July 18

Castigo


8-qism

Packlar qoʻrgʻoni. Ertalab... Doimgidek uzun stol va uning atrofida ogʻir sukunat. Faqat chinni idishlarning jarangi va qoshiqning piyolaga urilish ovozi eshitilardi. Kecha deyarli uxlamagan Sarang uchun bu ovozlar juda qattiq va jarangdor edi. Asablik ila koʻzlarini yumib ochdi va qoʻlidagi sanchiqini joyiga qoʻydi ammo turib ketmadi. U biladiki, otasining unga aytadigan "gaplari" bor.

Janob Bogum gazetani oʻqir, bir qoʻli bilan qahvasini ichardi. Seunghun nonni uzarkan, peshonasidagi koʻkarish hali ham bilinib turardi. Opasiga nigoh tashlar ekan otasining ham nigohlari bir necha soniyaga unga qadalganini koʻrib, ogʻir yutundi. Nihoyat... Bogum gazetani bukladi.

— Sen bilan kelishuvimiz kuchga kirdi menimcha, Pack Sarang -ota kahvasini hoʻplarkan, Sarangga qarab ham qoʻymadi. Seunghun keskin Sarangga qaradi. Qanday kelishuv?

— Heosok va oilasi ikki kundan keyin keladi. - Bogum davom etdi. - Bundan keyin oʻzingni Pack familiyasiga munosib tutasan degan umiddaman. Meni boshqa uyaltirma.

Sarang boshini tik tutgan boʻlsa-da, u egik kabi edi. Otasi soʻzlariga sukut ila javob berdi. Bogum boshqa bu mavzuga qaytmaydi. Chunki uning nazarida kecha har qanday suhbat tugagandi. Endi qaror oʻzgarmaydi. Bir necha soniya oʻtdi. Sarang chuqur nafas oldi.

— Seoul Markaziy shifoxonasiga ish uchun ariza topshirgan edim, kecha javob keldi. - Sarang, bu safar Bogum gazetani sekin tushirdi. Nigohi yana qiziga qadaldi - bugun oʻsha yerga bormoqchiman.

Xona yana jimib qoldi. Eng boshidan suhbatni jim tinglab oʻtirgan Seunghun beixtiyor opasiga qaradi, soʻngra u ham javobni kutgan kabi Bogumga tikildi. Ota hech qanday ifodasiz tikilib turardi.

— Yoʻq - undan bitta qatʼiy aytilgan soʻz. Sarang labini tishladi.

— Dada, bu men uchun—

— Sening nima xohlashing meni qiziqtirmaydi - Bogum, gap tugadi. Ammo Sarang bu safar jim qolmadi.

— Men shifokorman. 6 yilimni shu kasbga bagʻishladim! - deyarli baqirib

— Hali emas, hali senda bagʻshlanishi kerak boʻlgan koʻp yillar bor! - ota sovuqlikni saqlab - hozir esa tajribasiz va keraksiz maʼlumotli insonsan holos.

— ishlamasam tajriba ham boʻlmaydi - Sarang yana oʻsha ohangda. Bogum stul suyanchigʻiga yengil suyanib qizi tomon egildi. Nigohi yanada keskinlashib borardi.

— senga nima yetishmayapti? Nimang kam!? Pul kerakmi?

— Yoʻq.

— Unda ishlashingning hojati yoʻq, Pack Sarang.

— Bu pul uchun emas. Nega hamma narsa pulga taqalishi kerak? Nega hamma narsa biror narsaga borib taqalishi kerak, DADA??? - Sarang, oxirgi soʻzlarini baland oxangda aytib, soʻng birdan boʻshashib ketdi - nega istak, orzu... Mening istagim, orzuyim hechqachon eʼtibor kasb etmaydi? Nega ular inobatga olinmaydi. Bu JAHANNAMGA AYLANIB BOʻLGAN HAYOTIMDA BITTA SHU KASB BILAN BALKI CHALGʻIRMAN?! NEGA MENGA NISBATAN BUNCHALAR VAXSHIYSIZ, DADAA? - Sarang, koʻzlaridan shashqator yoshlar oqardi. Bogum bir necha soniya qiziga tikilib qoldi - 12 yoshda edim ahir, dada... 12 yosh... Menda onamni qutqarib qolishga kuchi yetmaydigan mort tana bor edi holos...

U gʻazab bilan bu soʻzlarni aytgan boʻlsada, koʻzlaridagi yosh bilan barchasini boshqacha tasvirlayotgan edi. Bu holatni tushuntirish juda qiyin...

Otaning qizi tomon qaratilgan koʻzlari qiziqa boshladi. Seunghun esa bu payt uning aralashuvi toʻgʻri emasligini anglab sukut saqlayotgan edi, chunki foydasiz! Eng katta kartalar otaning qoʻlida.

— xotira yoki oʻtmishni eslash hechnarsani oʻzgartirmaydi - Pack Bogum

— oʻzgartirmasin. OʻZGARTIRMASIN! JIN URGUR BU OʻTMISH HAM XOTIRALAR BILAN QOʻSHMOZOR BOʻLSIN!!! Men nima deyapmanu siz nima deyapsiz, dada? Men shunchaki, mutahasisligim boʻyicha ishlamoqchiman! Men balki hayotimdagi eng ohirgi mustaqil qarorimni qabul qilayotgandirman... - Sarang yuzidagi yoshlarni artib otasiga oʻtkir nigohlar ila qarab turardi.

— Nega men bilan olisha olaman deb oʻylayapsan? - Pack Bogum.

— aslo, otajon. Ahir men sizning dushmaningiz emasmanki, siz bilan olishsam..- Sarang, lablarida kesatiqli jilmayish ila.

Mana endi janob Packning ham lab chetida kulgu akslana boshladi. Uning koʻzlarida paydo boʻlgan uchqun.

Sarangga boshdan oyoq tikildi. Uning koʻzida gʻazab, alamning aks etishi. U ulgʻaygan. Pack Bogum hayolidan oʻtgan yagona soʻz, shu boʻldi. Nigohini qizidan oldi, stulni ortga surib oʻrnidan turdi.Yo Xudoyim, u hech soʻz demadi! Hech soʻz deya olmadi! Pack Sarang uni jangsiz yengdimi shunda?(Balki bu rozilik...) U turishi bilan xizmatchi ust kiyimini olib kelar ekan, kastyumini kiyish barobarida, Seunghunga eʼtiborini qaratdi.

— kechagi hujjatlarni taxt qildingmi?

Seunghun hali ham Sarangdan nigohini uzmas ekan, birdan unga qaratilgan diqqat va savol sabab biroz esankirab qoldi.

— ha..a. Ha! Barcha hujjatlar tayyor. Kotibingizga topshirganman.

Uning javobiga shunchaki bosh silkigan ota, oʻgʻliga endi tuzukroq nigoh tashlagan edi. Yuzida biroz boʻlsada paydo boʻlgan taranglik bor edi. Toʻliq tayyor boʻldi va ketish barobarida:

— peshonangdagi koʻkarishni yoʻqotmaganuncha, kompaniyaga qadamingni bosma!

Oxirgi soʻzlar. Qadam tovushlari. Telefon qoʻngʻirogʻi. Va eshikning yopilish ovozi. Ikki farzand ham jim qoldi. Seunghun yuzidagi kesatiqli jilmayish soʻnmasdi.

— Bogum Packni yengganing bilan - Seunghun, gapida davom etdi - otam soʻzsiz qoldi. Endi shifokor boʻlsang boʻladi, istaganing dek...

Sarangning oʻtli nigohlari ukasiga qaratildi. Seunghunning hali ham labini bir cheti koʻtarilgan, opasi bilan koʻz urishtirish oʻynayotgan kabi kiprik qoqmay u ham qarab turar edi.

— xatto u bilan kelishuv ham tuzgansan... Haqiqiy otamizning qizi boʻlding endi!

Ammo Sarang unga gapirishni istamadi. Uning yuziga tikilib , oʻrnidan turib xonadan chiqib ketdi. Seunghunning nigohlari esa hali ham opasi oʻtirgan oʻrinda qoldi.

— barakalla Packlar oilasi... Yana bir sovuq insonni shakllantira oldik - Seunghun tilini lablarida aylantirib yuz burdi. Oʻrnidan turib stulni joyiga surdi

— hammaga yoqimli ishtaha - Seunghun, baland ovoz bilan. Boʻsh stullarga qarata. U yuzidagi taranglik bilan qandaydir qoʻrqinchli koʻrinardi. Chiqish eshigi yonida joylashgan tortmali javon oldida toʻxtab, ichidan garajdagi yangi mashinalar kalitlarini qidira boshladi( chunki mashinasini Lilya olib ketgan. Lilyaning mashinasini esa ustaxonaga topshirgan). Va topdi ham. Oʻzi istagan bittasini olib, chiqishga otlandi. Va shu on ortidan

— Seunghun!

Chaqiruv sabab joyida toʻxtadi yigit. Sarang zinalardan qoʻlida dori quti bilan tushib kelardi. Seunghun tarangligi biroz yoʻqoldi.

— qayerga ketyapsan? - Sarang

— senga nima? - Seunghun, sovuqlikni saqlab

— oynaga qaradingmi, bugun? Ezilib qolgan olmaga oʻxshab qolibsan.

— olma ezilarkanmi? - Seunghun

— ha! Ursang eziladi - Sarang tirjayib

— hhh ... Oʻzingni ezib qoʻyaman hozir tentak- Seunghun, koʻzlari kattalashib, qoʻlini musht qilib opasiga oʻqtaldi.

*Daqiqalardan soʻng.

Qiz dori qutidagi malhamlardan birini olib, yigit peshonasiga ehtiyotkorlik bilan surtardi.

— bu qanday boʻldi? - Sarang malhamdna yana qoʻliga solib.

— kichik avto halokat

— hechkimga hechnarsa qilmadimi? - Sarang , Seunghun koʻzlariga qarab.

— yoʻq... Mashinalardan tashqari

— hechqisi yoʻq. Dadamga aytsang yangisini olib beradi - malhamni qutiga joylarkan, boshqasini olish barobarida dedi qiz

— ho ho. Keyin mashinaga ega boʻlish tugul haydashdan ham ayrilay?! Tavba tavba - Seunghung, asabiy divanga suyanib. Sarang unga tikildi. Shunchaki bu soʻzlarni javobsiz qoldirdi. Seunghun tomoq qirdi.

— dadam bilan nimani kelishdingiz, qanday kelishuv haqida gaplashdiznigiz - Seunghun, qizga tikilib. Sarang esa ishida davom etdi

— Iso kelishi haqida

— kim u Iso?

— kecha senga aytgan boʻlajak pochchang - qiz kulib. Seunghunning jagʻlari qisilib ketdi.

— u kelmadi yaʼni - Seunghun oʻsha holatda - endi nima boʻladi?

— dadamni gaplarini eshitmadingmi? Jung Heosok keladi. Dadam nima desa shu boʻladi - unga tikilib turgan yigitga mayus kulib

— boshqa koʻkargan joy yoʻqmi? Faqat peshonang jarohatlangan boʻlishi mumkin emas - Sarang bodhdan oyoq ukasiga qararkan

Seunghun hayolida chuvalasha boshlagan oʻy fikirlar sabab jim edi.

— Seunghun - Sarang, yigit unga qaradi, nima degandek

— boshqa koʻkargan joy yoʻqmi?

— yoʻq ..yoʻq boshqa - avvalo ishtamay balki qayeridir ogʻriyotganini aytishga uyalib.

— aniqmi?

— ha!

Sarang unga sinchiklab qararkan, qayeri lat yegan boʻlishi mumkin? Shuni oʻyladi

Soʻng nigohi ukasi gʻalati tarzda, biroz koʻtarib turgan qoʻliga qaratildi. Sekin qoʻlini olib bordi-yu, sekingina tegib qoʻygan on:

— AYYYYYY - Seunghun dodlab yubordi - aqldan ozdingmi?

— faqat peshonam degin? Och qoʻlingni, yengni koʻtar, tentak.

— bir tushuraymi hozir

Sarang uning harakatlariyu soʻzlariga eʼtibor bermay yigit yengini koʻtashga tushdi. Ochilishi bilan koʻrilgan manzara dahshatli edi.

— sen..sen.. jinni boʻldingmi? Qoʻlingni ahvoliga qara?

Seunghunning qoʻli kaftga ulangan yarim boʻgʻim. Mushaklar toʻliq koʻkargan, shakslanish sinos darajasiga bormagan boʻlsa-da, yaxshi emasligi kprinib turardi

— shifoxonaga boramiz! Tur! Boʻl!

— ahir sen shifokorsan , 6 yil umrimni berdim deb vaʼz oʻqiyotgan sen emasmiding? Tuzat

— ahmoq! Buni rengen qilish kerak - Sarang qoʻlini bosib koʻrib, Seunghun yuzi burishib ketdi - sinmagan lekin darz ketgan yoki mushaklar qattiq shikastlangan boʻlishi mumkin. Bu esa yomon.

— xohlamayman

— sening xohlashingni so‘raganim yo‘q! - Sarang, qo‘lini qo‘yib yubormay - Tur.

— Og‘riyapti...

— Bilaman og‘riyotganini! Shuning uchun ham shifoxonaga boramiz.

— xohlamayman dedimqu! - Seunghun, deyarli baqirib. Sarangning sabri tugay boshladi. Qiz chuqur nafas oldi.

— Sen besh yoshli bola emassan.

— Sen ham onam emassan!

Bir lahza... Sarangning qoʻllari sekin boʻshashdi. Ammo keyingi soniyada Seunghun uning bilagidan qattiq ushlab, keskin oʻziga tortdi.

— Seunghun!

— Jim - yigitning ovozi sovuq va buyruq ohangida yangradi. Nigohi qizning koʻzlariga qadalgan - hozirgina dadamning oldida "men shifokorman" deb tomogʻing yirtilguncha baqirding.

Sarang indamadi. Seunghun shikastlangan qoʻlini ishora qilib

— unda shifokorligingni isbotla - Seunghun Qiz unga tikilib turardi - davola! Yoki koʻzimga umuman koʻrinma. Menga bunday soxta opaligingni keragi yoʻq.

Sarang bir necha soniya qimirlamadi. Soʻng sekin qoʻlini uning qoʻlidan chiqarib oldi. Koʻzlarida ham jahli, ham ranj bor edi.

— hoʻp - Sarang. Dori qutisini stol ustiga qattiqroq qoʻydi - koʻzingga koʻrinmayman.

Sarang oʻtli nigohlarini ukasiga qadab, biroz egildi.

— Ertaga qoʻling shishib ikki baravar kattalashsa hayron boʻlma.

— Mushtingni yopa olmay qolsang ham.

— Pay uzilgan boʻlsa, bir necha oy qoʻlingni toʻliq ishlata olmaysan.

Qizning ovozi sovuqlashib borardi.

— Darz ketgan boʻlsa-yu, vaqtida davolatmasang... Umringning qolgan qismida ob-havo oʻzgarganini qoʻling ogʻrishidan bilib yuradigan boʻlasan.

Sarang jilmaydi

— Keyin kelib menga yigʻlama, UKAJON!

Sarang oxirgi soʻzlariga urgʻu berib, unga tikildida ketib qoldi, boshqa hech narsa demadi. Zinadan yuqoriga koʻtarilib ketdi. Seunghun esa joyida harakatsiz qoldi. Nigohi asta shishgan qoʻliga tushdi.

— jin ursin*...

__

Shifoxona

Xujjatlar qoʻlida horgʻin holda shifoxona darvozasidan chiqib kelayotgan qiz . Charchoq ila bosayotgan qadamlari.

Shifoxonadan unga aytilgancha javob kutilgan edi albatta.

"Siz bilan ishlashdan juda mamnunmiz, Pack xonim. Dadangizga salom ayting"

Har narsadan... hammasidan charchash. Oʻy hayollar odamni tamom qiladi aslida... Ammo qiz oldida hozir barchasini xotirlash -10yil...shu davr ichida hechqachon bormagan onasi qabriga borishi, unga barchasini aytib berish, toʻyi yigʻlab olishi yoki bularni barchasini qanchadur vaqt unuta olishi... Shu kabi ikki yoʻl bor. Eng qizigʻi har ikki xolatda ham u birinchi bor boradigan joy bor.

__

Kechgi paytga kelib qoʻrgʻon ichi suv quygandek jimjit. Doimgidek. Yarim soat oldin uyga kelgan Seunghun xonasida yotogʻida uxlab yotardi.

Qoʻlida. Qoʻlida tartibli oʻralgan mato. Va mato ustodan mahsus narsa taqilgan

Shunga oʻxshash

Javon ustida shifoxona doriqogʻozi va ichi toʻla dorilar. U borgandi.

Shifoxonaga borgan rengen va kerakli hammasini qildirgandi. Albatta opasi borishi kerak boʻlgan shifoxonaga emas.

Unga qilingan ukol, surilgan malham va berilgan dorilar sabab unda uyqu ustunlik qilayotgandi. Kelishi bilan oʻzini yotoqqa otgan edi yigit. Balki sinqillagan va asabga teguvchi ogʻriqlar ketgach biroz yaxshilashgandir, bu foyda boʻlgan. Miyaning dam olishi.

Ammo uning bu oromini telefon ovozi buzdi. Dorilar yonida turgan telefonning vibratsiyasi. Seunghun oʻrnidan turdi. Koʻzini ishqalab telefonga qoʻlini choʻzdi. "Joʻjaxoʻroz" deya saqlangan kontaktdan kelayotgan qoʻngʻiroq. Seunghun shoshib yashil tugmani bosdi.

— yobaseo , Suho?

— qalaysan ogʻayni? - Suno

— yaxshi. Topdingmi? - Seunghun, oʻrnidan turib gardırofi tomon odimladi.

— ha... Uy manzili bor. Lekin...

— nima lekin? - Seunghun, kiyimini kiyarkan toʻxtab qoldi.

— qizni oilasi juda sirli. Oilasi haqida deyarli umuman maʼlumot yoʻq. Bizni yoʻnalishda ikkinchi kurs. Arxitektura boʻyicha oʻqiydi yaʼni - Suho. Seunghun kuldi .

— nima politsiyada ishlaysanmi? Yoki izquvarmisan Suho?

— hhh , oʻzing topib ber dedingqu?!

— faqat uy manzili yeyarli edi.

— yaxshilikni bilmagan eshshak - Suho

— mayli shunga ham raxmat. Manzilni joʻnat

— hoʻp. Bugun Eunwooni clubida koʻrishamiz kelasanmi?

— yoʻq, bugun charchadim. Sen hayrli kayfu safo

Seunghun mashinasiga joylashib uni oʻt oldirdi. Shu on telefoniga kelgan xabar - joylashuv tomon keta boshladi, U.


"The Dark" clubi

Umrida ikkinchi bor clubga kirgan qiz. U uchun boshida bu yer juda daxshatli, yoqimsz boʻlib tuyuldi. Yigit qizlar jaa bir biri bilan shu tob yaqinlik qilmoqchidek boʻlmasalarda, odob saqlashmasdi ham. Shifokorlarning yuzi ochilik ketgan boʻladi degan gap notoʻgʻri edi. Balki hali endi shifokorlik boshlayotgan qiz uchun bular yomon boʻlib koʻrinar.
Xullas u hechbiriga etibor berishni istamay bar oldiga bordi. U yerdagi stullardan biriga oʻtirdi.

— salom

Atrofga alanglab oʻtirgan qizga qarata dedi barda kelishgan yigit. U yomon qaragan Sarang yigitning qora sochlari, tiniq oq yuzi va mukammal gavdasiga tikilib qoldi. Yigit ham unga shunday qarab turardi. Ammo uning lablarida keng tabassum bor edi.

— ss..salom

— nima ichishni xohlaysiz?

— men...

— yaxna ichimliklar, kokteyllar - yigit yoqimli tabassumini yoʻqotmay.

— yoʻq, men spirtlisodan ichishni istayman

— aha~ qanqasidan. Men sizga qizil vinoni tavsiya qilgan boʻlardim. Chunki u biroz kuchsizroq.

— yoʻq , menga eng kuchlisidan kerak.

Yigit uning javobiga lablarini burishtirib , qoshlarini koʻtardi.

— kuchlisi sizga kuchlilik qilmasmikan

— yoʻq, men shundan xohlayman - Sarang, yigit unga tikilib qoldi, soʻng bosh silkidi.

— siz nima desangiz shu, madam.

Qiz javobni olib, bir qoʻlini choʻzdida unga boshini qoʻydi.

— hammasini unutishni istayman - Sarang, pichirladi.

Barmen yigit unga nigoh tashladi, achinish ila

— boylar ham yigʻlar ekan-da?! - yigit dedi ichida. Qiz oldiga ichimlikni qoʻydi va ortidagi insonning imlashi bilan bosh silkib ortga chekindi va oʻz ishlariga qaradi.

— balki barchasini men bilan unutishni xohlarsan?

Qiz quloqlariga shu soʻzlar pichirlandi. Choʻchib ketgan qiz keskin ortga qaradi. Koʻrgan insoni sabab butun badani titrab ketdi.

_

Mashina boshqaruvidagi Seunghun telefoniga joʻnatilgan joylashuv boʻylab yurib borardi. Egilib uylarga nazar tashlar, negadir oʻsha qizning qoʻrgʻoni unga "qiziq" edi. Nihoyat yetib keldi.

Qorongʻulik ila chulgʻangan oqshomda yanada tund koʻrinayotgan bu qoʻrgʻon. Yorugʻliklarsiz. Zulmat qoplagan atrof. Faqat qavatlarning bir ikki xonasida gʻira shira yorugʻlik bilinib turardi.

Mashina motorini tugma orqali oʻchirib, undan tushdi. Seunghun mashinasini qoʻrgʻonning old tarafida emas, yon tomonida xonalaraniqroq va tiniqroq koʻrinadigan tomonida joylashtirdi...

Qoʻlini choʻntagiga solib, atrofga yaxshilab nazar tashlay boshladi. Bu "zulmat"ga boʻlgan qiziqish yanada ortdi. Nimadir boʻlgan edi. U bilishni juda istagan nimadir. Oʻsha gʻira yoruqlik taratayotgan xonalarga eʼtibor qaratdi.Кастиго:
Ammo ulardan biri. Ikkinchi qavatdagi, balkonli xonalardan birida... Sokin qadamlar ichra paydo boʻlgan nozik tana.

Pov*muallif

Bazan sizning ham tanangizda shunday boʻladimi? Butun badaningiz ... Butun badaningizning terisi, balki hujayralaringizgacha ajiyb bir titroq... Yoʻq bu titroq, qaltiroq yoki bunday narsa emas.. uni doim ham his qila olmaysiz... Tanangiz ... Butun tanangiz oʻsha hisga asir boʻlganida buni bilmay ham qolasiz. Buni xohlash yoki istash orqali tuyib boʻlmaydi. Manashu his asli juda qoʻrqinchlidir! Xavflidir!

Seunghun istamay, balki oʻzi bilagan holda buni his qildi, aytganimdek. Va bu unga eʼtibor bermadi... Qanchalar "sodda" yigit.

Yigit ichida bu Lilya ekaniga toʻliq amin edi. Qanday qilib inson bu darajaga yetadi-a? Inson hislarining nima haqqi borki bunday oʻzicha harakat qiladi. Inson miyasi buni qabul qilishi qiyin aslida. Hislar chunki miyaga emas, yurak va ruhga bogʻliq.

Miya hechqachon atigi ikki marta koʻrgan insoniga nisbatan bunday titroqni his qilishga yoʻl qoʻymaydi!

Qiz yuzi tiniq koʻrinmayotgandi. Uning faqat tanasini quchib olgan ekani bilinib turardi. Negadir Seunghun uni chaqirishni istadi...negadir. Ammo hozir chaqirsa biror muammo boʻlishi aniq. Shu sabab kichik tosh qidirishni boshladi. Shu zulmatda topdi! Qarangga! Lablarida keng tabassum ila toshni bir otib qayta qoʻliga ildi.

Endilikda ortiga oʻgirilib bu toshni otishga shaylangan on.. shu on... Qizning mort tanasi yonida paydo boʻlgan yirik gavda.

Mana yana hislarning boshqaruvsizligi! Avvalo hayronlik, soʻngra asabiylik, oxiri biroz gʻazab! Uning kim ekanligi haqida "qiziqish" paydo boʻlishi. Barchasi, shu dam , Seunghunda mujassam, azizlar!

Lilyaning yonida uni yelkasidan quchib, boshidan oʻpib qoʻydi, oʻsha GAVDA. Balki Seunghun tomirlaridagi qon.. u tomirlarda endi gʻazab oqayotgandir.

Va bu nega boʻlishi kerak? Oʻzi bilmaydi. Seunghun bilgan yagona narsa-qiz yonida uni koʻrishni istamaydi.

Yana takrorlayman. Miya hechqachon atigi ikki marta koʻrgan insoniga nisbatan oʻzini bunday tutmaydi!

Choʻntagida kiruvchi qoʻngʻiroq sbaab vibratsiyasi bera boshlagan telefonga nigohlarini ulardan uzmagan holda javob berdi

—📲 Seunghun - Eunwooning noodatiy ovozi.

— Eunwoo, hozir band edim balki keyinroq gaplasharmiz?

—📲 yoʻq! Hoziroq clubga kelishing kerak! - Eunwoo, mashina haydab ketayotgani bilinib turardi.

— Sunoga aytdimqu! Bormayman - Seunghun dagʻdagʻali ovoz ila

— 📲Seunghun... Sarang !

Shu soʻzlargina uning yonib turgan nigohlarini qoʻrgʻon tomondan olinishiga sababchi boʻldi.

— nima Sarang?

—📲 clubda ekan

— hoʻsh?

— 📲yolgʻoz emas

— Eunwoo, ogʻayni! Chaynalma! - tishlari orasidan vishillab.

— 📲Heosok. U ham oʻsha yerda.

Keyingi soʻzlar u uchun keraksiz edi. Qoʻrgʻon tomonga nigoh tashlashni istadi, soniyalar uchida. Ammo voz kechdi. Mashina ichiga qayta joylashib, uni oʻt oldirdi. Hayolida mushmallashib borayotgan oʻy fikrlar...

— xudoning balosi!

Bu soʻz Sarang uchunmidi yoki Heosok. Balki umuman boshqasi uchun. Ammo uning lablaridan chiqdi.


Club

— meni koʻrish sen uchun shunchalar qoʻrqinchlimi? - Heosok qiz yonidagi stulga joylashib. Sarang undan nigohini uzib, oldiga qoʻyilgan ichimlikni olib hoʼpladi.

— sen bilan bunchalar yaqin kelib ...yaqindan suhbat qurmaganimizga ham 5 yil boʻlibdi.

Sarang jilmaydi. Uning besonaqay jilmyishi bu bir xoʻplam spirt unga taʼsir qila boshlayotgani belgisi edi.

— esimda... Oʻsha oxirgi uchrashuvimiz... - Sarang kesatiq ila, yana xoʼpladi

— agar oʻsha kungi koʻngilsizlikga shama qilayotgan boʻlsang?

— koʻngilsizlik? Nahot bu koʻngilsizlik boʻlsa?- Sarang, hayron nigohlarini undan yashirmagan holda- men bilan salomlashgan oʻgʻil bola kursdoshimni ogʻzi burnini qon qilgandizgiz! Bu oddiy koʻngilsizlik? Naqadar ajoyib...

— uni senga qanday qaraganimi men koʻrdim. - Heosok, asabiy

— kim menga qanday qaragani bilan nima ishingiz bor?

— hechqachon erkaklarga ishonma... Ular ichidagini sen bilmaysan.. - Heosok, qandaydir gʻalati jilmayish ila.

- sizda ruhiy buzilish bor, davolangning!

Qandaydir darajada allaqachon mastlikni qabul qilib olgan qiz, boshqa bir vaziyatda, boshqa bir kunda uni hatto oʻziga yaqinlashtirmasdi. U bilan gaplashish tugul yuziga qaramasdi. Ammo shu dam uning barcha qilmishlarini unutgan kabi suhbatlashmoqda.

Heosok koʻzlari allaqachon suzila boshlagan qizning sochlariga teginishni istadi va qoʻl choʻzdi. Ammo

— menga qoʻlingizni tekkizmang - Sarang qoʻlini bigiz qilib.

— kim teginsin undaa - Heosok qiz tomon biroz egildi - bardagi yigitmi, sen hatto uning ortidan oʻzing bilmagan tashlandiq yerga borib, jangini kuzatgan jinoyatchi yigit teginsimni?

— hatto u ham ... U meni tashlab ketdi...meni sizning qoʻllaringizga qoʻshqoʻllab topshirib ketdi... - Sarang, koʻzlariga yosh toʻlib .

— seni hatto oilang tashlab ketdi.. avvalo onang, u sabab otang sendan voz kechdi. Ukang... jonajon otasining soʻzidan chiqmaydigan ukajoning esa seni yuzingga hatto qaramadi ham. Ular sendan nafratlangan on — men seni sevdim! Har bir daqiqa sendan voz kechmagan yagona odam menman! - Heosok, qarshisidagi qizga borgan sari yaqinlashib borar, uning haqiqatni soʻzlayotgan jumlalari sabab allaqachon koʻzyoshlari yuzini yuva boshlagan qiz esa shu dam faqat mehrga muhtoj qiz u noma desa ham, qanday harakatlar qilsa ham, rozi kabi jim edi.

— men senga hammasini unuttiraman menga kel - Heosok, qiz tanasini oʻzi tomon tortib , lablari tomon intildi. Lablar orasida qolgan sm masofalar mm ga aylanmasdan uning gavdasini qizdan sugʻurib olgan baquvvat qoʻllar. Soniyalar ichida yuziga kelgan musht esa hammasidan oshib tushgandi. Uning lablari kengaydi. Kelgusidagi telbanamolik qoʻrchinchli koʻrinardi.

Seunghun butun gavdasidagi titroq bilan gʻazabining barchasi shu dam tanasini qurshab olganini koʻrsatib turardi. Atrofda hamma jimib qolgan spkin musiqa ham endi sassiz edi.

— SEN KIMSAN A? UNGA YAQINLASHISHGA JURATNI QAYERDAN TOPDING ??? — Seunghun, uning yoqasiga yopishdi. Heosok esa labi chetini tili bilan yaladi. Qon. Chuqur nafas olib chiqardi. Oʻsha jilmayish uning yuzini tark etmasdi.

— qayniukajon, tinchlan..

— qayniuka deydiya , qayniuka deydiya? SEN JIN URGUR TELBAAA

Seunghun bor kuchi bilan yan amusht tushurishga tayyor edi, ammo uni toʻxtatgan boshqa tana

— Seunghung - Eunwoo keliboq doʻsti qoʻliga yopishdi. Ikki gavdani bir biridan arjatdi, itarib yubordi.

— kimlarni koʻryapmiz? Odob ahloqi ila koʻngillarni zabt etgan Cha Eunwoo - Heosok, mazax ohangi bilan.

— seni oʻlging kelyapti? Aaa? - Seunghun, yana u tomon tashlanmoqchi edi, Eunwoo yana uni toʻxtatdi...

— unga shu kerak, Seunghung! - Eunwoo, tishlari orasidan vishillab- Otangni ertagayoq toʻy qilib, opangni shu manyakga berib yuborishini istaysanmi? Tinchnlan!!!

— Minho - Eunwoo bardagi yigitga qarata- qizni ol - Sarangga ishora qildi. Yigit bosh silkib, bar eshikchasi orqali u yerdan chiqdi va hechnarsani anglay olmayotgan qizni olib biroz nariroqdagi stol tomon olib oʻtdi.

— Heosok! Muammo chiqarma va ket!

— ouu haa, bu sening joying ediqu a? Ketmasam quvib chiqarmassan? - Hoseok, qoʻlini lab chetiga tekkazib

— qanday chiqarishni senga oʻzim koʻrsatarman balki? - Seunghun ynaa telbalardek u tomon oshiqdi . Ammo koʻksiga zarb bilan kelgan qoʻllar egasining, Eunwooning maʼnoli nigohlari uni toʻxtatdi.

— Heosok ket!

— mayli... Ketganim boʻlsin... Sen bila esa yaqin kunlarda koʻrishamiz, azizam - Heosok, uni ushlab turgan yigitga kulib nimalardir deyotgan qizga qarata, Seunghunni yana quturishini istab.

Seunghun ham Eunwoo ham uning ortidan sovuq nigohlarini sherik qilishdi.

— jin urgur, it! - Seunghun, sochlariga asabiy tegib.

— sen bunday kelishgan yuz va mukammal gavda bilan bu yerda nima qilib yuribsan

Shu soʻzlar sabab ikkisi ham oʻsha tomon keskin qarashdi. Minho (barman) boʻyniga osilib olgan qiz, unga kulib. Yigit nima qilarini bilmas, bor xoʻjayiniga , bir xoʻjayini yonida uni yeb qoʻyishga tayyor Seunghunga hijolatli qarab qoʻyardi.

— xudoning balosi - Seunghun tishlarini qisib. Eunwoo ularga qararkan yuzini burib kulib yubordi.

— ber, ber meng - Seunghun, Minhoga qoʻlidagi qizga ishora qilib.

— yoʻq yoʻq ketishni istamayman, shu yigit bilan qolishni istayman... - Sarang, Minho boʻyniga osilib. Yigit qancha harakat qilmasin, Sarang uni qoʻyib yubormasdi. Seunghun asablari tamom boʻla boshladi.

— Eunwoo - Seunghun. Amallab qizni qoʻllarini undan olishdi.

— yur- Seunghung, Sarang qplodan tortib

— yoʻq - Sarang yosh bola kabi harhasha qila boshladi - meni koʻtar - qoʻllarini ukasi tomon choʻzib

— menga sabr ber... Sabr ber - Seunghung. Shusiz ham yaxshigina tomosha koʻrsatildi, shu sabab uni bunday qiliqlarini hozircha koʻtarishga majbur oʻzi bilan birga. Sarangni bir deganda qoʻllariga koʻtarib oldi. Ammo chap qoʻlida paydo boʻlgan ogʻriq sabab yuzi burishdi ammo bildirmadi. Ularga qaratilgan nigohlarga umuman eʼtibor bermay, chiqish eshigi tomon odimladi.

Endigina club eshiklaridan kirib kelgan Suno qarshisida kelmayman degan doʻsti va uning qoʻlidagi qizni koʻrib qotib qoldi

— kelmayman deganding-qu? Bu kim? Bu ahir...

— jim! Seni ham gʻajib tashlamasidan jim boʻl ogʻayni - Eunwoo, pichirlab. Allaqachon clubdan chiqib ketgan doʻsti ortidan qarab.

— bu kim? men xato taxmin qildimmi yoki bu rostdan ham Sarangmi?

— qaraya, birinchi bor tahmining toʻgʻri

Eunwoo ham Seunghun ortidan chiqdi. Mashinasi yoniga yaqinlashib qolgan yigit tomon yugurdi, eshikni ochish uchun

— balki men ham sen bilan... - Enwoo soʻzlari tugallanmay qoldi

— kerak emas - Seunghun, opasini mashinaga qoʻyib. Uning tund qiyofasi aslida barchasini soʻzlayotgan edi. Enwoo bosh silkidi. Unga derazadan qizarib ketgan yuzi ila unga jilmayib turgan va qoʻl silkiyatgan qizga qarata mayus jilmaydi javoban qoʻl silkidi

— senga ham qiyin boʻldida, Oppogʻoy...

...

Mashina boshqaruvidagi asabiy yigitcha. Seunghun yonida bir nimalar deb mingʻirlab kelayotgan Sarangga nigoh tashlab qoʻydi.

— toʻxtat - Sarang birdan

— nima?

— toʻxta, toʻxtat! Qayt qilib yuboraman hozir! Toʻxtat!- ogʻzini qoʻli bilan yopib

Seunghun bir qo'li bilan rulni ushlab, ikkinchi qo'li bilan favqulodda chiroqlarni yoqdi.

— Jin ursin...

Sarang eshikni zo'rg'a ochishga ulgurdi. Mashinadan tushishi bilan yo'l chetidagi maysalarga engashib, ichidagi bor narsani qayt qildi. Bir necha daqiqa... Faqat uning og'ir nafaslari. Seunghun mashinadan tushib, indamay yoniga bordi. Cho'ntagidan ro'molcha chiqarib qo'liga tutqazdi. Sarang qo'lini cho'zib oldi. Barmoqlari titrardi.

— Rahmat...

Seunghun javob bermadi.
Qiz yuzini artib, yo'l chetiga o'tirib qoldi.
— boshim aylanyapti... Ichish men uchun emas ekan ...
— bugun buni anglaganingdan hursandman.

Sarang kuldi

— boshimni ustida turmasangchi oʻtir - qiz qiz bilan ishora qilib.

Seunghun noiloj yoniga joylashdi. Sukut... Shamol daraxt barglarini shitirlatardi. Sarang osmonga qarab qoldi.
— Seunghun...

— Nima?

— Mendan nafratlasanmi? - koʻzlarida paydo boʻla boshlagan yoshlar ila qaradi , qiz . Seunghun jim edi - nega jimsan? Nafratlanaman deb aytishing mumkin. Dadam ham sen ham meni yomon koʻrasiz... Nega ? Oʻsha kun uyda faqat men boʻlganim uchunmi ? Shuning uchunmi? Naqadar ahmoqona fikrlash...

— Dadam avvallari bunaqa emasdi... Hammasi keyin boshlandi...

U chuqur nafas oldi.

— Avvaliga faqat ish edi. Keyin ishlar oʻzgardi. Uyga begona odamlar keladigan boʻldi. Yarim kechalari telefonlar... Qon hidini eslatadigan pullar...

— Oyim koʻp gapirardi. "Davom ettirmang." "Bolalarimiz bor." "Toʻxtang.""Bu yoʻldan qayting."

Har kuni aytardi... Har kuni. Ammo dadam... U kulib qoʻyardi. Keyin jahli chiqadigan boʻldi. Keyin baqiradigan. Keyin... Qoʻrqadigan boʻldik.

Sarangning ovozi tobora sinib borardi.

— Esimda... Oʻsha kuni ular yana urishishdi... Juda qattiq. Oyim yigʻlayotgandi. Dadam esa... U yana qayergadir chiqib ketdi. Uy jimib qoldi. Sen boks mashgʻulotida eding. Men esa tashqarida oʻynab yurgandim... Oyim yonimga keldi. Meni quchoqladi... Shunchalik qattiq quchoqladiki... Hali ham yelkamda oʻsha issiqlik bordek tuyuladi ba'zan... U sochlarimni silab...

"Hech qachon ukangni yolgʻiz qoldirma..." "...bir-biringni asrang..." "...men sizlarmi juda yaxshi koʻraman..."
deb aytdi. Men esa kulganman. Chunki hech narsani tushunmaganman. Keyin esa ichkariga kirib ketdi.

Sarang endi yigʻisini toʻxtata olmay qolgandi.

— Men yana biroz oʻynadim... Keyin... Uyga kirdim.. uy qoʻrqinchli darajada sokin edi.. "Oyijon!"vdeb chaqirdim. Javob boʻlmadi. Yana chaqirdim. Yana... Yana... Yoʻq... Jimlik

U sekin boshini chayqadi.

— Ichkariga kirdim... Xonama-xona qidirdim. Keyin...Ularning xonasi eshigini ochdim...

Shu yerda Sarangning nafasi uzilib qolgandek boʻldi.

— Shift... Arqon... Oyim..... Men qotib qolgandim. Hatto baqira olmaganman. Faqat tikilib turganman... Bilasanmi, Seunghun?.. Ba'zan oʻylayman... Oʻsha manzaradan keyin qanday qilib ulgʻaya oldim. Qanday qilib bu narsa meni ham oʻldirmadi.. balki bola boʻlganim uchunmi?

Sarang koʻzlarini yumdi.

— Dadam kelgach... U ... Meni quchoqlamadi. "Nima boʻldi?" deb ham soʻramadi. Meni yigʻlashim, soʻzlarim hech biriga eʼtibor bermadi. Faqat bitta gap...Bitta... "Oʻsha paytda uyda sen eding." "...agar onangni yolgʻiz qoldirmaganingda..." "...u oʻlmasdi."

Sarang endi ovoz chiqarib yigʻlardi.

— Seunghun?..bu ayblovni qoʻyish uchun qanchalik telba boʻlishi kerak odam? Nima qilishim kerak edi? Allaqachon muzlab boʻlgan tana, u osilib turgan arqonni yechishimmi ? Hatto boʻyim ham yetmasdi.... Oʻzimga achinaman

Seunghun koʻzlaridan oqa boshlagan koʻz yoshlar sabab yuzini tepaga qaratdi. Xuddiki shu bilan bu koʻz yoshlar , hislar toʻxtaydigandek. Sarang yuzini kaftlari bilan berkitdi.

— Men charchadim.. Judayam charchadim... Har kuni yashaganim uchun aybdordek yashashdan... Har kuni onamni eslashdan... Har kuni dadamning koʻziga qarab, oʻsha gapni yana eshitayotgandek boʻlishdan... Men... Endi... Chidolmayapman...

Shu kecha Sarang yigʻlab , Seunghun koʻksiga bosh qoʻygancha uxlab qoldi. Uyga olib kelib xonasiga yotqizdi. Seunghun shu kun opasiga uzoq tikildi. U onasiga qanchalar oʻxshashini endi sezgandi... Balki otasi shuning uchun ham uni ketqazib yuborgandir? Aybni unga toʻnkash uchun emas, ichida yonayotgan olovni biroz boʻlsada bostirish, oʻz aybini unutish uchun.

/____\

Bu 2 kun allaqachon oʻtib boʻlgan edi. Packlar qoʻrgʻonida hammasi doimgidek. Bugun kelishi kerak boʻlgan mehmonlar uchun tayyorgarlik ertalabdan boshlanib boʻlgan, Pack Bogum qiziga ishidan ertaroq qaytishini tayinlab oʻzi ham Seunghun bilan kompaniyaga ketgandi.

Sarang shifoxonada ish boshladi. Bir oyning endilkdagi ikki kunlik stajyorligi u uchun juda ajoyib tarzda kechdi. Asosiy yoʻnalishi "Travmatologiya" boʻlgan qiz, asosan shoshilinch va unchalik ogʻir boʻlmagan bemorlarga qaradi.

17:00da hamma uyda yigʻilib boʻlgan edi. Janob Bogum oʻz xonasida , Seunghun oshxonada, Sarang esa tayyorlanayotgan edi.

Oynadagi aksiga qarab jim edi qiz. Bugundan soʻng hammasi rosmanasiga tugaydi. Qiz endi haqiqiy qaramlikni his qilishiga amin edi. Hayoti nima boʻladi? Kelajakda ... Oila degan tushunchani endi anglay olmasa kerak.

Tayyorgarliklari tugagach xonasidan chiqib ketdi. Tanasida titroq bor. Qoʻllarini bir biriga ishqalar, ular terlab ketgandi. Pastki qavatda degarli gʻala gʻovur

Pastki qavatda degarli gʻala gʻovur
Yordamchilar ovqatlarni oshxonadan mehmonxonaga tashirdilar. Qiz bilan bir vaqtda oshxonadan chiqqan Seunghun sabab Sarang yuzini burdi.

Shu dam eshik qoʻngʻorigʻi ovozi Sarang chuqur nafas olib chiqardi. Yordamchilarga eshikni oʻzi ochishini aytdi. Seunghunga bir nigoh tashlab odimladi. Seunghun oshxona eshigiga suyandi.  Unda paydo bplgan asabiylik yuzidan maʼlum.

Qiz eshik yutqichlarini ushlar ekan, undagi titroq ... Endi foydasiz! Titrashdan foyda yoʻq. Qiz ichidagi barcha havoni chiqarib  eshikni oʻzi tomon tortdi.

Shu on... Qarshisidagi inson sabab tanasi muzlab qoldi...

Davomi bor...