September 20, 2025

SEVGI | FINAL


23-qism | Final

#sevgi

- Hoseok , qizni va yigitchani qoʻyib yubor

- no no noo , bunday oʻljalarni qoʻldan boy bera olmayman ... Mening qurolim qon isaydi ahir ...

- Hoseok , xato qilayapsan

- xatoni sen qilding , men bln oʻynashmadlik kerak edi  . Tiz choʻk balki oʻshanda avf etarman seni

- uni tiz choʻktira olmaysan - Mingyuning hirillagan ovozi Hoseokminf gʻazabini oshib ketishiga sabab boʻldi va qurolini oʻrti bilan yuziga ura boshladi

- OʻLDIRAMAN OʻLDIRAMAN SENI

- sen itsan , itligingcha qolasan . It esa hechqachon boʻri boʻlolmaydi- allaqachon yuzlaridan qon tomchilayotgan yigit bosh egishni hohlamasdi ...

- Mino qizni ham  otib tashlab , egasi bosh egmas egan qullatidan foyda yoʻq .

Qurolini qiz tomon oʻqtalgan yigitni koʻrishi bilan ichda uygʻongan nimadir Taehyung uchun ortiqcha edi .... Ularning har ikkisiga allaqachon qurol oʻqtalilib otmoqchi boʻlganlarida .... U 

U tiz choʻkdi . Qoʻlidagi qurollarni tashlagan holda sekin tiz choʻkdi . Lablari qaltirar , uning tuygʻulari orasida har narsani topish mumkin va bu safar qoʻrquv ular ichidi birinchi bor . Yaqinlarini yoʻqotish qoʻrquvi . U muhabbatni gʻururdan ustun qoʻydi . U misqollab yigʻgan kuch qudratini , gʻururidan voz kechgan holda tiz choʻkdi

Hamma jim edi . Hamma . Hammaning nigohi  unda hatto nafas olishni ham unutdilar . Kim Taehyongning qanchalar gʻururli ekanini biluchilar jim qoldi . Koʻzlarida hayrat .

- YOʻQQQQ YOʻQQQQ YOʻQQQQQ - buni koʻrgan Mingyuning koʻzlaridan chiqqan yosh qonga aralashib oqardi .

- kechir ukajon - nim tabassum ila  ukasiga qaradi

. Hoseok ham uning holidan boshida hayronlikdan qotib qolar ekan , keyin kula boshladi

- kimsan Kim Taehyungni tiz chokganini koʻrgan birinchi inson boʻldim

- endi ularni qoyib yubor , Hoseok . Men qoʻlingdaman ahir  - oldida koʻzlaridagi koʻz yoshini zoʻrgʻa ushlab turgan qiz va yon tomonida ikki qoʻriqchi qurshovidagi Mingyuga nigoh tashladi . Ularning holatini koʻrgan sari uning gʻazabi  chegaraga kelgan edi . 

- kimni ? .... Haa bu ikki oʻljani aytayapsanmi ? -  Hoseok , oʻzini axmoqlikka solar , ikkisiga ishora qilardi - ammo ular bilan seni tiz choʻkishgacha olib kela olarkanman ... Balki hali ular kerakdir? - u sekin Taehyung oldiga kelib choʻkkalab dedi . Ammo unga jim qarab turgan yigit undan nigohini uzmas , kula boshladi .

- seni erkak emas deyishardi , ishonmasdim ... Ammo , mana isbot . Oʻz soʻzida tura olmaydigan erkak erkak emas . Tupurgan tupugingni qaytib olar ekansan , oʻzingni qanday qilib erkakman , sherman deya olasan ?

- sen ... - Hoseok , uni yoqasidan oldi .

- bilasanmi ? Men hechqachon gapimdan qaytmagan man . Shu sababdan ham bu olamdagi har kim mendan qoʻrqdi , ha qoʻrqdi . Hatto oʻzing ham . Oʻldiraman dedimmi,  oʻldirdim ! Beraman dedim , Berdim ! Olaman dedim, kerak boʻlsa ortigʻi bilan oldim . Bu olamda hukmron boʻlaman deya kurashayotgan oning , bu mafia dunyosining oʻzi men ekanimni tushunmading ! Bu olam menga tegishli emas !? Bu olam - menman . Faqat men . Bu olamning oʻzi mendan iborat . 15 yillik hayotim davomida sen yashayotgan hayotni qurdim . Qoidalar yaratdim va sen oʻsha qoidalarga it kabi boʻysunib kelding . Bu esa oʻzgarmay... - Taehyung , uni allaqachon  ikki qoʻlidan qayirib qoʻriqchilar ushlab olishgan . Ammo uning har bir soʻzi barchani ich ichidan titratardi . 

Xatto , Sarang . Uning soʻzlarini eshitgan sari ichida qandaydir tuygʻu ... Faxrmi , gʻururmi ? Nima boʻlsa ham u uchun kurashayotgan inson U ekanidan ichida nimadir jiz etdi .

Lek,  Hoseok gʻazabdan qizarib borar , Taehyungning oxirgi soʻzlari sabab yuziga musht tushurdi . Mingyu tipirchilar ammo shu ozgina vaqt ichida unga ham tushirilgan mushtlar , pichoq bilan berilgan yaralar harakatida sustlik , ojizlik yaratardi .

Taehyung . U mushtlar sabab egilmas , bukilmas , koʻzlaridagi gʻazab va qudratni koʻrsatib turardi . Bu Hoseokni yanada gʻazablantirar , oxiri uni qoʻyib yuborib bir ikki qadam chekindi . Kamaridagi toʻpponchani chiqarib unga oʻqtaldi .

— mana oʻsha olamni oʻz qoʻllarim bilan yoʻq qilaman . Oxirgi soʻzlaringni ayt .

— Mingyu ...ukajon -    labi chetidan tomgan qonni tili bilan yalab , lablaridagi jilmayishni qaytardi -   sen bilan bir oʻyin oʻynardik ... Esingdami - oldin Sarangga keyin Mingyuni oʻziga qaradi

Akasining bu soʻzlaridan keyin uning ham yuzida kulgu paydo boʻldi . U ham akasi kabi labidagi qonni yalab atrofga bir nazar soldi .

— Dominomi ? Achinmaysizmi keyin , jigarim? - Mingyu

— oʻlishdan oldin bor yayrasak yayrabmizda - Taehyung

— eyy nimalar deyapsiz - Hoseok quturib. Taehyung esa uning koʻzlariga qaradi

— sanoq boshlandi  - Taehyung - bir

— EYYYYYY, HOZIR TOʻPPONCHANI BOSAMAN - Hoseok yanada quturar, balki qoʻrqardi . Ahir ular qoʻrqishga arziydi

— ikki - Mingyu . Taehyungga qarab . Taehyung esa qarshisidagi qizga "egil" deya ishora qildi . Va sekin qoʻllarini ortidan birlashtirib yenglaru ichida yashiringan moslamani ushladi

—  SENLAR NIMA QIL....

Bir soniya ichida sodir boʻlgan portlash .Portlashning kuchidan butun xona larzaga keldi. Derazalar chil-chil bo‘lib uchib ketdi, shiftning bo‘laklari yerga quladi.

Hoseokning tanasi qattiq zarbadan devorga urilib, pastga quladi. Uning qichqirig‘i portlash tovushiga qo‘shilib ketdi.

Mingyu esa yon tomonga uchib tushdi, yelkasi yonib, qon aralash tutunga belandi. Labidagi jilmayish esa portlashning og‘riqlari ichida ham so‘nmagan ko‘rindi.

Taehyung qizni o‘z bag‘riga tortib, uni pastga bosdi. Tutun ichida uning ko‘zlari qizil chaqnab, yonayotgan taxtalarga qarab jilmaydi.

— “Uch...” — deya pichirladi u...

FleshBack . Yarim soat oldin .

— ukamga til tekkizma , yaramas bola - Jin unga barmogʻini niqtab

— koʻnglimni sassiq koʻchasiyeyy - Mingyu ham u kabi

— maynavochilikni yigishtiring . Mingyu yur - Taehyung unga qoʻlidagi qurolini berib

— jin ursin* sizni . Oʻlib ketsam ham qaygʻurmaysiz , meni siz uchun bir tiyinlik qiymatga ega emasligimni koʻrsatdingiz- qoʻlidagi qurollarni yaxshilab tekshirar ekan , vaysab borardi . Ammo shuni aytish kerakki , uni qoʻrqoq deb boʻlmaydi bu shunchaki ...

— gʻingshima ! -  Suga . Shu on Taehyung sekin uning yoniga kelib qulogʻiga nimadir dedi ...

— omborning uchta nuqtasiga portlagichlarni oʻrnating . Keyin oʻzingiz ketavering . Mashina qolsa boʻldi

— ammo ...

— iltimos , hyung - Taehyung qatʼiy nigohlar ila

Suga ham tasdiq manosida bosh silkib qoʻydi , Taehyung ham uning yelkasiga qoqgancha ulardan uzoqlashdi

Come back

Atrof chang-to‘zon va yonayotgan qoldiqlar bilan to‘lib ketgan edi. Qizning quloqlari chinqirib, nafas olishi qiyinlashdi. U qo‘rquvdan titrab, Taehyungning qo‘llarini yanada mahkam ushladi. Yigit unga qaradi , Sarang koʻzlarini olib qocharkan Taehyung kulib qoʻydi .

Hoseok esa qoni aralash yo‘tala boshladi, ammo hali hushini yo‘qotmagandi:
— “Sizlar... aqldan ozgansizlar...” — dedi u bo‘g‘ilib.

Mingyu sekin o‘rnidan turib, sekin yurib Taehyungga qaradi kulib :
— Janob Kim ... Achinmaysizmi degandima ?

Taehyung ham qizni asta yon tomonga surib, kuldi. Atrofga qaradi . Hechkim oʻlmagan faqat portlash sabab hushini yoʻqotganlar , yoki oʻzini bilmay qolganlar . U sekin oʻrnidan turib qizga qoʻl choʻzdi .

— bu yerda nima qilayotganing va qayerdan , qanday , nima uchun kelganing sabablarini haqidagi dialogingga tayyorlan Pack xonim - qizni qoʻlidan tortib oʻrnidan turgʻizdi . Nigohlar birlashdi

— men ...

Ammo shu dam kulgu ovozi . Hoseok sudralib borib devorga suyangancha kulardi . Ahvolini yaxshi deb boʻlmaydi . Egnidagi oq koʻylagi qora boʻlib ketgan , koʻksiga oyna siniqlari koʻrgan shekilli qop qizil qon edi .

— Kim ...  Toʻgʻrisi uni bunchalar laqma deb oʻylamagandim ... Shunchaki raqamimdan unga habar yozdim xolos . U esa yugurib kelibdi .

Taehyung tilini ogʻiz boʻshligʻida aylantirib Sarangga qaradi , qiz  ham .

— keyin u bilan gaplashaman deb turganimda , yani "yaqindan"... Ham endi bu qushchani taʼmini tatib koʻrish haqida oʻylab turganimda sen kelib qolding ... Balki , bir kun berib turarsan a?

Taehyung koʻzlarini yumdi va chuqur nafas oldi . Lablaridagi dam-dam paydo boʻlayotgan kichik jilmayish yaxshilik alomati emasligini ukasi biladi.

— Mingyu, uni ol - Sarangga ishora qilib , Mingyu yurib kelib Sarangga bir akasiga qaradi - siz chiqing

— aka

— men keyin chiqaman

— unda men hamm

— senga chiq dedim Mingyu

Akasining nigohlaridan barini tushungan yigit Sarangning yelkasidan ushlab tashqari tomon odimladi . Sarang esa ortidagi yigitdan koʻz uzmasdi . Taehyung ham nihoyat qizga bor nigoh tashlab Hoseok tomon qaxr va gʻazab ila odimladi . Yoqasidan bir tortib burni tagiga keltirib qoʻydi .

— sen oʻlishni juda istayapsan shekilli a ?

— haaa yoqmadimi ?

— Hoseok tilingni tiy deb koʻp aytganman . Men bilan mening gʻazabim bilan oʻynashma .

— oʻynashsamchi ? - Hoseok, uning jilmayib aytgan bu soʻzlari , Taehyungning quturish darajasiga yetkazdi . Uni itarib yuziga musht tushurdi , ura boshladi

— men senga men bilan oʻynashma dedim ! DEDIMMI ? DEDIM ! AMMO SEN ESA QILMADING !  OʻYNASHDING . SABRIMNI TOSHIRDING ! MENGA TEGISHLI BOʻLGAN OʻSHA QIZGA TEGDING . MEN HALI USHLAMAGAN QOʻLNI SILTALADING ,  MEN HALI TEGINMAGAN TANAGA TEGDING  ,  HALI OʻZIM ZIYON YETQARIB QOʻYISHDAN QOʻRQADINGAN OʻSHA QIZNI QIYNADING IT ! MEN SENI NIMA QILAY AA? NIMA QILAY ?  Qayerdan menga bunchalar dushmanlik ? Avval bunday emasdinqu ... Qayerdan bunchalik nafrat a ?

Taehyung oxirgi soʻzlarini aytib urishni toʻxtatdi . Hoseok yanada yomon ahvolga tushdi . Yuz koʻzlarida sogʻ joy qolmagan edi . Taehyungning oʻzi ham sekin turib qoʻllari ham qonab ketganini koʻrdi . Shu dam , inqillagan ovoz .  Hoseok yoʻtaldi , qon sachradi . Ammo harakatsiz qoldi shunchaki lablari qimirlardi

— bilasanmi ? Senga eng boshidan , birinchi marta uchrashganimda , yillar oldin , havas qilgandim . Rostdan , chin koʻngildan , chunki ,  Oilamni yaxshi sharoitda yashashini xohlardim . Sen kabi boʻldim . Shu olamga qoʻshildim . Oilamga juda yaxshi sharoitlar yaratib berdim  . Ammo .... Ammo bir kun ... Bir kun ular uyga borganimda qonga belangancha yotishardi . Hatto 5 yoshli ukamga ham rahm qilishmagan . Bari sen tufayli . Sen ! Seni oʻshanda uchratmaganimda , menga yordam bermaganingda bular boʻlmasdi ...

— sen nimalar deyapsan ?

— bari seni deb ! Faqat seni deb !

Taehyungda asabiylik. Sekin Hoseok oldiga choʻkkaladi.

— Hoseok . Meni tariximni bilasanmi ?nega men bu yerda ekanim , qanday qoʻshilganim , barini ... 

Men 7 yoshimda butun oilamni koʻz oldimda otib ketishdi . Dadam , Onam singlim , akam . Ularga shunchalar shavqatsizlik qilishdiki , shu yoshimda ota onasiz qoldim . Keyin yetimxona

U yerdan meni bir oila saqlab oldi. Juda yaxshi odamlar edi , shunchalar yaxshiki , tasavvur qila olmaysan . Otam haydovchi boʻlib ishlardi . Halol odam edi . U bir kun eshitishi kerak boʻlmagan narsani eshitgan va ularni ham oʻldirib ketishdi . 14 yoshimda ikkinchi oilam ham ketdi. Suga - uni yagona singlisini zoʻrlab oʻldirib ketishgan . Jungkook - uni oʻz oilasi , onasi oʻldirmoqchi boʻlganda qutqarib qolganman ... Jin ham yetimxonada oʻsgan . Bizning seniki kabi oilamiz boʻlganida hechqachon bu olamga kirmagan boʻlardik , seni oʻzing ularni qotili san  . Shu sabab endi tushun va ortga qayt , Hoseok !

Hoseok  avval qarshisidagi yigit soʻzlarini eshitib jimib qoldi , u tushundi angladi . Unda rostdan ham oila bor edi . U sabab ular ketdi ... Shu dam birdan qilgan yana bir xatosini esladi

— endi kech ...

— negaa?

— ma.. mashina ... MASHINADAA BOMBA BOR EDII

Mashina. Mingyu va Sarang ketgan mashina ... Taehyung shunchalar shiddat bilan ular tomon otildiki  , ammo ...

~ BOM

Bomba portladi . Mashina Taehyungning koʻz oldida chilparchin boʻldi  . Chorasizlik , qoʻlingdan hech ish kelmagani ... Bari insonni tamom qiladi . Bir vaqtning oʻzida ham ukasidek inson va ... va sevgan insonidan ayrilish ...
Inson miyasi ... Shundayin bir vaziyat boʻladiki , inson miyasi ishlashdan toʻxtaydi . Taehyungda aynan shunday

Ting.....

Sevgi shundayin tugadimi ? Boshlanmasdan oxiri ...

~~~

Yarim yildan soʻng

Uyi oynasidan pastda turgan ikki qoʻriqchiga asabiy qarab turgan qiz , ularni kim qoʻyganini faxmlab unga telefon qildi

—agar eshigim tagidagi barzangilarni olmasangiz ....

— 📱nima qilasan ? - uning mazah ovozi qizni jinni qilayozdi

— Nima qilishimni koʻrmoqchimiz ? Politsiya chaqiraman . Misqollab yigʻgan mavqeyingizni yer bilan bitta qilishimni

— 📱shhhh , asabimni buzma Jeon Jiyeon !

— Song ! Song Jiyeon!

— 📱ishim koʻp Jiyeon qoʻngʻiroqni tugataman - yigit yuziga qizil tugmani bosib qoʻyishi bilan ishonqiramay yana telefonga qaradi

— oʻchirdi. Yuzimga oʻchirdiya ... Kelasizqu hali Janobi Jeon Jungkook...

~~~

Mashinalar yurib borar ekan , chorrahaga kelganda ikki mashina bir biriga urilishiga oʻz qoldi . Shinalarning chiyillagan ovozi butun koʻchani egalladi . Oq mashina ichida oʻtirgan qiz oldidagi mashina kimniki ekanini yaxshi bilib asabiylik ila mashinadan tushdi . Yigit ham sekin tushib oʻzinikiga suyandi .

—  aqldan ozganmisiz ?

— yoʻq

— unda nega bunday qiliqlar qilyapsiz ? Oʻlib ketardik ikkimiz ham

— bunga yoʻl qoʻymasdim - qiz tomon egilib uning koʻzlariga boqdi

— valdirayvermang , Min Yoongi ! Asabimni buzyapsiz !

— toʻgʻri gapni aytdim xolos Lee Sue xonim.

— axmoq - Sue shu soʻzlarni aytgancha mashinasiga minib oʻz yoʻlidan ketdi ... Yigit esa kulgancha oʻzinikidan ...

~~~

Uning oyoq kiyimining "taq-tuq" tovushi . Butun binodagi xodimlarni zir titratadigan tovush  yangray boshlar ekan hamma tizilib unga egildi . Qizning odatini bilgan xodimlar xoʻjayinga bir  soʻz deya olishmasdi . Yuqori qavatga chiqib yurib borar ekan , erining xonasiga taqillatmasdan kirdi va  ichkaridagi holatdan joyida toʼxtab qoldi. Qarshisida  ogʻiz - burun opishayotgan  qiz va yigit . Qiz deyarli yarim yalangʻoch holatda edi . U yigit ustiga chiqib olgan , yovvoyilardek yigitga yopishar , yigitning shaxvatini uygotishga urinardi ... Sarang kirishi bilan kotiba va eri u tomon qaradilar . Kotiba qiz tezda yigit ustidan tushib ust boshini toʼgʼrlashga harakat qilardi . Yigit esa xotiniga shunchaki qarab turardi . Shunchaki ... Qiziqish ila. Undan toʻpalon qilishini yoki jim chiqib ketishini kutdi . Ammo qizdan kutilmagan soʼzlar : — Davom eting !
Kotiba qizning kozlari hayratdan kattalasharkan eri labidagi jilmayish kengaydi ..

— kotiba Lee , aytganini qil - xojayinining maʼnoli nigohlaridan so'ng qayta sekin uning oyoqlarija joylashar ekan , yana ishida davom etdi , ammo bu safar u berilib emas hijolat bilan qilardi.  Unga biroz qarab turgach ichkariga qadam tashlab, egnidagi kastyumini yechgan qiz ular qarshisiga bordi.

— tur , qilolmading

Kotiba qiz oʻrnidan turar ekan , qiz ungacha stol ustidagi nam salfetkalardan birini olib yigit lablarini artdi.  Bu harakatlardan ichidagi kulguni zoʻrgʻa ushlab turgan yigit hali ham jim va sokin turardi .

— mana bunday qilish kerak - qiz kotiba qiz kabi yigit oyoqlarida oʻtrmasa ham , yuzida ushladi ...................

Bu vaqtda xoʻjayini ishorasi bilan  xonani tark etgan kotiba chiqishi bilan yigitni itarib oʻrnidan turgan qiz oʻzini toʻgʻrladi . Yigit esa mast edi . Ha u mast edi , bu qiznibg dudoqlari taʼmidan  mast edi ...

— yaxshi ketayotgandik

— siz ... Siz nimalar qilayapsiz a ? 

— tushunmadim ? - Taehyung , qoshlari chimirilib

— kotibani aytyapman ! - qiz qatiylik ila - bu .. siz ... xiyonat qildingiz

— xiyonat ? Qandayin xiyonat ? Kimga xiyonat qilibman ? - oʻrnidan turib qiz qarshisiga bordi

— menga ! Xotiningizga !

Bu soʻzlar Taehyungning portlashiga sabab boʻldi

— xotinim ? Xotinim bormi mening ? Men bilan ishi yoʻq hatto gaplashmaydigan menga etibor bermaydigan qiz xotinimmi ?  Turmush qurganimizga yarim yil boʻlgan boʻlsada hali ham alohida xonalarda yotadigan qiz mening xotinimmi? Birinchi bosamiz toʻy kuni boʻlgani va xolbuki ,  ikkinchisi xozirgina boʻlgan qiz meni xotinimmi ?  Javob ber ! .... Men erkakman Kim Sarang ! Erkakman !

FleshBack

Suga . U oʻsha kuni ketmagandi . Taehyungdan , Mingyudan xavotir olgani sabab keta olmagandi . Mingyu bilan bir qiz ,  Sarang chiqqanini koʻrib ular oldiga bordi va oʻz mashinasiga mindirdi . Taehyung hali chiqmagani sabab ketmay uni poylab turishdi . Suga oxiri sabri tugab mashinadan tushgan on Taehyung yugurib chiqqanini koʻrib toʻxtadi va shu dam ... Bomm ... Portlash .  Suga , Sarang ,  Mingyu bir muddat karaxt boʻlib qolishdi ... Mashina ulardan uzoqda boʻlgani sabab bu ularga zarar keltirmadi

Ikki aka uka mashinadan tushib Taehyung tomon bordilar . Sarang ham sekinlik ila harakat qilarkan , koʻzlarida yosh oʻynardi . Ham oʻz holiga , ham uning holiga .

— AKAA - Mingyu baqirib .

Taehyung ularga keskin qarar ekan , un tomon yugurib kelayotgan ukasi , akasi va .. U . Taehyung yana bir bor tiz choʻkdi . Ularni koʻrib tizzalab qoldi . Sevgi va muhabbat oldida yana bir bor tiz choʻkdi .

ComeBack

— qoʻllaringa Hoseok topshirdim . Sen esa menga vadang sabab turmushga chiqding . Toʻgʻri! Ammo men senga oʻshanda aytdim . Seni sevaman ! Eng boshidan beri dedim . Ammo sen jim qolding. Mayli dedim . U yosh dedim . Balki menga nisbatan his tuygʻulari yoʻqdir  dedim . Ammo yarim yil oʻtdi sado kelmadi .  Nima qilishim kerak edi. Erini urushdan kelishini umrbod kutgan xotinlar kabi kutaymi . Qayta aytaman Kim Sarang . Men erkak kishiman ! Menda istak bor . Ha , seni sevaman ammo men oʻsha istagimni qondirish ham kerak Sarang . Tushun . Va menga javobingni ayt . Meni sevasanmi ? Agar yoʻq desang mayli , taqdir emas ekan . Ajrashamiz , qarshingga chiqmayman,  hechqachon !  Faqat kuzatishim havfsizligingni tekshirishim mumkin xolos. Bilasan bir soʻzli odamman , aytganimni qilaman . Sen ayt , sevasanmi ? - Taehyung, un barini aytdi . Ichidagi barini . Qarshisidagi qiz javoblarini aytsa yetarli , yoki tugaydi yoki boshlanadi ... Ammo bunga oʻzi ham ishonmayapti

— javobni soʻzlar bilan aytish shartmi ?  - Sarang

— albatta yoʻq , shunchaki chiqib ketishing ham mumkin . Qoʻrgʻonga ajrashish haqidagi arizani yuborib qoʻyaman - oxirgi umidlari ham soʻngan yigit , koʻzlari orasidagi joyni uqalab , ortiga burilib stuli tomon qadam bosgan on ...

Pov *Sarang

Uning soʻzlari , bari ich ichidan edi . Va oxirgi bergan savoli . Men undan ayrila olmasligimni , uni yoʻqotishdan qoʻrqishimni allaqachon anglab yetganman . Ammo hech qachon aytmadim . U meni ishqi ila oshiq qildi . Menga boʻlgan muomalasi , harakatlari . Ha , u Mafia olamidan ketmadi , ammo men ketdim . Vijdonim yoʻl qoʻymadi balki . Ammo uning sevgisi kuchi barini unuttirardi . Lek  qoʻrqardim . Aytolmadim . Hozir ham kuch topib aytmasam un mendan ketib qoladi ... Soʻzlar . Yoʻq harakatlar . Men unga sevgimni harakatim orqali ishora qilishni tanladim .

Chunki muhabbat soʻzlari mening zaif nuqtam ekan ...

U ortiga , joyiga borayotgan oni qoʻrqanimdan bilaklariga yopishib oʻzim tomonga qartdim va boʻynidan oʻzinga tortib ............

Ikkimiz ham chuqur chuqur nafas olardik . Mening qoʻllarim uning boʻynida,  uniki esa belimda  . Uyalyapman ... Ha uning nigohlari menda ekan ich ichimdan titroq va uyalish meni tamom qilayotgandek ... Nimalar qildim men . Chiqib ketaman ... Haaa ... Endi undan uzulib qochaman deganimda belimdan yanada qattiq tortib oʻziga jipslashtirdi , qattiq quchoqladi , boʻynimga yuzini koʻmarkan , titroq qandaydir yoqimli hislar meni chulgʻab oldi ... biz jim edik . Ammo yuraklar soʻzlayotgandek...

Bu bizning boshlanishimiz ... Nima boʻlsa ham sevgimiz tugamasin .

Sevgi ...

#end_fanfic