʻchani tormozning chiyillagan ovozi egalladi.

— AQLSAN OZDINGMI? - Seunghun gʻazab ila, sal qolsa qarshisidagi mashina bilan avto halokat boʻlishi mumkin edi ahir...

— aslida sening koʻzlaring qayoqda edi - Sarang .. bu Sarangning nashinasi edi. U ham ukasi kabi oynani tushirib unga gapirdi.

— yo Xudoyim... Menga sabr ber - yigit qoʻllarini yuziga qoʻyib, pichirladi

— menga yoʻl  bermaysanmi? - yana qarama qarshi tomondan qizning nozik ovozi eshitildi. Seunghun hali ham oʻsha ahvolda oʻtirardi. Sarang  buni sezmagan boʻlsada, Seunghunning qoʻllari biroz qaltirar, bu halokat rostan boʻlganda nimalar boʻlishi mumkinligi haqidagi qoʻrquv sabab yuragi tez urardi.

— Kichik Pack! Endi kar ham boʻldingmi? - Sarang kulib, uning bugun kayfiyati yaxshi edi.

Seunghun qoʻllarini olib , opasi tomon qaradi. Undan nigohini uzmagan holda mashinani qayta ishga tushurib sekin orqaga ola boshladi. Opasiga huddi malikalarga qilinadigan harakat kabi "marhamat" deyarkan, undan mamnun qiz qoʻrgʻon ichiga kirib ketdi. Mashinasini joylashtirdida, telefon va sumkasini olib mashinadan tushdi. Uning ortidan kirgan avtomobildagi Seunghun, qanchadir soniya mashina ichida oʻtrdi.

Chuqur nafas olib eshikni ochida mashinadan tushdi. Eshikni yopib sal narida turgan qorovulga kalitni otdi. Qoʻllarini choʻntagiga solib sekin qadamlar bilan oldimlay boshladi. Sarangga hatto qayrilib qaramadi yigit, va bunga faqat kulib qoʻygan qiz unga sherik boʻlib oldi.

— dadam menimcha hali kelmagan - qiz atrofga qarab , uning yorqin tabassumi hech soʻnmasdi -  bugungi kunim yomon boshlandi , ammo yaxshi tugayapti... Shunaqangi hursandmanki~ hatto tasavvur qilolmaysan

Uning tinmay gapirishiga sukut ila javob berardi, Seunghun. U tez tez yurib uyga kirib ketmas , lekin eʼtiborsiz nigohlarini saqlab turardi. Gʻalati...

Sarang bu 10 yilni unutgan kabi harakat qilardi shu on. Hechnarsa boʻlmagandek, har biri doim yaxshi va gardsiz boʻlgandek... Barchasi unutilgan kabi. Seunghun bir on uning yorqin tabassumiga qaradi, soʻng harakatlariga va soʻng oʻziga. Nima qilyapti? 10 yil, u faqat nafratni his qilgan odam yonida, hatto unga nimadir boʻlsa, har narsani yoqib yuborishga tayyor holda ekani... Gʻalati.

— nega gapirmaysan ? Ogʻzingga qatiq solib olganmisan?- qiz burnini jiyirib, ammo Seunghun yana sukut saqlardi - boyagi mashinadagi koʻngilsizlik uchun boʻlsa, xafa boʻlma Men senga biror narsa boʻlishiga yoʻl qoʻymayman!

Seunghun shu on Sarangga qarab qoldi. Bu soʻzlar maʼnosiga qarangga...

— ha aytgancha senga aytadigan gapim bor. Men bugun... - qiz tezda yurib ukasi qarshisiga oʻtib olib toʻxtatdi. Seunghun ham horgʻinlik ila koʻzlarini yumib ochdi. Unga gapirib turishni ham ep koʻrib shunchaki sukut saqlab, tinglashga tayyor edi. Sarang unga bugun nimalar boʻlganini aytishga hozirlik koʻrgan oni...

— bu nima? - Sarang

Seunghun u nega jim bolib qolganiga qanday ajablangan boʻlsa bu savoliga ham shunday reaksiya bildirdi. Sarang sekin qoʻlini uning boʻyniga olib borar ekan , Seunghun qoʻrqqandek ortga biroz siljidi. Koʻzlari kattalashib ketayotgandi.

— toʻxta! Bu nima-a? Yaramas!?

Sarang uning koʻylagi yoqasini ham tushurib qararkan koʻzlari ham kattalashib ketgandi. Seunghunning borgan sari negadir yuragi ortga tortib ketardi. Bang... Jin ursin* bu oʻsha qiz*... Seunghun asabiy koʻzini yumib, peshonasini qashladi.. ham hijolat, ham asabiylik sabab nafas olishi biroz qiyinlashgandi. Usiz ham yaxshilab taqilmagan va qiyshayib yotgan galstuguni yanada kengaytrdi. Bir ikki qadam ortga ,  qarshisida "devorcha" ga oʻxshab turgan Sarangdan uzoqroqqa qadam tashladi.

— nima demoqchi eding? Gapingni ayt yoki yoʻlimdan qoch!

— sevgan qizing bormi?

— nima ? - Seunghunning yuzi burishib ketdi

— bu gʻijimlanib ketgan basharangga qaraganda yoʻq. Bu men oʻylagan narsadanmi* unda? - qiz qoʻlini yanada kengroq ochib, huddiki bu uni toʻxtata oladigandek. Seunghun unga jinniga qaragandek tikilib turardi.

— yoʻlimdan qoch-ey. CHETGA OʻT! - Seunghun oldini ikki qoʻli bilan toʻsib turgan qizga oʻshqirib. Sarang ham hech ketishiga yoʻl qoʻymasdi

— agar kasallik orttirib olsang, dardingga davo yoʻqligini bilasanmi?  - Sarang asabiy, Seunghun  shart toʻxtab opasi tomon egildi. Qarshisidagi bu "gnom" asabini oʻynayotgandi.

— menga burnimni tagiga kelib olib , oʻz opaligingni koʻtsatma, azizam! Bu hechnarsani oʻzgartirmasligini bilasan-ku, toʻgʻrimi?

Ukasi soʻzlaridan Sarangning yuragi ogʻrigan  boʻlsa-da, buni bildirmadi.

— oʻlib ketsang ham qarab turaveraymi? Meni oʻzingizga oʻxshatyapsanmi? Sen men oʻlishimni jim kuzatsangda men buni qilolmayman , azizim!

— seni opaligingayam... -

— EYYY.. opaligimga til tekkiza koʻrma!

Seunghun qoʻlini beliga qoʻyib olib  jim turdi. Hozir nimadir xato gap aytib qoʻyishni istamadi. Va birdan Sarangni bir koʻtarib chetga olib qoʻydi. Qiz nimalar boʻlganini tushunishga ketkazgan vaqtida , Seunghun allaqachon uy ichiga kirib boʻlgandi

— seni qanchalar sogʻinganimni bilsayding - Sarang, uning ortidan tikilib qilarkan.

__

Eshiklar egasining asabiyligi qurboni boʻldi. Deyarli sinib ketgudek boʻlib yopilgan eshiklar sabab butun qprgʻon zir titrab ketgandi. Toʻgʻri yuvinish xonasiga kirgan yigit oynadagi aksiga , izlarga qaradi.

— shi*t,  tirnogʻing uzilib tushgur... Shunchalik ham boʻladimi?

Har soʻz ila ogʻzini bulgʻagan yigit, u yerdan chiqib kravatga oʻzini tashladi. Bugun oʻtgan kuni, kompaniya ,opasi, uning gaplari hamma hammasi haqida oʻyladi... Va shu on hayollariga soʻroqsiz biri kirib keldi.

Oʻsha clubdagi qiz. Lilya...  Qarang hatto ismi yodida ekan. U doim hatto yarim soat oldin *birga boʻlgan qizni kimligini bilmasdi. Sabab, bu unga qiziq emas. Boʻlmagan ham. Qizlik* muhim holos. Chunki u ham biladi. Sarang aytgan gaplarni. Haqiqatdan ham davosiz dardlarga yoʻloqishni istamaydi va oʻziga clubdagi iflos*likga koʻmilgan qizlarni oʻziga ep koʻrmas va yaqin yoʻlatmasdi ham. Bir kunlik balki bir ikki soatlik tanishuv* bilan  cheklanardi. Hali 22 yoshni  qarshilagan bu yigitcha endi shu odatlardan* qutula olmayotgandi

Ammo oʻsha kungi qiz... Qizning koʻzlaridagi chaqnash, oʻt va gʻurur. Nomusi uchun kurasha olish. Bu qiz bola uchun... Nima desa boladi? Bu qizlik! Qiz boladagi eng kerakli va muhim va qizning yuzi... Eng muhimi - esa uni saqlash uchun har narsga tayyir boʻlish.

Seunghun yana oʻsha kungi voqeani esladi. Lablari oʻz oʻzidan jilmaydi.

"Flesh back"

— Telbamisan?!

Lilya uni qattiq itarib yubordi. Ko‘zlari yonardi. Qo‘rquv ham, hayrat ham allaqachon g‘azab ostida ko‘milib ketgandi. Butun tanasi gʻazabdan tutrab qizarib ketgandi.

— Menga tegishga kim ruxsat berdi senga?

Seunghun javob bermas faqat unga tikilib turardi. Bu sovuqqonlik qizning battar asabiga tegdi.

— O‘zingni kom deb oʻylayapsan?- Lilya unga biroz yaqinlashib. Ammo yana jimlik.

— Puling borligi uchun hamma narsani qilishing mumkin deb o‘ylaysanmi?

— ha!  - shu soʻzni aytish barobarida Seunghunning lab cheti sekin ko‘tarildi. Shu kulgu... Aynan shu holat Lilyaning g‘ururiga tegdi. Qiz bir yana qadam oldinga yurdi.

—  Hammani ham suyukli qizlaringa* oʻxshatma! Yana bir marta qarshimga chiqqudek boʻlsang, hayotingga kafolat bermayman!

Lilya shu gapni aytdi-yu, sumkasini qoʻliga olib ortiga qaramasdan ketdi. Bu safar Seunghunning ko‘zlarida nimadir chaqnadi, boshini qimirlatib kuldi.

— Afsus. Tiling ham chiroyingdek boʻlganidami... 

Nigohi qizning uzoqlashayotgan ortidan uzilmadi. Labidagi kulgu esa aksincha, yanada kengaydi.

Comeback

Seunghun buni esladi... Yotgan joyidan keskin turib ketdi. Xonaga kirish barobarida qayergadir otgan  kastyumini qidirib topdi. Yon choʻntagidagi telefonini qoʻliga olarkan, kastyumini yana qayetgadur otib yubordi. Kontaktlar orasida "Joʻjaxoʻroz" deganini qidira boshladi. Qoʻngʻiroq qilish tugmasini bosdi. Chaqiruvga hech javob kelmasdi.

— yaramas, qay goʻrga kirib ketding Suno?

Seunghun pastga tushganida hovli jimjit edi. Kechki shamol daraxtlarning barglarini asta qimirlatardi. Yigit qoʻllarini choʻntagiga tiqqancha ayvondagi o‘rindiqqa oʻtirdi. Choʻntagidan sigara chiqarib yoqdi.
Birinchi tutunni chiqarishi bilan asablari biroz bosilgandek boʻldi...
Ammo bu uzoqqa choʻzilmadi.
— shu tutun hayotingga uchun qanchalar zararli ekanini bilganingda, ogʻzibg tugul qoʻlingga hal olmasding

Tanish ovoz.Seunghun koʻzlarini yumdi.
— Jin ursin... 10 yil davomida hayotin shunchalar tinch va osuda ediki... Kelganingga bir hafta boʻlmay jonimga tega boshlading.

Qiz qayerdandir paydo boʻlib qolgan ediz burnini qoʻli bilan yopib olgan, ammo yigit soʻzlariga kulgani sezildi

— seni oʻylab gapirayapman ahir..

— meni koʻrganingda, 5 yil doktorlikka oʻqiganing esingga tushib qolyaptimi?

— 6 yil, tentak. Maktabga bir yil oldin borganim esingdan chiqdimi? - Sarang burnini jiyirdi - oʻchir - yigit qoʻlidagiga qarata

— yoʻq.

— Allergiyam borligini bilasan.

— juda yaxshi bilaman - Seunghun, yana bir tortib

— unda oʻchir!

— Bilib turib chekayotganimni koʻrmayapsanmi?

Sarang indamay yaqinlashdi. Keyin hech nima demasdan sigarani qoʻlidan tortib oldi. Va yerga tashladi. Seunghun bir necha soniya unga qarab turdi.

— jasurliging borgan sari ortib ketibdimi?

— oʻpkamni saqlab qolyapman holos!

Seunghun istehzoli kulib qoʻydida koʻzlarini osmonga qaratdi.

— nima istaysan?

— gaplashmoqchi edim, boyagi gaplarimni

— oʻsha qiz haqida boʻlsa.

— yoʻq, bu men bilan bogʻliq

— unda bu ham men uchun muhim emas ekan - yitit ensa qotirgancha oʻrnidan turmoqchi boldi

— Kech boʻldi.
Qiz uning qoʻlidan tortib qayta yoniga oʻtirishiga majbur qildi Seunghun boshini orqaga tashladi.

— Sen haqiqatan ham odamning umrini qisqartirasan.

Sukut , bir necha soniya. Soʻng Sarang gap boshladi.

— ertaga boʻlajak pochchang uyga keladi

Bir nafasda aytilgan soʻzlardan soʻng, Seunghun tupugiga tiqilib qoldi

— nima ?
— ertaga kechqurun. Ertalab dadam bilan gaplashib oldik... Xullas shunday

Seunghun yoʻtaldan qizarib ketgan yuzi bilan Sarangga jinniga qaragandek qarab turardi

— ikki kun oldin aqli zaif  deb qargʻayotgan Jung Hoseokni pochchang deyapsanmi?

— aa?  yoʻq - Sarang oʻsha kungi holati va suhbatni eslab qotib kula boshladi.
— Meni qoʻrqita boshlayapsan - Seunghun, gʻalati nihyoh ila

— u ... U boshqa... - Sarang kulib , Seunghun yuzi oʻzgardi

— ismi nima ? - jiddiy ohangda

— Nega soʻrayapsan? - kulgudan chiqqan koʻz yoshlarini artib ,qiz

— shunchaki... surishtiraman.

— oyyy, nega ekan?

— sendan toʻligʻicha qutulish uchun. Yani qanday odam? Sen u bila yashay olasanmi? Shudagina sen uyga kam  kelasan... Hayotim eskisi kabi tinch va faravon boʻladi

Seunghunning bu soʻzlarini qanday tushunish kerak?  Sarang bilmasdi. Bu mehr yoki nafrat... U  ukasiga tikilib qoldi.

— ertaga kelsa bilib olasan.

— ismini oʻzi yetarli

— yoʻq - Sarang qatʼiy

— kasbini oʻzi yetarli mayli..

— ertaga oʻzi bilan gaplashasan....

Sarang yana kulib yubordi. Ammo kulgisi ichida bir oz hayajon ham bor edi. Bugun koʻrganlari, Iso, ring, qon...
Hammasi miyasi ichida aylanardi.
Seunghun esa buni payqagan boʻlsa-da, yana soʻrashni istamadi..

— mayli...ertaga kelaversinchi - Seunghun jagʻlari qisilib, kesatib gapirdi. Yigit oʻrnidan turdi, qoʻllari yana choʻntagida.

— shuning uchun ertaga ertaroq kel!

Seunghun ortiga oʻgirilmay, javobsiz ketib qoldi.

— qani pochchajon.. kim ekansan? Koʻraylikchi?

__

Packlar qoʻrgʻoni. Ertangi kun

Deyarli yarim soatdan beri qoʻlidagi telefonidan bir insonga qoʻngʻiroq qilolmayotgandi qiz. Telefonini bir olar bir qoʻyar. Allaqachon otasi bilan gaplashib olgan, endi unga buni  kelishini aytish kifoya edi.

Sarang chuqur nafas oldi-da oxiri yashil tugmani bosdi. Chaqiruv. Yana bir. Yana bir. Va birining doʻrillagan ovozi. Iso. Sarangning badanida chumolilar oʻrmalagandek boʻldi. Uning uyqudan endi turgani sezilib turardi. Hali toʻliq uygʻonmagan bu yigit , menimcha bu kim ekanini ham bilmasa kerak

— yobaseo~

— uxlayotganmiding? - Sarang, hijolat ila.

— nahotki buni oʻzingiz faxmlay olmagan boʻlsangiz? Kim kerak? - hali ham koʻzlari yumiq yigit, qoʻrslik bilan.

— Kim Iso

Oʻz ismini eshitishi bilan bitta koʻzini ochib telefon ekraniga qaradi. "Pack Sarang" deya saqlangan kontaktdan boʻlayotgan qoʻngʻiroq. Yigit birdan sapchib turdi

— oh... Sarang

— hayrli tong - Sarang, telefonning tarigi tomonidagi holatni tahmin qilib kuldi

— senga ham hayrli boʻlsin- Iso koʻzlarini ishqalab - kechirasan, charchabman shekilli uxlab qolibman

—  hechqisi yoʻq...

Ikkisi ham jimib qolishdi. Yigit telefonni qulogʻidan qoʻymang fudbolkasini kiyar, qiz esa nima demoqchi boʻlgani esidan chiqarib qoʻygandi.

— nimadir aytmiqchimiding? - Iso, kiyimini kiygach, yoqoqqa qayta joylasharkan

— h..haa. dadam bilan gaplashgan edim. Bugun kechki 20:00da seni kutamiz. Dadam kech qolishlarini yomon koʻradi... Iloji boʻlsa aniq shu vaqtda kela olasanmi?

— ha albatta...

— va...

— va..? - Iso.

— raxmat senga.. kechqurun koʻrishamiz.

Hech qanday javobni kutmay qizil tugma bosildi.

— ha.. - Iso, qiz allaqachon qoʻngʻiroqni tugatganini bilsada, qulogʻidan telefonni qoʻymagandi ... - ogʻayni telefonni qoʻysangchi.. u allaqachon oʻchirdi... - oʻzining harakatlariyu soʻzlariga kulib. Telefonni qoʻyib, koʻzlarini yumdi...

— nimalar qilyapsan, oʻgʻlim?.. Nimalar qilyapsan?

__

— boshqa birining kostyum-shimida boʻlajak qaynotangni yoniga borishga uyalmaysanmi?

Dowoo deyarli 3ta kiyimini 1 soatdan beri kiyib yechib, oxiri charchaganidan divanda oʻtirgan doʻstiga qarata, oyogʻiga tepib qoʻydi

— uyat menda boʻlganida edi... Hayotim boshqacha boʻlgan boʻlardi... - Iso kulib, u boshini bir qoʻliga suyab oʻtirar, Dowoo esa unga yuzini bujmaytirib qarab turardi.

— nega hali ham tiriksan, shu vaqtgacha oʻzingni qayetgadir koʻmishing kerak edi.

Ikkisi ham kulib yuborishdi. Dowoo qplidahi ichimliklarni birini Isoga berib yoniga oʻzi ham joylashdi.

— bu ishni qilishga ishonching komilmi? Otasi katta odam deyapsan.. keyin seni tinch qoʻymaydi. Ortga yoʻl qolmaydi.

— ammo buni qilmasam - Iso qoʻlidagi ichimlikka soʻng doʻstiga qaradi - qiz baxtiqatoga aylanadi...

— hechqachon kimningdir muammosiga aralashmayman deydigan bitta axmoqni tanirdim... Sendan faxrlanaymi yoki kaltaklaymi, bilmayapman...

— sen yolgʻoz emassan...

Iso ichidagi barcha havoni chiqarib, ichimlikni barini bir koʻtarishda ichik yubordi...

-----

Aksiga qaragancha hali ham koʻksiga telefonni qoʻyib tartibsiz nafas olardi, Sarang. Butun tanasida yoqimli titroq bor

— u keladi... Haa keladi - Sarang

__

— borishim kerak , vada berib boʻldim
Vada bu vada.- Iso

__

_ 20:00.
_.

Mashinani tez boshqatib ketayotgan yigit , allaqachon opasi va otasi tomonidan belginalangan " yetib kelish vaqti"ni koʻrib yanada asabiylashdi. Doimiy koʻngil hushlik ishlarida chalgʻib qolgandi, u. Qoʻrgʻongacha yana 20 daqiqalik yoʻl bor.

— jin chalgur, bu yoʻllar nega tugamaydi a?

Mashina gaz pedalını yanada kuchli bosgan Seunghun, yashil chiroqdan tezroq oʻtib ketishga intildi. Ammo yoʻq. Qizil chiroq. Baribir gaz pedalidan oyogʻini olmagan yigit, yoʻldan hechkim oʻtmasligiga ishonchi komil edi, goʻyo. Ammo bunday boʻlmadi. Svetaforgacha tahminan 15-20 metrlik masofa qolganida, bir ona bolasi bilan kulishib, oʻynagancha yoʻldan oʻtib borardilar. Oyogʻi gaz pedalidan olinib toʻrmozni bosguncha ketgan vaqt davomini oʻsha masofaning yarmidan koʻpi bosilib oʻtilgandi.

Seunghun taqdirga tan berib, mashina rolini burdi - bu holat ularga zarar yetkazmasligini iltijo qilgan holda. Ammo bu biroz ishonchsiz... Shu tob mashinaga kelib urilgan boshqa bir kuch uni toʻxtashiga sabab boʻldi.

Ikki mashinaning sirena ovozlari butun koʻchani egalladi. Seunghun nimalar boʻlganini bilish uchun atrofga alangladi. Qoʻli va boshida sinqillagan ogʻriq bor. Bir mashina uni toʻxtatish uchun unga kelib urilgan, mashina aylanib ketgan boʻlsa-da, hammasi joyida edi.

Yoʻl chetida ona bolasini quchgancha yigʻlab turat , Seunghun ogʻriyotgan qoʻli bilan eshikni ochib undan tushdi. Ular tomon odimlagan oni, undan oldin mashinadan tushgan bir kichik tana ular tomon yugurdi

— a..ahvolingiz yaxshimi? Sizga biror narsa boʻlmadimi? Bolakay senchi?

Qiz oldin onaga soʻng bola tomon egilib unga kulib gapirdi. Mashinadagi qiz bola ekan, Seunghun hayratdan koʻzlari kattalashib ketdi.

Bolakay esa hechnasa boʻlmagandek kulib bosh silkidi. Qiz ham kulib jajji boshni silab qoʻydi. Ona avvalo qizga soʻng uni ortidagi "boshqa" insonga bosh egib uzur soʻrar va rahmat aytarkan qiz qoshlari chimirildi. Oʻrnidan turib ortidagi insonni gajib tashlashga moyil qiyofada qaradi.

Seunghun ularga tikilib qoldi. Soʻng bir mashinaga bir qizga. Yuragi otni kallasidek ekana, yigit oʻylab kulib turar va yana bir bor oʻsha tomonga qaraganda... Qarshisida oʻsha kibor. Kecha hayollarini egallagan kibor... avvalo uni yeb qoʻygudek tikilib turgan koʻzlarda uniki kabi hayratni koʻrib , yigit koʻzlarini qisdi. Bu holat nechadir soniya davom etdi xolos. Keyingi sahna qizning portlashi!

— SEN AQLDAN OZDINGMI? - ohangning baland tondan boshlangani Seunghunning gʻashini keltirdi.

—yoʻq

— yoʻqmi? QAYSI SOGʻLOM ODAM SVETAFORNI QIZIL CHIROGʻIDA 120km/s BILAN HARAKATLANADI? - qiz u tomon yurib borib

— oʻshqirma! - Seunghun qiz yoniga kelib shu soʻzlarni aytarkan, yonidan oʻtib ketib ona va bolaga yaqinlashdi. Xuddi qizga sen bilan keyin gaplashamiz degan kabi.- Men kechikayotgan edim, boʻlgan koʻngilsizliklar uchun uzur soʻrayman xonim. Bolakay sen qoʻrqib ketmadingmi- bola oldiga egalib, oyogʻida oʻtirdi

— amaki

— eshitaman- yigit bolaning ovozi hush yoqib

— xolajon bilan tanishmisz? - yigit qulogʻiga pichirlab, ortidagi qizni koʻtsatdi, Seunghun kulib yubordi. Ortiga hali ham unga tish qayrab turgan qizga nigoh tashladi.

— ha tanishman

— juda chiroyli ekan va juda kuchli, jasur , huddi oyimga oʻxshab - bolakay oyisiga bir qarab qoʻyib

— haa - Seunghun, u ham bunga amin boʻlgandi.

— amaki - yana turtdi bola - siz uni xolajon qilmoqchimidingiz?

— nima? - Seunghun bolaning soʻzlariga uncha tushunmay.

— siz uni xolajon qilmasangiz , men uni xolajon qilsam maylimi? U menga juda yoqdi

— oʻgʻlim odobsizlik qilma!

Seunghun endi rosmana kulib yubordim labini tishlab bolaning bolalarcha soʻzlariga va qizni tasvirlashi , soʻzlari - begunoh va aybsiz va poklik ila. Seunghun endi bolaga yanada yaqin kelib pichirladi

Ularni uzoqda kuzatib turgan qiz atrofga qaradi. Hozir nima qildi-a? Sevimli mashinaga qarab jilmaydi

— bir oilani qutqarib qolding azizam - Lilya

Soʻng ayolga nigoh tashlab kulib qoʻydi, uning tinmay uzur va rahmat aytishi unga erish tuyildi. Bir nimalar demoqchi boʻldi... Ayb manavi aqli zaif yaramasdaaaa deb baqirgisi keldi , lekin oʻsha "nogiron" bolakay bilan qanday gaplashayotganini koʻrib... jimib qoldi. Clubdagi gap soʻzlaru harakatlarni eslab entikib ketdi..

— boshqalar oldida burni osmonlarda ediqu

Pov* Lilya

Uning shu qadar magʻrur va sovuq nigohlari meni esankiratib qoʻygandi. Menga  koʻzlarida aks etgan oʻt meni oʻziga tortgandi... Agar muomalasi ham koʻrinishi kabi kelishgan boʻlganida... eyy qiz nimalar deyapsan sen. U ahir sening birinchi boʻsangni olib qoʻydi, qoʻpollik bilan... Demak u nafratlanishingdan boshqasiga armizmaydi!

Lilya oʻzi bilmagan holda koʻksiga bogʻlab olgan qoʻllaridan birini lablariga qoʻyib olgan, hayollar ogʻushida edi. Allaqachon ayol va bolakay ketishgan. Burnining tagida qarsillagan qoʻllar sabab oʻziga keldi.

— nima qilyapsan?

— seni ikkimiz haqimizdagi hayolotdan olib chiqyapman - Seunghun, lab chetini tishlab

— n..nnima ? Kim aytdi senga bunaqa bemanigarchilikni? Bolakay qani? - qiz iloji boricha qoʻrsligini saqlab, undan uzoqlashish uchun bahona topgandek, atrofga alangladi

— XOLAJONNN - allaqachon uzoqlashib ulgurgan edilar. Uzoqdan u tomon qoʻl silkib turgan kichik tanaga koʻzlarini qisib qaradi, bolakayga javoban Lilya ham qoʻl silkib qoʻydi. Va yana oʻsha kiborlik rejimni yoqqan edi.

— ularga oʻzimiz kelishib olishimizni aytdim - Seunghun qoʻllarini choʻntagiga solib olgan, mashinasi balonini tepib qoʻydi

— sen bilan? Nimani kelishar ekanmi?

— nikoh shartnomasini - Seunghun qiz tomon biroz egilib

— hissiz tonka hazillashishni bilar ekanmi? - qiz unga kamon qoshlarini qoqib qoʻydi.

— sen bilan kelishadigan narsam yoʻq. Mashinamni esa - qiz mashinaga achingandek qarab - oʻzim tuzatirib olaman, bir tiyinga qimmat yordamingni esa choʻntagingga solib qoʻy! Nafas olayotganingga hursand boʻlib, bu yerdan daf boʻl.

— har gapping bilan tikanlaringni sanchib qoʻyishingga bormanda - Seunghun yana biroz masofani qisqartirib.

— chiroyli gulni tikoni ham boʻladi

— ha...balki

Ikki oʻt bir birini yanada alangalatayotga  edi. Kiprik qoqmasdan turgan bu ikkisining holatini qizning telefon qoʻngʻirogʻi buzdi.

— meni oʻldirgani odamlaring kelyaptimi?
Unga ensa qotirib qayrilib ketgan qiz ortidan

— odamlarim? Ular nega kerak? Seni bir oʻzim ham burdalab tashlay olaman , azizim. - Lilya, mashinadna sumkasini olish, sumkasi ichidan esa telefonini olish barobarida gapirar ekan, soxta jilmayib qoʻydi.

— azizim~...- Seunghun, labini tishlab jilmaydi

— yobaseo~ amaki eshitaman

— .......

— amaki - qiz lablari titrab ketdi

Pov* Seunghun

Mendanda jasurrogʻi topilgandi. Va uning soʻzlaridagi keskinligu, mensimaslik meni jinni qila boshladi... Bu qanday qiza?

Odatda qizlar meni ko‘rishi bilan yoki ovozini pasaytiradi, yoki o‘zini yo‘qotadi. Bu esa aksincha. Ko‘zlarimga qarab turib tahdid qiladi-ya. Yana ustiga ustak meni yaramas deb ataydi. Jin ursin... Bu ...Yoqimli edi. Telefonni qulog‘iga tutgancha hamon menga yarim burilib turardi. Unga tikilib turibmna hatti kiprik qoqmay. Shu on... Bir necha soniya. Keyin... Uning yuzidagi barcha rang o‘chib ketdi. Birdan... Shunchaki birdan.bLabidagi  istehzoli tabassum yo‘qoldi. Ko‘zlari kattalashdi.
— ...amaki?

Ovozi juda past chiqdi. Mening  qoshlarimni nega chimirganini bilmadm ammo bir istagim... Nima bo‘ldi?bilishni xohlayman. Qiz javobni tinglardi. Har soniya o‘tgan sayin yuzidagi ifoda g‘alati tus ola boshladi. Qo‘rquv. Yo‘q... Bu qo‘rquv emasdi. Bundan ham yomonroq narsa, menimcha..

— Hey...

Bu safar o‘zim sezmagan holda gapirib yubordim. Lilya telefonni asta tushirdi. Qo‘ng‘iroq tugagan edi. Lekin u hali ham telefonni qulog‘i yonida ushlab turar, go‘yo suhbat hali davom etayotgandek.

— Hoy.

Javob yo‘q. Men kulimsiradim.

— Nima bo‘ldi? Endi meni burdalab tashlay fikridan qaytingmi?

Odatda shu gapdan keyin u albatta bir narsa qaytishi kerak edi. Ammo... Hech narsa. Qiz asta boshini burdi. Nigohlari menga qadaldi. Lekin... U meni ko‘rmayotgandek edi. Ko‘zlari men tomondayu, ammo nigohi allaqayerdadek. Shu payt nimadir noto‘g‘ri ekanini his qildim.

— Lilya.

Birinchi bor uning ismini aytgandim... Javob bo‘lmadi. Faqat menga qarashda davom etdi. Nafasi buzila boshlagandi. Avval sekin. Keyin tezroq. Ko‘ksi notekis ko‘tarilib tushardi. Go‘yo havoni ichiga tortayotgan-u, ammo yetmayotgandek.

— Hey.

Men unga yaqinlashdim. Shunda birinchi yosh tomchisi tushdi. Hech qanday yig‘i yo‘q. Hech qanday ovoz yo‘q. Shunchaki... Ko‘zidan yosh oqib tushdi. Keyin yana biri. Yana. Men beixtiyor qotib qoldim. Bir necha daqiqa oldin meni yer bilan bitta qilayotgan qiz qayerga ketdi? Bu boshqa odam edi.

— Lilya!

Bu safar ovozim qattiqroq chiqdi. Baribir reaksiya yo‘q. Ko‘zlari hanuz menga tikilgan. Yoshlar esa to‘xtamasdi. Jin ursin... Meni qo‘rqitishni boshlayotgandi. Sekinlik bilan unga yaqinlashdim... Ohista harakatlar ila ikki qo‘lim bilan yuzlarini ushladim.

— Menga qara, Lilya...

Shunda nihoyat harakat qildi. Lekin kutganimdek emas. Qiz qo‘llarimni shunday siltab tashladiki, go‘yo men unga tegishga haqqi bo‘lmagan odam edim. Orqaga bir qadam chekindi. Yana bir qadam. Ko‘z yoshlarini ham artmadi. Mashinasiga qaradi. U yaroqsiz ahvolda edi. Endi menikiga va song meni oʻzimga

— Kalit.

— Nima?

— Mashinangizni kalitini bering.

Men bir lahza unga tikilib qoldim. (Sizlar murojaat qildimi?)

— Ahvolingni ko‘ryapsanmi o‘zi?

— Kalitni bering.

Bu safar ovozi keskin chiqdi. Men indamay cho‘ntagimdan kalitni oldim. U esa deyarli tortib oldi.

— Men seni olib boraman.

— Kerak emas.

— Kim Lilya...

— KERAK EMAS!

Nu safar yana oʻshqirgan kabi. Ko‘zlaridagi yoshlar yana oqib tushardi.

— Menga yordam bermang.

Shu gapni aytdi-yu, mashinam tomon yurib ketdi. Men esa joyimda qotib qoldim. Negadir ortidan yugurib borishni xohlayotgandim. Negadir uni yolg‘iz qo‘yib yuborgim kelmayotgandi. Ammo undan ham qo‘rqinchlisi boshqa edi. Telefonning narigi tomonida nima deyilganini bilmasdim. Lekin bitta narsani aniq tushungandim. Lilyaning dunyosida hozir nimadir vayron bo‘lgandir...

___

Darvoza oldidai to‘xtagan taksidan Seunghun tushdi , va eshikni yopib haqqini toʻladi . Qulogʻida  esa telefon

— Suno, manzilni topib ber.
...
— Yo‘q, iltimos qilmayman. Buyuryapman.
...
— Chunki sen boshqa ishga yaramaysan.

Seunghun yo‘lak bo‘ylab uy tomon yurdi.

— Menga uning manzili kerak. Chunki dadam bu qizni sezib qolsa .. toʻgʻri kelmaydi..
...

Bir lahza jim qoldi.

— Suno.
...

— Suno.
...
— Agar yana bir marta "sevib qolibsan" degan hazilingni eshitgudek boʻlsam, seni topib tiriklayin bogʻimga koʼmaman.
...

Shu payt ko‘zi zinapoyalarga tushdi. Qadamlari sekinlashdi. Sarang. Qo‘rg‘onning katta zinapoyasida yolg‘iz o‘tirardi. Qo‘llari tizzasida. Nigohi esa qorong‘ilikka qadalgan. Qimirlamasdi. Seunghunning qoshi chimirildi.

— Topib ber. Ertagacha.

...

— Ha, rahmatmi? Uni pochtadan berib yuboraman

Qo‘ng‘iroqni uzdi. Bir necha soniya Sarangga qarab turdi. Qiz hatto uning kelganini ham sezmagandek edi. Seunghun asta yaqinlashdi.

— Nima gaplar? Dadam Romeoing bilan seni ko‘chaga quvib yubordimi deyman?

Seunghun kesatib. Atrofga qarab qoʻydi. Sarang esa hali ham oʻsha holatida, qimirlamadi ham.

— Hey - Seunghun uning boshiga sekin chertib. Yana jimlik. U qizning yoniga yanada yaqinlashib egildi.

— Sarang?

Bu safar qiz asta boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlari... Ko‘zlari yoshga to‘lib ketgandi. Go‘yo uzoq vaqt yig‘lab, endi ko‘z yosh ham qolmagandek. Seunghun koʻzlari biroz qisildi. Sarang unga bir necha soniya tikilib turdi. Lablari qaltiradi.

— U kelmadi...

Davomi bor....