Castigo
Qarshisida boʼlayotgan bu hodisalar Sarang uchun qandaydir ogʻir keldi. Iso. U yuzida hechqanday his tuygʻusini koʻrsatmagan holda raqibini kutayotgandi. Atrofga umuman qaramas, uning yutishiga pul tikib qoʻyib baqirayotgan, motivatsiya berish uchun har xil soʻzdan foydalanayotganlar u uchun hechqaysi eʼtibor doirasida emasligini soʻzsiz aytib turardi. Baʼzi baʼzida jagʻini qisib, koʻzlarini ogʻir yumib ochar, huddi... huddi gʻazabini yutishga harakat qilayotgandek. Sarang shunday oʻyladi.
Insoniyatni hechqachon anglab boʻlmaydi. Inson hatto oʻzini-oʻzi tushunmaydi-ku, boshqalar qanday tushunsin? Odamlar nima oʻylayapti, nima xohlayapti, ular miyasida qanday oʻy-fikrlar mavjud, bu faqat Xudo va ruxga ayondir. Chunki asl yuz va asliyat faqat oʻzlikka ayon, doimiy jilmaygan lablar haqiqiy emas.
Shu payt Isoning qarshisiga raqibi keldi. U Isonikidan ham kattaroq gavdaga ega edi. Tanasining deyarli har yerida tatoo... Iso... Uning ham tatoosi bor ekan. Sarang buni endi sezayotgandi. Yelkadidan tortib toʻliq qoʻlini egallagan tatoo. Turli xil rasm, naqsh va yozuvlardan iborat edi ular. Iso koʻzlari esa yonib turar, yuzida emotsialarni, hatto bir soʻzni ham raqibga ravo koʻrmadi.
Ring ichida hakam bor ammo hechqanday qonun qoida yoʻqligi aniq aytildi. Hakam boshlashni buyurgan oni butun zaldagi shovqin yanada kuchaydi. İkki jangchining kurashi qoʻrqinchli edi.
Raqib bir necha marta hujum qilishga urindi. Ammo Iso ularning barchasidan qochib ulgurardi. Ba'zida esa qarshi hujum bilan javob qaytarar, olomon esa tobora vahshiylashib borardi. Qancha ko‘p zarba bo‘lsa, shuncha ko‘p qichqirishardi. Sarangning esa yuragi siqilib borardi. Bu joy unga yoqmayotgandi. Ammo negadir ketolmayotgandi ham. Nigohi doim ringdagi bitta odamga qaytardi. Iso... Shu payt raqib navbatdagi hujum bilan oldinga tashlandi. Iso chetga og‘di. Qarshi zarba berdi. Olomon yana portladi.
— YIQIT UNI!
— CASTIGO!
Raqib ortga chekindi. Labidan qon artdi. So‘ng kulib qo‘ydi.
— Mashhurliging rost ekan.
Iso javob bermadi.
— Boyvachchalar seni yaxshi ko‘rishadi. Lekin bugun seni oʻzim parchalab tashlayman.
Iso faqat sovuq qarab turar, bu esa raqibning battar asabiga tegdi. U yana oldinga tashlandi. Ketma-ket bir nechta zarba. Iso ularning aksaridan qochdi. Ammo shu payt... Olomon orasidan tanish ovoz yangradi.
— Iso! - Sarang.
O‘zi ham sezmagan holda qichqirib yuborgan edi qiz. Yuragi allaqachon bo‘g‘ziga tiqilib qolgan, bu yirtqichlar janggi butun tanasida qaltiroq paydo qilgan.
Iso bir lahzaga qotib qoldi. Boshini burdi, oʻsha ... Oʻsha ovoz kelgan tomonga. Va nihoyat uni ko‘rdi. Olomon orasida turgan qizni. Ko‘zlarida xavotir bilan unga qarab turgan Sarangni. "Bu yerda nima qilyapti?.." Shu bir fikr miyasidan o‘tishga ulgurdi xolos. Bir soniya. Faqat bir soniya.
Ring esa xatolarni kechirmasligini bildirdi. Musht kelib yuziga urildi.
Butun zal larzaga keldi. Iso bir necha qadam ortga ketdi va zarba kuchi sabab yiqildi deb boʼlmaydiku,ammo tizzalab qoldi. Labining chetidan qon oqib tushdi. Sarangning yuragi muzlab ketgandek bo‘ldi.
— Iso!
Bu safar ovozi yanada balandroq chiqdi. Sarangning yuragi gupillab urardi. U endi odamlarning orasida turishga chiday olmay qolgandi. Beixtiyor oldinga surildi. Yana bir qadam. Yana. Odamlar shunchalik ringga berilib ketgandiki, hech kim unga e'tibor bermayotgandi. Nigohi esa Isodan uzilmasdi. Iso esa bir lahza unga qaradi. Qizning oqarib ketgan yuziga, qo'rquv to'lib turgan ko'zlariga.
Va negadir...Ko'kragida g'alati bir siqilish paydo bo'ldi.
— Iso...
Qizning ovozi shovqin orasida zo'rg'a eshitildi. Raqib esa buni payqab boʻlgan
U kulib yubordi.
— Iso? Demak gap shunda ekanda yigitcha?
Iso nigohini unga qaratdi. Sovuq koʻzlar bilan
— Qiziq.. - Raqib boshini yon tomonga qiyshaytirdi - Shuning uchun chalg'idingmi?
Iso indamadi.
— Boyvachcha qiz ekan-a?
Yana jimlik.
— Yoki navbatdagi o'yinchoqlaringdan birimi?
Sarangning yuzi o'zgardi.
Iso mushtlarini qattiq qisdi.
Raqib esa davom etdi.
— Bunaqalarni yaxshi bilaman.
U ataylab Sarang tomonga qaradi.
— Ikki kun ermak boʻlishga arziydi holos. Keyin boshqasini topasan yoki topadi. Balki menga ham bir ikki kunga berib turarsan?
Bu Isoning jang boshlanganidan beri aytgan ilk gapi edi. Raqib kulib yubordi.
— Voy... Nihoyat gapirding - keyin yana Sarangga qaradi - Lekin qizga qarab turib shuni aytishim mumkinki... Uning labida masxarali kulgi paydo bo'ldi - U sendan qoʻrqyapdi.
Bunday soʻzlar oxiri Isoning asab torlarini chala boshlagandi. Tilini ogʻiz boshligʻida aylantirib , lab chetidagi qon tamini sezdi. Va Sekin oʻrnidan turishu bilan yana qichqiriqlar. Iso yana bir bor Sarang tomon qaradi. Bir birini deyarli tanimaydigan bu ikki inson. Qizning qoʻrquvini koʻzlarda koʻrish oson. Iso esa qon va qichqiriqlar orasidagi ringda. Bu manzara juda dramatik emasmi?
— Qara. Senga qarayotgan ko'zlariga qara. Xuddi yirtqichni ko'rgandek-a?
Iso asta boshini burib nigohi Sarangdan qarshisidagi mahluqqa qaratdi. Ortiqcha gap soʻzlari Isoning ichida allaqachon zo'rg'a ushlab turilgan g'azabning so'nggi ipini ham uzdi. Yigit asta boshini egib kulib qo'ydida, endilikda butun eʼtiborini qarshisidagi murdaga qaratdi.
— Tugatdingmi?
Raqib kulib yubordi.
— Nima?
— Gaplaringni.
IBir lahza. Sarangning yuragi yanada bezovta ura boshladi. Ring ichidagi havo ham birdan o‘zgargandek boʻldi
Raqib yana nimadir demoqchi bo‘lib og‘iz ochgan on...
Keyingi bir necha soniya Sarangning xotirasida chalkash tasvirlar bo‘lib qoldi. Olomonning birdan portlab ketgan qichqiriqlari. Kimningdir hushtagi. Temir panjaralarning qarsillashi. Odamlarning o‘rinlaridan sapchib turishi. Va shu sabab Sarang hechnarsani tushunmay qoldi.
— CASTIGO!
— JIN URSIN!
— CASTIGO!!
Qichqiriqlar tobora balandlashardi. Sarang esa joyida qotib qolgandi. Oradan qancha vaqt o‘tganini bilmadi.
Bir necha soniyami. Yoki bir necha daqiqami. So‘ng... Olomon asta chekingandek bo‘ldi. Sarangning nigohi esa ring markaziga tushdi
Ring polida bir odam yotardi, qonga belangan holda. Yuzini tanib bo‘lmas darajada. Uning yonida esa... Iso turardi. Ogʻir nafas olgancha yerdagi odamga jirkangan kabi qarab turar, labining chetidan qon oqardi. Mushtlari qattiq qisilgandi. Butun zal ham jimib qolgandek, hatto bir necha soniya oldingi qichqiriqlar ham yo‘qolgandi. Raqib zo‘rg‘a ingrandi. Iso esa sekin egildida yuzini unga yaqinlashtirib juda past ovozda:
— Yana bir bor qarshimdan chiqqudek boʻlsang, seni oʻzim parchalab tashlayman!
Ring ustiga yana og‘ir sukunat cho‘kdi. Sarang shuni his qildiki... Bu yigitning ichida u hali bilmaydigan juda qorong‘i tomonlar bor.
Koʻchaga yugurib chiqdi qiz. Nimalar boʻldi hozir? Endi nima boʻladi? U endi nima qiladi? Barchasini birma bir hayolidan oʻtkazarkan qiz, ichkaridagilar ham izma iz chiqa boshladilar. Birlari gʻazabda, birlari hursand. Boyvachchalar ortida esa itga oʻxshab akkillab ketayotgan erkaklar. Bariga koʻz yugurtirgan qiz, yuzi burdi, ombor devorlari tomon. Qarasaki oyna. Siniq oyna. Qiz bir daqiqa aksiga tikilib qoldi. U tanasida, hatto lablariyu qoʻllarida hali ham titroq borligini koʻrdi. Aksiga qarab yana oʻsha svaolni berdi — endi nima boʻladi?
Darvozalar yana gʻirchilab ochildi. Sarang oʻsha tomon qaradi. Allaqachon olomon tarqalgan. Undan boshqa hechkim yoʻq edi. Birdan seskanib ketdi qiz. Ammo darvozadan chiqqanlarning biri sabab seskanish yoʻqoldimi yoki kuchaydi, qiz bilmadi.
Iso qoʻlida ixcham qora sumka bor edi. Ichida kiyimlari bor shekilli, oʻyladi qiz. U bir erkak bilan gaplashib turar, sovuqqon yuzi hech oʻzgarmas qarshisidagi erkak esa bazi bazida hoholab kulib qoʻyardi. Oxirgi soʻzini aytib yigit yelkasidan qoqib qoʻydi va qayrilib ketarkan, birdan koʻzi Sarangga tushdi. Nima qilarini bolmay qoldi qiz. Erkak bir Sarangga bor Isoga qarab yana yigitga bir narsalar dedida yana oʻsha besonaqay kulgusi bilan ichkariga kirib ketdi.
Qiz mana endi ichidagi tuygʻularni anglay boshladi. Negadir xoʻrligi kelib, yigʻlashni istadi. Nega? Bilmaydi... Dudoqlari qaltirar, koʻzlariga yosh kelayotgandi. Ammo chiqarishni u istamaydi! Iso unga boshdan oyoq tikilib, ogʻir xoʻrsinib qoʻydi.
— qanday kelib qolding bu yerga? - Iso oxiri tilga kirib. Qiz esa holatoni oʻzgartirmagandi. Jim turar Iso u tomon bor ikki odim bosdi.
— tilingni yutdingmi, Pack Sarang?
Mana endi qiz harakatga kelib, Iso tomon shiddat bilan odimladi va birdan... U Isoga tarsaki tushirdi. Tarsaki aynan musht yegan tomondan bolgani uchun labi yana qonab ketgandi ammo yigit bunga emas, qizning bu harakatlariga hayratda edi. U yuzini ushlagan holda qizga savol nihohida qaradi
— sen! Sen yaramas!! OʻLIB KETSANG NIMA BOʻLARDI?
— nima?- bu soʻzlar va ohang yigitni gangitib qoʻydi, Sarang davom etdi:
— JAVOB BER!!! OʻLIB KETSANG NIMA BOʻLARDI? yoki... Yokiii oʻldirib qoʻysang... Yoki oʻldirib boʻldingmi? JAVOB BER LANATI*
Iso jim qizga boqgancha tingladi. Uning bu holati... Lab chetida jilmayib, tili bilan yna alab chetini yaladi. Qon. Qonni qoʻli bilan ham artib, bu baqirayotgan vasvasadagi qizni birdan qattiq siltab devorga mixlab qoʻydi.
— Sen nimalar deb valdirayapsan? - tarsaki yeganligi uchun gʻazab, qiz tomonidan baqirish tufayli asabiylik va tobora chidamsizlik sabab Iso tishlari orasidan vishshillab. Yigitdan bunday muomala va harakatlar qizni chiqarishni istamagan koʻz yoshlariga yoʻl ochib bergand.
Ancha yillar oldin oilamni tashlab ketganman. Yani voz kechib. Buning oʻziga yarasha sabablari bor. Keyinchalik kun kechirish uchun har ishga oʻzimni urib koʻrdim. Koʻpchilik chiroylisan ,model boʻlishing kerak derdi, ammo bu ish menga yoqmasdi. Xudo meni goʻzal oiladan boshqa har narsada siylagandi. Ovozim... Qoʻshiq kuylashni yaxshi koʻrardim. Ammo oʻqishim ham kerak edi. Xorijiy til va kimyo yoʻnalishlarida oʻqidim , har ikki yoʻnalishda 6 yil. Grand asosida! Men oʻqimishliman. Buni aytib ketishim kerak edi Bu orada men Dowoo bilan tanishdim. Oilamdan keyin men uchun muhim insonga aylangandi. Yagona doʻst... Uni boshiga kulfat kelgan payt qutqarib qolganman. Balki shunday doʻstlik abadiydir.
U Deagulik. Oʻqish uchun bu yerga kelgandi. Biz yaqin , bir boriga ishona oladigan darajaga yetganda men unga hamma narsani aytganman... Bu yerga kelib jang qilishimdan boshqa. Uning oʻzi meni bu yerga olib kelgandi. Tomosha qilish uchun, ammo men bu yerni gʻazabimdan qutulish uchun eng yaxshi joy deya tanladim. 17 ta... Bugungi bilan 18ta magʻlubiyatlarsz jang. 3 yil...
Ammo bugun hissiyotlar boshqacha edi.
Bu yer noqonuniy janglar uchun bilgani sabab, hechqanday qoidalarsiz oʻynaladi. Boylar ham oddiy - pulini sarflashni istaganlar ham shu yerga keladi. Bari aqldan ozgan ahmoqlar. Menda Dowoo bilan bar ochganimizdna beri pul borasida muammo yoʻq edi. Aytganimdek, gʻazab...
Ammo bugun nega kelganimni oʻzim ham bilmasdim. Bugungi raqib. Tanus laqabli bir erkak. Uni jinim suymasdi. Shu sabab rozi boʻlmagandim. Ammo kechagi qiz .. Sarang. Erkaklarni baliga tortadigan tur.... ha bu uni uddalagandi. Uning holati , harakatlari... Bugun bu yerga kelishimga sabab boʻldi. Castigo- bu ispancha soʻz. "Jazo" degan maʼnoni anglatadi... Bandasini jazolash meni ishim emas, bilaman, ammo men orqali jazolasa qarshi emasdim.
Qarshimdagi raqibimni yengishga amin edim, hechqanday zarba yemasdan... Ammo uning ovozini eshitishim bilan tanamni hechqachon his qilib koʻrmagan seskanish egalladi. Qanchalar gʻalati hissiyot.
Odamlar orasidan uni qidirar ekanman, yuragim ritmi han buzila boshladi ... Iso . U yana...
Oxirgi soʻzlari sabab esa Tanusning yoqimsiz ovozi oʻchishini xohladim. Buni shunchalar xohladimki, hechqachon qarshimdan chiqmaslik kafolati bilan. Koʻzi qonga toʻlgan mahluq kabi his qildim oʻzimni.
Ammo bunisi oshib tushgandi. Tarsaki yeyish. Hatto otam meni urmagan, bu oyimcha kim boʻlibdiki? Ammo harakatlardan soʻng aytilgan soʻzlar... Baʼzida bir insonga nisbatan nimadir his qilish uchun koʻrinish, harakatlar emas, bir soʻz yatarli boʻlarkan. Bu his ijobiy boʼladimi yoki salbiy bu muhim emasdek.
Uning koʻzlaridagi durlar... U yigʻlayotgandi. Uni qoʻrqib ketgani aniqku, nega bunday qildim?
Bir soʻz deyishga ojiz edim. Qila oladigan yagona ishin uning koʻzlariga boqish edi holos. Koʻzlar bunchalar goʻzal boʻlishi mumkinmi? Hatto yigʻlash sabab namlangan kibriklaru , biroz qizargan koʻzlar ham undagi goʻzallikni yanada oshirgan kabi edi. Erkaklar ayollardagi ojizliklarni sevadi! Balki bugun , shu on men ham sevib qolgandirman...uning ojizligini.
Uning ham mening ham lugʻatlarimiz uyda qolib ketgan kabi hech soʻz demasdik. Hatto hali ham men uni devorga mixlagancha turardim. Menga bu yoqyapti, balki. Chunki uni yaqindan koʻrish zavqli edi.
— men... Men qoʻrqib ketgandim...senga biror narsa boʻladi deb.
Yo xudoyim... Bu soʻzlar va soʻzlashdagi ohang...ichimdagi yovvoyilikni uygʻotayotadek... Bir lahza nigohlarim uning lablari tomon yoʻnaldi... Goʻzal. Pushti. Va balki shirindir... Tatib koʻrishni xohlayman! U tomon biroz etilishim bilan, labim chetidagi oʻsha yarada kuchli achishish sezib yuzim burishib ketdi.
Nechadir soniyalar ichida bir daqiqa oldin qarshimda koʻz yosh ila moʻltillab turgan xonim afandi boʻri oʻgʻzidan qochgan kiyik kabi devor tomondan, mening qoʻynimdan chiqib ketgandi. Nimani istayotganimni sezdi...
— labing..u qonayapti- Sarang, iloji boricha mendan uzoqlashib
— buni oʻzi yetarli emas- qoʻlidagi allaqachon bir cheti qon boʻlgan nam salfetkani menga koʻrsatib - mashinamda dori quti bor , yur.
Ortidan ergashishimga ishora qilib. Kulishga ham holim yoʻq, hatto kulsan labin oʻgʻriyapti. Menga nimalar qilyapsan sen?
Sarang allaqachon qoʻliga mahsus qoʻlqop kiygancha uning labi va chap qoshi yonidagi koʻkarishga malham surayotgandi. Yigit esa faqat kuzatmoqda. Qiz huddi oʻz ishining ustalari kabi harakat qilardi goʻyo
— senga aytadigan gapim bor edi
— nega buni qilyapsan unda? - labiga malham surayotganiniga ishora qilib
— chunki ertaga dadamga seni bu ahvolingda koʻrsata olmayman
Hechqnaday tushuntirishsiz toʻgʻri dangallikni tanlagan qiz sabab Iso gangib qolgandi. Ular mashina orqasida (bagajni ochgan holda) oʻtirushar va shu dam Iso oʻrnidam turib ketdi
— kechagi alahsirash nahot hali oʻtib ketmadi? Yoki bu senda tutqonaqqa oʻxshagan narsami?
— men hazillashayotganim yoʻq!
— men senga barini tushuntirdim
— ammo men xohlamasligimni aytdim! Bu yerga shuning uchun kelgan boʻlsang qaytib ketaver
Endilikda Iso uninh maqsadi bilgach yuragidagi oʻsha olov biroz soʻngandek boʻldi.
Ammo qizning ohirgi soʻzlari bu safar qadamlarini toʻxtata oldi.
— dadam gar u kelmasa, hayoting meni boshqaruvim ostida oʻtadi dedi... Sen rozi boʻlishiga ishongan holdagina bu yerga keldim.
Lablarini tishlab , nigohini pastga qaratdi yigit va endilikda koʻzlarini yumgandi. Ikki qoshini oʻrtasini barmoqlari orqali uqalab sekin ortga burildi. Nigohini qizning koʻzlaiga qadab , orasidan faqat mm masofa qolguncha toʻxtamadi.
Bu javob sababidan, hoholab kula boshladi yigit. Egilib qolgancha, sonlariga urib kularkan, kulgu aralash soʻzlardi:
— nega ayna jin urgur dunyodagi jamiki 4yarim mlrd erkak ichida aynan men?
Uning kulgusiga hechbir reaksiyasiz turardi qiz. ..
— sening kulguyingga sherik boʻlish uchun menda kayfiyat ham , kuch ham qolmadi. Agar kelmasang ayt. Chunki aytganing toʻgʻri sen majbur emassan!
— biz yana eng eng boshiga qaytyapmiz bilyapsanmi? - Iso , yana qiz qarshisida toʻxtab.
— yoʻq, biz halicha boshlamadik- Sarang, undan haliham uzoqlashmagan yigit koʻzlariga boqib
— taqdirimiz bogʻlanishining oʻzi tentakona edi... - Iso, biroz jilmayib - davomida ham tentakliklar bolsihiga ishonchin komil.
— dadang meni yoqtirmasa, seni olib qochishga majburlamaysan , xonimcha!
Uning soʻzlari mantigʻini tushunguncha qanchadir soniyallar kerak boʻldi qizga. Rozilik javobi. Hayotining yangi sahifasi boshlanishiga sababchi boʻladigan soʻzlar edi bu.. Hursanchiligidan yigit boʻynidan shunchalar qattiq quchoqladiki, yigit yuragi uning iforidan tipirchilay boshgandi...