June 4

ššŽ'š‘š†'šŽš

5-qism

Imperator Yongsu barcha kanizaklarni chiqarib yuborgan, ammo qo'lidagi sharob shishasini hali ham qo'ymagandi. Ba'zida undan ho'plab qo'yar, ba'zida esa qarshisidagi yigitga tikilib qolardi.

Ikki askar iskanjasida turgan Jungkook esa boshini egmagan. Aksincha. Go'yo bu saroyning egasi o'ziyu, taxtda o'tirgan odam mehmondek. Imperator qo'lidagi kosani aylantirib turdi.

—Demak, sensan-da Qo'rg'onning kenja bo'risi - qirol, Jungkook labining bir cheti bilan kuldi.

—Demak, meni ko'riboq tanib oldingiz.

—Seni tanimaslik qiyin. To'rt davlatning bosh og'rig'i bo'lib ulgurgansizlar.

—Sizlarga bosh og'rig'i bo'lsak, xalqingizga umid bo'libmiz demak.

Bir necha amaldorlarning yuzlari oqarib ketdi. Imperator esa kuldi.

—O'zingga ishonching baland ekan.

—Siznikidan kam emas.

—Men haqimda nima eshitgansan, yigitcha?

Jungkook atrofdagi oltin bezaklarga bir nazar tashladi. So'ng yana imperatorga qaradi.

—Xalqingiz sizdan ko'ra ochroq ekanini.

Xonadagi havo birdan sovib ketgandek bo'ldi. Imperatorning kulgisi sekinlashdi.

—Qo'rqmassan.

—Qo'rqadigan odam saroyingizga yolg'iz kirib kelmasdi.

—Demak o'zingni jasur deb hisoblaysan?

—Yo'q.

—Unda nima?

—Erkin - Jungkook mugŹ»rurlik ila. Imperatorning ko'zlari toraydi.

— Kishanlangan odamdan shunaqa gap eshitish qiziq ekan.

Jungkook qo'llaridagi temirlarga qaradi.

—Temir odamni qul qilmaydi.

—Unda nima qiladi?

—Qo'rquv.

Imperator bir necha soniya unga tikilib qoldi.

—Endi tushundim.

—Nimani?

—Nega odamlaring sizlarni hurmat qilishini.

Jungkook javob bermadi. Imperator kosasini stolga qo'ydi.

—Ammo bugun sen mening saroyimdasan.

—Afsuski.

—Va bu yerda mening qonunlarim yuradi.

—Hozircha.

Atrofdagilar hatto nafas olishni unutishdi. Imperator birdan qah-qah otib kuldi.

—Hali yosh ekansan.

—Va tirikman.

Ularning soʻzlashuvi qandaydir qoʻrqinchli, sovuq vaagʻrurona edi, bir biriga bosh egishni xohlamagn ikki inson. Imperator kulishni to'xtatdi.

—Uni zindonga tashlang.

—Qo'rqib qoldingizmi?

Uning soʻzlari va harakatlaridan soʻng soqchilar qilichlariga ushlashdi. Imperator esa o'rnidan turdi.

—Yo'q.

U Jungkookga yaqinlashdi.

— Seni sindirishga shoshilmayapman, xolos.

Ikki askar yigitni yana iskanjaga olib tashqariga boshladi. Og'ir eshiklar yopilar ekan, imperatorning kulgisi koridor bo'ylab aks-sado berdi.

-------

Saroy yo'laklari jimjit edi.

Faqat askarlar etiklarining tovushi eshitilar, Jungkook esa boshini tik tutgancha yurardi. Shu payt oldinda tanish ovoz yangradi.

— To'xtang.

Askarlar darhol qadamlarini to'xtatishdi. Malika Aerum. U hech qanday salomlashmasdan to'g'ri Jungkook qarshisiga keldi. Jungkook uni esladi. Oʻsha oʻrmondagi "Kibor".

—Haeun qayerda?

Jungkook kulimsiradi.

—Malikalarga salomlashishni o'rgatishmaydimi?

—Yovvoyilar bilan ortiqcha muomala qilishni ham.

—Demak ikkovimiz ham odobdan bebahramiz.

Aerumning nigohlari o'tkirlashdi.

—Savolimga javob ber.

—Qaysi biri?

— Haeun qayerda?

— Bilmayman.

— Yolg'on.

— Isbotla.

— Seni uning xonasida topishdi. U esa g'oyib bo'ldi.

— Shunday ekan.

Aerum chuqur nafas oldi.

— SenikilarĀ  uni olib ketishgan .

— Balki.

— Demak tan olding.

— Yo'q. Sen shunday xulosa qilding.

Bir necha soniya ular bir-biriga tikilib turishdi.

— Agar u Qo'rg'onda bo'lsa, o'zim borib olib kelaman.

Bu safar Jungkookning kulgisi sekin yo'qoldi.

— Qo'rg'onga borma.

— Menga buyruq bera olmaysan.

— Buyruq emas.

U boshini biroz qiyshaytirdi.

— Maslahat.

Aerum istehzoli kuldi.

— Yovvoyi menga maslahat beryaptimi?

— O'zingni juda qimmatli deb o'ylayapsan.

— Sen esa o'zingni haddan ortiq erkin tutmayapsanmi?

— Ha, hech bo'lmasa erkinman.

Aerumning sabri tugay boshladi.

— Nega uni yashiryapsan?

— Men hech kimni yashirmayapman.

— Unda qayerda u?

Jungkook bir lahza jim qoldi. So'ng sovuq ohangda gapirdi.

— Bir narsani tushunmayapsan, malika.

— Nimani?

— Agar Haeun shu saroyga qaytsa, baribir o'ladi. Otang unga rahm qilmaydi - Jungkookning nigohlari qattiqlashdi.

— Dushmanga yordam bergan insonning taqdiri qanday bo'lishini ikkimiz ham yaxshi bilamiz.

Aerum indamadi. Chunki bu gap yolg'on emasdi.

— Shuning uchun uni qidirayotgan bo'lsang...

Jungkook bir lahza to'xtadi.

— Uni qaytarib kelib qutqarasanmi yoki o'limga yuborasanmi, avval shuni o'ylab ko'r.

Koridorda sukut cho'kdi. Malika birinchi marta javob topolmadi.

— Olib ketinglar.

Askarlar Jungkookni yana oldinga boshlashdi.

Bu safar u ortiga qaramadi.

Ammo xayolida bitta savol aylanardi.

Qo'rg'ongacha yetib oldimikan? Haeun...