Castigo
—bunga raxmatni qanday aytsam ekan-a?~ Nima beray senga?
—shu gulgʻuncha lablaringda bir boʻsa
Bu soʻzlarga qiz jilmaydi. Asta yigit boʻynidan qoʻllarini oʻrardi. Ikki tana borgan sari jibslashib borar va shu on...
__
Uxlab yotgan yigit yuzini iti yalar , uygʻotishga harakat qilar va bu hatakati bugun egasi uchun yomon boʻlib tuyildi.
—Bammmm shunday tushni beliga tepding itvachcha...
Kechagi qiz... Uketgandan soʻng negadir hayolimdan ketmadi. Qizlar bilan "yaxshiman", ammo hech birini sevmaganman, ular shunchaki koʻngil hushlik uchun! Ammo oʻsha qiz... U yuragimda qanaydir uvushish paydo boʻlishiga sabab boʻldi. U boʻynimdan quchib, lablarini meni lablarimga tekkizay deb turar, koʻzlari esa yumuq. Yuragim... U hechqachon kim uchundir bunchalar tez urmagandi.
Koʻzlari... Ularni koʻrishni xohladim va kutdim, ammo uzoqda bizga qarab turgan oʻsha yigit sabab bularning bari bir zumda toʻxtadi. Mendagi asabiylik-mi?
Unga aytgan soʻzlarimga qiziqish ila boqardi. Soʻzlari ham, oʻzi ham meni yondirardi...
—ha ogʻayni - yigit ortida tilini osiltirib yurgan itiga qarab- agar oʻsha qizni koʻrganingda, bu tiling yanada uzun osilgan boʻlardi.
Oshxona tomon yurib borayotgan yigit uning ortidagi itiga gapirar, it ham baʼzida gaplashgan kabi ovoz chiqarib qoʻyardi.
Uy u qadar katta emas , bir qavatli ixcham va orasta xonalardan iborat edi.
Oshxona ichidagi it uchun ajratilgan alohida burchak. Iso yurib borib, tokchadagi itlar ovqatini oldi va idishga soldi. Bam darrov kelib ovqati yeya boshladi.
—eyy Xudoyim - Iso kulib - nimalar oʻylayapman-a?... Oʻtgan oy sen bir chiroyli kuchukcha uchun 2 kun aza turganing esingda-mi, Bam? - yigit allaqachon yuzini yuvib, oʻziga qahva damlab icha boshladi
—men ham shunday aza tutsam-mi? - yigit kulib yubordi, Bam ham akkilladi, huddi tushunib tasdiqlagan kabi.
—ammo bu keraksiz - oshxonadan chiqib egniga kamzulini kiyarkan choʻntagida kech qiz bergan kartani esladi. Qoʻliga olib jilmayar, kechagi qizning gaplarini esladi... va shunchaki qayta joyiga qoʻydi.
—qaytib koʻrmaydigan bittasini deb siqilish befoyda!
Iso eshikni yopib chiqib ketdi. Bam eshikka termulgancha qoldi.
Qiz allaqachon uygʻongan va kiyinib boʻlgandi. Eshikni taqillatib bir xizmatchi ichkariga kirdi
—Otangiz hozir ketdilar. Kichik janob ham hozir uygʻonib pastga tushdi.
Qiz yana bir bor onaga qaradi. Yuzidagi iz - kecha otasidan yegan tarsakisidan qolgan iz - koʻrinib turardi .
Yana oʻsha izga ozroq upa surib, koʻkarishlar biroz yoʻqolganiga ishonch hosil qilibgina xonadan chiqdi.
Sarang ovqatlanish xonasi ichiga kirib, ovqatlanib oʻtirgan ukasiga qarata.
—senga ham - eʼtiborsizgina javob
Qiz stolni sitib oʻtrgach, oldiga keltirilishi kerak boʻlgan nonushtani kutardi. Shu orada atrofga nazar tashlar, deyarli hechbir narsa oʻzgarmagan. Endilikda nigohini ukasi tomon qaratarkan unda ham eski odatlaridan birini koʻrdi.
Oldida achchiq ovqatlar. Aslida ertalab bunday ovqatlar yeyish noodatiy va bu ukasining eski odatlaridan edi-da. Yoshligida ham doim yonida achchiq kimchisiz ovqatlanmaydi, oʻyladi qiz va jilmaydi.
Buni koʻrgan Seunghun qosh chimirdi
—masqarqbozga oʻxshab koʻrinyapman-mi?
—ha - qiz kulib - hazil , shunchaki ukamda oʻzgarmagan nimalardir qolganidan hursandman.
—juda hursand boʻlma! Bitta shu achchiq karam hechnarsani koʻrsatmaydi. Eski Seunghun yoʻq hozir.
—ha, balki - Sarang sukut saqlashni afzal bilib
— dadam nega meni oʻsha aqli zaifga bermoqchi boʻlyapti? Xabaring bormi? - oxiri ichidagi oʻsha savolni aytib
—oʻrtada 25% aksiya turgan ekan, dadam kerak boʻlsa oʻz onasini ham sotib yuborsa kerak deb oʻylab qolaman
—oʻsha aqli zaifni dadasi toʻyona sifatida dadamga katta kompaniyasining 25%ini bermoqchi.
—meni shunchaki pullayapti yaʼni?
—afsus - Seunghun, qolidagi qahvani sekin hoʻplarkan, ichidagi qandaydir hissiyotlarni yashirayotgan edi.
—nima qilay? Ayt?! Biror fikring boʻlsa maslahat ber - Seunghun, choʻplarini joyiga qoʻyib qoʻllarini borlashtirdi , huddi javob kutgan kabi qarab turardi.
Ammo Sarang jim. Otasining qanchalik kuch qudrat sohibi ekanini bilgan holda jim qoldi.
Janob Pack Bogum. Hozirda egalik qilayotgan 2ta kompaniyasi va "biznes" ishlarini hisobga olganda Seul balki butun Osiyo va Yevropada ham qoʻli uzun odam. U haqida bizneslarni qoʻlga olish uchun oʻz otasi oʻldirgani haqidagi mish-mishlar yuradi. Bu uning qanchalar shavqatsiz ekani va mol dunyo uchun nimalarga qodirligiga yaqqol misoldir
Shu tob xizmatchi nonushta bilan kirib keldi. Sarang tomon uzatar ekan, qiz ham unga yordamlashardi. Yuzida esa kechagi tarsaki izlari biroz bilinib turibdi. Seunghun hali ham kiprik qoqmay opasiqa qarab turar , va shu top nigohi oʻsha izlarga tushdi... Kechagi mudhishlik... Tezda nigohini pastga qaratdi. U bu safar ichida aylangalangan olov hamma narsani yoqib kul qilmasidan bu yerdan tezroq ketishni afzal bildi.
Xizmatchi chiqib ketdi. Seunghun ham oʻrnidan turib, stulga ilingan kostyumini qoʻliga oldi. Uni kiyish barobarida:
—senga oʻzim tekin maslahat beraymi? Oʻzinga loydan er yasab dadamga koʻrsat. Unga yoqadigan "loy"dan boʻlsin... Zora shu bilan fikridan qaytsa
Sarang birinchi bor jilmaydi va chiqib ketayotgan ukasi tomon qaradi. Avvalo Seunghun soʻzlariga kuldi... Ammo... Bu yomon fikr emasdi... Yomon fikr emas...
Allaqachon quyosh qoraygan, Bar kechagidek oʻz ichida qaynayotgandi.
Odatdagidan tinch edi bu kecha. Past ohangdagi musiqa, stakanlar jarangi va xira chiroqlar… ammo Sarang uchun bularning bari qiziqsiz.
Uning nigohi bugun aynan o‘sha yigitni qidirmoqda. Va topdi ham...
Sarang eshik yonida to‘xtab qoldi.
Nigohi beixtiyor sahnaga ko‘tarildi.
Va… u yerda oʻsha yigit. Qora ko‘ylak yenglari tirsagigacha shimilgan, bo‘ynidagi kumush zanjir chiroq ostida yaltirar, bir qo‘lida mikrofon. Uning ovozi... Past. Dag‘al. Yurakka kirib boradigan. Qiz bir lahza qimirlay olmay qoldim. Kecha idish ko‘tarib yurgan yigit bugun butun barni sukutga cho‘mdirayotgandi... Iso qo‘shiq aytar ekan, ko‘zlari atrofni kezar, ammo qizni hali koʻrmadi...
Qo‘shiq tugashi bilan atrof qarsakka to‘ldi. Yigit odatdagidek bosh egmasdan faqat mikrofonni joyiga qo‘yib, sahnadan tushdi. Hali qizni koʻrmagan yigit, sahna yonidagi stolga suyangancha kim bilandir gaplashishni boshladi. Qora kiyimlari, sovuqqina yuzi va bosiq harakatlari — unda boy oilalardagi erkaklarga xos sun’iylik yo‘q edi. Shu sabab ham Sarang ko‘zini uzolmasdi. Qiz bu safar ham dadil yurib borar, mana endi yigit nigohi Sarangni topdi. Iso ham uni ko‘rgan zahoti bir lahza qotib qoldi. Nigohidagi beparvolik yo‘qolib — o‘rniga sokin hayrat, hatto o‘zi ham sezmagan qiziqish paydo boʻldi.
Sarang yuragi hapriqib ketganini sezdi, ammo dadillikni yoʻqotmadi. Iso suxbatni toʻxtatib sekingina, kelayotgan qiz tomon qadam tashladi.
—Boy xonim yana adashib kelib qolibdimi?
Bu o‘sha ohang. Biroz masxara, mensimaslik va biroz sovuq… ammo negadir yoqimli. Sarang lab chetida kuldi.
—Demak sening haqiqiy kasbing shu ekanda?
Iso unga tikilib qoldi. Qizning ovozi bu safar odatdagidek "baland" emas samimiyroq chiqgandi.
—Iso - yigitning past va bo‘g‘iq ovozi musiqa orasida ham aniq eshitildi.
—Ismim. Kecha "xizmatchi" edimqu, shunga aytib qoyay dedim - Iso. Qiz beixtiyor kulib yubordi.
— Sarang, boy xonim yoki oyimcha emas!
—xoʻp boladida. Kecha barda hammani oʻzingga qaratganding. Soʻng karta... Endi seni unutolmayman, bunaqa qizlarning ismi tez yodda qoladi, menda...
Sarang ko‘zlarini qisib unga qaradi.
—“Bunaqa qizlar” deganing nimasi?
—Muammoli. Erkaklarni baloga tortadigan tur.
—qanday qilib hali ham qarshimda turganingga hayronman. - Sarang, biroz asabiy
—Chunki seni oʻzing shu yerdasan
Sarang koʻzini suzib ensa qotirdi. Ikkisi ham sekin devorga suyandilar. Orada ogʻiz sukunat...
—Bilasanmi… — Sarang sekin kulib yubordi. — Men yoshligimda odamlar sevib turmush quradi deb o‘ylardim- yigit sekin qizga qaradi.
—Hozir odamlar bir-biridan foydalanadi deb o‘ylayman. - Sarang, Iso bir necha soniya unga tikilib turdi.
—Unda sen mendan nimaga foydalanmoqchisan?
Savol to‘g‘ri joyiga tekkandi.
Sarang chuqur nafas oldi. Yigit koʻzlariga tik qaradi. Nigohlar bir biriga bogʻlandi.
—Menga uylan.- Sarang, uning bu soʻzlari biroz qaltiroq ovoz bilan chiqdi. U yigitdan hali ham koʻzini uzmadi. Iso qimirlamadi ham. Faqat ko‘zlari asta toraydi. Atrofdagi musiqa davom etar, odamlar kulardi. Ammo ikkisining orasida og‘ir jimlik...
—Tanishmoqchi boʻlsam… kech bo‘ladi - Sarang, Iso boshini biroz egib qandaydir sovuq jilmaydi.
—otamdam... Yaʼni u menga tayyorlab qo‘ygan hayotdan!
Bu safar yigitning nigohi o‘zgardi. Bu qanchalar achinarli holat ahir? Bir qiz tanimagan insonidan bunday narsani soʻrashi...
—Agar men boshqa odamga turmushga chiqsam, u meni o‘sha manyakka bera olmaydi.
—Va nega aynan men? - Iso, Qiz bir lahza jim qoldi. Keyin juda past ovozda:
—Chunki sen menga achinib qaramading.
Iso yuragi g‘alati siqilganini sezdi.
Boy qizlar odatda o‘zini baland tutadi. Kibrlanadi. Ammo hozir qarshisida turgan qiz… shunchaki charchagan edi.
Sarang ko‘zlarini undan uzmay davom etdi:
—Menga puling kerak emas. Isming ham. Shunchaki… yonimda turadigan odam kerak. - Sarang, Iso asta kulib yubordi.
—Sen juda xavfli taklif qilyapsan.
Yigit unga yaqinlashdi.Juda yaqin.
Sarang nafasi ichiga tushib ketdi.
—Yo‘q, — dedi Iso past ovozda. — Qo‘rqayotganingni ko‘rib turib asabim buzilyapti.
Qizning ko‘zlari bir lahza titradi. Hayolida oʻtayotgan yagona soʻz
"Hammasi yaxshi boʻladi!"