𝐒𝐄𝐕𝐆𝐈
Mashinasidan tushgan yigit kalitni qo‘riqchiga uzatdi. Horg‘in qadamlar bilan qo‘rg‘on tomon yurarkan, bugungi kompaniya ishlari uni charchatgani bilinib turardi. Bu charchoqni unutish uchun unga hozir alkogol kerak edi.
Uyga kirib, eshikni yopdi. Mehmonxona tomon yurib, kostyumini divanga irg‘itdi. Ammo bar yoniga kelganda sezgan o‘zgarish yuziga kulgi olib keldi.
O‘zi uchun alkogol quyib, stakanni silkitarkan, qiyofasi yanada yumshadi:
— Men aslida alkogol ichmayman
— Juda dadilsan. Menga har doim shu fazilating yoqqan. Ammo bu safar o‘ylaganimdan ertaroq qaytding, — Taehyung
— Nega erta qaytdingiz? — Qolidagi alkogol solingan stakanni lablari orasiga olib bordi.
— Ishni tugatdik, nima qaytish mumkin emasmi? — Suga ensa qotirib javob berdi.
— U uyiga ketdi, bilasan-ku, unga uyqu muhim, — Suga boshini qo‘liga tirab, esnagancha so‘radi.
— Omborlarga joylandimi? Hech qanday shubha uyg‘otmasligi kerak, buni bilasan, — Taehyung javob berdi.
U uyiga ketdi, bilasan-ku, unga uyqu muhim, — Suga boshini qo‘liga tirab, esnagancha so‘radi.
— U uyiga ketdi, bilasan-ku, unga uyqu muhim, — Suga boshini qo‘liga tirab, esnagancha so‘radi.
— Omborlarga joylandimi? Hech qanday shubha uyg‘otmasligi kerak, buni bilasan, — Taehyung javob berdi.
— Ha, hammasi hal, — dedi Taehyung.
— O‘tgan safar ham "hal" deganding, ikki soatdan keyin o‘ldirib kelganingni eshitganimda, — dedi.
Taehyung orada jimlik paydo bo‘ldi. Mehmonxona qorong‘u oynalaridan oy yorug‘ligi tushib, xona g‘ira-shira yoritar edi. Qarama-qarshi divanlarda o‘tirgan yigitlar, ikkalasining ham xayollari chalkashdi. Biri ichidagi savolini tashqariga chiqara olmas, ikkinchisi esa keyingi rejalar haqida o‘ylardi.
Bu holatdan foydalanishni istagan Suga, o‘rniga yaxshilab joylashib olib gapira boshladi:
— Chanyeolning omborini bosibsan, — dedi Suga sovuqqonlik bilan.
Taehyung lab chetida jilmaydi:
— Shu bolaga tilini tiyishni o‘rgata olmadim, — deb, barmog‘i bilan burnini qashlab, divanga butun gavdasi bilan o‘tirib oldi. Qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab savol berdi:
— Ha, bosdim, nimadir bo‘ldimi? — Taehyung etiborsizlik bilan javob berdi.
Suga, bu gapdan keyin yuzini pastga qaratib, kulib yubordi.
— Taehyung, men sendan buni so‘raganimda, menga "yo‘q" deganding, — dedi Suga sochlarini barmoqlari bilan ortga tarab boshini ko‘tardi. Endi uni yuzida hech qanday reaksiya yo‘q edi, deyolmaymiz. Uning yuzida g‘azab, alam birlashib, ko‘zlarida jamlangandi.
U ukasidan javob kutarkan, Taehyung jimlikni afzal ko‘rayotgandi.
— Nima bo‘ldiki, bizsiz qaror qabul qilding? Holbuki, bu mavzu mensiz, hammamizsiz hal qilinmaydi degan o‘zing eding, Ukajon, — Suga so‘nggi so‘zlariga urg‘u berib, gapirdi.
— Hyung, bo‘lar ish bo‘ldi, menimcha uni kovlashni keragi yo‘q, — Taehyung o‘zining qarorini bildirdi.
— Nega keragi yo‘q ekan? O‘zing hozirgacha yuzimga solyapsan, men qilganimni, nega endi men sanga buni aytmasligim kerak? — Suga soxta jilmayib.
— U meni asabimni o‘ynadi va men o‘zim qaror qabul qildim, — Taehyung ham asabiylasha boshladi, iloji boricha buni sezdirmaslikni o‘ylardi.
— Agar bu haqda hyung va Jungkook bilsa, nima bo‘ladi, bilasanmi? — Suga qoshlarini ko‘targan holda savol berdi.
— Ularni ham tushuntiraman, — dedi Taehyung.
— Nima sabab, kim sabab, bazmda nima bo‘ldi ki, sen bu qarorga kelding? — Sug‘aning ovozi tobora balandlashardi.
Taehyung asabiy ko‘zlarini yumib, chuqur nafas olib chiqardi. Asta o‘rnidan turarkan, akasiga gapira boshladi:
— Ketmoqchi bo‘lsang, eshik ochiq. Qolaman desang, xonangni bilasan, men uxlayman, — Taehyung etiborsizlik bilan zinalar tomon odimladi.
Lekin ortdan akasining ovozi uni to‘xtatdi, ammo ortiga qarab olmadi:
— U qiz bilan qasos olmoqchi emas ekansan, uni o‘yinga qo‘shma. Oxiri yomon bo‘lishini bilasan, albatta, u uchun, — Suga uning so‘zlarini tinglab, ortidan asabiy qarab qoldi.
Mashinadan tushib, kalitni qorovulga topshirgan qiz uy tomon tikilib turarkan, yuragini allaqanday og‘ir tuyg‘ular bosdi. Amakisini o‘ylab, ko‘ngli buzildi. Barchasiga ko‘z yumib, sekin uyga qarab yurdi. Eshikni ochib, ichkariga yurdi. Atrof sokin edi. Odatda bu paytda xizmatkorlar uyda bo‘lishi kerak edi. Demak, janob Pack uyda. U bunday vaqtda ishchilarning yo‘qligini afzal ko‘rardi. Faqat Cho xonimgina ishda qolgan bo‘lishi mumkin.
Birdan Sarangning qulog‘iga kimningdir yig‘isi chalinib qoldi. Ovozni eshitgan sari yuragi g‘ash bo‘la boshladi. Mehmonxona eshigi oldiga kelib, ichkaridan kelayotgan tovushga quloq tutdi. U yerda bobosi va buvisi bor edi.
— Uni olib qolsangiz nima qilardi? Axir bu qo‘lingizdan kelardiku... — dedi Insu xonim ko‘zida yosh bilan. Uning yuzida xavotir, dard va g‘am aralashib ketgandi.
— Bu qo‘limdan keladi deb ham, hamma narsani qilaverishim kerakmi? — dedi janob Chongu jahl bilan. — Bitta-yu bitta o‘g‘lingiz axir!
— To‘g‘ri, — dedi Insu xonim yig‘lab, — ammo siz o‘g‘lingizni bu xavfli topshiriqdan olib qolasiz, deb umid qilgandim.
Janob Pack unga termulib turdi, so‘ng sekin yoniga o‘tirdi. Ayolining qo‘llaridan ushlab, ohangdor ovozda gapira boshladi:
— Azizam, meni tushun. Men buni hozir qila olmayman. U mening o‘g‘lim, buni hammamiz bilamiz. Agar hozir men uni olib qolsam, ular bu haqida nima deb o‘ylaydi? Mayli, olib qoldim deylik. Ammo seningcha, o‘g‘ling buni ko‘tara oladimi? U rozilik beradi deb o‘ylaysanmi?
Insu xonim jim qoldi. Janob Pack davom etdi:
— Aslida men uni avval ro‘yxatga qo‘shmagandim. Ammo kecha ko‘rsam — ismi turibdi. Endi qaragin — mana, o‘g‘lingning holati.
U qanchalik asabiy bo‘lmasin, o‘zini tuta bilardi. Axir bu ham uning o‘g‘li — yagona o‘g‘li Jimin. U ham o‘g‘lini olib qolishi mumkin edi, lekin Jimin o‘zi borishni xohlagan. Pack bundan faxrlansa-da, yuragida hadik bor edi. Ammo u bu qo‘rquvni ko‘rsata olmasdi. Erkak kishi, oilaning boshlig‘i sifatida kuchli bo‘lishi kerak edi.
Insu xonim erining gaplariga e’tibor bilan quloq soldi. Uning haq ekanini tushundi. Yuzidagi yoshlarni artdi. Erining kayfiyati buzilganini sezib, hazilomuz va biroz arazli ohangda dedi:
— Ha, ha, u faqat mening o‘g‘lim, sizga aloqasi yo‘q. Ko‘chadan olib kelganman bolajonimni.
Qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirgancha turarkan, erining unga tikilgan ko‘zlarini ko‘rib kulishni zo‘rg‘a bosdi.
— Shunchaki aytdim, azizam, — dedi janob Chongu ayolining yuzlarini silab, jilmayarkan. — Qaytganidan keyin to‘y qilamiz. Unga ikki oylik tatilni o‘z qo‘lim bilan imzolab beraman.
Insu xonim unga ishonqiramay qaradi:
— Bunga o‘zingiz ishonsangiz bo‘ldi. O‘tgan safar ham xuddi shunday degandingiz!
— Bu safar... — deya gap boshlagandi, so‘zini ovoz bo‘ldi:
— Men esa sizni bu ishingiz uchun sudga beraman, general-polkovnik Pack, — dedi ovoz egasi hazil bilan.
Ular ovoz kelgan tomonga qarab, kulimsirab turgan Sarangni ko‘rishdi.
— To‘g‘ri, sizda bitta o‘g‘il bor. Ammo yana bitta nabirangiz ham bor — bobojon, uyalsangiz bo‘lmaydimi? O‘tgan safar sizga necha marta iltimos qilganimni unutdingizmi?
Sarang divanga o‘tirdi. Qo‘llarini ko‘kragiga qovushtirib, buvisiga qaradi:
— Sizga ham qoyil, Pack xonim. Men sizlarning xayolingizga ham kelmayman. Ota-onasi yo‘q yetimning holidan hech kim xabar olmaydi!
Oxirgi so‘zlari chin yurakdan edi, yolg‘on araz emas.
— Sarang! — dedi qattiq ovoz bilan janob Chongu.
Sarang norozi ohangda xo‘rsinib qo‘ydi. Bobosi esa yumshoq ohangda davom etdi:
— Avval bunga loyiq bo‘lish kerak, qizim. U senga nisbatan tajriba va lavozimda ustun.
— Men amakimdan qolishmayman. Tovba, endi uylanadi, deb erkalataverasizlar! — dedi Sarang burnini qimirlatib.
— Unda sen ham turmushga chiq, — dedi janob Pack hazil aralash.
— Men sizning o‘g‘lingizga o‘xshab tayyor yo‘ldan foydalanmayman! O‘z kuchim bilan hammasiga erishaman. Turmushga chiqishimga hali erta. Agar mendan qutulolmayotgan bo‘lsangiz, o‘zim uy olib, chiqib ketishim mumkin, — dedi Sarang kerilib.
— Ha senmi? Oldin ovqat pishirishni o‘rgan, qizim. Tuxumdan boshqa narsa qovura olmaysan. Uylangandan keyin uy ham yuritish kerak, — dedi buvisi, kulib.
Sarangning yuzi tundlashdi. Ichida: “Bunga kim aybdor sizningcha? Besh yoshimdan beri harbiy tayyorgarlikda o‘stirgan eringiz emasmi?” — deb aytmoqchi bo‘ldi. Ammo janjal chiqmasin, deb indamadi.
— Ha, kulinglar, bobojon ayting: "xotiningizdan arazladim", — dedi u va xonasiga qarab ketdi.
— Xudoyim, sabr ber. Rostdan ham hafa bo‘ldimi? — dedi Insu xonim.
— Rahmat, Chon-u xola, — dedi oshxona stolida o‘tirgan qiz, oldiga qo‘yilgan quymoqlarga qarab keng jilmayarkan.
Xizmatchi Chon xonimga minnatdorchilik bildirib, endi oldidagi taomni yemoqchi edi, biroq shu payt telefonining jiringlashi uning diqqatini buzdi. Qiz bezovta ohangda qo‘lida ushlab turgan vilkani stolga qarsillatib tashladi. Kutilmagan ovozdan oshxonadagi boshqa xizmatkorlar cho‘chib tushdi.
— Telefoningizni olib kelib beraymi? — dedi xizmatchi qiz xavotirli ovozda. Ammo Sarangning unga qadalgan g‘azabli nigohlaridan so‘ng darrov afsuslandi.
— Menga tinchgina ovqatlanish ham nasib qilmaydi, shekilli, — deb o‘ziga-o‘zi g‘azab bilan g‘udrandi Sarang. U xo‘rlanib o‘rnidan turdi va mehmonxona tomon yurdi.
Divan ustida turgan sumkasini olib, qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsga qaradi — “Jiyeon” deb yozilgan edi. Qiz chuqur xo‘rsinib, yashil tugmani bosdi va haligacha ovoz kelmasidan gap boshladi:
📱— Agar gaplaring arzigulik bo‘lmasa, nonushtamni buzganing uchun seni parcha-parcha qilib tashlayman, Jiyeon! — deb gapini bir nafasda aytdi Sarang va javobni kutdi.
📲 — joylashuvlarni tashlab qoydim demoqchi edim , nima boldi vay ?
- choyimni ham zahar qilaszlar , yaaaa
Qoy shu telefonni - zaxarhandalik bilan qizil tugmnai bosgan qiz ynaa asabiy choyini ichia boshladi
Tayyorlanib bolgach, soqchilar datvoza oldiga olib kelgan rusumli mashinasiga otirib , uydan chiqib ketdi . Habarni oʻqib manzil tomondan ketishni avzal koʻrgan qiz , hech boʻlmasa tashqi tomondan kuzatishni istagam edi . U aytilgan manzil tomon kelarkan atrofni sinchkovlik bilan tekshirardi .
- bu vayrona ... - qandaydr shaharning bir chekkasida joylashgan vayronalar... Qiz angladi va kuldi.
- axmoq qilishibdida , hehe - qollarini chalishtirgancha mashina orindigiga suyandi
— aytganimni qilganmiding - sigara tutatarkan , soradi
— ha , shahar chekkasidagi vayronalarga olib borgan edim
— ajoyib... - ichiga tutunni yutib - oyin boshlandi