Reaction _for_Diana
Afgʻoniston . Tolibonlar egallab olgan hududlar .
Afgʻoniston — hozirgi kundagi dunyodaning eng notinch davlatlaridan biri. U yerda doimiy portlashlar , otishmalar , narkotiklarni dunyoga sotish , ayollarni qul qilish , bolalarni terrorist qilib tarbiyalash - barchasi oʻsha yerda .
Yana bir otishma boʻlayotgan hudud . Sabab esa afgʻon chegarasidan oʻtib ularga tegishli narsani oʻgʻirlashga harakat qilayotgan amerikalik
Yigit yugurib devorlar ortiga oʻtar ekan toʻpponchasidagi oʻqlarni tekshirdi ..
- jin ursin * - allaqachon sanoqli oʻqlarga qarab soʻkinib qoʻyarkan , ortidan yetib kelganlar uni yana oʻqqa tuta boshladilar
- shu afgʻonlarni yomon koʻraman -uni oʻrab olib boʻlishgan , qochishga joyi qolmagan bir payt quloqchinlaridan kelgan ovoz ...
- garov oʻynayman ... ular ham seni oʻldirib yuborishga tayyor
- jin ursin seni , qayerdan paydo boʻlding ? - oʻqlarini tejagan holda bazi bazida ortidagilarni aniq moʻljallab otardi va daydi oʻq nishonda adashmasdi
- osmondan sen uchun tushgan farishtaga shunday muomala qilasanmi ?
- farishta? Haaa aytgancha 2 yil oldin seni oʼldirildi deyishgandi ... Jaa osmondan tushushing shatmasdi katta serjant
- Kapitan ! Kapitan boʻlganman bilmasmiding katta serjant - baqirdi
- ehh bilmagan ekanman kechir , ogʻayni
Otishma yanada qizib ketdi. Ikki do‘st har tarafda turib o‘q uzishardi. Bir payt yigitning qurolida deyarli oʻq qolmadi
— Bo‘ldi, tugayapdi! – dedi u hafsalasizlik bilan bilan- qayerdasan ?
— O‘q tugasa ham, jasorat qoladi Serjant .
— jasorat? Men uchun hozir bir dona oʻqning oʻzi butun jasoratdan qimmatroq, — dedi u sekin, oxirgi oʻqni otib
— Qo‘rqma, Tony, o‘q tugasa tosh bor.
— Unda oyoq bor, tepasan! EGILL
Ortidan kelayotgan afgʻonlarni koʻrmay qolgan yigit jonini doʻsti qutqardi .
Ikki doʻst bor biriga qarab kulib yuborishdi. Dushmanlar esa ular kulayotganiga hayron qarashdi. Shu ondayoq do‘sti cho‘ntagidan granata chiqarib qoldi.
— Bu qayerdan? – dedi yigit ko‘zlari olayib.
— O‘lgan odamning cho‘ntagida hamisha syurpriz bo‘ladi, — deb hazillashdi u.
Granatalar portladi. Chang ko‘tarilib, dushmanlarning hammasi yerga yiqildi. Maydon jim bo‘lib qoldi.
— Qayerdan kelib qolding , kim chaqirdi ? - Tony , atrofni kuzatayotgan Stivga qarab
— Mashuqang - Stiv, kulib pastda oʻlik yotgan afgʻon qurolini olib
— Qaysi ? - Tony savol berishdan toʻxtamasdi
— Ey Xudoo , ular koʻpligidan qaysi ekanini ham bilmaysan Tony . Seni onalikka olganini aytyapman ... Stiv kel, sensiz boʻlmaydi deb yigʻladi . Kecha men bilan hayrlashib ketdi "hayrlashish oqshomi " jaaa choʻzilibdi . Shunga qoʻrqib menga telefon qildi .
— Ahmoq - doʻstini itarib , ikkisi ham kuldilar
Aytilgan narsani qoʻllariga olishar ekan bu kichik chamadon ichidagi karsa ular uchun noaniq edi . Quloqchinlarida allaqachon xoʻjayinlari ovozi
— Boss, aytilgan narsa qoʻlimizda
— 5 daqiqadan soʻng vertalyot siz joylashgan hududga yetib boradi . Hammasi aniq boʻlsin
Aloqa uzilgach atrofni kuzatishar ekan chekkada turgan konteyner ichidan chiqqan taqirdagan ovoz Tonyning eʼtiborini tortdi . U endilik.da , afgʻonlar eng boshidan shu konteynerni tish tirnogʻi bilan qoʻrqlaganini sezdi . Sekin u tomon qadam bosar ekan
—Tony , oʻzimizga keragini oldik .
— shunchaki ichini ochaman va qarayman , xolos
— hozir afgʻonlarning koʻppaklari kelib qoladi , qoʻysangchi
Tony ortidagi Stivga kinoyali jilmayib yana yoʻlida davom etdi . Konteyner oldiga kelganida yana bir marta doʻstiga qarab qoʻyib eshiklarni ocha boshladi . Qattiq tovush bilan oʻchilgan eshik .
Sekin qadam bilan ichkariga kirishi bilan u kutmagan ish sodir boʻldi . Uni nozik qoʻllar bilan oʻziga tortgan gavda egasi boʻyniga pichoq tiradi va ayol va bolalarning qichqiriq ovozi egalladi . Uzoqdakuzatib turgan Stiv buni koʻrib ular tomon otildi . Yugurib borar , kamaridagi toʻpponchani qoliga olishga ham ulgurdi u ham konteyner ichiga qadam bosarkan ular tomon oʻqtaldi
—STIVVV , TOʻXTAAA - Tony uning harakatlarini kuzatarkan . Hali ham boʻyniga oʻtkir tigʻ tegib turar , va allaqachon qonashga ham ulgurgandi , boʻyni . Va sekin nihohini ichkaridagilar tomon qaratdi .
Ayollar . Ha bu yerda faqat ayollar va kichik bolalar bor edi . Ayollarning ham bolalarning ham ust boshiga qarab boʻlmas ahvolda . Yigʻlagandan yuzlarida koʻz yoshlari izi qolib ketgandi . Ayollar bolalarini quchob olib qoʻrquv bilan ular tomon qarab turardilar .
— xonim qoʻlingizdagini tushiring - Stiv. Uning inglizchadagi soʻzlariga qizning qoshlarini chimirib qarashidan - gapini tushinmadi deb oʻyladi . Tony bosh irgʼib unga ishora qilarkan bu "aralashma" deganini bildirardi . Stiv sekin qoʻlidagi tushurib kamariga yana taqib qoʻydi va sekin chekinib atrifga nazar tashladi .
Tony tilini lablarida yurgʻizar ekan , keskin harakatlari qizni gangitib qoʻydi . U birdan qizni qoʻlidan ushlab qayirdida , konteyner devoriga qattiq tiradi . Ammo bu Tonyning oʻzini ham gangib qolishiga sabab boʻldi .
Qarshisidagi bu qizning goʻzalligidan ogʻzi ochilib qoldi goʻyo . Uning oppoq ammo kirikkan yuzlari , mallarang sochi , kamon qoshlari va ... afgʻonlarda umuman uchramaydigan moviy koʻzlar . Qoʻrquv emas , gʻazab va nafrat bilan yonib turgan koʻzlar yigitning yuragini "jiz" etishiga sabab boʻla oldi . Qorquv yoʻqligi .
— jin ursin* - Tonyni shivirlab , lab chetida qandaydir jilmayarkan - ingilizcha tushunasanmi ? - dona dona qilib
— qoʻyib yuboring - qiz tiniq talaffuz ila inglizcha bilishini aytgandek . Tony qoʻlini olib , tepaga koʻtardida sekin chekindi .
— sizlar kimsiz ? Nega bu yerdasiz ? Bizdan ... nima hohlaysiz ?- qiz hali ham oʻsha nigohlar ila
— xonim biz bu yerga vazifa uchun kelganmiz . Amerikalik harbiylar . Bu yerga kirmadi deb hisoblang bizni - Stiv qiz tomon qarab
— siz harbiysiz ? Demak ... Demak bizni bu yerdan olib chiqa olaszmi ? Bu yerdan olib keta olasizmi bizni ?
— xonim aytdimqu ... - Stiv yana gapirarmoqchi boʻlganida
— ahir harbiysiz . Sizdan yordam soʻrayapmiz ahir . Hech boʻlmasa chegaragacha olib boring -qiz qatiyatlilik ila
Bu soʻzlardan soʻng bir biriga sekin maʼnoli qarab oldi ikki yigit . Allaqachon boshqarma bilan ulangan aloqa , ularni olib kelish uchun kuch kelganini aytardi
— vertalyot siz joylashgan hududga yetib keldi . Tezroq unga chiqing va qayting .
— boshliq - Stiv sekin konteyner eshikidan moʻralab qulogʻida qandaydir koʻrinmas quloqchinlarni ushlab - bu yerda ayollar va bolalar bor .
— bu yerda katta konteyner ichida 20dan ziyod ayollar va bolalar bor . Ularni menimcha tutqunlikda saqlashayotgan boʻlishgan yoki yashirishgan . Ularni ham bu yerdan olib chiqib ketishga ruxsat bera olasizmi ?
— Stiv Rojers , sizlar qandaydir qutqaruv guruhi aʼzosi , hatto harbiy ham emassiz . Siz qotilsiz , yetkazib beruvchisiz , mamlakatning qora ishlarini bajaradigan vaxshiy , quturgan itlarisiz holos . Aytganimni qil va pulingni ol . Bori shu
— aytganni qil Cap ! (Cap = Captain )
— aytganingizni qilmaydi . Ularni qutqaramiz , yosh goʻdaklarni bu yerda tashlab ketmayman .
— Boss bilasiz , it ham bir kun egasini qopadi , aloqa tugadi . Salomatlik tilayman
Tony avvalo doʻstiga va keyin unga qarab turgan qizga nigohini koʻchirdi , mamnun jilmaydi .
- Vertalyotga mindirasizmi ? - Stivga qarab savol berarkan qiz ammo boshqasi javob berdi
— yoʻq azizam , ularga minishingiz , qochishingiz mumkin emas. Ular yordam berganlikda ayiblanib qamaladi .
— unda nima ? - qoʻllarini koʻksiga bogʻlab
— qarshingdagi men nega turibman . Faqat sen uchun gʻoʻzalim
— men sizning goʻzalingiz emasman - yovvoyilik ila dedi qiz . Bu soʻzlar faqat yigit lablarida tabassum uygʻotdi
Birdan tashqaridagi mashinalar ovozi eshitildi
— ana jabirdiydalar ham yetib keldi - belidagi toʻpponchani olgancha - tashqariga chiqma hopmi goʻzalim - qizga koʻz qisib
5 daqiqadan song hamma yer tinchib qoldi . Ikki dost yana sekin eshiklarni ochib kirdilar . Tony sekin qoʻlidagi yarani yashirib , onasi bagʻriga tiqilib olgan , ammo nihohlari unga qaratilgan bolakayga kulib koʻz qisdi . Ular yonida oʻtirgan qiz tomon egilib , oyoqlarida oʻtirdi
— xonim sekin tashqariga chiqaveramiz . Bolalarni iloji boricha koʻzlarini bekitib olib chiqsangiz yaxshiroq boʻlardi
U soʻzlarini aytgach chiqib ketdi , qiz nigohlarini va hayollari bilan birga . Ular hammani birin ketib mashinalarga mindira boshladi . Bolalarni onalari roʻmollari ichiga yashirib olib chiqarkanlar , tashqarida oʻliklarni koʻrmasliklarini istardilar . Bir katta yuk mashina va bir yengil mashina harakatga keldi . Oldinda ketayotgan serjantning yengil mashinasida bazi ayollar va oʻsha yovvoyi , Stivnikida ona bolalar edi .
Mashinalar izinma ketin turib borishar ekan , daqiqalar soatlar oʻtib borardi . Allaqachon kech tusha boshlagandi . Bu vaqt ichida ikki nigoh uchrashuvi tez tez boʻlar , qizning oʻgʻri nigohlari yigit yuragiidagi shamolni toʻfonga aylantirayotgan edi .
Qanchadir soatlardan soʻng ikkala mashina ham toʻxtadi . Yuk mashinasi ichidan topilgan eski gilamlar , va ozroq ovqat shu yerda toʻxtab ovqatlanib , dam olish uchun sabab boʻldi. Ikki erkak hammasini taxt qilib sekin oʻzlari chekkaga joylashdilar . Ona bolalarni kuzatishar , ularning harakatlari yurakni siqardi . Onalar qanchalar och boʻlmasin avvalo bolalariga yedirardilar . Sovuq otmasliklari uchun egnidagi nimchalarni , qandaydir matolarni ularga oʻrashar , oʻzlari sovuqdan oʻlsalar ham bolalari issiq boʻlsin
Tony atrofga koʻz tashlar ekan bir chekkada bir oʻzi oʻtirgan qizga nigohi tushdi . Sekin oʻrnodan turmoqchi boʻlganida , savolga tutgan doʻstiga qaradi
— Tony , oʻt bilan oʻynashyapsan . Bilasana ?
Chuqur nafas olib yurib ketdi . Sekin odimlar bilan qiz ypniga borib oʻtirdi . Ammo qiz unga bir nigohini ham ravo koʻrmadi .
— ihm ihm - yoʻtalib - men Tonyman . Tony Stark
— hechkim buni szdan soʻramadi
— bilaman . Siz oʻzingiznikini aytmaysizmi ?
— hatto szni qutqargan yigitga ham a ?
Bu soʻzlardan song qiz ensa qotib yigitga qaradi . Nigohlar uchrashdi . Yigit tirjayib turardi
— unda ... - yigit soʻzlarini tigatmasidan oyoq kiyimidagi pichoqni sugʻurib oldi . Buni koʻrgan qizning koʻzlari olayib ketarkan , nima qilarini bilmay qoldi . Yigit toʻgʻri uning ustiga pichoqni oʻqtalib kelar , qiz koʻzlarini qattiq yumib oldi ... Ammo u kutgani boʻlmadi. Hechqanday ogʻriq, hechqanday pichoq unga yaqinlashmagandi , yigitdan boshqa . Koʻzlarini sekin , qoʻrquv bilan ochgan qiz , oʻzidan santimetrlar uzoqlikda unga boqib turgan yigitni koʻrdi , doimiy jilmayishi ila . Sekin yigit qoʻllariga qarar ekan , uning qoʻlidagi pichoq ilonning boshiga sanchilgan edi . Uni tishlamoqchi boʻlgan ilon boshiga .
— hatto endi ham a ? - shivirladi yigit , qizdan uzoqlashmas ekan
— goʻzal va ...antiqa ismi sharif oʻzingiz kabi - qiz lablariga bir bir qarab undan uzoqlashdi .
— afgʻonman ... Yani otam afgʻon . Onam amerikalik .
— haa demak til bilishingiz shundan - qiz bosh irgʻidi
— otam otishmada oʻldi . Onamni esa zakot bermagani uchun oʻldirishdi
Jimlik . Ular jim boʻlib qolishgandi . Jim spzlashardilar goʻyo . Ikkisning ham nigohi uzoq uzoqlarni qarar , nimanidir izlardilar goʻyo . .
— uzr soʻrayman , yarangizni yangiladim ... Endi men boray siz dam oling - Tony qoʻllarig atayanib turmoqchi boʻlgan on , birdan qoʻlidagi qattiq oʻgʻriq sabab soʻkinib yubordi . Yaralangani esida ham yoʻq .
— SHI*T ! - qoʻlning yelka qismidan sal pastroqda oʻq yalab oʻtgan joyidan qon oqardi . Yonidagi Diana ham buni koʻrib oʻrnidan turib ketdi
— qoʻ..qoʻlingiz ... Uni bogʻlash kerak
Darrov roʻmolini yechib uning qoʻllarini bogʻlashga tushdi . Boya yuziga tushib turgan bir ikki tola soch uni shunchalar goʻzal qilayotgan boʻlsa , roʻmolini yechka dan soʻng yoyilib ketgan mallarang sochlar uni yuz karra goʻzal qildi. Yigit uning goʻzallikiga mahliyo boʻlgancha ogʻriqlarni ham unutib jimib qoldi . Ularni uzoqdan kuzatib oʻtirgan doʻsti kulib yuz burdi . Doʻstini har doim qizlar bilan koʻrgan , suyagi yoʻqligini biladi , ammo buni boshqa narsa !
Allaqachon yurishni boshlagan mashinalar . Chegaragacha 10 km tahminan 30daqiqalik yoʻl qolgan. Hamma hursand ammo bu uzoqqa bormagandi . Ular ortidan yetib kelgan afgʻonlar ularni yana oʻqqa tuta boshladi .
— Kapitan , bir kishini gapi esimga tushdi aytaymi ? - ratsiya orqali gaplashishardi . Yon oynadan ortdahilarni kuzatishar , bazida oʻq otishardi ham
— bir kishi 5-qavatdan yiqilib borar ekan , hali hammasi joyida deb baqirgan ekan
Ikkisi han kuldilar ammo bu doimiy emas qoʻrquv ila . Chegaraga bir oz qolganda , qandaydir eski bina oldilarida edi .
— haa , haa albatta - Tony , yon oynadan uzoqroqda kelayotgan mashinalarga qararkan — oldindagi binoni koʻrayapsanmi ? Oʻsha bino ajoyib joy menimcha
— albatta men , bilasanqu shuni yaxshi koʻraman
— ogʻayni qani meni mashinamdagilarni ham ol
Mashinalarni oʻsha bino oldida keskin toʻxtatdilar . Yelgil mashina ichidagilarni ham yik mashinasiga oʻtirishar ekan , ikki yigit havotir ila yoʻlga qarb qoʻyishardi . Ular kelayaptdi . Ammo oxirida qolgan Diana ...
— sizchi ? - Tonyga yoshli koʻzlari ila qarab
— BOR DEYAPMAN SENGA - bu oʻshqirish qiz uchun yeyarli boldi . Ammo yigit uni tpxtatib qattiq bagʻriga bosib sochlaridan hidladi . Qiz yigit nomahram boʻlsada jim , koʻz yoshlar bilan turdi va yigit uni tezda qoʻyib yubordi . - bor tezroq ...
- Stiv uni oʻzing bilan olib ketgin . Amerakada onasini uyi bor ekan . Osha yerga olib bor hoʻp ?
Ikki doʻst ham quchoqlashib hayrlashdilar . Ular uzoqlashgach yugurib mashinasi old oʻribdili eshigini ochdi . Bir quti mina va qoʻl boʻmbalari . Uning yoniga deyarli kelib qolgan afgʻonlar oldiga oʻshalarning barini sochib yubordi . Ammo oʻzi ham ketmadi .
Belidagi toʻpponchani qoʻliga oldi va ota boshladi. Mashinalar gʻildiraklarini teshishga muavaffaq boʻlarkan , ortida ulardan allaqachon uzoqlashgan yuk mashinasiga qaradi . Ammo shu tob...
Ammo shu tob yelkasiga tekkan oʻqdan gandiraklab ketdi . Yana bir oʻq va yana bir oʻq va portlash ovozi .
Portlash ovozini eshitgan yuk mashinasidagilar hamma jim boʻlib qoldi, bir qizdan boshqa
Stiv esa jim ammo koʻzlaridan yosh oqdi . Ular chegaraga yetib keldilar . Hammalari sogʻ omon . Ularni chegaradan oʻtqazishdi , mumkin boʻlmasada . Chunki Amerika bunca qodir edi . Uning kuchi afgʻonlarni jim qila olardi .
1 haftadan soʻng . AQSh . Flarida shtati
Kichik kvartira . Qiz bi yerni oxirgi bor 7 yoshida koʻrgan . Oʻshandan soʻng otasi qizi va xotini oʻsha jahannamga olib ketgandim . Diana oynadan shaharni kuzatib oʻtirar , oʻylardi .
U ochida paydo boʻlgan uchqun alanga olmasidan oʻchdi . Hatto tag tugi bilan oʻchirishdi . U muslima . Toʻgʻri . Ammo qalb aynan muslmon insonni tanlamagani uni qoʻrquvga solmasdi , u faxrlanardi hatto . U vazifasi , odamlar uchun jonini fido qila oladigan biyuk yirak egasiga nisbatan sezgan , tuygan tuygʻisidan faxrlanrdi . Shu tob yana yoshlangan koʻzlaridagi koʻz yoshlarni artayorib telefoniga kelgan habar sabab uni qoʻliga oldi .