May 3

Castigo


2-qism

Sarang pichirlagancha mashinasini  istagan koziga koringan tungi bar oldida toʻxtatib , ichiga kirib ketdi. Orqasidan kelayotgan  Hoseok ham gʻazab bilan mashinadan tushib , uning ortidan kirdi .

Ichkariga kirgan qiz yuragi gursillab urar , otasi qarorini oʻzgartirish , ortidagi "yoqimszlik " dan qutulish uchun har ishga tayyor edi . Qayerdan bolsa ham kelishkanroq, didiga mos yigit topa olmay xafsalasi pir bolayotgan on, bar stolini tozalayotgan yigitni korib ayyorona jilmaydi. Oldinga qatiy yurib borar ekan , ortiga bir nazar tashlab , yigitning boynidan tortib oʻziga yaqinlashtirdi Sarang,  quloqlariga iltijoli soʻzlarkan,  aktrisalardek rolga kirdi.

-Men bilan ikki daqiqa sevishganlar rolini oʼyna . Ogzingga siqqunicha pulingni beraman...!

....

Bar ichiga kirishi bilan u uchun oʻynalayotgan "tomosha" Hoseokga kuchli bir  zarba kabi boʻldi  . Bu yerda turishdan koʻra ketishni avzal bilgan yigit  ularga oxirgi bor qarab, un yerni tark etdi.

Sarang , u yigit boʻynidan ushlagan, koʻzlari yumuq va huddiki ,  bu tasvir — ikki sevishgan  bir biriga toʻymayotgan dek .

Shu dam "Jabrlanuvchi" xarakteridagi yigit ,  nima boʻlgani va boʻlayotganini qandaydir maʼnoda angladi. U ham  qotib turar negadir qarshisidagi qizning harakatlari unga yoqayotganini bildirardi.  Ammo, qiz  har narsani tabiiiydek koʻrsatayotgan boʻlsada bu tomosha ekani uni hech xushlantirmadi.  Qaddini biroz egib: 

—yo bu boʻsa haqiqiy bolsin , yoki qoʻllaringni boʻynimdan ol, oyimcha!

Bu dagʻal va doʻrillagan ovoz sabab qiz tun kabi qora koʻzlarini qarshisidagi insonga qaratdi. Kelishgan !  Ha qiz hayolidan oʻtgan ilk soʻz bu boʻldi . Bu yigit haqiqatdan koʻrkam va kelishgan, hatto qizga "koʻcha ayollari"ga  qaragan kabi nigoh tashlayotgan bu "jabrlanuvchi" unga yanada yoqib tushardi .

—sobiq sevgiling menimcha allaqachon chiqib ketdi, qaytib kelmasa ham kerak

Shu tob Sarangga qilinayotgan bu muomala uning jigʻiga tegar , ammo qandaydir yoqimli. Unga doimiy hurmat va ehtirom bildirib, ketidan "supurgi" boʻlgan insonlardan bu qiz bezillab ketgan! Shunchaki yigitga lab chetidan jilmayib, uning boʻynidan qoʻllarini sekinlik bilan oldi va uzoqlashdi.

—ammo harakatlar... oʻzingga juda yarashib turgandi

—ammo sening kasbing- yigit qo'lidagi idishlarga qarab, uni oddiy xizmatchi deb oʻyladi- koʻrkam yuzing va gavdangga mos kelmayotgandek...

—tashqi koʻrinishga qarab baho berma.

— ichki tomoning... menga qiziq emas , hozircha

Bu soʻzlarga yigit lab chetida jilmayib qoʻydi

—nimadir kerakmi xonim?

Ular ortidan kelgan yana bir yoʻgʻon ovoz sabab ikkisi ham oʻsha tomonga qaradilar

—siz kimsiz? - allaqachon nigohlari ila uni boshdan oyoq skaner qilib.

—oyoqlaringiz ostidagi koshonaning egasi deylik - yigit (Dowoo) qoʻllarini choʻntagiga tiqib.

—ajoyib, men bu ishchingizga raxmat aytayotgan edim, menga bergan yordami uchun...

—yoʻgʻe... - ikki yigit bir biriga maʼnoli qarab olishdi

—ha , senga esa bu karta - telefoni ortidan plastik kartani olib - ichida pul bor , buncha pulni umringda koʻrganmisan yoʻqmi bilmayman ... Yordam uchun  esa raxmat

Qoʻliga tutqizilgan kartaga qarab lab tishlagan yigit , bardan chiqib ketayotgan qiz tomon shunchaki qarab qoldi.

—Qachondan bu yerda xizmatchi bolib qoʻlding - Dowoo,

—hey senga aytyapman, Isooo

Shunchaki eng boshida uni qiz uchun "xizmatchiga  aylantirgan" idishlarni qayta qoliga oldi. Hech soʻz demay ichkariga yura boshladi

—10ta barmogʻingni ham ogʻzingga tiqma bola! Bu yerda qoʻshiq aytasan, yana keladigan pul bor deysan... Oyimchadan ham kartani olding, shuncha pulni nima qilasan? - Dowoo

—biram ziqnasanki - qoʻlidagi idishlarni bar oshxonasiga qoʻyib chiqarkan, ortida hali ham chakagi tinmay kelayotgan doʻstiga qiyo ham boqmasdi

—boylar qanday boyiydi deysan? Albatta ziqnalikdan!-Dowoo

— yoo xudoyim- Iso kulib

Iso yana bir bor eshik tomonga, qiz ketgan tomonga qarab qoldi...

__

Parklar Qoʻrgoni.

Bugungi tun shunchalar qorongu va tinch ediki , hatto Sarang oz yuragi urishinini ham eshitayotgandek

Mashina eshiklariga suyanib,  qanchadir vaqt atrofni jim kuzatgan qiz sekin uy tomon yura boshladi . Uy , bogʻ, hammasi... hamma hammasi oʻsha-oʻsha... 10 yil oldingi kabi‌‌. Uyga kirib eahikni yopgan on unga qonga toʻla kozlar ila boqib turgan otasini koʻrdi.

—sen nima qildim deb oʻylayapsan? Aa?

—nima qildim dada?

—sen oʻzingni kim deb sanayapsan , bola? Odamlar oldida , begonalar oldida menga qilgan munosabating , hatti-harakatlaring... 10 yil ichida xohlaganimni qila olaman degan tushuncha paydo boʻldimi-yo?

—dada men baribir unga turmushga chiqmayman! Qanday qilib meni osha manyakga loyiq koʻrayapsiz?

—u hechqanday manyak emas. Sening bolajak ering!

—bo'lajak er? Menga er kerak boʻlsa oʻzim topaman

—hah .. yoʻgʻe? Osha bardagi bir ishchinimi? Kelganingga soatlar boʻlmay meni mavqeyim , obroyimni yer bilan bir etish uchun harakatni boshlading.

—mavqei? Odamlardan foydalanib, azoblab, qaysidir insonlarni qon yigʻlatib yigʻib tergan mavqeyingizni YER YUTSIN! 

—tars!!! - shapaloq ovozi. Uy ichiga kirgan yigitni ham  gangitib qoʻydi.
Sarang yuzini ushlab qotib turardi. Hechqanday harakatlarsz, koʻzlatida hatto yosh tugul, hissiyot, chaqnash hechbiri yoʻq edi.

—foydalanish, qon yigʻlatish nima ekanini senga ham koʻrsatishim mumkin. Men bilan yana bir bor shu ohangda gaplashsang, bunga albatta guvoh boʻlasan azizam.

Janob Packning oxirgi soʻzlari shu boʻldi. Ota shaxt ila chiqib ketarkan oʻsha kirgan yigit- kichik oʻgʻli Seunghunga ham gʻazabnok nigohlarini koʻrsatishni unutmadi.

Sarang... U jim edi qaddi qisman bukilgan, yuzini ushlagan qoʻllarini olgan boʻlsada hali ham oʻsha nuqtaga qarab turardi.

—qaytganingni hammaga bildirish uchun juda zoʻr yoʻlni topibsan- Seunghun xona ichkarsiga kirib borar ekan Sarangga qarab qoʻydi

—bunchalar bosh ogʻriq boʻlgandan koʻra kelmaganing yaxshi edi- bu soʻzlar uning oʻgʻzidan shunchaki... eʼtiborsiz gina chiqdi. Sarang shu on unga qaradi. Koʻzida endi yosh toʻla edi.

—aslida oʻsha kuni , 10 yil oldin oyim bilan birga oʻlib ketganim yaxshi edi!

Qizning bu soʻzi aslida ikkisi uchun ham oʻz maʼnosiga ega edi. Oʻtli nigohlarni birinchi uzib , qiz ukasini turtib oʻtgancha tepaga balki saqlab qoʻyilgan xonasi , balki boshqa boʻsh bir xona tomon odimlab ketdi

Pov*

Har bir inson oʻz ichki kechinmalari, odatlari, hayoti, oʻtmishi, umuman oʻzligiga ega! Buni faqat va faqat u his qila oladi va faqat u tushunib anglay oladi. Kimdir hech bor zamon oʻzganing oʻrnida boʻla olmagan. U sizni qanday yaratgan  boʻlsa shunday qolasz. Albatta oʻzgartirish imkoniyati mavjud boʻladi, ammo bu kimningdir kechib oʻtgan yoʻliga taalluqli bola olmaydi. Biroq Bogʻliqliklar doim mavjud. Hayotlar jambarchast bogʻliq. Oʻtmishlar oʻxshash... Kimnikidir baxtli, kimnikidir zulmat ichra ...

Davomi bor...